Reja: G’aznachilikda yuridik va moliyaviy majburiyat tushunchasi


G’aznachilikda shartnomalarni ro’yhatga olish va xarajatlar to’lovini amalga oshirish tartibi



Download 0,93 Mb.
bet4/7
Sana27.04.2022
Hajmi0,93 Mb.
#585117
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Suhrobjon kurs ishi (2)

3.G’aznachilikda shartnomalarni ro’yhatga olish va xarajatlar to’lovini amalga oshirish tartibi.
I va II guruh xarajatlari bo’yicha yuridik majburiyatlar g’aznachilik bo’linmalari tomonidan shartnomalar I va II guruh xarajatlari bo’yicha yuridik va moliyaviy majburiyatlarni ro’yxatdan o’tkazishga (hisobga olishga) buyurtmalar (YuMMR buyurtmalari) asosida ro’yxatdan o’tkaziladi yoki hisobga olinadi. Bunda «UzASBO» DMga ulangan buyurtmachilar YuMMR buyurtmasini «UzASBO» DMda shakllantiradi va elektron raqamli imzo bilan tasdiqlagan holda g’aznachilik bo’linmalariga elektron shaklini yuboradi6 . «UzASBO» DM orqali elektron raqamli imzo bilan tasdiqlangan holda g’aznachilik bo’linmalariga yuborilgan elektron YuMMR buyurtmalari rasmiylashtiriladi, ulardagi ma’lumotlarning to’g’riligi, o’zaro muvofiqligi va aslining saqlanishi uchun buyurtmachilar javobgar hisoblanadi. Ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug’urta qilish shartnomasini ro’yxatdan o’tkazish yoki hisobga olish uchun buyurtmachilar g’aznachilik bo’linmalariga mazkur shartnomaning ikkita asli va bitta nusxasini, ikki asl nusxada To’lovlar jadvali taqdim etadi. Bunda «UzASBO» DMga ulangan buyurtmachilar ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug’urta qilish shartnomasi ma’lumotlarini «UzASBO» DMga kiritadi 129 . Buyurtmachilarning «UzASBO» DM orqali elektron shaklda g’aznachilik bo’linmalariga yuborilgan YuMMR buyurtmalari g’aznachilik bo’linmalari tomonidan bir ish kuni ichida mas’ul xodimning elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlangan holda «O’RMV» ATda elektron tarzda ro’yxatdan o’tkaziladi yoki hisobga olinadi, kamchiliklar aniqlanganida esa tegishli kamchiliklari ko’rsatilgan holda elektron tarzda buyurtmachilarga qaytariladi. «UzASBO» DMga ulanmagan buyurtmachilar YuMMR buyurtmalarini qog’oz shaklida ikki asl nusxada, unda ko’rsatilgan summalarni to’lashga to’lov hujjatlari ilova qilingan holda g’aznachilik bo’linmalariga taqdim qiladi. G’aznachilik bo’linmalarining mas’ul xodimlari YuMMR buyurtmalarini qabul qilganlaridan so’ng YuMMR buyurtmalariga qabul qilib olgan sanasini ko’rsatgan holda o’z imzolarini qo’yadi. G’aznachilik bo’linmalarining mas’ul xodimlari bir ish kuni mobaynida YuMMR buyurtmalarida ko’rsatilgan summalarni xarajatlarni qoplashga tegishli manbalarning (byudjetdan ajratiladigan mablag’lar, vazirliklar, davlat qo’mitalari va idoralarning byudjetdan tashqari jamg’armalari mablag’lari va BMJ mablag’lari) mavjudligiga, shuningdek ularga ilova qilingan to’lov hujjatlaridagi summalarni YuMMR buyurtmalarida ko’rsatilgan summalarga muvofiqligi yuzasidan tekshiradi. Kamchiliklar bo’lmaganida g’aznachilik bo’linmalarining mas’ul xodimlari tomonidan YuMMR buyurtmalari:
- byudjetdan ajratiladigan mablag’lar va BMJ mablag’lari bo’yicha —YuMMR buyurtmalarining ikki asliga ro’yxatdan o’tkazish raqami va sanasini ko’rsatgan holda «Ro’yxatdan o’tkazildi» shtampini va shaxsiy imzosini qo’yish yo’li bilan ro’yxatdan o’tkaziladi;
- vazirliklar, davlat qo’mitalari va idoralarning byudjetdan tashqari jamg’armalari mablag’lari bo’yicha — YuMMR buyurtmalarining ikki asliga hisobga olish raqami va sanasini ko’rsatgan holda «Buyurtma bo’yicha to’lovlar shaxsiy g’azna hisobvarag’i qoldig’i doirasida amalga oshiriladi» yozuvi bilan «Hisobga olindi» shtampini va shaxsiy imzosini qo’yish yo’li bilan hisobga olinadi YuMMR buyurtmalarida kamchiliklar aniqlanganida, g’aznachilik bo’linmalarining mas’ul xodimlari YuMMR buyurtmasida kamchiliklarini ko’rsatgan holda uni buyurtmachining mas’ul xodimiga qaytaradi.
Kamchiliklari ko’rsatib qaytarilgan YuMMR buyurtmalari to’g’risidagi ma’lumot hisobi g’aznachilik bo’linmalari tomonidan «O’RMV» ATda elektron shaklda amalga oshiriladi.
YuMMR buyurtmasi g’aznachilik bo’linmalari tomonidan ro’yxatdan o’tkazilganidan yoki hisobga olinganidan so’ng buyurtmachilarning mas’ul xodimlari YuMMR buyurtmasining ikki asliga qabul qilib olgan sanasini ko’rsatgan holda o’z imzosini qo’yadi va YuMMR buyurtmasining bir asli buyurtmachilarning mas’ul xodimlariga qaytariladi. YuMMR buyurtmasining ikkinchi asli g’aznachilik bo’linmalarida saqlash uchun qoladi.
III guruh xarajatlari bo’yicha yuridik majburiyatlar kapital qo’yilma buyurtmachilari tomonidan tovarlar (ishlar, xizmatlar) etkazib beruvchilar (pudratchilar) bilan tuzgan shartnomalari (ularga qo’shimcha va o’zgartirishlarni ham inobatga olgan holda) (bundan buyon matnda shartnomalar deb yuritiladi) asosida g’aznachilik bo’linmalarida ro’yxatdan o’tkazilishi yoki hisobga olinishi shart.
Bunda shartnomalarda qurilishning dastlabki ikki oyi mobaynida avans to’lovlari qurilishning prognoz qilinayotgan yili uchun tanlov savdolari natijalari bo’yicha belgilangan ishlar qiymatining 30 foizigacha miqdorda teng ulushlarda ajratilishi nazarda tutiladi. III guruh xarajatlari bo’yicha shartnomalar amal qilish muddati tegishli moliya yilining 31 dekabridan kechikmasdan tuzilishi lozim, kapital qo’yilmalar bo’yicha shartnomalar hamda qonun hujjatlarida nazarda tutilgan amal qilish muddati bir necha yilni tashkil etishi mumkin bo’lgan hollar bundan mustasno.
G’aznachilik bo’linmalarining mas’ul xodimlari kapital qo’yilma buyurtmachilari tomonidan shartnoma taqdim etilgan kundan boshlab uch ish kuni mobaynida shartnomada ko’rsatilgan summani shartnomada ko’rsatilgan xarajatlarni qoplashga tegishli manbaning (byudjetdan ajratiladigan mablag’lar, vazirliklar, davlat qo’mitalari va idoralarning byudjetdan tashqari jamg’armalari mablag’lari va BMJ mablag’lari) mavjudligini, tomonlarning zarur rekvizitlari, muhrlari va imzolari, muhrlar va imzolarning kapital qo’yilma buyurtmachisi tomonidan taqdim etilgan imzolar namunalari va muhr izi kartochkasida ko’rsatilgan imzolar va muhr iziga mosligini, tegishli hujjatlarning mavjudligini tekshiradi.
III guruh xarajatlari yuridik majburiyatlarni ro’yxatdan o’tkazish uchun g’aznachilik bo’linmalariga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
-shartnomaning ikkita asli va bitta nusxasi;
- ikki asl nusxada To’lovlar jadvali
- shartnoma summasi 50 ming AQSh dollaridan kam miqdorni tashkil etganida qonun hujjatlariga muvofiq erkin savdolar o’tkazish bayonnomasi nusxasi;
- shartnoma summasi 50 ming AQSh dollari va undan ortiq miqdorni
- tashkil etganida qonun hujjatlariga muvofiq tanlov (tender) savdolari o’tkazish bayonnomasi nusxasi;
- agar shartnoma O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qaroriga muvofiq tanlov (tender) savdolarisiz tuzilgan bo’lsa,
- O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tegishli qarorining nusxasi;
- tanlov savdolari natijalari hisobotining O’zbekiston Respublikasi Davlat
- arxitektura va qurilish qo’mitasi bilan kelishilgan nusxasi;
-O’zbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qo’mitasining qurilish-montaj ishlarini bajarishga (qurilishning butun davri uchun berilgan) ruxsati nusxasi;
- manzilli ro’yxat (loyiha-tadqiqot ishlarining manzilli ro’yxati) nusxasi;
- qurilish ob’ekti titul ro’yxati nusxasi;
- pudrat tashkilotining qurilish tavakkalchiliklarini sug’urtalash yuzasidan shartnomasi nusxasi;
- davlat ekologiya ekspertizasi xulosasi nusxasi (zarur bo’lganda);
- moliyalashtirish manbalaridan qat’i nazar, hisob-kitob (smeta) qiymati 2,0 mlrd so’m va undan ortiq bo’lgan ijtimoiy va fuqaro ob’ektlari bo’yicha qurish va rekonstruktsiya qilishning manzilli ro’yxatlarining Hukumat komissiyasi tomonidan tasdiqlangan nusxasi (O’zbekiston Respublikasi Prezidenti va Hukumatining tegishli qarorlari mavjud bo’lgan ob’ektlar bundan mustasno);
- ob’ektlarni parallel ravishda loyihalashtirish bilan bir vaqtda qurish va rekonstruktsiya qilishda O’zbekiston Respublikasi Prezidenti yoki O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori nusxasi.
Bunda shartnomalarda tomonlar yuridik xizmatlarining yoki jalb qilingan advokatlarning imzosi bo’lishi shart.
Shartnomalarni mazkur Qoidalar talablariga muvofiqligi yuzasidan tekshirishda kamchiliklar bo’lmagan hollarda shartnomalar taqdim etilganidan so’ng to’rtinchi ish kunidan kechiktirmay g’aznachilik bo’linmalari tomonidan:
byudjetdan ajratilgan mablag’lar va BMJ mablag’lari bo’yicha —ro’yxatdan o’tkaziladi;
-vazirliklar, davlat qo’mitalari va idoralarning byudjetdan tashqari jamg’armalari mablag’lari bo’yicha — hisobga olinadi.
“O’zbekiston Respublikasi byudjet tizimi byudjetlarining g’azna ijrosi Qoidalari” 130 talablariga nomuvofiq holda taqdim etilgan shartnomalar ro’yxatdan o’tkazilmasdan yoki hisobga olinmasdan, Shartnomalarni qaytarish varaqasida uni ro’yxatdan o’tkazmasdan yoki hisobga olmasdan qaytarishning asosli sabablarini yozma ko’rsatgan holda qaytariladi.

  • Shartnomalar ro’yxatdan o’tkazilganidan yoki hisobga olinganidan so’ng shartnomaning ikkita asli va To’lovlar jadvalining bitta asli kapital qo’yilma buyurtmachisiga qaytariladi, ro’yxatga olingan yoki hisobga olingan shartnomaning nusxasi, To’lovlar jadvalining ikkinchi asli va shartnoma bilan taqdim etilgan hujjatlar nusxalari esa g’aznachilik bo’linmalarida saqlash uchun qoladi.

  • Manzilli ro’yxatlar asosida bir necha yil amalga oshiriladigan shartnomalar bo’yicha joriy moliya yilining yuridik majburiyatlari g’aznachilik bo’linmalari tomonidan kapital qo’yilmalarning joriy moliya yili uchun tasdiqlangan manzilli ro’yxatida nazarda tutilgan mablag’lar doirasida ro’yxatdan o’tkaziladi yoki hisobga olinadi.

  • Bajarish muddati bir yildan ortiq muddatni tashkil etadigan shartnomalarbo’yicha yuridik majburiyatlarni keyingi moliya yilida ro’yxatdan o’tkazish yoki hisobga olish kapital qo’yilma buyurtmachilari tomonidan g’aznachilik bo’linmalariga taqdim etiladigan quyidagi hujjatlar asosida amalga oshiriladi:

  • ilgari g’aznachilik bo’linmalarida ro’yxatdan o’tkazilgan yoki hisobga olingan shartnomaning nusxasi;

  • qo’shimcha kelishuvning ikkita asli va bitta nusxasi (asosiy shartnoma shartlariga o’zgartirishlar kiritilgan hollarda);

  • ikki asl nusxada To’lovlar jadvali;

  • manzilli ro’yxat (loyiha-tadqiqot ishlarining manzilli ro’yxati) nusxasi;

  • qurilish ob’ekti titul ro’yxati nusxasi.

  • pudrat tashkilotining qurilish tavakkalchiliklarini sug’urtalash yuzasidan shartnomasi nusxasi;

  • davlat ekologiya ekspertizasi xulosasi nusxasi (zarur bo’lganda);

  • moliyalashtirish manbalaridan qat’i nazar, hisob-kitob (smeta) qiymati 2,0 mlrd so’m va undan ortiq bo’lgan ijtimoiy va fuqaro ob’ektlari bo’yicha qurish va rekonstruktsiya qilishning manzilli ro’yxatlarining Hukumat komissiyasi tomonidan tasdiqlangan nusxasi (O’zbekiston Respublikasi Prezidenti va Hukumatining tegishli qarorlari mavjud bo’lgan ob’ektlar bundan mustasno);

  • ob’ektlarni parallel ravishda loyihalashtirish bilan bir vaqtda qurish va rekonstruktsiya qilishda O’zbekiston Respublikasi Prezidenti yoki O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori nusxasi.

Bunda shartnomalarda tomonlar yuridik xizmatlarining yoki jalb qilingan advokatlarning imzosi bo’lishi shart.
Shartnomalarni mazkur Qoidalar talablariga muvofiqligi yuzasidan tekshirishda kamchiliklar bo’lmagan hollarda shartnomalar taqdim etilganidan so’ng to’rtinchi ish kunidan kechiktirmay g’aznachilik bo’linmalari tomonidan:
-byudjetdan ajratilgan mablag’lar va BMJ mablag’lari bo’yicha ro’yxatdan o’tkaziladi;
-vazirliklar, davlat qo’mitalari va idoralarning byudjetdan tashqari jamg’armalari mablag’lari bo’yicha — hisobga olinadi.
“O’zbekiston Respublikasi byudjet tizimi byudjetlarining g’azna ijrosi Qoidalari” 130 talablariga nomuvofiq holda taqdim etilgan shartnomalar ro’yxatdan o’tkazilmasdan yoki hisobga olinmasdan, Shartnomalarni qaytarish varaqasida uni ro’yxatdan o’tkazmasdan yoki hisobga olmasdan qaytarishning asosli sabablarini yozma ko’rsatgan holda qaytariladi.
G’aznachilik bo’linmalari tomonidan ro’yxatdan o’tkazilgan va hisobga olingan shartnomalar va Yuridik majburiyatlarni ro’yxatdan o’tkazishga buyurtmalar to’g’risidagi ma’lumotlar hisobi «O’RMV» ATda Shartnomalarni ro’yxatdan o’tkazish (hisobga olish) kitobida elektron ko’rinishda yuritiladi.
IV guruh xarajatlari bo’yicha yuridik majburiyatlar buyurtmachilar tomonidan tovarlar (ishlar, xizmatlar) etkazib beruvchilar (pudratchilar) bilan tuzgan shartnomalari va qonun hujjatlarida nazarda tutilgan holatlar (yig’imlar, badallar, soliqlar va boshqa to’lovlar bo’yicha yuridik majburiyatlar) asosida g’aznachilik bo’linmalarida ro’yxatdan o’tkazilishi yoki hisobga olinishi shart.
Bunda buyurtmachilarning tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) etkazib berishto’g’risida tuziladigan shartnomalarida 15 foiz miqdorida oldindan to’lovni amalga oshirish nazarda tutiladi, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan hollar bundan mustasno. Ayrim hollarda Vazirlar Mahkamasi tomonidan byudjetdan mablag’ oluvchilarning xarid qilishda 15 foizdan ortiq miqdorda avans to’lashi lozim bo’lgan tovarlar (ishlar, xizmatlar)ning turlari ro’yxati tasdiqlanadi. Masalan, Vazirlar Mahkamasining 2011 yil 24 avgustdagi 241-son qaroriga muvofiq, elektr energiyasi, mazut, ko’mir, benzin, dizel yoqilg’isi, mineral o’g’itlar, shuningdek, avia va temir yo’l chiptalari, sanatoriylar, dam olish zonalari va bolalar sog’lomlashtirish oromgohlariga yo’llanmalar, barcha turdagi shahar yo’lovchi transporti yo’l kartochkalari kabilarni xarid qilishda 15 foizdan ortiq miqdorda (30 foizdan 100 foizgacha) oldindan to’lov joriy etilgan.
Byudjet tashkilotlari va byudjet mablag’lari oluvchilarning tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) import qilish bo’yicha shartnomalari, ularga kiritilgan o’zgartirish va qo’shimchalar ushbu shartnomalar qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda vakolatli organlarda tegishli ekspertizadan o’tganidan va hisobga qo’yilganidan so’ng G’aznachilik bo’linmalari tomonidan ro’yxatdan o’tkaziladi.
Bunda shartnomalarda ko’rsatilgan summalar G’aznachilik bo’linmalari tomonidan O’zbekiston Respublikasining milliy valyutasida hisobga olinadi.
IV guruh xarajatlari bo’yicha shartnomalar amal qilish muddati tegishli moliya yilining 31 dekabridan kechikmagan muddatga tuzilishi lozim, manzilli ro’yxatlar asosida muddati bir necha yilni tashkil qilishi mumkin bo’lgan kapital ta’mirlash xarajatlari bo’yicha shartnomalar hamda qonun hujjatlarida nazarda tutilgan amal qilish muddati bir necha yilni tashkil etishi mumkin bo’lgan hollar bundan mustasno.
Agar shartnomada ikkinchi tomonning xabarnomasiga ko’ra shartnoma qo’shimcha kelishuvsiz bekor qilinishi mumkinligi nazarda tutilgan bo’lsa, ushbu shartnoma bo’yicha yuridik majburiyatni bekor qilish buyurtmachilarning ikki asl nusxada Yuridik majburiyatlarni ro’yxatdan o’tkazishga (hisobga olishga) buyurtmasi va tovarlar (ishlar, xizmatlar) etkazib beruvchilarning (pudratchilarning) mazkur shartnoma shartlariga muvofiq shartnomani bekor qilinishiga qarshiligi yo’qligi to’g’risidagi yozma xabarnomasi asosida amalga oshiriladi.
Buyurtmachilarning (byudjet tashkilotlari va byudjetdan mablag’ oluvchilar) tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) etkazib beruvchilar (pudratchilar) bilan shartnomalarida tomonlarning yuridik manzillari va rekvizitlari rasmiylashtiriladi. Buyurtmachilar tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) sotib olishda tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) etkazib beruvchilardan (pudratchilardan) tegishli litsenziyaning yoki ruxsatnoma tusidagi hujjatning nusxasini so’rab oladi. Ushbu hujjatlar nusxasi g’aznachilik bo’linmalariga ro’yxatdan o’tkazish yoki hisobga olish uchun taqdim etiladigan shartnomalar bilan birga taqdim qilinadi.
Buyurtmachilar tomonidan qabul qilinadigan yuridik majburiyatlar hajmi, mos ravishda, byudjetdan ajratiladigan mablag’lar, vazirliklar, davlat qo’mitalari va idoralarning byudjetdan tashqari jamg’armalari mablag’lari va BMJ mablag’lari hajmi bilan chegaralanadi. Vaqtinchalik xarajatlar smetasi doirasida tuzilgan asosiy shartnomaga qo’shimcha kelishuv tanlov (tender) savdolari o’tkazilishi talab qilinmaydigan hollarda mazkur qo’shimcha kelishuv bo’yicha To’lovlar jadvalida birinchi chorak uchun nazarda tutilgan summa asosiy shartnoma bo’yicha amalga oshirilgan kassa xarajatlaridan kam bo’lmaslik sharti bilan tuzilishi mumkin.
Buyurtmachilar tomonidan tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) sotib olishga bitta tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) etkazib beruvchi (pudratchi) bilan xarajatlarning vazifa jihatidan tasnifining bir nechta kodi bo’yicha shartnomalar tuzishda shartnomalarda har bir shaxsiy g’azna hisobvarag’i va ulardan to’lov summasi majburiy tartibda alohida ko’rsatiladi. Mazkur shartnomalar g’aznachilik bo’linmalariga vazifa jihatidan tasnifining har bir bo’limi va kichik bo’limi alohida ko’rsatilgan holda ikki asl nusxada To’lovlar jadvali bilan birga taqdim etiladi.
Bunda ro’yxatdan o’tkazish yoki hisobga olish uchun shartnomalarga ilova qilinadigan hujjatlar buyurtmachilar tomonidan bir nusxada taqdim etiladi.IV guruh bo’yicha xarajatlarni turli manbalar hisobidan - Davlat byudjeti mablag’lari, kredit mablag’lari, davlatlar, davlatlar hukumatlari, xalqaro moliyaviy institutlar, shuningdek xalqaro va chet el hukumat hamda nohukumat tashkilotlari va boshqalar qarzlari hamda grantlari hisobidan moliyalashtiriladigan hollarda shartnomalar tovarlar (ishlar, xizmatlar) etkazib berilganligini tasdiqlovchi birlamchi va boshqa hujjatlarni rasm iylashtirish tegishli xalqaro shartnomalarga muvofiq amalga oshiriladi. Shartnomalarda tovarlar miqdori (ishlar va xizmatlar hajmi), tovarlar (ishlar va xizmatlar) birligining narxi va umumiy summasi yoki ish hajmi summasi ko’rsatilgan bo’lishi lozim.
Buyurtmachilarning shartnomalar tuzmasdan qonun hujjatlariga muvofiq yuridik majburiyatlar yuzaga kelishini tasdiqlovchi hujjatlari (schyotlar, kvitantsiyalar, xabarnomalar va boshqa hujjatlar) asosida qabul qilinadigan yuridik majburiyatlarining ro’yxatdan o’tkazish yoki hisobga olish quyidagi hollarda amalga oshiriladi:
- soliqlar va boshqa majburiy to’lovlarni to’lash;
- iqtisod qilingan mablag’larni Byudjet tashkilotlarining rivojlantirish jamg’armasiga o’tkazish;
- tibbiyot tashkilotiga ajratiladigan byudjet mablag’lari umumiy hajmining 5 foizigacha bo’lgan miqdorda byudjetdan ajratiladigan mablag’larni Tibbiyot tashkilotlarining moddiy rag’batlantirish va rivojlantirish jamg’armalariga o’tkazish;
- qonun hujjatlariga muvofiq boshqa to’lovlarni to’lash.
Byudjet tashkilotlari va byudjetdan mablag’ oluvchilar tomonidan to’lovlar
quyidagi talablarga asoslangan to’lov topshiriqnomalari asosida amalga oshiriladi:
moliya organlarida ro’yxatdan o’tkazilgan xarajatlar smetalari asosida va byudjet mablag’lari bo’yicha byudjetdan mablag’ oluvchilarning bank hisobraqamlarida mavjud bo’lgan, xarajatlarning tegishli guruhlari bo’yicha byudjet mablag’lari qoldiqlarining summalari doirasida;

  • agar to’lov topshiriqnomasida ko’rsatilgan summa moliya organida ro’yxatdan o’tkazilgan shartnomaga ko’ra to’lanadigan pul mablag’lari summasidan oshmasa;

  • tovar (ishlar, xizmatlar) etkazib berilishini va byudjetdan mablag’oluvchining etkazib beruvchidan qarzi mavjudligini tasdiqlaydigan hisobvaraqfakturalar yoki boshqa hujjatlar, shuningdek byudjetdan mablag’ oluvchi zimmasiga etkazib beruvchiga bo’nak to’lovini o’tkazish majburiyatini yuklaydigan hujjatlar bo’lganida;

  • etkazib beruvchining to’lov topshiriqnomasida ko’rsatilgan nomi va

rekvizitlari etkazib beruvchining shartnomada ko’rsatilgan nomi va rekvizitlariga muvofiq bo’lsa;
to’lov topshiriqnomasida byudjet tasnifining tegishli kodlari to’g’ri ko’rsatilgan bo’lsa.
Byudjetdan mablag’ oluvchi ish haqi va unga tenglashtirilgan to’lovlar, shuningdek xizmat safari xarajatlarini to’lash uchun naqd pul mablag’lari olishga g’aznachilik bo’linmasiga byudjetdan mablag’ oluvchining rahbari va bosh hisobchisi imzosi bilan, ikki nusxada ish haqi va unga tenglashtirilgan to’lovlar, shuningdek xizmat safari xarajatlarini to’lash uchun naqd pul mablag’lari olishga so’rovnoma va unga to’ldirilgan chek ilova qilingan holda taqdim qiladi.
Byudjetdan mablag’ oluvchilar naqd pul olish uchun moddiy javobgar shaxs (kassir)ga berilgan ishonchnomani g’aznachilik bo’linmalariga taqdim qiladilar. Naqd pul berilganidan so’ng reestrning ikkinchi nusxasi (kassa chiqim jurnali) chek ijro etilganligi to’g’risidagi belgi qo’yilgan holda bank ko’chirm asi bilan birga tegishli G’aznachilik bo’linmasiga qaytariladi. G’aznachilik bo’linmasi bank ko’chirmasi, reestr va chek milkiga asosan tegishli shaxsiy hisobvaraqda belgi qo’yadi va byudjet tashkilotiga uning shaxsiy hisobvarag’idan ko’chirma beradi, shu bilan birga byudjet tashkiloti buxgalteriyasida keyingi hisoblarni yuritish uchun ish haqi va unga tenglashtirilgan to’lovlar, xizmat safari xarajatlarini to’lash uchun berilgan so’rovnomaning ikkinchi nusxasiga “To’landi” belgisini qo’yib byudjetdan mablag’ oluvchiga qaytaradi. Byudjetdan mablag’ oluvchi pul mablag’larini xarajatlar smetasida nazarda tutilgan summadan oshmagan, umumiy summaga yozilgan bir nechta chek bilan olish huquqiga ega. Buning uchun ular tomonidan xizmat ko’rsatuvchi g’aznachilik bo’linmasiga tegishli summaga so’rovnomalar taqdim etiladi.
Byudjetdan mablag’ oluvchilar naqd pul mablag’larini olish uchun cheklarni ularning so’rovnomalarida ko’rsatilgan qat’iy summalarga va umumiy summasi xarajatlar smetasining tegishli limitidan oshmagan summalarga yozib beradilar.
Byudjetdan mablag’ oluvchining ishonchli shaxsi tomonidan chek markasi yo’qotilgan hollarda, chek markasi yo’qotilganligi aniqlangan kuni tegishli G’aznachilik bo’linmasiga byudjetdan mablag’ oluvchi rahbari va bosh hisobchisi
tomonidan imzolangan bildirishnoma-xat taqdim etiladi. G’aznachilik bo’linmasi
ushbu bildirishnoma-xat asosida tegishli bankka to’lanmagan chekni chaqirib olish to’g’risida xat bilan murojaat qiladi. Cheklar reestri chaqirib olingan chek summasini ayirgan holda ijro qilinadi.
Cheklarning yo’qotilishi va o’g’irlanishi, shuningdek chekni hamda nazorat markalarini olish uchun vakolatli shaxslar tomonidan o’z mansabini suiiste’mol qilish natijasida etkazilgan zararlar bo’yicha javobgarlik byudjetdan mablag’ oluvchilarning mansabdor va moddiy javobgar shaxslariga yuklanadi.
Olingan chek daftarchalari byudjetdan mablag’ oluvchilarda saqlanadi va cheklarni qonunchilikda belgilangan tartibda saqlash va ishlatish bo’yicha javobgarlik byudjetdan mablag’ oluvchilarning rahbarlari va bosh hisobchilariga yuklanadi.
G’aznachilik bo’linmalarining moliyaviy majburiyatlarni ro’yxatga olish va to’lovlarni amalga oshirish bo’limi (guruhi) mas’ul xodimlari to’lov uchun so’rovnoma va boshqa hujjatlarni qabul qilishda ushbu hujjatlarning ikkinchi nusxasiga hujjatlarni qabul qilganligi to’g’risida o’z imzolarini qo’yadi va ularni qabul qilingan sanani ko’rsatgan holda byudjetdan mablag’ oluvchining tegishli xodimiga qaytaradi.
G’aznachilik bo’linmalari tomonidan pul mablag’larini o’tkazish quyidagi hollarda amalga oshiriladi:

  • to’lov topshiriqnomasida byudjet tasnifining tegishli kodlari, shartnoma, hisobvaraq-faktura, avans miqdori va boshqa kerakli rekvizitlar to’g’ri ko’rsatilganda;

  • qurilishlarning tasdiqlangan manzilli va titul ro’yxatlari asosida va tegishli ob’ektlar bo’yicha shaxsiy g’azna hisobvaraqlaridagi mavjud ajratilgan byudjet mablag’lari summalari doirasida bo’lganda;

  • agar to’lov topshiriqnomasida ko’rsatilgan summa G’aznachilik bo’linmasida ro’yxatga olingan shartnomaga asosan, oldin o’tkazilgan mablag’larni hisobga olgan holda, to’lanishi lozim bo’lgan pul mablag’laridan oshmaganda;

  • buyurtmachining pudratchi oldidagi kreditorlik qarzining mavjudligini tasdiqlovchi hisobvaraq-faktura va hujjatlar yoki buyurtmachining pudratchiga avans to’lovlarini o’tkazishi lozimligini tasdiqlovchi hujjatlar mavjud bo’lganda;

  • to’lov topshiriqnomasida ko’rsatilgan pudratchining nomi va rekvizitlari shartnomada ko’rsatilgan pudratchining nomi va rekvizitlariga muvofiq bo’lganda.

Bajarilgan ishlar uchun xarajatlar to’lovi, jumladan avans to’lovlarining to’lanishi o’rnatilgan tartibda rasmiylashtirilgan va buyurtmachilar tomonidan g’aznachilik bo’linmalariga taqdim qilingan to’lov topshiriqnomalari asosida amalga oshiriladi, bunda to’lov topshiriqnomasining “To’lovchining nomi” ustunida g’aznachilik bo’linmasining nomi, “To’lovchining hisobraqami” ustunida - g’azna hisobvarag’i, “To’lov maqsadi” ustunida - byudjetdan mablag’ oluvchining shaxsiy hisobvaraq raqami, byudjet tasnifining tegishli kodi, to’lovni o’tkazishga asos bo’ladigan hujjatlar, shuningdek to’lov maqsadi ko’rsatiladi.


Buyurtmachi tomonidan taqdim qilingan hujjatlar yuqoridagi talablarga muvofiq bo’lganda G’aznachilik bo’linmasining vakolatli xodimi “Tekshirildi” belgisini, to’lov topshiriqnomasining birinchi nusxasining orqa tomoniga to’lov topshiriqnomasining qabul qilingan sanasi va o’zining imzosini qo’yadi. To’lov topshiriqnomasining ikkinchi nusxasining g’aznachilik bo’linmasi boshlig’i va mas’ul shaxsining imzolari va g’aznachilik bo’linmasining muhr izi bilan rasmiylashtirish tekshiruvlar tugaganidan so’ng amalga oshiriladi.
G’aznachilik bo’linmasiga undagi mavjud imzo va muhr izi namunalarini byudjetdan mablag’ oluvchilar tomonidan taqdim qilingan, g’azna hisobvaraqlaridan mablag’larni hisobdan chiqarish uchun bankka taqdim qilinadigan hujjatlardagilar bilan solishtirish majburiyati yuklatiladi.
To’lov topshiriqnomalari bo’yicha g’azna hisobvarag’idan to’lovlarni amalga oshirish uchun G’aznachilik bo’linmasi bankka to’lov topshiriqnomalarining ikkinchi va uchinchi (G’aznachilik bo’linmasi va pudratchiga bitta bank filialida xizmat ko’rsatilgan holda - to’rtinchi) nusxalarini taqdim qiladi.
IV guruh xarajatlari bo’yicha moliyaviy majburiyatlar mahsulot etkazib beruvchilarning hisobvaraq-fakturalari yoki tovarlar etkazib berilganligini (ishlar
bajarilganligini, xizmatlar ko’rsatilganligini) tasdiqlovchi boshqa hujjatlar yoki byudjetdan mablag’ oluvchilarning mahsulot etkazib beruvchiga byudjet (byudjetdan tashqari) mablag’larini (shu jumladan, avans to’lovlarini) o’tkazishi
lozimligini tasdiqlovchi boshqa hujjatlar asosida qabul qilinadi.
G’aznachilik bo’linmasi byudjetdan mablag’ oluvchilarning to’lov topshiriqnomalari asosida g’azna hisobvaraqlaridan IV guruh xarajatlari bo’yicha
xarajatlarni byudjetdan mablag’ oluvchilarning xarajatlar smetalarining tegishli moddalarida nazarda tutilgan ajratilgan byudjet mablag’lari limitlari doirasida amalga oshiradi.
Byudjetdan mablag’ oluvchilarning xarajatlari to’lovi to’lov topshiriqnomalari bilan quyidagi talablarga rioya qilingan holda amalga oshiriladi:
byudjetdan mablag’ oluvchilarning IV guruh xarajatlarining tegishli moddalaribo’yicha byudjet mablag’lari qoldiqlari summalari doirasida;agar to’lov topshiriqnomasida ko’rsatilgan summa G’aznachilik bo’linmasida ro’yxatga olingan shartnomaga muvofiq to’lanishi lozim bo’lgan pul mablag’lari summasidan oshmasa;hisobvaraq-faktura yoki tovar(ish, xizmat)lar etkazib berilganligini tasdiqlovchi boshqa hujjatlar mavjud bo’lganda va byudjetdan mablag’ oluvchining mahsulot etkazib beruvchi oldidagi qarzdorligini, shuningdek byudjetdan mablag’ oluvchini mahsulot etkazib beruvchiga byudjet (byudjetdan tashqari) mablag’larini (shu jumladan, avans to’lovlarini) o’tkazishi lozimligini tasdiqlovchi hujjatlar mavjud bo’lganida.
To’lov topshiriqnomasida ko’rsatilgan mahsulot etkazib beruvchining, shuningdek byudjetdan mablag’ oluvchilarning nomi va rekvizitlari shartnoma va hisobvaraq-fakturada yoki tovar (ish, xizmat)lar etkazib berishni tasdiqlovchi boshqa hujjatlarda mahsulot etkazib beruvchining, shuningdek byudjetdan mablag’ oluvchilarning nomi va rekvizitlariga muvofiq bo’lganida.
Yetkazib berilgan tovar (ish, xizmat)lar uchun xarajatlar to’lovi, shuningdek avans to’lovlarini amalga oshirish uchun byudjetdan mablag’ oluvchilar g’aznachilik bo’linmasiga o’rnatilgan tartibda rasmiylashtirilgan to’lov topshiriqnomalarini o’rnatilgan tartibda taqdim qiladilar. Bunda, to’lov topshiriqnomasining “To’lovchining nomi” ustunida G’aznachilik bo’linmasining nomi, “To’lovchining hisobraqami” ustunida - g’azna hisobvarag’i, “To’lov maqsadi” ustunida - byudjetdan mablag’ oluvchining shaxsiy hisobvaraq raqami va byudjetdan mablag’ oluvchining nomi, byudjet tasnifining tegishli kodi, to’lovni o’tkazishga asos bo’ladigan hujjatlar, shuningdek to’lov maqsadi ko’rsatiladi.
G‘aznachilik bo‘linmasida buyurtma ro‘yxatdan o‘tkazilganidan so‘ng budjet tashkilotlari bir ish kuni ichida “UzASBO” DMda to‘lov hujjati shakllantiradi va elektron hujjat shaklida elektron raqamli imzo bilan tasdiqlagan holda g‘aznachilik bo‘linmalariga elektron shaklini yuboradi.
G‘aznachilik bo‘linmasining mas’ul xodimi to‘lov hujjatini “O‘RMV” ATda elektron raqamli imzo bilan tasdiqlagan holda to‘lovni amalga oshiradi, to‘lov hujjatida kamchiliklar aniqlanganida esa tegishli kamchiliklarini ko‘rsatgan holda elektron tarzda budjet tashkilotiga qaytaradi.
Budjet tashkilotlarining tegishli shaxsiy g‘azna hisobvaraqlarida budjetdan tashqari mablag‘lar yo‘q yoki yetarli bo‘lmaganida ijro hujjati bo‘yicha to‘lov budjet mablag‘lari bo‘yicha xarajatlar smetasining tegishli moddasidan amalga oshiriladi.
Bunda xarajatlar smetasining tegishli moddasida yuridik majburiyatlar bilan band qilinmagan mablag‘lar mavjud bo‘lmasa, budjet tashkilotlari tegishli modda bo‘yicha qabul qilingan yuridik majburiyatlar summasini kamaytirish bo‘yicha tegishli choralarni ko‘rishlari shart.
Budjet tashkilotining budjetdan tashqari mablag‘lari va xarajatlar smetasining tegishli moddasi bo‘yicha budjetdan ajratilgan mablag‘lar qoldig‘i yo‘q yoki yetarli bo‘lmagan taqdirda, g‘aznachilik bo‘linmasi budjet tashkilotiga xarajatlar smetasiga tegishli o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida talabnoma yuboradi.
Budjet tashkilotlarining budjetdan tashqari jamg‘armasi bo‘yicha shaxsiy g‘azna hisobvarag‘ida yoki budjet mablag‘lari bo‘yicha xarajatlar smetasining tegishli moddalarida mablag‘lar yo‘q yoki yetarli bo‘lmagan holda budjet tashkilotlari tegishli moliya organiga ijro hujjatiga asosan to‘lash uchun budjet mablag‘lari bo‘yicha xarajatlar smetasiga tegishli o‘zgartirish kiritish yo‘li bilan mablag‘larni to‘liq to‘lashi bo‘yicha uch ish kuni ichida tegishli choralarni ko‘rish yuzasidan murojaat qiladi.

Download 0,93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish