Reja: "Hayot faoliyati xavfsizligi" haqida tushuncha, uning oʻqitilishining obektiv



Download 470,18 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/9
Sana28.05.2022
Hajmi470,18 Kb.
#613629
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Xayot faoliyati vavfsizligi 1-mavzu-1



1-ma’ruza. HAYOT FAOLIYATI XAVFSIZLIGINING NAZARIY ASOSLARI 
Reja: 
1.
"Hayot faoliyati xavfsizligi” haqida tushuncha, uning oʻqitilishining obektiv 
zaruriyati.Faoliyat va xavfsizlik tushunchalari, mazmuni.
2.
“Hayot faoliyati xavfsizligi” fanining asosiy tushunchalari, ularning mazmuni, 
faoliyat xavfsizligini ta’minlash uslublari.
3.
“Inson-muhit” tizimida inson omili. “Hayot faoliyati xavfsizligi” fanining tarkibiy 
qismlari va ularning tekshirish obektlari. Xavfliliklarningsifat va son jihatidan tahlili, 
taksonomiya, nomenklatura, kvantifikatsiya, identifikatsiyasi, ularning mazmuni. 
Sistemali tahlil. Tavakkalchilik. Ergonomika va xavfsizlikni boshqarish.
 
Tayanch iboralar
: Ergonomika, mehnat fiziologiyasi, mehnat gigiyenasi, xavf-
xatar, «Inson-mashina- muhit» tizimi, Xalqaro Mehnat Tashkiloti konventsiyalari 
Foydalanilgan adabiyotlar: 
1. H.E.G’oipov. Mehnat muhofazasi.- Toshkent, «Mehnat», 2000. 
2.O.Qudratov, T.G’aniev Hayotiy faoliyat xavfsizligi.- Toshkent, «Mehnat” 2004. 
3.Г.И Беляков Охрана труда. - Москва, «Агропромиздат», 1990. 
4.Программа Сотрудничества между Республикой Узбекистан и 
Международной организацией труда на период 2000-2002 гг. 
1."Hayot faoliyati xavfsizligi” haqida tushuncha, uning oʻqitilishining obektiv 
zaruriyati.Faoliyatvaxavfsizliktushunchalari, mazmuni. 
 
 
Hayot faoliyati xafsizligi fanining rivoilanish asoslari.
Insoniyatning uzoq o’tmish hayotiy tajribasi har qanday faoliyat potentsial 
xavfga ega ekanligini tasdiqlaydi. Albatta, bu tasdiq aksi omaviy xarakterga egadir. 
Vaholanki, shu bilan bir qatorda xavf darajasini boshqarish hamda kamaytirish ham 
mumkindir. Lekin, qanday holatda bo'lmasin mutloq xavfsizlikga erishib bo'lmaydi. 
Xavfsizlik - ma’lum darajada xavf tug’ilishi bartaraf etilgan faoliyat holati, ya’ni 
faoliyatni amalga oshirishdagi asosiy maqsadlardan biridir. 
Mehnatni muhofaza qilish – ishlab chiqarishdagi mehnat xavfsizligini 
ta'minlashga qaratilgan vositalar, usullar majmuidir. Demak, insonning mehnat 
xavfsizligini ta’minlash birinchi navbatda uning mehnat faoliyati jarayonini va uni 
amalga oshirishda yuzaga keladigan xavfli omillarni o’rganishni talab etadi. Shu 
sababli, inson faoliyatining xavfsizligini ta’minlash bo’yicha tadqiqot ishlari eramizdan 
oldingi 384-322 yillarda ijod qilgan Aristotel, 460-377 yillarda yashagan Gippokrat 
asarlarida ham uchraydi. 
Taniqli Shvetsariyalik olim Paratsels (1493-1541yy.) ishlarni bajarishda yuzaga 
keladigan xavfli omillarlarni o’rganib chiqib, o’z asarida
«Barcha moddalar zahardir, va 
barcha moddalar dori-darmon hamdir. Faqat bir me’yor ushbu moddani zaharga 
aylantirsa, ikkinchi me’yor esa uni dori-darmonga aylantiradi» 
deb yozadi. Nemis 
olimi Agrikol (1494- 1555 yy), italyan vrachi Ramassin (1633-1714 yy), rus olimi 


2
M.V.Lomonosov (1711-1765 yy) o’z asarlarida mehnat muhofazasi masalalariga 
alohida e'tibor qaratgan. 
Hayot faoliyati xavfsizligi fanini vujudga kelishiga va rivojlanishiga sababchi 
bo’lgan omillardan biri, bu ishlab chiqarishning rivojlanishi jarayonida inson faoliyati 
uchun xavfli bo'lgan omillar va sharoitlar aniqlanib, ularni oldini olish zarurati sabab 
bo’ldi. 
Ulug’ bobokalonlarimiz Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino, Zahiriddin 
Muhammad Bobur, zamondoshlarimizdan N.D. Zolotnitskiy, N.V. Solovev, D.A. 
Kelbert, V.L. Gantillo, M.I. Grimitlin, M.N. Nabiyev, P.V. Uchastkin, T.I. Iskandarov, 
O’. Yo’ldoshev, O. Qudratov, T.G’aniyev va boshqalar fanni rivojlanishiga salmoqli 
hissa qo'shgan. Ayniqsa kishilarni kun davomida fiziologik qobilyatini hisobga olgan 
holda ish vaqtini belgilashda F.F.Erisman, ishlab chiqarish jarayonida sog’liqni 
ta’minlash borasida N.A.Semashko, Z.P.Solovyov, G.V.Xlopin, nurlar ta’siridan 
himoyalashni N.F.Galanin, pestitsidlardan zaharlanish oqibatlarini L.IMedved, jahonda 
birinchi bo’lib gazni qobni N.DZelenskiy, zoogigiyena faniga akademik K.I.Skryabin, 
I.M.Sechenov va I.P.Pavlov, yorug’likni ishlab chiqarishda tutgan o’rni to’g’risida 
S.I.Vavilov, yong’inni vujudga kelishi va xavfi to’g’risida A.A.Skonchinskiy kabi 
olimlar asos solganlar. 
Olimlarning izlanishlari va ishlab chiqarishdagi tajribalar natijasidan, inson 
faoliyati uchun xavfli bo’lgan omillar va sharoitlar aniqlanib, me’yoriy hujjatlar ishlab 
chiqariladi va ishlab chiqarishga xavfsiz va zararsiz mehnat sharoitlarini yaratish 
maqsadida hukumat qarorlari va qonunlari asosida joriy qilinadi. 

Download 470,18 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish