P’ezoelektrik datchiklar P’ezoelektrik datchiklarni (5.7-rasm) ishlash prinsipi ba’zi kristall moddalarning mexanik kuch ta’sirida elektr zaryad hosil qilish qobiliyatiga asoslangan. Bu xodisa p ‘yezoeffyekt deb ataladi.
P’ezoeffekt kvars, turmalin, segnet tuzi, bariy titanat va boshqa moddalar kristallarida kuzatiladi. Bu tipdagi asboblarda. ko’pincha kvars ishlatiladi. Kvarsning p’ezo elektroeffekti +500° S gacha bo’lgan temperaturaga bog’liq emas, lekin +570° S dan oshgan temperaturada bu effekt nolga teng bo’lib qoladi.
Pezoelektrik datchiklarning hosil qiladigan EYUK bosimga proporsional bo’lib, quyidagi formula orqali aniqlanadi:
(5.3) bu yerda – S - datchikning umumiy sig’imi
Fx - mexanik bosim
a0 - proporsionallik koeffitsiyenti
5.7-rasm. Pezoelektrik datchikning sxemasi
Ushbu datchikning sezgirligi:
(5.4) Ko’rib chiqilgan prinsipda pezoelektrik manometrlar ishlaydi (5.8-rasm).
5.8-rasm. Pezoelektrik manometrning sxemasi:
1-bosim memranasi, 2, 5-metall qistirmalar, 3-potensial qistirma,
4-izolyatsion o’tkazgich, 6-sharik.
P’ezokvars manometrning tuzilish sxemasi 4-rasmda keltirilgan. O’lchanayotgan bosim membrana 1orqali kvars plastinkalar 7 ga ta’sir qiladi. Bu plastinkalarning metall kistirma 2 ga tegib turgan ichki tomonida bir hil ishorali zaryadlar paydo bo’ladi. Plastinkalarning ichki tomonidagi potensial qistirma 3 bilan ulangan va izolyatsiyalangan o’tkazgich 4 orqali olinadi, plastinkalarning ustki tomonidagi potensial esa korpus, metall qistirmalar 2 va 5, membrana 1 va sharik 6 orqali olinadi. O’lchanayotgan bosimga proporsional bo’lgan potensiallar farq plastinalardan olinib, kuchaytiruvchi lampa setkasiga uzatiladi.
Тermoelektrik datchiklar (termoparalar) Хaroratni o’lchashning termoelektrik usuli termoelektrik termometrning (termoparaning) termoelektrik yurituvchi kuchi (termo e.yu.k.) xaroratiga bog’likligiga asoslangan. Bu asbob -2000S dan 2500 0S gacha bo’lgan xaroratlarni o’lchashda texnikaning turli sohalari va ilmiy tekshirish ishlarida keng qo’llaniladi.
Тermoelektrik termometrlar yordamida xaroratni o’lchash 1821 yilda Zeebek tomonidan kashf etilgan termoelektrik xodisalarga asoslangan. Bu xodisalarning xaroratlarni o’lchashda qo’llanilishi ikki hil metall simdan iborat zanjirda ularning kavsharlangan joyida xaroratlar farqi hisobiga hosil bo’ladigan E.Yu.K. effektidan iborat. Т.E.Yu.K. hosil bo’lishining sababi erkin elektronlar zichligi kamroq metallga diffuziyasi bilan izoxlanadi. Shu paytda ikki xil metallning birikish joyida paydo bo’ladigan elektr maydon diffuziyaga qarshilik ko’rsatadi. Elektronlarning diffuzion o’tish tezligi paydo bo’lgan elektr maydon ta’siridagi ularning qayta o’tish tezligiga teng bo’lganda xarakatli muvozanat holati o’rnatiladi. Bu muvozanatda A va V metallar orasida potensiallar ayirmasi paydo bo’ladi. Elektronlar diffuziyasining intensivligi o’tkazgichlar birikkan joyning xaroratiga ham bog’liq bo’lgani sababli birinchi va ikkinchi ulanmalarda hosil bo’lgan e.yu.k. ham turlicha bo’ladi.
Тermoelektrik termometrlarni yaratish uchun ishlatiladigan termoelektrod materiallar bir qator xususiyatlarga ega bo’lishi shart, chunonchi: issiqqa chidamlilik va mexanikaviy mustaxkamlik; kimeviy inertlik; termoelektr bir xillik; stabillik va termoelektr xarakteristikani tiklash; t.e.yu.k.ning temperaturaga bo’lgan (chiziqli xarakteristikasiga yaqin va bir ishorali) bog’lanishi; yuqori sezgirlik.