Mavzu: Hamza ijodi. G'afur G'ulom ijodi. Reja:
1.Hamza Hakimzoda Niyoziy hayoti va ijodi. 2.Hamza ma'rifati.
G'afur G'ulom ijodi va faoliyati.
G'afur G'ulom ijod namunalari. 5."Shum bola"asari haqida
KIRISH
Hamza XX asr oʻzbek adabiyotiga tamal toshini qoʻyganlardan biri. XIX asr oxiri XX asr boshidagi oʻzbek madaniyatining eng yirik namoyandalaridan, faol maʼrifatparvar shoir, oʻqituvchi, jamoat arbobi. U sheʼriyatni hayotga va xalqqa yaqinlashtirish, hozirgi zamon nasrini oʻzbek adabiyotida qaror topdirish, ayniqsa drama, komediya, tragediya yaratish bobida va teatr sanʼatini rivojlantirishdaulkan izlanishlar va kashfiyotlar qilgan sanʼatkordir. Hamza kompozitor, rejissyor, jurnalist, pedagog va darsliklar muallifi sifatida ham keng maʼlumdir. Hamzaning “Milliy ashulalar uchun milliy sheʼrlar majmuasi” (1915–1917), “Zaharli hayot” (1916), “Paranji sirlaridan bir lavha yoki yallachilar ishi” (1927), “Maysaraning ishi” (1926) kabi dramatik asarlari oʻzbek adabiyotida yangi hodisadir.
Hamza 1889 yilda Qoʻqonda tabib oilasida tugʻildi. Otasi maʼrifatli, ilgʻor ziyoli edi. Hamza eski maktabda, rus-tuzem maktabida va madrasada oʻqidi, fors, arab va rus tillarini oʻrgandi. Shu bilan birga Fuzuliy, Navoiy, Hofiz kabi mashhur Sharq shoirlari, Furqat, Muqimiy asarlari ustida mustaqil mutolaa qildi, ulardan oʻrgandi, ilhomlandi va ular taʼsirida 1905 yildan boshlab “Nihon” taxallusi bilan sheʼrlar yoza boshladi va 25 yoshdayoq “Devon” tuzdi. Ularda Sharq sheʼriyatiga xos muhabbat, diniy tematika bilan birga maʼrifatga chaqirish muhim oʻrin egallaydi. Hamza oʻzining pedagogik faoliyatini 1910 yilda Toshkentda Qashqar mahallasida, 1911 yilda Koʻqonda, 1914 yilda Margʻilonda va yana Qoʻqonda maktablar ochib, bolalarni oʻqitishdan boshladi. Hamza bu maktablarda dars beribgina qolmasdan, ayni choqda “Yengil adabiyot”, “Oʻqish kitobi”, “Qiroat kitobi” (1914–1915) kabi darsliklar ham yozdi. U bir shaharda usuli savtiya maktabini ochib quvgʻin qilinsa, ikkinchi shaharda yana shunday jadid maktabini tashkil qildi, koʻproq kambagʻal bolalarni va kambagʻallarni oʻqitishga intildi. Hamzaning maorif-oʻqitish ishlaridagi yutugʻi shunda boʻldiki, islomni usuli savtiya bilan bogʻlay oldi – Qurʼon va Xadislarni faol yordamga tortib, xalqni ilm-maʼrifatga, yangilikka daʼvat etdi.1913–1914-yillarda Hamza chet ellarda Afgʻoniston, Hindiston, Suriya, Turkiya mamlakatlarida, Makkada sayohatda boʻldi, u mamlakatlar hayotida roʻy berayotgan oʻzgarishlar bilan tanishdi. 1915–1917-yillar davomidaHamza qator asarlar yaratib, undaxalqhayoti, uning orzu-intilishlarini ifodaladi, oʻzining insonparvarlik gʻoyalarini xalq tili bilan sodda va ravon uslubda bayon etdi, ommani ilm-maʼrifatga chaqirdi, bidʼatni qoraladi. Uning “Yangi saodat” povesti, “Gul” turkumidagi toʻplamlari (“Milliy ashulalar uchun milliy sheʼrlar majmuasi”) shu davrlarda yozilgandir. U maʼrifatparvarlik gʻoyalarini ommalashtirishda teatrdan ham unumli foydalandi.1915–1916-yillarda “Feruzaxonim”, “Ilm hidoyati”, “Loshman fojiasi” kabi qator drama va komediyalar yozib, baʼzilarini oʻzi tuzgan “Havaskor truppa”sida sahnalashtirdi.
Hamzaning 1917 yilga qadar boʻlgan faoliyati va ijodi oʻz davri madaniy-maʼnaviy hayoti, maʼrifatchilik va jadidchilik taʼsirida shakllanib, uning faol ishtirokchisi boʻlganligi, mustamlaka zulmiga qarshi xalq orasida maʼrifat tarqatish yoʻlida tinimsiz kurash olib borganligini koʻrsatadi. U jadidlarga ergashdi va jadidchilikning ilgʻor vakillaridan biriga aylandi. Jadidlar otasi Ismoil Gʻaspirali vafot etganda Hamza marsiya yozib, “Dod qil davri falaqdin, botdi xurshidi jahon”, deb yozdi. Munavvar qorini “muhtaram ustozi oliy”, “maʼnaviy ota”, deb atadi. Hamza bir maqolasida bunday deb yozdi: “Agar bu ahvolda yashayversak, bir
Hamzaning 1917 yilga qadar boʻlgan faoliyati va ijodi oʻz davri madaniy-maʼnaviy hayoti, maʼrifatchilik va jadidchilik taʼsirida shakllanib, uning faol ishtirokchisi boʻlganligi, mustamlaka zulmiga qarshi xalq orasida maʼrifat tarqatish yoʻlida tinimsiz kurash olib borganligini koʻrsatadi. U jadidlarga ergashdi va jadidchilikning ilgʻor vakillaridan biriga aylandi. Jadidlar otasi Ismoil Gʻaspirali vafot etganda Hamza marsiya yozib, “Dod qil davri falaqdin, botdi xurshidi jahon”, deb yozdi. Munavvar qorini “muhtaram ustozi oliy”, “maʼnaviy ota”, deb atadi. Hamza bir maqolasida bunday deb yozdi: “Agar bu ahvolda yashayversak, bir muddatdan soʻng bu bidʼatlar orasida bir millat tugʻulub butun islom faqat ismi bor, jismi yoʻq bir holgʻa kelib qolur. Oʻzimizning bidʼatlargʻa mubtalo boʻlgʻonimiz yetar, oʻzimizdan keyingi avlodlarimizning xurshid saodatlarin zavolga yetkurmaylik va hozirdan budardlarning davosiga kirishub, chorasini izlayluk… Buning kabi bidʼat va majusiyat odatlarini yoʻq qilmak uchun yolgʻiz ikki kalima soʻzni yaxshi tushunmak lozim: oʻqimoq va oʻqimoq”. Yana boshqa bir maqolasida u “oʻquv-oʻqituv usullarini zamonga muvofiq tahsil qilmoq choralarini axtarmoq lozim”ligini uqtiradi. Hamza darsliklar yozib, yangi uslubdagi maktab ochib, jurnallar chiqarib jadidchilikni targʻib qilish bilan cheklanmadi, balki ayni chokda oʻzining badiiy asarlarida jadidchilik ruhini keng, dadil va teran targʻib etdi. Maʼlumki, jadidchilikka rus mustamlakachilari ham, boylar va mutaassib ruhoniylar ham qarshi turgan. Shuning uchun Hamza oʻz asarlarida ana shularga qarshi kurash olib bordi. “Zaharli hayot” dramasida Maryamxon “Shariatda jabr harom!”, “Shariatda adolat bor”, “Islomiyat oʻlmaydi”, deydi. Hamza “pora olib, dindan kechib” xalqni aldaganlarni “millat hisi yoʻq ekan” deb taʼkidlaydi.
1917 yil fevral voqeasi munosabati bilan yozgan maqolasida Hamza bunday deydi: “Mana bu kun haqiqatan, hurriyat vositasi bilan eski xoin va zolim, mustabid hukumati 50 yildan beri boʻyin, qoʻl va oyogʻimizga sezimsiz solub kelgan umrlik ogʻir zanjirlarni qoʻlga koʻrsatub yechdi, xolos qildi. Bu haqiqat, musovot vositasi bila, bir taraf, zolim amaldorlar, ikkinchi tarafdan, rahmsiz, shafqatsiz talonchilar temir tirnogʻi ostida poʻstlari butun sidirilub, yuraklari ezilub, choʻkub xonimonlaridan ajrob kelub turgan mazlum, nohaq faqiru bechora, yetim, gʻariblarning burgutlarning panjai margidan raho qildi… Bu kun Ostroumov, Ilminskiy kabilarning tarbiyasida yashagan va aning maslakiga xizmat etuvchi, vatandagi oʻz oramizdan chiqqan din xoinlarini xiyonatlarin haqiqat maydoniga otur. Nohaqlarni sharmanda va marnigun qilur”.
Hamza oʻz asarlarida hurriyat, baxt-saodatga birlashish, oʻqish-oʻrganish, mehnat va kurash orqali erishish mumkinligini taʼkidlab: “Birlashsun emdi boshimiz, maslakda karshi yoshimiz”, “Birlashing, Turkiston!”, “Qoʻl ushlashing, birlashing emdi, Turkiston!”, “Haq yoʻlida jon bersak, boʻlsak millat qurboni”, deydi. 1917 yili oʻrtalarida yozgan “Uyon Vatan” sheʼrida Hamza “Ey Islom eli! Bu kun millatga oʻlsun harna himmatimiz!”, “Bitdi istibdod! Yetsun hurriyat! Bitsun nazorat, qullik, asorat!” deb hayqirdi. “Turkiston muxtoriyatina” sheʼrida “Toʻrt yuz yillik Romanov bitgach davlati koʻtarildi asorat, xoʻrlik illati”, “Bir sanjoqda toʻplansin islom davlati” deb kuylaydi.
Hamza sheʼriyati, xususan, uning “Milliy ashulalar uchun milliy sheʼrlar majmuasi” uning ijodidagina emas, balki umuman XIX asr oxiri XX asr boshidagi oʻzbek sheʼriyatida olgʻa tashlangan katta bir qadamdir. Hamza bu realistik turkumda Turkiston xalqining haqqoniy ahvolini, oʻz soʻzi bilan aytganda “Turkiston qissasini” koʻrsatib beradi. Toʻplamdagi sheʼrlarni sodda tilda va xalq qoʻshiqlari pardasida, yoʻsini, yoʻli va ohangida yozadi, har bir sheʼr boshida xalq orasida mashhur boʻlgan biror ashulani koʻrsatib, undan parcha keltirib oʻtadi. Uning “Yangi saodat” povesti ham yangicha proza asarlari yaratish sohasida qoʻyilgan muhim qadamdir. Unda ham maʼrifat, erkin-baxtli hayotga intilish ruhi yetakchilik qiladi. Asarning soʻngida shunday soʻzlarni oʻqiymiz: “Xudo zolim emas, birovga berub, birovga bermay qoʻymas. Xudoyi taborak va taolo saodat ilmda, razolat jahlda, har bir ish bandaning oʻz harakatiga muvofiq, deb kalomida takror xabar bergani bor”.
Hamza dramalari oʻzbek adabiyotiga yangilik boʻlib kirdi. “Zaharli hayot yoxud ishq qurbonlari” asari rosmana fojia, yaʼni tragediyadir. U “Istibdod qurbonlari” (“Loshmon fojialari” trilogiyasining uchinchi qismi, qolganlari topilganicha yoʻq) asarida istibdod toʻgʻrisida soʻzlab, rus chinovniklarini qahr-gʻazab bilan fosh etadi va aytish mumkinki, bu davr oʻzbek adabiyotida rus chorizmini Hamzadek fosh qilgan yozuvchi boʻlmasa kerak.Oʻzbek adabiyotida haqiqiy maʼnodagi komediya janrining tugʻilishi va rivoji ham Hamza nomi bilan bogʻliq. Hamza “Maysaraning ishi” (“Burungi qozilar yoki Maysaraning ishi”) asari bilan oʻzbek adabiyotida komediya janriga asos soldi. Hamza komediyalari, eng avvalo, oʻzbek xalq ijodi – xalq qoʻgʻirchoq teatri, askiyachilik va Nasriddin Afandi latifalari, shuningdek, xalqning hazil-hajviy ertaklari zaminida tugʻildi. Shuning uchun komediyalarida xalq ijodi anʼanalarining salmogʻi katta.Hamza oʻz davrida maktab maorif sohasida ishladi, dram truppalar tuzdi. U toʻgʻri soʻzligi, haqiqatgoʻyligi va murosasizliga tufayli biror yerda muqim ishlay olmadi. Buxoroda, Toshkentda, Fargʻona, Xoʻjaylida, Avval qishlogʻida – yurt boʻylab koʻchib yurdi. 1929 yili 18 martda Shohimardonda fojiali oʻlim uni hayotdan olib ketdi.Hamzaning maʼrifatchilik faoliyati Turkistonda XX asrning boshidagi umumiy maʼnaviy oʻzgarishlar, ilgʻor pedagogik va ijtimoiy-falsafiy fikrlar, jadidchilik harakati rivojiga muhim taʼsir koʻrsatdi. U oʻz ijodi bilan oʻzbek milliy adabiyotining taraqqiysi, undagi realistik yoʻnalishning borgan sari rivoj topib borishida katta ahamiyatga ega boʻldi. Oʻz xalqi, vatanining farovonligi, maʼnaviy rivoji yoʻlida charchamay, nihoyatda foydali ishlarni amalga oshirdi. Muddatdan soʻng bu bidʼatlar orasida bir millat tugʻulub butun islom faqat ismi bor, jismi yoʻq bir holgʻa kelib qolur. Oʻzimizning bidʼatlargʻa mubtalo boʻlgʻonimiz yetar, oʻzimizdan keyingi avlodlarimizning xurshid saodatlarin zavolga yetkurmaylik va hozirdan budardlarning davosiga kirishub, chorasini izlayluk… Buning kabi bidʼat va majusiyat odatlarini yoʻq qilmak uchun yolgʻiz ikki kalima soʻzni yaxshi tushunmak lozim: oʻqimoq va oʻqimoq”. Yana boshqa bir maqolasida u “oʻquv-oʻqituv usullarini zamonga muvofiq tahsil qilmoq choralarini axtarmoq lozim”ligini uqtiradi. Hamza darsliklar yozib, yangi uslubdagi maktab ochib, jurnallar chiqarib jadidchilikni targʻib qilish bilan cheklanmadi, balki ayni chokda oʻzining badiiy asarlarida jadidchilik ruhini keng, dadil va teran targʻib etdi. Maʼlumki, jadidchilikka rus mustamlakachilari ham, boylar va mutaassib ruhoniylar ham qarshi turgan. Shuning uchun Hamza oʻz asarlarida ana shularga qarshi kurash olib bordi. “Zaharli hayot” dramasida Maryamxon “Shariatda jabr harom!”, “Shariatda adolat bor”, “Islomiyat oʻlmaydi”, deydi. Hamza “pora olib, dindan kechib” xalqni aldaganlarni “millat hisi yoʻq ekan” deb taʼkidlaydi.
1917 yil fevral voqeasi munosabati bilan yozgan maqolasida Hamza bunday deydi: “Mana bu kun haqiqatan, hurriyat vositasi bilan eski xoin va zolim, mustabid hukumati 50 yildan beri boʻyin, qoʻl va oyogʻimizga sezimsiz solub kelgan umrlik ogʻir zanjirlarni qoʻlga koʻrsatub yechdi, xolos qildi. Bu haqiqat, musovot vositasi bila, bir taraf, zolim amaldorlar, ikkinchi tarafdan, rahmsiz, shafqatsiz talonchilar temir tirnogʻi ostida poʻstlari butun sidirilub, yuraklari ezilub, choʻkub xonimonlaridan ajrob kelub turgan mazlum, nohaq faqiru bechora, yetim, gʻariblarning burgutlarning panjai margidan raho qildi… Bu kun Ostroumov, Ilminskiy kabilarning tarbiyasida yashagan va aning maslakiga xizmat etuvchi, vatandagi oʻz oramizdan chiqqan din xoinlarini xiyonatlarin haqiqat maydoniga otur. Nohaqlarni sharmanda va marnigun qilur”.
Hamza oʻz asarlarida hurriyat, baxt-saodatga birlashish, oʻqish-oʻrganish, mehnat va kurash orqali erishish mumkinligini taʼkidlab: “Birlashsun emdi boshimiz, maslakda karshi yoshimiz”, “Birlashing, Turkiston!”, “Qoʻl ushlashing, birlashing emdi, Turkiston!”, “Haq yoʻlida jon bersak, boʻlsak millat qurboni”, deydi. 1917 yili oʻrtalarida yozgan “Uyon Vatan” sheʼrida Hamza “Ey Islom eli! Bu kun millatga oʻlsun harna himmatimiz!”, “Bitdi istibdod! Yetsun hurriyat! Bitsun nazorat, qullik, asorat!” deb hayqirdi. “Turkiston muxtoriyatina” sheʼrida “Toʻrt yuz yillik Romanov bitgach davlati koʻtarildi asorat, xoʻrlik illati”, “Bir sanjoqda toʻplansin islom davlati” deb kuylaydi.
Hamza sheʼriyati, xususan, uning “Milliy ashulalar uchun milliy sheʼrlar majmuasi” uning ijodidagina emas, balki umuman XIX asr oxiri XX asr boshidagi oʻzbek sheʼriyatida olgʻa tashlangan katta bir qadamdir. Hamza bu realistik turkumda Turkiston xalqining haqqoniy ahvolini, oʻz soʻzi bilan aytganda “Turkiston qissasini” koʻrsatib beradi. Toʻplamdagi sheʼrlarni sodda tilda va xalq qoʻshiqlari pardasida, yoʻsini, yoʻli va ohangida yozadi, har bir sheʼr boshida xalq orasida mashhur boʻlgan biror ashulani koʻrsatib, undan parcha keltirib oʻtadi. Uning “Yangi saodat” povesti ham yangicha proza asarlari yaratish sohasida qoʻyilgan muhim qadamdir. Unda ham maʼrifat, erkin-baxtli hayotga intilish ruhi yetakchilik qiladi. Asarning soʻngida shunday soʻzlarni oʻqiymiz: “Xudo zolim emas, birovga berub, birovga bermay qoʻymas. Xudoyi taborak va taolo saodat ilmda, razolat jahlda, har bir ish bandaning oʻz harakatiga muvofiq, deb kalomida takror xabar bergani bor”.
Hamza dramalari oʻzbek adabiyotiga yangilik boʻlib kirdi. “Zaharli hayot yoxud ishq qurbonlari” asari rosmana fojia, yaʼni tragediyadir. U “Istibdod qurbonlari” (“Loshmon fojialari” trilogiyasining uchinchi qismi, qolganlari topilganicha yoʻq) asarida istibdod toʻgʻrisida soʻzlab, rus chinovniklarini qahr-gʻazab bilan fosh etadi va aytish mumkinki, bu davr oʻzbek adabiyotida rus chorizmini Hamzadek fosh qilgan yozuvchi boʻlmasa kerak.
Oʻzbek adabiyotida haqiqiy maʼnodagi komediya janrining tugʻilishi va rivoji ham Hamza nomi bilan bogʻliq. Hamza “Maysaraning ishi” (“Burungi qozilar yoki Maysaraning ishi”) asari bilan oʻzbek adabiyotida komediya janriga asos soldi. Hamza komediyalari, eng avvalo, oʻzbek xalq ijodi – xalq qoʻgʻirchoq teatri, askiyachilik va Nasriddin Afandi latifalari, shuningdek, xalqning hazil-hajviy ertaklari zaminida tugʻildi. Shuning uchun komediyalarida xalq ijodi anʼanalarining salmogʻi katta.
Hamza oʻz davrida maktab maorif sohasida ishladi, dram truppalar tuzdi. U toʻgʻri soʻzligi, haqiqatgoʻyligi va murosasizliga tufayli biror yerda muqim ishlay olmadi. Buxoroda, Toshkentda, Fargʻona, Xoʻjaylida, Avval qishlogʻida – yurt boʻylab koʻchib yurdi. 1929 yili 18 martda Shohimardonda fojiali oʻlim uni hayotdan olib ketdi.Hamzaning maʼrifatchilik faoliyati Turkistonda XX asrning boshidagi umumiy maʼnaviy oʻzgarishlar, ilgʻor pedagogik va ijtimoiy-falsafiy fikrlar, jadidchilik harakati rivojiga muhim taʼsir koʻrsatdi. U oʻz ijodi bilan oʻzbek milliy adabiyotining taraqqiysi, undagi realistik yoʻnalishning borgan sari rivoj topib borishida katta ahamiyatga ega boʻldi. Oʻz xalqi, vatanining farovonligi, maʼnaviy rivoji yoʻlida charchamay, nihoyatda foydali ishlarni amalga oshirdi.Hamza keyingi hayoti va faoliyati davomida qisqa muddat Qoʻqondagi rus-tuzem maktabida oʻqituvchi, „Shoʻroi islom“ tashkilotining ozuqa shoʻbasida mirza, „Kengash“ va „Hurriyat“ jurnallarida muharrir (1917), Fargʻona viloyati madaniy-maorif boʻlimida xodim (1918), Turkiston fronti siyosiy boshqarmasi ixtiyoridagi Oʻlka musulmon siyosiy truppasida rejissyor (1919), „Dor ushshafaqa“ maktabida mudir (1920), Buxoro viloyati maorif va harbiy targʻibot- tashviqot shoʻʼbasi qoshidagi teatr truppasida rahbar (1921), Xorazm viloyatidagi kasaba soyuzlarining madaniy-maʼrifiy muassasalarida mudir (1921-1924), Fargʻona maorif qoʻmitasi qaramogʻidagi ong-bilim shoʻʼbasida mudir oʻrinbosari (1924) singari turli lavozimlarda xizmat qilgan. 1926-yildan erkin ijod bilan shugʻullangan. Ammo rahbar idoralarning topshirigʻi bilan 1928-yil avgustdan Shohimardonda targʻibot-tashviqot ishlari olib borgan va soʻnggi safari chogʻida halok boʻlgan.
1908–1910-yillarda Hamza adabiy va ijtimoiy faoliyatini jadidchilik harakati bilan uzviy bogʻlagan. Hamza yangi usuldagi maktablar ochish va bu maktablar uchun yangi tipdagi oʻquv qoʻllanmalari yaratish yoʻli bilan xalqni maʼrifatlashtirish maqsadida Qoʻqon va Margʻilonda ochgan maktab oʻquvchilari uchun „Yengil adabiyot“, „Oʻqish kitobi“ (1914) va
„Qiroat kitobi“ (1915) oʻquv qoʻllanmalarini tayyorlagan Hamza katta yoshdagi kishilar uchun „Milliy ashulalar uchun milliy sheʼrlar majmuasi“ umumiy nomi ostida „gul“ toʻplamlarini eʼlon qilgan (1915-1919). Hamza mazkur majmualari (8 boʻlimdan iborat) bilan oʻzbek sheʼriyatiga yangi mazmun va yangi gʻoyalar olib kirgan va, ayniqsa, jadid adabiyoti taraqqiyotiga katta hissa qoʻshgan.
Hamza Xitoy, Hindiston, Afgʻoniston, Eron, Turkiya va Arab mamlakatlarida boʻlgan. Haj amallarini bajargan. 1920-yili Qoʻqonga qaytib kelib, maorif sohasida xizmat qiladi. Shu yil oxirida Buxoroga boradi. Bir yilcha yashab, 1921-yil soʻnggida Toshkentga va undan Xorazmga oʻtadi va u erda profsoyuzning madaniy-maorif shu’ʻbasida ishlaydi. Xorazmdan Xoʻjayliga borib, 1924-yil iyulgacha oʻzi tashkil etgan internatda faoliyat koʻrsatadi. 1925-yili Fargʻonaga borib, Shohimardonda kolxoz tuzish, maktablar ochish, xalqning savodini chiqarish ishlari bilan shugʻullanadi.
1928-yildan unga nisbatan taʼqib va tazyiq koʻrsatila boshlaydi. Har qanday mamlakatning iqtisodiy qudrati ogʻir sanoatining qanchalik rivojlanganiga qarab belgilanganidek, har qanday milliy adabiyotning insoniyat estetik tafakkuriga qoʻshgan hissasi ham undagi romanchilikning salmogʻi bilan tayin etiladi. Chunki roman millat badiiy tafakkurining taraqqiyot darajasini namoyon etadi. Romanning bugunini tushunish va istiqbolini bashorat qilish uchun bu janrning nima uchun, qachon va qayerda paydo boʻlganini aniqlash hamda unga xos yetakchi belgilarni tayin etish lozim boʻladi. Ilk romanlar milodning XII-XIII asrlarida roman tillarida soʻzlashuvchi xalqlar orasida yuzaga kelgan. “Roman tillari” tushunchasi “Rim (Roma)ga tegishli” degan maʼnoni anglatib, lotin tili asosida shakllangan ispan, italyan, moldova, portugal, rumin, flamand, fransuz va boshqa tillarni oʻz tarkibiga oladi. Ilk romanlar paydo boʻlgan davrda Ovroʻpodagi deyarli barcha davlatlar uchun lotin tili rasmiy va badiiy til sanalardi. Aholining asosiy qismi esa lotin tilini bilmas, binobarin, adabiyotdan bebahra edi. Ana shunday sharoitda, aholining ruhoniylar va aslzodalardan keyingi uchinchi va son jihatidan eng katta qatlami boʻlmish ish odamlari, kosib-hunarmandlarga tushunarli boʻlgan tildagi, ularning didiga muvofiq keladigan asarlarga ehtiyoj paydo boʻldi. Roman ana shu ehtiyoj natijasi oʻlaroq yuzaga keldi. Ilk paydo boʻlgan chogʻida roman tillarining birida yaratilgan asar roman sanalib, “roman tilidagi qissa yoki hikoya” maʼnosida conte roman deyilgan.
Romanning aynan oʻsha vaqt, oʻsha joy va shu shaklda paydo boʻlishiga sabab nima? Maʼlumki, antik davrdan qolgan anʼanaga koʻra barcha badiiy asarlar “yuksak poeziya” shaklida boʻlib, ularga maʼbudlar, kohinlar, saltanat egalari, kam deganda, aslzodalar qahramon qilib olinardi. Uchinchi qatlam, yaʼni, mehnat kishilari uchun bu asarlarning tili tushunarsizligidan tashqari, qahramonlari ham mutlaqo begona edi. Holbuki, bu davrga kelib uchinchi qatlam ham son jihatidan, ham iqtisodiy mavqeiga koʻra katta kuchga ega edi. Agar insoniyat tarixining shu davriga qadar badiiy asarlar neʼmatlarga egalik qiluvchi va taqsimlovchilarning didlariga muvofiq yaratilgan boʻlsa, XII asrdan eʼtiboran ishlab chiqaruvchilarning didlariga mos asarlar ham yaratiladigan boʻldi. Mehnat bilan kun koʻradigan oddiy odamlarning estetik ehtiyoji natijasi oʻlaroq paydo boʻlgan romanlarda aks ettirilgan voqealar, ularda tasvirlangan obrazlar va bu asarlarning ifoda yoʻsini ham oʻqirmanlarning intellektual darajasiga muvofiq boʻlishi tabiiy edi. Shuning uchun ham Gegel romanni nimkinoya bilan “burjuaziyaning epopeyasi” deb ataydi.Roman uchinchi qatlamga mansub kishilar didiga muvofiq dunyoga kelgan va oldin shakllangan “yuksak poeziya” namunalaridan keskin farq qiladigan janr boʻlgani uchun juda uzoq vaqt davomida adabiyot nazariyotchilarining eʼtiboridan chetda qolib keldi. Deyarli yetti yuz yil mobaynida romanga xos belgilar ilmiy jihatdan tadqiq qilinmadi. Bu boradagi ilk nazariy qarashlar romanchilarning oʻzlari tomonidan bildirildi. Faqat XIX asrga kelib, Gegel roman nazariyasiga qoʻl urdi. Aynan nazariy qolipning yoʻqligi romanning xilma-xil sinkretik va qirgʻoqsiz janr boʻlishiga olib keldi. Nazariy cheklovlarning kamligi sababli roman yetakchi adabiy janrga aylandi. Roman tarixiga qilingan qisqa ekskursiya uning janr sifatidagi belgilarini toʻgʻri aniqlash imkonini beradi. Ibtidoda insonning individual xususiyatlari, ruhiyat jilvalari tasviriga eʼtibor qaratilgani bois, Belinskiy romanni “individning eposi” deb atagan. Koʻrinadiki, roman alohida shaxslarning ichki dunyosini badiiy idrok etish va izohlash yoʻsini sifatida yuzaga kelgan.
Roman oʻzining tarixi mobaynida qahramonlarni tasvirlash yoʻsini hamda inson shaxsiga yondashuv maromiga koʻra asosan ochiq yoki ekstensiv va yopiq yoxud intensiv singari ikki turga boʻlindi. Servantesning mashhur “Don Kixot”idan boshlangan ochiq romanlarda tasvirlanayotgan obrazlarning taqdiri, xatti-harakatlari, faoliyati ijtimoiy turmush bilan aloqadorlikda, hayotiy determinizmga muvofiq sabab-oqibat bogʻliqligida tasvir etiladi. Ochiq romanlarda odamga asosan ijtimoiy mavjudot deb qaralib, uning taqdirida jamiyat tartiblari, ijtimoiy asoslar hal qiluvchi mavqeda boʻlishi koʻrsatilgan. Roman antik adabiyotda paydo boʻlganida, yozuvchilar koʻpincha maishiy mavzudagi miflarning anʼanaviy syujetlaridan foydalanib, ularga emotsional olam manzaralarini olib kirganlar. Kahramonlarning ichki olami tasviri bu asarlarda voqeabandlikning soyasida qolgan. Ammo Longning «Dafnis va Xloya» ishqiybukolika Roman ida qaxramonlarning sarguzashtlariga qaraganda ularning histuygʻulari tasviriga shu qadar katta oʻrin berilganki, natijada bu asar uzoq davrlar mobaynida psixologik Romanning mumtoz namunasi hisoblanib kelgan.
Roman janri ana shu tarzda davrmadavr boyib, badiiy tuzilmasi oʻzgarib bordi. Oʻrta asrlarda romantik tasvir usulining yetakchilik qilishi natijasida ritsar Roman lari («Tristan va Izolda rivoyati»), Uygʻonish davrida kichik hikoyalardan iborat Romanlar (J. Bokkachchoning «Dekameron»i), romanlashgan qissa (M. Boyardo, L. Ariosto, T. Tasso) va dramalar (V. Shekspir) maydonga keldi. Ana shu tarzda Roman tabiatida kechayotgan oʻzgarishlar insonparvarlik gʻoyalari ustuvorlik qilgan Maʼrifatparvarlik davrida muayyan darajada oʻz yakuniga erishdi. A. F. Prevonpng «Manon Lesko» R. i bilan adabiyotga «oʻrta» xarakter deb yuritilgan qahramonlar obrazi kirib keldi va shu davr R. larida ruhiyat tasviri keng oʻrin egalladi.
19-a. dan boshlab jahon adabiyotida realistik Roman janri shakllana boshladi. G. Stendal, O. Balzak, G. Flober va b. yozuvchilarning badiiy izlanishlari bilan Roman janrining syujet doirasi kengaydi, koʻp planlilik, epik kulam va syujetning shiddatli harakati janrning muhim shartlari sifatida qabul qilindi. 19-a. ning soʻnggi choragida naturalizmning avj olishi natijasida Roman tabiatida turgʻunlik, hatto tanazzul holati koʻzga tashlandi. Ammo 19-a. oxiri — 20-a. boshlarida J. Golsuorsi, G. Mann, T. Mann va J. London realistik asarlarining yaratilishi bilan Roman janri oʻz taraqqiyotining yangi bosqichiga erishdi. Rus adabiyotida «Yevgeniy Onegin» (A. S. Pushkin) sheʼriy romanining yaratilishi rus Roman navisligining shakllanishiga muxim turtki berdi. N. V. Gogol, I. V. Turgenev, L. N. Tolstoy, F. M. Dostoyevskiy R. larining maydonga kelishi bilan realistik rus Roman navislik maktabi vujudga keldi.
Oʻzbek adabiyotida Roman janrining paydo boʻlishiga Navoiy «Xamsa»sini tashkil etgan «Farhod va Shirin», «Layli va Majnun» singari dostonlar, xalq kitoblari va dostonlari muhim manba boʻlib xizmat qildi. Milliy uygʻonish adabiyoti namoyandalari dastlabki oʻzbek Roman larini yaratishga kirishganlarida mazkur milliy adabiy tajriba va anʼanalardan samarali foydalandilar. Hamzaning «Yangi saodat yoxud Milliy roman»i (1914), Mirmuhsin Shermuhamedovning «Befarzand Ochildiboy» (1915) asarlari dastlabki oʻzbek Roman larini yaratish yoʻlidagi izlanishlar edi. Kodiriyning «Oʻtgan kunlar» (1926) asarining yaratilishi bilan oʻzbek realistik Romani vujudga keldi. Qodiriy bu asari bilan milliy oʻzbek Roman navislik maktabiga asos soldi. Ayni paytda bu asar katta badiiy polotnolarni yaratishga qodir yangi oʻzbek adabiy tilining shakllanganini ham namoyish etdi. Keyinchalik Kodiriy «Mehrobdan chayon» (1928), Ayniy «Qullar» (1934), Choʻlpon «Kecha va kunduz», Abdulla Qahhor «Sarob» (1935), Oybek «Kutlugʻ qon» (1939) va «Navoiy» (1944) asarlari bilan oʻzbek Roman navislik maktabining yuksalishiga katta hissa qoʻshdilar. Ustoz adiblarning ijodiy izlanishlari tufayli shakllangan oʻzbek Roman navislik maktabi keyinchalik A. Muxtor, Shuhrat, Mirmuhsin, H. Gʻulom, Sh. Rashidov, S. Ahmad, Shukrullo, M. Ismoiliy, O. Yoqubov, P. Qodirov, Oʻ. Hoshimov, T. Malik, O. Muxtor va b. yozuvchilarning turli mavzuda yozgan asarlari bilan boyidi. Oʻzbek Roman navisligida Roman janrining turli kurinishlari (tarixiy, tarixiybiografik, tarixiyinqilobiy, publitsistik, harbiy, sarguzasht, fantastik Romanlar, shuningdek, Roman xronika, Roman novella, Roman munozara) va shakllari (dilogiya, trilogiya) paydo buldi.
Sovet davrida yaratilgan ayrim Roman larda shu davrning oʻtkinchi gʻoyalari olgʻa surilgan va voqelik sotsialistik realizm talablari asosida buyab, xaspushlab koʻrsatilgan. Shunga qaramay, oʻzbek Romani xuddi shu davrda milliy adabiyotning yetakchi janrlaridan biri sifatida paydo bulib, uzining yuksak namunalarini berdi.
Mustaqillik yillarida Oʻ. Hoshimov, Sh. Xolmirzayev, T. Malik, H. Shayxov, O. Muxtor, Muhammad Ali, U. Nazarov, Togʻay Murod va b. yozuvchilar oʻzbek Roman navisligini oʻzlarining turli mavzu va janr koʻrinishlaridagi asarlari bilan boyitmokdalar.
Do'stlaringiz bilan baham: |