Geografik sharoiti va tarixiy rivolanishining muhim jihatlari. Arab Sharqi dunyoning uch qismi tutashgan yerda, Ko‘hna Dunyo hududining “o‘g‘irlik markazi” yaqininda joylashgan. Mintaqa Atlantika va Hind okeanlari tutashgan yerda joylashgan. Uning hududi bo‘yicha O‘rta dengizdan Qizil dengiz va Fors ko‘rfaziga havzalararo yuk tashilgan va yuk tashilmoqda.
Tabiiy geografik jihatdan mintaqa turli qismlarga bo‘linadi. Rayon hosil qiluvchi arellar – ikkita allyuvial tekisliklar: Nil vodiysi (Misr) va Tigr hamda Yefrot daryo oralig‘i. Bu ikki qadimgi sug‘orma dehqonchilik yerlari dunyo ahamiyatiga molik ikki madaniyat o‘choqlaridir. Tashqi tomondan bu yerlar o‘tish qiyin bo‘lgan to‘siqlar bilan chegaralangan: shimoldan va sharqdan bu daryo oralig‘i Anatoliya va Eron tog‘liklari bilan; Nil vodiysi Mag‘ribdan keng, deyarli inson yashamaydigan Liviya cho‘li bilan ajralgan. Faqat shimolda ikkita taqasimon bog‘lanadigan qadimdan ishlov beriladigan yerlar joylashgan. Bu yer “Barokatli Yarimoy ” deb ataladi.
“Barokatli Yarimoy” qulay geografik o‘rinda ikki daryo oralig‘i va Misr o‘rtasida quruqlikda transit o‘tish yo‘lida joylashgan. Bu yer Yevropa, Osiyo va Afrika o‘rtasida vositachilik rolini o‘ynaydi.
Mintaqaning janubiy qismi – Arabiston yarimoroli Mashriqning katta qismini egallab, asosiy qismi cho‘ldan iborat. Shahar hayoti qadimdan bu yerda sohilbo‘ylarida, asosan g‘arbda to‘plangan. Faqat Yamanda namlik yetarli bo‘lib, qadimdan aholi zich yashaydi.
Zamonaviy iqtisodning energiya xom ashyosi neft zahirasi bo‘yicha mintaqa dunyoda birinchi o‘rinni egallaydi. Mashriqning 4ta mamlakati (Saudiya Arabistoni, Iroq, Quvayt, BAA) so‘nggi o‘n yilliklar mobaynida dunyo neft qazib chiqaruvchi yetakchilari o‘ntaligiga doimo kirib kelmoqda.
Asosiy neft konlari Mashriqning sharqiy qismida – Fors ko‘rfazi bo‘yida, oz qismi Zagrosning tog‘ oldi bukilmasida to‘plangan. Aksincha g‘arbiy qismi konlardan mahrum. Neft qazib chiqaruvchi yirik davlatlarda (masalan, Eron va Iroqda) neft eksportidan tushadigan daromadlarni milliy iqtisodiyot uchun o‘zlashtirish va ko‘p sonli aholi o‘rtasida taqsimlash cheklangan. Aholisi kam sonli mamlakatlarda bunday emas. Neft daromadlarini milliy jihatdan o‘zlashtirish iste’mol mahsulotlarini yoppasiga import qilish yo‘lidan bordi. Keyingi qadamlar qurilishni avj oldirish sari qo‘yildi: qudratli uy-joy, ma’muriy va infratuzilma qurilishlari. Cho‘llarda ulkan xalqaro aeroportlar, avtomagistrallar, energiya ta’minoti tizimi (uglevodorod yoqilg‘isida ishlovchi IES), suv ta’minoti (dengiz suvini chuchuklashtiruvchi o‘nlab qurilmalari va chuqur gidrogeologik burg‘ulash qurilmalari o‘rnatildi), hukumat va qirollik rezedensiyalari, diplomatik kvartallar paydo bo‘ldi.
Qurilish ishlarini mintaqa mamlakatlari o‘z kuchlari bilan amalga oshira olmas edi. Aholi kam; umuman aholi o‘rtasida mehnat resurslarini hissasi katta emas, islom an’analariga binoan ayollar jamoat ihlariga jalb etilmaydi; mavjud mehnat resurslari past malakali, zamonaviy muhandis-texnik ishlarda tajribaga ega emas, katta qismi savodsiz. Mehnatga layoqatli aholining nisbatan kichik qismi ishlab chiqarishda ishtirok etishga xohishi yo‘q; davlat tomonidan tub joy ahilisi o‘rtasida katta milliy daromadlarni taqsimlanishi shu daromadlar foydasi hisobiga hayot kechirish imkonini beradi. Birmuncha “iqtisodiy foydali” yoshlarning katta qismi G‘arbda oily ma’lumot olish uchun mamlakatni tark etishadi. Umuman bu mamlakatlar aholisi o‘rtasida bandlik hissasi 20% dan oshmaydi.
Barcha qurilish va muhandislik ishlarining ulkan hajmi xirij ishchilari tomonidan bajarilgan. Bu mamlakatlarda ishlayotganlarning ko‘pchiligini xirijliklar tashkil etadi. Bu mamlakatlar ishchi – imigrantlarni nisbatan yuqori ish haqqi bilan o‘zlariga jalb etishadi (emigratsiya mamlakatlariga nisbatan 10-15 marta yuqori).
Do'stlaringiz bilan baham: |