Gender statistikasi nima uchun kerak?
Gender statistikasi ko`p maqsadlar uchun xizmat qiladi, lekin birinchi navbatda, u ayol va erkaklarning turli holatlari va sharoitlariga taalluqli bo`lgan yashirin muammolarini aniqlash uchun kerakdir. Shunga ko`ra gender statistikasi muvaffaqiyatli rejalashtirish, manzillilikni kuchaytirish, samarali monitoring yuritish va rivojlanish dasturlarining ta`sirini baholash uchun zarurdir. Shuni inobatga olgan holda, gender statistikasi – adolat va tenglikni ilgari surish, shuningdek aholining barcha guruhlari hayoti darajasini yaxshilash uchun xizmat qiladigan vositadir. Shu tariqa, gender statistikasi barqaror va har tomonlama rivojlanish va iqtisodiy o`sishga o`z hissasini qo`shadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |