Gormonlar va jinsiy yetilish Jinsiy yetilish davri. Jinsiy yetilish davri davomida odam organizmida biologik jihatdan voyaga yetish amalga oshadi. Bolalar rivojlangan jinsiy instinkt bilan dunyoga kelmaydi. Uning uyg’onishi jinsiy yetilish yillarida yuz beradi.
Jinsiy yetilishning boshlanish muddati va uning jadalligi turlicha hamda juda ko’plab omillarga bog’liq: sog’liqni holati, oziqlanish xarakteri, iqlim, maishiy va ijtimoiy –iqtisodiy sharoitlar, irsiy xususiyatlar ham muhim rol o’ynaydi.
Noqulay maishiy sharoitlar, to’la qimmatli bo’lmagan oziqa, unda vitaminlarni yetishmasligi og’ir yoki infeksion kasalliklarni qaytalanishi, jinsiy yetilishni kechikishiga sabab bo’ladi. Katta shaharlarda o’smirlarning jinsiy yetilishi odatda qishloqdagidan ko’ra erta boshlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |