Reja: Gupta davlati. Hindistonning ijtimoiy tuzumi



Download 16,3 Kb.
Sana28.02.2022
Hajmi16,3 Kb.
#473700
Bog'liq
ILK O


ILK O'RTA ASRLARDA HINDISTON
Reja:
1. Gupta davlati. Hindistonning ijtimoiy tuzumi.

2. Madaniy taraqqqiyoti.

3. Xarsha davlati.

4. Dehli sultonligining tuzulishi.

Adabiyotlar

1. V.F.Semyonov. O'rta asrlar tarixi. "Oqituvchi" nashr. Toshkent - 1973 yil. 150-157 betlar.

2. R.Qurbongaliyeva. O'rta asrlar tarixidan o'quv - metidik qo'llanma. Toshkent 1989y

3. Xretomatiya po istorii srednix vekov. "Prosvesheniye" Moskva 1980 god, chast I.

4. Javaharlal Neru. Otkriti Indii. Izd. inost. lit. rp Moskva 1955. 245-252 str .

Tayanch tushunchalar

Braxman - kohin

Kshotriy -Harbiy zodagon

Hinduizm - hindistonda keng tarqalgan din

Nazorat savollari

1. Hindiston taraqqoyotning qaysi bosqichida edi.?

2. Xorsha davlati to'g'risida nima bilasiz ?

3. Hindistonda Dehli sultonligi qachon tashkil topdi?

Gupta davlati

Hindiston Osiyo qit'asida joylash bo'lib bu davlatlarni rojalar boshqarar edilar. Ular mamlakatni boshqarganda braxmanlar (kohinlar) va kshatriylar (harbiy zadogonlar) tabaqasiga tayanar edi.

320 yilda shimoliy Hindistonning shunday rojalaridan biri Chandragupta I ( 320-340 yil) o'ziga qo'shni rojalarni bo'ysundirib, Gang daryosi havzasida katta davlatga, Gupta davlatiga asos soldi. Bu davlat VI asrning boshlarigacha yashadi. Chandragupta I ning vorislari zamonida, ayniqsa Samudragupta (340-380) va Chandragupta II (380-414) o'zlarining bosqinchilikdan iborat siyosatlari bilan nom qoldirdilar.

Gupta davlati Gang daryosining quyi oqimini ham, to uning dengizga quyiladigan joygacha, shuningdek Dekan yassi tog'laridan to Norbad daryosigacha bo'lgan yerlarni o'z ichiga olar edi. Gupta davlatining poytaxti Pataliputra shahri edi.

Gupta podsholari Eron bilan qizg'in savdo - sotiq ishlarini olib borib, O'rta Osiyolik qabilalarining hujumlarini uzoq vaqt qaytara oldilar. Gupta davrida Hindiston madaniy, iqtisodiy jihatdan taraqqiy qildi. Hozirgi Hindistonda eng keng tarqalgan hinduizm dinining vujudga kelishi ham o'sha davr bilan bog'liqdir.


Gupta davrida Hindistonning ijtimoiy tuzumi
Gupta davrida Hindistonning ijtimoiy tuzumida asosan quldorlik tuzumi saqlanib qolgan edi. Qullar mehnatidan irrigatsiya, qishloq xo'jaligida, og’ir mehnat talab qilinadigan ishlarda, uy ro'zgor ishlarida foydalanilar edi. Qullar Osiyo va Afrikadan keltirilar edi. Gupta davrida aholi Kastalarga (tabaqalarga) bo'lingan bo'lib, ularning 4 ta turi mavjud edi: -1. braxmanlar (kohinlar) -2. Kishatriylar (jangchilar) -3. vayishiyalar (dehqonlar, hunarmandlar, savdogarlar) -4. Shudralar (sobiq qullar, past tabaqalar, "kishi hazar qiladigan" ishlarni bajaruvchi kishilar) O'rta asrlarda davlat braxmanlar va kshatriylar ixtiyorida edi. Ularning juda ko'p yerlari va qullari bor edi. Gupta davrida kastalarning miqdori bir necha o'n turdan oshdi. Eng past kastalarning haq - huquqsizligi, xo'rlanishi quldorlik tuzumining idiologiyasining eng yorqin ifodasi edi. Hindistonda quldorlik tuzumi bilan birga goyat katta iqtisodiy ahamiyatga ega bo'lgan jamoa dehqonchiligi ham mavjud edi. Hindistondagi jamiyat shu yacheyka ustida qurilgan edi. Hindistonning ijtimoiy hayotida qishloq jamoasining ahamiyati K.Maris shunday tavsiflab bergan edi.
"...Hindistonning butun mamlakat yuzasiga yozilgan aholisi kichkina - kichkina markazlarni tashkil etib, bu markazlar sanoat bilan qishloq xo'jaligi o'rtasidagi xonaki aloqa asosidayashaydi ..."
Har bir qishloqning ma'lum miqdorda ekinzor yeriva yaylovi bor edi. Qishloqda dehqonchilik bilan hunarmandchilik qo'shib olib borilar edi. Qishloqni oqsoqollar boshqarar edi. (Demak ular o'z boshidan patriarxal ishlab chiqarish davridan kechirayotgan edi).
1. К.Maris va F.Engolk. Asarlar, 9 torn, 134 bet.
Gupta podsholarining iqtisodiy qudrati birinchi navbatda xuddi ana shu behisob dehqon jamoalarini eksplutatsiya qilishga asoslangan edi.

