Bu tarmoq ham bir qancha qo‘shimcha vazifalarni bajaradi:
markaziy pultdan berilgan komanda bo‘yicha nomerni blokirovka qilish, bir yoki bir nechta nomerni ochish;
nomerga ruxsatsiz kirishga harakat qilingan taqdirda trevoga signalini olish;
eshikning holati (ochiq/berk, qaysi kalit bilan ) haqida axborot olish;
nomerda mehmon bor-yo‘qligi haqida axborot olish. Ammo bu funksiya ayrim mamlakatlarda taqiqlangan, chunki mehmonning shaxsiy hayotiga aralashish hisoblanadi.
Mehmonxona majmuini markazlashtirilgan tartibda boshqarish kompyuter tizimlari hatto yirik mehmonxona faoliyatini ham ko‘p vaqt va kuch sarflamasdan muvofiqlashtirish imkonini beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |