3. Indoneziya.
Indoneziya (Indonezcha: Indonesia), Indoneziya Respublikasi (Indonezcha: Republik Indonesia) — Janubi-sharqiy Osiyodagi davlat. Dunyodagi eng katta Malay arxipelagining 17,5 ming oroli va Yangi Gvineya (Gʻarbiy Irian) orolining gʻarbiy qismida joylashgan. Maydoni 1904,6 ming km2. Aholisi 237,641,326 kishi (2010). Poytaxti — Jakarta shahri. Maʼmuriy jihatdan 26 viloyat (province)ga boʻlinadi.
Indoneziya — unitar respublika. Amaldagi konstitutsiyasi 1945-yil 18-avgustda qabul qilingan. Davlat va hukumat boshligʻi — 5 yil muddatga saylanadigan prezident (2001-yil iyuldan Megavati Sukarnoputri xonim). Davlat hokimiyatining oliy organi — Xalq maslahat kongressi. U konstitutsiyani tasdiklaydi, unga oʻzgarishlar kiritadi, prezident va vitse-prezidentni saylaydi. Qonun chiqaruvchi hokimiyat bir palatali parlament — xalq vakillari kengashidan iborat. U joriy qonun chiqaruvchilik faoliyati bilan shugʻullanadi. Uning 500 deputatidan 462 nafari umumiy ovoz berish yoʻli bilan 5 yil muddatga saylanadi va qolgan 38 nafari (harbiylar fraksiyasi) prezident tomonidan tayinlanadi. Ijroiya hokimiyatni prezident oʻzi tayinlagan hukumat bilan birga amal oshiradi.
I. — hozirgi tipdagi inson (pitekantrop, yavantrop) shakllangan markazlardan biri. Mil. av. 2-asr ga oid yodgorliklar saqlangan. Yava, Malayya o. larida Taruma va Kalinga, Sumatrada Malayyu va Shrivijayya davlatlari tashkil topgan. Ularda hinduilik va buddaviylik tarqala boshladi. Mil. 7-asrda bir necha mayda davlatlar birla-shib, Shrivijayya imperiyasiga aylandi. 8-asr 1-yarmidaYavada Mataram davlati paydo boʻldi. 1025-yil Shrivijayya inqirozga uchradi. 11-asrning 40-yillarida Mataram Kediri (13-asr dan Singasari) va Jangala davlatlariga boʻlinib ketdi. 1120-yil Kediri ilgari Mataramga qarashli barcha yerlarni birlashtir-di, boshqa orollar ustidan nazorat oʻrnatdi. 13-asr oxirida Singasari yemirilib, uning oʻrnida Majapaxit im-periyasi tashkil topdi (1293— taxminan 1520). Majapaxit imperiyasi oʻrta asrlarda eng yirik umumindonez davlati boʻlgan.
14-asrda Hindiston va Malakkadan I. ga islom dini kirib keldi. Arxipe-lagning koʻp qismini egallagan Majapaxit imperiyasi musulmon sultonliklariga boʻlinib ketgach (16-asr), I. hudu-diga yevropaliklar (portugallar, gollandlar) kirib kela boshladi. 1602-yil gollandlar I.da Ost-Indiya kompan-piyasiga asos soldi. Bu kompaniya mamlakatning talay qismini oʻziga tobe qilib oldi. 1811-yil I. ni inglizlar bosib oldi. Birok, 1814-yilgi Angliya-Niderlandiya bitimiga kura, I. yana Niderlandiya qoʻliga oʻtdi.
I. xalqi ajnabiy istilochilarga qarshi kurash olib bordi. Diponegoro boshchiligida Yavada (1825—30), Imom Bajon yetakchiligida Sumatrada (1830— 39), Acheda (1873—1903) koʻtarilgan qoʻzgʻolonlar tarixda mashhur.
20-asr boshida milliy ozodlik harakati bir muncha kengaydi. 1908-yil Yavada "Budi utomo" ("Oliy maqsad") nomli birinchi milliy tashkilot paydo boʻldi. Golland mustamlakachilariga qarshi 1923-yil temiryoʻlchilarning umumiy ish tashlashi boʻlib oʻtdi. 1926-yil indonez xalqi mustamlakachilikka qarshi qoʻzgʻolon koʻtardi, ammo u bostirildi. 1927-yil Axmad Sukarno rahbarligida Milliy partiya tuzildi. I. mustaqilligini talab qilib, xalq orasida obroʻ krzongan bu parti-yaning faoliyati takikdandi, Sukarno va uning tarafdorlari qamoqqa olindi (1929). 1931-yildan Milliy partiya I. partiyasi deb nomlandi. 1937-yil milliy inkilob tarafdorlari Indonez xalqi harakati (Gerindo) tashkilotini tuzdilar.
1942—45 i. larda I. ni Yaponiya bosib oldi. Yaponiya Ikkinchi jahon urushida maglubiyatga uchragach, mamlakat mustaqil I. respublikasi deb eʼlon qilindi (1945-yil 17 avgust). A. Sukarno uning prezidenti qilib saylandi. Respublika konstitutsiyasi qabul qilindi. Biroq 1945-yil 6 sentabrda I. ga ingliz, keyinroq golland qoʻshinlari bostirib kirdi. I. xalqi bosqinchilarga qarshi 4 yil kurash olib bordi. Nihoyat, Gollandiya I. mustaqilligini tan olishga majbur buldi (1949-yil noyabr). Biroq u I. mustaqilligiga putur yetkazadigan bitim tuzishga erishdi. I. 16 xududga boʻlibtashlandi; mamlakat "Indoneziya Qoʻshma Shtatlari" nomi bilan yuritila boshladi, Gollandiya I.ning bir qismi (Gʻarbiy Iri-an) ni oʻz koʻl ostida saqlab qoldi. I. xalqi oʻz mamlakatini toʻla ozod qilish uchun kurashni davom ettirdi. 1950-yil 6 avg.da I. unitar (qoʻshma) davlat deb eʼlon qilindi. Hukumat I. uchun asoratli boʻlgan bitimlarni tan olmaslik haqida qaror qabul qiddi (1956-yil aprel). 1957-yilning oxirida I. hukumati mamlakatdagi ajnabiylarga qarashli barcha korxona, plantatsiya va banklarni oʻz nazoratiga oldi. 1957-yil Sukarno davlatning siyosiy va iqti-sodiy apparatini qayta tuzdi. Prezident dekreti bilan 1945-yilgi Konstitutsiya yana kuchga kirdi (1959-yil iyul). Biroq I. hukumati va milliy vatanparvarlarga qarshi qoʻporuvchilik harakati toʻxtamadi. 1956-yil Sumatra va Sulavesida ayirmachilar qurolli isyon boshladi. Hukumat qoʻshinlari xalq ommasining yordami bilan isyonchilarni tor-mor qildi (1961). Gʻarbiy Irianni I. tarkibiga qoʻshib olishni tinch yoʻl bilan hal etolmagach, I. vatanparvarlari golland bosqinchilariga qarshi qurolli kurash boshladi (1962). 1963-yil 1 mayda Gʻarbiy Irian I. Respublikasi tarkibiga qoʻshib olindi. Prezident Sukarno mamlakat mustaqilligini mustahkamlash, iqti-sodiyotni yuksaltirish, dunyodagi barcha mamlakatlar bilan doʻstlik va hamkorlik yoʻlini tutdi. Ammo ichki siyosiy beqarorlik (harbiylar, ayirmachilar va islom aqidaparastlarining isyonlari), soʻl va oʻng kuchlarning oʻzaro kurashi tobora kuchayishi "1965-yil 30 sentabr" voqealariga olib keldi. Armiya raxbariyatining raqiblari orasidagi ashaddiy murosasiz arboblar kompartiya rahbarlarining madadi bilan davlat toʻntarishi qilishga urindilar. Ularning xattiharakatlari tor-mor etilgach, Sukarno hokimiyatdan chetlashtirildi va "yangi tartib" oʻrnatishga kirishildi. 1966-yilda general Suharto muvaqqat (1968-yildan rasmiy) prezident boʻlib qoldi. Harbiylar boshchiligidagi hokimiyat ichki muxolifatni keskin cheklab, bozor xoʻjaligiga oʻtish orqali iqtisodiy oʻsishni taʼminlash vazifasini qoʻydi. I. faol tashqi siyosat oʻtkazib, milliy taraqqiyot uchun qulay sharoit taʼminlash yoʻlidan bordi. Yalpi mahsulot ishlab chiqarish ni koʻpaytirish surʼatlari oshdi, aholi jon boshiga toʻgʻri keladigan daromad koʻpaydi.
Suharto 6-muddatga prezident etib saylandi, biroq 1998-yil boshlarida mamlakat moliyaviy inqirozga duchor boʻldi. Xalq ommasi, ayniqsa, talaba yoshlar bu kulfatda prezidentni ayblab, koʻchalarda norozilik namoyishlari oʻtkazishdi. Shunday bir vaziyatda Xalq maslahat kongressi Suhartoni 7-muddatga yana prezident etib sayladi. Bu voqea xalqning gʻazabini yanada oshirdi va tinch namoyishlar gʻalayon tusini ola boshladi. Prezidenta ing isteʼfo beri sh i haqidagi ta-lablar kuchaydi. Nihoyat, Suharto isteʼfoga chiqishga majbur boʻldi va konstitutsiyaga binoan 1998-yil 21 may kuni vitse-prezident Burhoniddin Yusuf Habibiy prezident lavozimini egalladi. Ammo uning bu lavozimdagi faoliyati uzoqqa bormadi. Oliy tabaqa arboblarining suiisteʼmollaridan norozi boʻlgan xalq ommasining talabi bilan B. Yu. Xabibiy isteʼfoga chiqarildi. 1999-yil oktabrdan Vohid Ab-durahmon, 2001-yil iyuldan A. Sukarnoning qizi Megavati Sukarnoputri prezident lavozimiga saylandi.
I. — 1950-yildan BMT aʼzosi.
Milliy bayrami — 17 avgust — Mustaqillik eʼlon qilingan kun (1945). Oʻzbekiston Respublikasi bilan diplomatiya munosabatlarini 1992-yil 23 mayda oʻrnatdi.
Birlik va taraqqiyot partiyasi, 1973-yilda musulmonlarning 4 partiyasi birlashishi natijasida tuzilgan; I. demokratik partiyasi, 1973-yilda 5 partiyaning qoʻshilishi natijasida tuzilgan; Golkar (funksional guruqlar), 1964-yil siyosiy partiyalarga kirmaydigan davlat xizmatchilari, kasaba uyushma, yoshlar, xotin-qizlar, diniy tashkilotlar vakillari ittifoqi sifatida tuzilgan, 1998-yilda partiyaga aylantirilgan; I. demokratik partiyasi (kurashchi), 1998-yilda tuzilgan; Milliy mandat partiyasi, 1998-yilda tashkil etilgan; Milliy uygʻonish partiyasi, 1998-yilda tuzilgan. Umumindone-ziya mehnatkashlar ittifoqi kasaba birlashmasiga 1973-yilda asos solingan; Umumindoneziya ishchilar itti-foqi ("Ravnaq") kasaba birlashmasi 1992-yilda tuzilgan.
Foydalanilgan adabiyotlar
1. Давлат ва ҳуқуқ тарихи фанининг мақсади, вазифалари, предмети ва ўрганиш услублари.
2. Қадимги Шарқ мамлакатларида давлат ва ҳуқуқнинг ташкил топиши ва ривожланиш хусусиятлари.
3. Қадимги Шарқ мамлакатлари ижтимоий тузумининг ўзига хос хусусиятлари.
4. Қадимги Шарқ мамлакатлари давлат тузуми.
5. Қадимги Шарқ мамлакатларида ҳуқуқнинг асосий белгилари.
Do'stlaringiz bilan baham: |