Mehmonxona kompleksi boshqaruv tizimlarida axborot texnologiyalari Mehmonxonani kompyuterlashtirish:
boshqaruv tizimining samaradorligini oshirish;
mehmonlar va ularning shaxsiy mol-mulki, shuningdek mehmonxona mol-
mulkining xavfsizligini oshirish;
mehmonxonaning mijozlari doirasini kengaytirish va bir qancha marketing
vazifalarini hal qilish;
mehmonxona qo‘shimcha xizmatlari taklifining kengayishi bilan bog‘liq daromadlarni ko‘paytirish imkonini beradi.
Yuqorida zikr etilgan vazifalar hozirda har qanday mehmonxona uchun – uning nomerlari miqdori, toifasi va joylashgan yeridan qat’i nazar, dolzarb ahamiyatga ega.
Agar mehmonxonaning nomerlari va xizmat xonalari elektron qulflar bilan jihozlangan bo‘lsa, kompyuter yordamida ularni yagona tarmoqqa birlashtirish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |