«ArsGIS» geografik axborot tizimi – geografik axborotlarga kirish va ulardan foydalanish uchun qulay axborot dasturi. «ArsGIS» fazoviy ma’lumotlarni tasvirlash, o’rganish, ma’lumotlarni aniklash va taxlil qilishda juda katta imkoniyatga ega dastur.
«ArsGIS» dasturi ishlash prinsipi quyidagicha va ular ushbu vazifalarni bajarish uchun muljallangan:
xaritaviy ma’lumotalr majmuasi, xaritalarni yaratish va taxrirlash;
xaritalarni turkmlashtirish, vizuallashtirish va loyixalash;
turkumli va mavzuli xaritalar yaratish;
geografik va semantik ma’lumotlarni fazoviy va statistik taxlil kilish;
geokodlash;
ma’lumotlar bazasidagi ma’lumotlarni qayta ishlash;
xarita hisoboti va xulosalarini printer/plotterga yoki grafik fayllarga o’tkazish, chop etish va hakozo.«ArsGIS» dasturidan fazoviy ma’lumotlar bilan ishlashda va ularni tahlil qilishda keng foydalanish mumkin. Dasturining asosiy hususiyati - jadval kurinishida oddiylik bilan ishga tushishi, dBASE tipidagi fayllar va server ma’lumotlar bazasidan ma’lumotlarni tasvirlashda, qayta ishlashda ularni yaxshi tushunish va taxlil etishdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |