Hayotfaoliyatixafsizliginingijtimoiy-iqtisodiyahamiyativamazmuni.
Jamiyatni asosiy rivojlantiruvchi va ishlab chiqarish tizimini boshqaruvchi kuch
inson ekanligini e’tiborga olib, uning ishlab chiqarish faoliyatini va sog’ligini saqash
ijtimoiy sotsial taraqqiyot yo’lidagi muhim omil bo’lib hisoblanadi. Shuning uchun ham
sanoat korxonalarining muhim talabi, faqat sifatli mahsulot ishlab chiqarish bo’lib
qolmasdan, balki ishlab chiqarish sharoitini yaxshilash, ishlab chiqarishda jarohatlanish
va kasb kasalliklari kelib chiqishiga sabab bo’lgan manbalarni yo’qotish, ish faoliyati
inson uchun charchash, toliqish va kasalliklar manbai bo’lmasdan, quvonch va baxt
keltiruvchi faoliyat bo’lishini ta’minlashga harakat qilish zarur.
Sanoat korxonalarida normal sanitariya-gigiyena sharoitlarini yaratish, og’ir qo’l
kuchi bilan bajariladigan mehnatni tugatish va aqliy mehnat rolini oshirish, sanoatda
jarohatlanish va kasb kasalliklarini butunlay tugatish chora-tadbirlarini amalga oshirish
natijasida mehnat qilish, yashash vositasigina bo’lib qolmasdan, hayot talabi bo’lishiga
erishiladi.
Inson mehnatini muhofaza qilishni yaxshilash - davlatimiz amalga oshirayotgan
asosiy va muhim ijtimoiy vazifalardan biridir.
Ekologik xavfsizlik muammosi allaqachonlar milliy va mintaqaviy doiradan chiqib,
butun insoniyatning umumiy muammosiga aylangan.
Insoniyat qanday xavf qarshisida turganligini, atrof muhitga inson faoliyati tufayli
yetkazilayotgan zarar qanday natijalarga olib kelganligini yaqqol his etish qiyin emas.
3
Turli kimyoviy vositalar, zararli moddalar, mineral o’g’itlarni, sanoat va qurilish
materiallarini saqlash, tashish va ulardan foydalanish qoidalarining qo’pol ravishda
buzilishi yerning, havoning ifloslanishiga olib kelmoqda.
Radioaktiv ifloslanish, ayniqsa, katta xavf tug’dirmoqda, Moylisuv (Qirg’iziston)
daryosining qirg’oqlari yoqasida 1944 yildan to 1996 yilgacha uran rudasini qayta ishlash
chiqindilari ko’milgan.
Respublikamizdagi daryolar, kanallar, suv omborlari va hatto yer osti suvlari ham
har taraflama inson faoliyati ta’siriga uchramoqda.
Hozirgi paytda eskirgan uskunalarni almashtirish, yangi texnologiyalarni joriy etish,
ayrim sexlar, uchastkalar va butun boshli korxonalarni rekonstruksiyalash asosida foydali
qazilmalarni sanoat usulida yanada to’liq va oqilona qazib olish muhim vazifa bo’lib
turibdi.
Oxirgi paytda ishlab chiqarish korxonalarida ish sharoiti nisbatan yaxshilangan
bo’lsada, ko’p joylarda bu sharoit og’irlashgan. Bunga ishlab chiqarishdagi asbob-
uskunalarning eskirib, ishdan chiqqanligi, ish joyining yetarli darajada yoritilmaganligi,
havo harorati normasi buzilganligi, havo almashtirish tizimlari va shaxsiy himoya
vositalarining kamligi yoki umuman yo’qdigi sabab bo’lmoqda.
1995 va 1996 yillarda ishlab chiqarish korxonalarida o’tkazilgan 2200 tajriba va
tekshiruvlar natijasi shuni ko’rsatdiki, 1100 ta ish joylarida zaharli moddalarning
konsentrasiyasi yo’l qo’iilishi mumkin bo’lgan darajadan oshib ketgan.
Respublikada rivojlanish bilan bir qatorda ekologik muhitning buzilishi, xavfsizlik
norma qoidalariga e’tiborsizlik oqibatida hamda uskuna-qurilmalarning eskirganligi va
texnologiyalarni zamonaviy emasligi natijasida shikastlanish, kasallanish hollari mavjud.
Masalan, 1995—2000 yillarda O’zbekistonda bir yilda taxminan 2000 ga yaqin
odam har xil darajada tan jarohati olgan. Elektr tokidan shikastlanish uning 37,3% ni
tashkil etgan. Noqulay mehnat sharoiti tufayli 350 kishi nogiron bo’lib qolgan. 2,5
millionga yaqin ishchi xavfsizlik talabiga javob bermaydigan ish joylarida ishlagan.
Sanoat korxonalarida xavfsiz, sog’lom mehnat sharoitini yaratish, kamchiliklarni
yo’qotish, o’z navbatida, bir qancha chora-tadbirlarni ko’rishni, ilmiy tadqiqot ishlarini
olib borishni, xavfsiz uslublarni qo’llashni, mutaxassislarning bilim darajasini oshirishni
talab qiladi.
Kimyo, oziq-ovqat sanoati korxonalariga taalluqli mehnatni muhofaza qilish
muammolarini yechish va insonning salomatligini saqlash O’zbekiston davlati
taraqqiyotida muhim o’rin egallaydi.
Zamonaviy ilmiy-texnika rivoji talablariga faqat har tomonlama chuqur tahlil etib
ishlab chiqilgan mehnat muhofazasi majmui tizimigina javob bera oladi. Uning asosini
ishlab chiqarishga yuqori samarali va xavfsiz yangi texnika va texnologiyalar, mehnatni
tashkil qilishning ilg’or usullarini tatbiq qilish tashkil qiladi. Ushbu soha uchun yuqori
malakali kadrlar tayyorlash hozirgi kun talabidir.
Mehnatni muhrfaza qilish fani ijtimoiy, iqtisodiy, texnika, gigiyena, tashkiliy chora-
tadbirlar, mehnat qonuniyatlari tizimidan iborat bo’lib, uzluksiz mehnat qilish jarayonida
inson sog’ligi va mehnat qilish qobiliyatini saqlashni ta’minlashga qaratilgan.
Mamlakatimizda olib borilayotgan ijtimoiy siyosatning asosiy yo’nalishlaridan
biri - respublikamiz fuqarolarini ishlab chiqarish jarayoni va boshqa holatlarda mavjud
yoki vujudga kelishi mumkin bo’lgan turli xavfli va zararli omillar ta’siridan
4
himoyalash, ularning ijtimoiy himoyasini qonunlar va boshqa me’yoriy hujjatlar asosida
ta’minlash hamda sanitariya va gigiyena talablariga mos mehnat sharoitlarini yaratib
berishdan iboratdir.
Respublikamizda ish beruvchi va ishlovchi o’rtasidagi munosabatlarni xalqaro
andozalarga mos holda tashkil etish maqsadida
Do'stlaringiz bilan baham: |