Navigatsion tizimlarni yaratishda avvalambor ma’lumotlarni saqlash uchun ma’lumotlar ombori kerak bo’ladi. Chunki xaritada aks ettiriladigan ma’lumotlarnining barchasi ma’lumotlar omborida saqlanadi. Buning uchun biz avvalambor navigatsion tizimni yaratishimizdan oldin ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimi(MBBT)ni tanlashimiz kerak bo’ladi. Bugungi kunga kelib MBBT lar soni juda ham ko’p. Ularga misol qilib bir necha keng tarqalgan turlarini olishimiz kerak. Masalan, SQLServer, Oracle, MySQL, SQLLite va boshqalar. Bu tizimlardan birini tanlash har kimning ixtiyoriga bog’liq. Chunki bu tizimlarning barchasi bir xil funksiyani bajarish imkoniyatiga ega.
Ikkinchi navbatda foydalanuvchi uchun qulay foydalanuvchi grafik interfeysi yaratiladi. Buning uchun dasturiy vosita yaratish kerak. Dasturiy vositasini yaratish uchun dasturlash tilini tanlash kerak. Dasturni tanlash dasturchining imkoniyatiga bog’liq. Dasturlash tillari bugungi kunda juda ham ko’p. Ulardan eng ko’p ommaga tarqalganlari quyidagilar: C#, Java, Delphi, C, C++. Dasturni ikki tizimda yaratish mumkin ya’ni Windows va Web ko’rinishda.
“Ma’lumotlar”, “axborot”, “bilim” tushunchalari ko’pgina umumiylik tomonlariga qaramay mazmunan farqlanadilar. Ma’lumotlar deganda ob’ektlar haqidagi ma’lum bo’lgan faktlar yoki mazkur ob’ektlarni ustida o’tkazilgan o’lchamlar natijalar tushuniladi. GATda foydalaniladigan ma’lumotlar formallashtirish darajasi yuqoriligi bilan tavsiflanadi. Ma’lumotlarga ishlov berish asosida axborot olinadi, shu sababli ma’lumotlarni axborot shakllanishidagi quruvchi element deyish mumkin.
GATlarda axborot deyilganda bizning ob’yekt haqidagi bilimlarimiz o’lchovini aniqlovchi ma’lumotlar to’plami tushiniladi. Shu ma’noda, axborotning ma’nosini ob’yekt haqidagi bilim deb qabul qilinadi. Umumiy holda bilim deganda amaliyotda tasdig’ini topgan haqiqatni bilish natijasidir.
Ilmiy bilim o’zining tizimliligi, asoslanganligi va yuqori darajada shakllanganligi bilan tavsiflanadi. Axborot tizimlarini bilimlar olishning samarali vositasi deb qarash mumkin.
“Ma’lumotlar”, “axborot”, “bilim” atamalari orasidagi farqlarni texnik tizimlar rivojlanishi misolida ko’rsatish mumkin, ya’ni avval ma’lumotlar banklari vujudga keldi, keyinroq axborot tizimlari shakllantirildi, so’ngra esa bilimlarga asoslangan tizimlar – intellektual (ekspert) tizimlari vujudga keldi. Hozirda dasturiy mahsulotlar bozorida fazoviy taqsimlangan axborot bilan ishlovchi tizimlar, jumladan, avtomatik loyihalashtirish, avtomatik kartalar qurish va GAT tizmilari keng tarqalgan. GAT va boshqa avtomatlashtirilgan tizimlarga qaraganda fazoviy ma’lumotlarni tahlil qilishning rivojlangan vositalariga ega.
Do'stlaringiz bilan baham: |