Albatta, shuni ta'kidlab o'tish kerakki, Gupta davri Hindistonda quldorlik tuzumining yemirilishi va feudal tuzumi munosabatlarning shakllanishi bilan xarakterlanadi . Bu holatni bir qancha faktlar misolida ko'rish mumkin edi:


Qullar tez-tez erkin qoyib yuboriladigan, ma'lum xizmatlarni o'tash sharti bilan ularga uncha katta bo'lmagan yer uchastkalri ajratib berilar edi.
Podsho ixtiyoridagi yerlar qullarga ijaraga berilar edi.
- Katta oilalar mayday -mayda oilalarga bo'linib ketdi.
- Katta-katta oilalarga qarashli chek yerlari ham parchalanib ketdi ; bunda to'ngich o'giliga, ukalariga qaraganda yer ko'proq ajratib berilar edi.
Jamoa ichida eksplutator qatlamlar paydo bo'laboshladi. Bularning hammasi natijada feodal munosabatlari butun mamlakat boylab keng yoyilishiga olib keldi.
Madaniyatning ravnaq topishi
Gupta davlati davrida arxitiktura, ayniqsa ibodatxona va saroylar qurilishiga alohida e'tibor berildi. Ammo madaniyat yodgorliklari turli hujumlar oqibatida vayron qilingan, yo'qotilgan. Ayrim madaniy yodgorliklarning hozirgacha yetib kelgan ba'zi bir binolarga qarab ularning juda mohirlik bilan qurilganligiga ishonch hosil qilish mumkin. Masalan: baxaybat yaxlit toshlarning ichini gor - gor qilib oyib ishlangan Ellara va Alanta ibotxonalari o'shanday qurilishlar jumlasidandir .Ibodatxonalar ichida qadimiy hind va budda afsonalaridan olib ishlangan haykallar benihoya ko'p bo'lib, bularda kishilarning figuralari ifoda etilgan. Bu figuralar o'zinig go'zalligi va ulug'vorligi bilan katta taassurot qoldiradi. Gupta davrida rassomlar va ustalar metalga pardoz berishning yuksak mahoratini egallaganlar. Er.av. IV asrning oxiri va V asr boshlarida quyma temirdan ishlangan udtun hozirga qadar yaxshi saqlangan.
Gupta davrida fan taraqqiyotiga katta e'tibor berildi. Bir qancha hind munajjimlari (astranomlari) nomi butun dunyoga mashhur edi. Bular orasida V-VI asrlarda yashagan, grek fani va astronomiyasi bilan tanish bo'lgan Aryabxata, Varaxamixira va Braxmagupta ayniqsa mashhurdir. Hindistonda bu davrda tabobat ilmi, giyoh bilan davolash rivoj topgan edi. Adabiyot, poeziya, drama yuksak darajada rivojlandi. IV asning oxiri va V asrning I-yarmida geniol hind shoiri Kalidasining asrlari katta ahamiyatga ega bo'ldi. Kalidasi ayniqsa "Alqishlangan Shakuntala" dramasi dong qozondi. Bu asarida nihoyatda nazokatli va shu bilan bir vaqtda o'z yo'lida uchragan ogir mashaqqatli to'siqlarni yenga olgan jo'shqin jasoratli oddiy hind ayolining ajoyib obrazi berilgan. Bu asar Garbiy Yevropaga 1789 yilda ma'lum ma'lum bo'lishi bilanoq qadimiy hind adabiyotiga nisbatdan katta qiziqish uygotdi. Shunday qilib, Hind madaniyatining taraqqiyoti nafaqat Osiyo davlatlarida, balki Garbiy Yevropa madaniyati taraqqiyotiga ma'lum darajada ijobiy ta'sir ko'rsatdi.
Hind dinastiyasining evalyutsiyasi
Gupta zamonida hindlarning hukumron dini biraxmanizm bo'lib, bu din uchta asosiy xudo -Braxma, -Vishnu -Shiva va boshqa ko'p xudolar ham bor deyishadi. Bu xudolar tabiat kuchlarining barcha turli - tuman forma va ko'rinishlarining ifodasi edi , odamlar ,hayvonlar, o'simliklar,har xil jonsiz narsalar - sanamlar va hokazolar ilohiylashtirilar edi. Braxmanizm ichida alohida bir din - buddizm ham paydo bo'lib, ko'p ixlosmandlarini orttirdi .Bu din eramizdan oldingi V asrdayoq paydo bo'lgan edi.
Gupta podsholigining ko'pi buddizmga homiylik qildi. Ammo oxir oqibatda, braxmanizm buddizm ustidan galaba qozondi. Lekin u yangi ko'rinishda - Hinduizm faoliyat ko'rsatdi. Buddizmdagi ayrim qoidalar saqlanib qolindi. Buddizm dini Hindiston tashqarisida - Xitoyda, Hindi-Xitoyda Indoneziya, shuningdek Mo'g’ulistonda, Tebetda va qisman O'rta Osiyoda (Turkistonda) keng tarqaldi, Hindistonda buddisshlar oz edi.
Gupta davlatining tugashi. Xarsha davlati
Gupta davlati VI asrning boshlariga kelib tugadi. Bu davlat V asrdayoq tushkunlikka yuz tutgan edi, asosiy sababi mehnatkashlar ommasining ahvoli og'irligi edi. Soliqlarning haddan tashqari ko'payishi, turli xil ko'rinishdagi majburiyatlarning bajarilishi, dehqonlar xonadoning vayron bo'lishiga olib keldi. Tashqaridan boshlangan hujum, yard ko'chmanchi eftalitlar, oq Gunlarning V asr oxiri VI asrning boshlarida Shimoliy chegarani yorib o'tib Hindistonning shahar va qishloqlarini nihoyatda vayron va xarob qilib tashladi. 530 yilda oq Gunlar podsho Guptaning vassaliroja Yasodxorma tomonidan tor-mor qilindi.
Gunlarni yengan Yasadxarma Gupta dinastiyasiga bo'ysunishdan bosh tortib, maxaroja unvonini oldi. Lekin unga Gupta davlatining faqat bir qismigina bo'ysundi.
VII asrning boshlarida Xarsha (606-647) davlati ancha yuksaldi. Xarsha Kanauja knyazligining rojasi edi, so'ngra u butun Shimoliy Hindistonni bo'ysundirdi Xorsha davlati Gang daryosi vodiysi bo'ylab Sharqiy Panjobdan to Bengaliya qo'ltig'igacha bo'lgan territoriyani o'z ichiga oldi. Markaziy Hindistonning knyazlari ham Xarshaga vassal qaramlikda edi. Uning hokimiyati feodallashuv jarayoning kuchayishi - rojalar qudratining ortib borishi natijasida uzoq yashamadi. Bu rojalar ko'p vaqt o'tmay mustaqil bo'lib oldilar. Xorsha vafotidan keyin uning davlati parchalanib ketdi . Mamlakatda ichki o'zaro urushlar, ichki nizolar avj oldi ....
Hindistonga arab va turklarning kirib kelishi. Dehli sultonligining tuzilishi
VII asrning oxirida Eron va Afg'onistonni bosib olganlaridan keyin, arablar Hindistonga bevosita yaqinlashib qoldi. Hindistonga fors qo'ltig'I orqali ham hujum qilishi imkoniyati ham bor edi. 712 yilda Ummaviylarning sarkarlaridan biri Muhammad ibn Qosim, Basradan suzib borib, Hindistondagi Sind mamlakatini bosib oldi. Lekin oradan bir necha o'n yil o'tgach, arablar Hindistondan butunlay siqib chiqarildi.
... Musulmonlarning ikkinchi marta hujumi XI asrning ikkinchi yarmida qaytadan boshlandi, ya'ni kuchli va urushqoq turk - eron davlati - G'aznaviylar davlatining tashkil topishi bo'ldi. (bu davlatning nomi poytaxt bo'lishi G'azna shahrining nomidan olingan edi.) Sulton Mahmud G'aznaviy (998-1030) Sharqiy Eron va Afg'oniston yerlari, 1017 yildan e'tiboran esa Amudaryoning berigi tomonidagi yerlarni, ya'ni Buxoroni ham o'z qo'l ostiga kiritib oldi.

Mahmud G'aznaviy podsholigi davrida Hindistonga o'n yeti marta yurish qilinib, musulmonlar tomonidan mamlakat talandi. Mahmud G'aznaviy o'ng minglab erkak va ayollarni asir qilib olib ketdi. Juda ko'plab miqdorda oltin-kumush va boyliklar olib ketildi. G'azna shahri muhtasham binolar bilan bezaldi, bu binolarning ko'pini Hindiston ustalari qurib berdilar.


1030 yilda Mahmud G'aznaviy vafotidan keyin, uning imperiyasi Amudaryo qirg'oqlaridan to Gang daryosigacha brogan butun Hind daryosi havzasini xam o'z ichiga olgan edi. Lekin uning poytaxti Hindistondan tashqarida edi.
XII asr oxirlarida Hindistonga G'azna istelochilari ikkinchi marta hujum qildi. 1175 yilda G'azna hokimi Muhammad Guriy Lanjobga bostirib kirib, uni egallagach, Sharqga qarab siljishni davom ettirdi. 90 yillarda u Jamna bilan Gang daryolari o'rtasidagi butun yerlarni, so'ngra esa Bengaliyani bosib oldi.
Download 16,3 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish