Reja: G’aznachilikda yuridik va moliyaviy majburiyat tushunchasi


G’aznachilikda yuridik va moliyaviy majburiyatlarni qabul qilishning huquqiy asoslari



Download 0,93 Mb.
bet3/7
Sana27.04.2022
Hajmi0,93 Mb.
#585117
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Suhrobjon kurs ishi (2)

G’aznachilikda yuridik va moliyaviy majburiyatlarni qabul qilishning huquqiy asoslari.

Shuni alohida ta’kidlash zarurki, budjet qonunchiligini yanada rivojlantirish va takomillashtirish asosida budjet faoliyatini rivojlantirish davlat moliyasini boshqarish tizimini isloh qilishning asosiy yo’nalishlaridan biri hisoblanadi. Ma’lumki, 2000 yil 14 dekabrda “Budjet tizimi to’g ’risida”gi O’zbekiston Respublikasi Qonunining qabul qilinganidan beri o’tgan davr mobaynida budjet amaliyotida bir qator o’zgarishlar sodir bo’ldi, ular:

  • davlat budjeti g’azna ijrosining joriy etilishi;

bir qator davlat maqsadli jamg’armalari va boshqa nobudjet fondlarining tuzilishi va amal qilishi;

  • budjet tashkilotlarining budjetdan tashqari qo’shimcha mablag’larni jalb qilish manbalarining kengayishi va ular ustidan nazoratni yaxshilash zarurligi;

  • budjet tasnifi, budjet hisobi va hisoboti tizimining takomillashuvi;

  • yangi tahrirdagi O’zbekiston Respublikasi Soliq Kodeksining qabul qilinishi va amalga kiritilishi va boshqa holatlar bilan bog’liq bo’lib, budjet qonunchiligini yanada takomillashtirish zarurligini taqozo etdi.

Natijada amaldagi “Budjet tizimi to’g’risida”gi hamda “Davlat budjetining g’azna ijrosi to’g’risida”gi O’zbekiston Respublikasi Qonunlarida belgilangan normalar mukammal tarzda qayta ishlangan holda Budjet Kodeksida o’z aksini topdi.
Ushbu Kodeks O’zbekiston Respublikasining budjet tizimi budjetlarini shakllantirish, tuzish, ko’rib chiqish, qabul qilish, tasdiqlash, ijro etish, davlat tomonidan mablag’ jalb qilish va budjet to’g’risidagi qonun hujjatlari ijrosini nazorat qilish sohasidagi munosabatlarni tartibga soladi.
Budjet Kodeksi budjet jarayonini xalqaro amaliyot tajribalaridan kelib chiqqan holda tartibga solish, budjet amaliyotida mavjud bo’lgan ziddiyatlarni bartaraf etish, eskirgan tartib-qoidalarni bekor qilish, budjet jarayonini tashkil etishdagi me’yorlar, nizomlar va budjet jarayoni ishtirokchilarining vakolatlarini tizimlashtirish maqsadida ishlab chiqildi. Budjet Kodeksining g’aznachilik faoliyati bilan bog’liq alohida qismi davlat budjeti g’azna ijrosini tashkil etish, yuridik va moliyaviy majburiyatlarni ro’yxatga olish, budjetdan mablag’ oluvchilar xarajatlari to’lovini amalga oshirish, davlat xaridlarini tashkil qilish, G’aznachilikning yagona g’azna hisobraqamini yuritish kabi masalalarni tartibga solishga qaratilgan.
Budjet Kodeksining 120-moddasiga ko’ra, budjet tizimi budjetlari
xarajatlar qismining ijrosi quyidagilarni nazarda tutadi:
- yuridik va moliyaviy majburiyatlarni qabul qilish, ro’yxatdan o’tkazish va hisobga olish;
- kassa xarajatlarini amalga oshirish, shu jumladan budjetlararo transfertlarni o’tkazish;
- hisob va hisobot.
Byudjet Kodeksining 123-moddasiga ko’ra moliyaviy majburiyatlarni qabul qilish va ro‘yxatdan o‘tkazish quyidagicha amalga oshiriladi:
Moliyaviy majburiyatlar qabul qilingan yuridik majburiyatlar va xarajatlarni to‘lash uchun berilgan ruxsatnomalar doirasida hisobvaraq-fakturalar hamda moliyaviy majburiyatlar mavjudligini tasdiqlovchi hujjatlar asosida g‘aznachilik bo‘linmalari tomonidan qabul qilinadi hamda ro‘yxatdan o‘tkaziladi.
2014 yildan Byudjet kodeksining amalga kiritilishi byudjet tizimi byudjetlari g’azna ijrosini tashkil etishning qonuniy bazasini yanada mustahkamladi.
2017 yildan byudjet tizimi byudjetlari g’azna ijrosini tashkil etish O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirining 2016 yil 22 noyabrdagi 88-son buyrug’iga ko’ra O’zbekiston Respublikasi adliya vazirligi tomonidan 2016 yil 22 dekabrda №2580 raqami bilan ro’yxatdan o’tkazilgan “O’zbekiston Respublikasi byudjet tizimi byudjetlarining g’azna ijrosi Qoidalari”da belgilangan mexanidm asosida tashkil etildi. Bunda byudjetdan mablag’ oluvchilarning yuridik va moliyaviy majburiyatlarini ro’yhatdan o’tkazishda tegishla hujjatlarni UzASBO tizimi orqali g’aznachilik bo’linmalariga uzatish va O’RMVAT tizimida hisobga olishning amaldagi byurokratik tizimdan elektron tizimiga o’tilishi asosida g’aznachilik ijrosining yanada samarali ijrosi ta’minlandi.
Byudjet kodeksining 122-moddasiga ko’ra Budjet tashkilotlari va budjet mablag‘lari oluvchilar tomonidan yuridik majburiyatlarni qabul qilish, ularni ro‘yxatdan o‘tkazish hamda hisobga olish quyidagicha amalga oshiriladi:

  • Yuridik majburiyatlar iqtisodiy tasnif kodlari bo‘yicha budjetdan ajratiladigan mablag‘lar doirasida budjet tashkilotlari va budjet mablag‘lari oluvchilar tomonidan qabul qilinadi hamda g‘aznachilik bo‘linmalari tomonidan ro‘yxatdan o‘tkaziladi.

  • Budjet tashkilotlarining budjetdan tashqari jamg‘armalari hisobidan ijro etilishi lozim bo‘lgan yuridik majburiyatlar g‘aznachilik bo‘linmalari tomonidan hisobga olinadi.

  • Budjet tashkilotlari va budjet mablag‘lari oluvchilarning budjetdan ajratiladigan mablag‘lar bo‘yicha tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) yetkazib beruvchilar bilan tuzgan shartnomalari, shuningdek ularga kiritilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar ular g‘aznachilik bo‘linmalarida ro‘yxatdan o‘tkazilganidan keyin kuchga kiradi.

  • Budjet tashkilotlari va budjet mablag‘lari oluvchilar yuridik majburiyatlar yuzaga kelishini tasdiqlovchi hujjatlarni g‘aznachilik bo‘linmalarida ro‘yxatdan o‘tkazish uchun joriy moliya yilining 25-dekabridan kechiktirmay taqdim etadi.

  • Budjet tashkilotlari va budjet mablag‘lari oluvchilarning tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) yetkazib berish to‘g‘risida tuziladigan shartnomalarida 15 foiz miqdorida oldindan to‘lovni amalga oshirish nazarda tutiladi, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan hollar bundan mustasno.

  • Budjet tashkilotlarining va budjet mablag‘lari oluvchilarning tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) import qilish bo‘yicha shartnomalari, ularga kiritilgan o‘zgartish va qo‘shimchalar ushbu shartnomalar qonunchilikda nazarda tutilgan tartibda vakolatli organlarda tegishli ekspertizadan o‘tganidan va hisobga qo‘yilganidan so‘ng g‘aznachilik bo‘linmalari tomonidan ro‘yxatdan o‘tkaziladi. Bunda shartnomalarda ko‘rsatilgan summalar g‘aznachilik bo‘linmalari tomonidan O‘zbekiston Respublikasining milliy valyutasida hisobga olinadi.

Budjetdan ajratiladigan mablag‘lar asosida belgilangan yuridik majburiyatlarni qabul qilish uchun limit birinchi navbatda tegishli moddalar bo‘yicha moliya yili boshida mavjud bo‘lgan, budjetdan ajratiladigan mablag‘lar hisobidan to‘lanishi lozim bo‘lgan va g‘aznachilik bo‘linmalarida ro‘yxatdan o‘tkazilgan shartnomalar bo‘yicha yuzaga kelgan kreditorlik qarzi summasiga band qilib qo‘yiladi.
Mablag‘larni:

  • budjet tashkilotining iqtisod qilingan budjetdan ajratiladigan mablag‘lari hisobidan o‘z budjet tashkilotlarini rivojlantirish jamg‘armasiga, shuningdek tibbiyot muassasasi tomonidan — xarajatlar smetasida nazarda tutilgan maqsadli budjetdan ajratiladigan mablag‘lari hisobidan o‘zining tibbiyot tashkilotlarini moddiy rag‘batlantirish va rivojlantirish jamg‘armasiga;

  • har bir obyekt bo‘yicha kelishilgan manzilli va titul ro‘yxatlarda hamda shaxsiy g‘azna hisobvaraqlarida ushbu maqsadlar uchun nazarda tutilgan summalar doirasida kapital qo‘yilmalar bo‘yicha buyurtmachi xizmatini saqlab turishga;

  • soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni, davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining xizmatlari uchun haq to‘lashga;

  • yuridik majburiyatlar mavjudligini tasdiqlovchi boshqa hujjatlar asosida amalga oshiriladigan xarajatlarni to‘lashga o‘tkazish shartnoma tuzilmagan holda amalga oshirilishi mumkin.

123-moddaga ko’ra Moliyaviy majburiyatlarni qabul qilish va ro‘yxatdan o‘tkazish quyidagicha amalga oshiriladi:
Moliyaviy majburiyatlar qabul qilingan yuridik majburiyatlar va xarajatlarni to‘lash uchun berilgan ruxsatnomalar doirasida hisobvaraq-fakturalar hamda moliyaviy majburiyatlar mavjudligini tasdiqlovchi hujjatlar asosida g‘aznachilik bo‘linmalari tomonidan qabul qilinadi hamda ro‘yxatdan o‘tkaziladi.
Birinchi va ikkinchi guruh xarajatlari, shuningdek ushbu Kodeksning 122-moddasi o‘ninchi qismida ko‘rsatilgan xarajatlar bo‘yicha moliyaviy majburiyatlar yuridik majburiyatlarni qabul qilishga doir buyurtmalar asosida, ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish bo‘yicha esa, ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish shartnomalari asosida g‘aznachilik bo‘linmalari tomonidan ro‘yxatdan o‘tkaziladi.



Download 0,93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish