8- MAVZU: O‘ZBEKISTONDA FUQAROLIK JAMIYATINI BARPO ETISHNING ILMIY-METODOLOGIK, NAZARIY ASOSLARI. (2 soat)
REJA:
O‘zbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti I.Karimov tomonidan mamlakatimizda yangi huquqiy demokratik davlat va fuqarolik jamiyatini barpo qilishning konseptual zaminlarining asoslab berilishi.
Rivojlangan mamlakatlarning taraqqiyot modellari.
Avvalo, u aholining milliy-tarixiy turmush va tafakkur tarzidan, xalq an’analari va urf-odatlaridan kelib chiqadi. Chuqur ildizi o‘tmishdagi an’anaviy jamoa turmush tarziga borib taqaladigan kollektivchilik asoslari O‘zbekistan xalqiga tarixan xosdir. Kattalarni hurmat qilish, oila va farzandlar to‘g‘risida g‘amxo‘rlik qilish, ochiq ko‘ngillilik, millatidan qat’i nazar, odamlarga xayrixohlik bilan munosabatda bo‘lish, o‘zgalar kulfatiga hamdard bo‘lish va o‘zaro yordam tuyg‘usi kishilar o‘rtasidagi munosabatlarning me’yori hisoblanadi. O‘zbeklar diyoriga, o‘z Vataniga mehr-muhabbat, mehnatsevarlik, bilimga, ustozlarga, ma’rifatparvarlarga nisbatan alohida hurmat-ehtirom - O‘zbekiston aholisiga xos fazilatlardir. Ichki va tashqi siyosatni ishlab chiqib, amalga oshirish chog‘ida islom dinini e’tiborga olish muhim ahamiyatga ega. Odamlarning turmush tarzida, ruhiyatida, milliy-ma’naviy, axloqiy qadriyatlarni shakllantirishda, umuminsoniy tamoyillar bilan uyg‘unlashtirishni taqozo etadi.
O‘zbekiston mustaqillik yillarida demokratik jamiyatga o‘tishning uchta bosqichini bosib o‘tdi. Ularning birinchisi, Prezident Islom Karimov tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi - birinchi chaqiriq VI sessiyasida (1996 yil 29 avgust) «Hozirgi bosqichda demokratik islohotlarni chuqurlashtirishning muhim vazifalari»; ikkinchisi, Birinchi chaqiriq o‘n to‘rtiinchi sessiyasida «O‘zbekiston XXI asrga intilmoqda» (1999 yil, 14 aprel) va nihoyat, uchinchisi, ikkinchi chaqiriq Oliy Majlisning to‘qqizinchi sessiyasida «O‘zbekistonda demokratik o‘zgarishlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyati asoslarini shakllantirishning asosiy yo‘nalishlari» (2002 yil 29 avgust) qilgan ma’ruzalarida ko‘rsatib berildi.
Albatta, ana shu bosqichlar biri ikkinchisidan keskin farq qilmasada, ulardagi asosiy g‘oya demokratik jarayonlarning olg‘a tomon rivojlanishini va ma’lum bir vaqtga kelganda bu jarayonga yangi kuch, qudrat hamda faollik baxsh etishdir. Chunki jarayonlar izchillik bilan tahlil etilmasa, undagi asosiy muammo aniqlanmasa va istiqboldagi vazifalar belgilanmasa, rivojlanish ham bo‘lmaydi. Shu ma’noda ham Prezident demokratik jamiyat qurish borasidagi vazifalarni «chuqurlashtirish» (1996 yil) «erkinlashtirish» (1999 yil) va «demokratik o‘zgarishlar orqali fuqarolik jamiyat asoslarini shakllantirish» (2002 yil) kabi konseptual g‘oyalarida belgilab bergan.
Ammo bu - o‘tish davrining mustaqil ravishda bir necha bosqichlardan iborat ekan, - degan xulosa kelib chiqishiga asos bo‘lmasligi kerak. Chunki o‘tish davrining o‘zi mamlakatning turli tuzumlardan demokratiyaga o‘tishdagi mustaqil «oralig‘i», «ko‘prigi» hisoblanadi. Yuqorida ko‘rsatilgan bosqichlar o‘tish davrining uzluksizligini ifodalaydigan ko‘rsatgichdir.
O‘zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgandan so‘ng kelajakda qanday yo‘ldan borishi masalasi kun tartibiga qo‘yilgan eng dolzarb masalalardan biri bo‘ldi. Uning dolzarb bo‘lib qolishining bir qator ob’ektiv va sub’ektiv sabablari va omillari ham mavjud edi. Uning ob’ektiv sabablaridan biri jahonda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning barcha davlatlarga mos keladigan biron bir tayyor andozasining yo‘qligi va bo‘lishi ham mumkin emasligi edi. Ikkinchi ob’ektiv sababi – ma’muriy buyruqbozlikka asoslangan tuzumga xos ijtimoiy munosabatlar va qoidalar endilikda res’ublikada bar’o etilayotgan yangi ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor iqtisodiyotiga asoslangan huquqiy demokratik davlat manfaatlariga mos kelmasligi edi. Mulkchilik, mulkka egalik va uni boshqarish, ishlab chiqarishdagi inson omilining ortishini hisobga olgan holda davlatni boshqarishning butunlay yangi shaklini vujudga keltirish zarur edi. Demak, birinchidan, har bir davlat demokratik taraqqiyot yo‘liga kirishi uchun ma’lum bir muddat talab qilinar edi. Ikkinchidan, vaqtni qo‘ldan boy bermasdan rivojlanishning tarixiy jihatdan asrlar mobaynida shakllangan an’analari asosida O‘zbekistonning o‘ziga xos taraqqiyot yo‘lini ishlab chiqishni bir daqiqa ham kechiktirib bo‘lmas, yangi konse’siya ishlab chiqish zarur edi.
Mamlakat ‘rezidenti O‘zbekiston fuqarolari uchun tabiiy haq-huquq va shuningdek oliy ne’mat bo‘lgan mustaqillik to‘g‘risida so‘z yuritar ekan, uni jamiyat rivojining asosi, bugungi va uzoq istiqboldagi taraqqiyotimiz sharti, barcha islohotlarimizning mezoni va nihoyat, barcha amal qiladigan bosh tamoyil deb ta’rifladi. Shunday ekan, u jamiyat a’zolari oldiga muttasil yangi-yangi vazifalarni qo‘yadi va uning bajarilishini talab qiladi. Zero, taraqqiyotning har bir bosqichi, turli-tuman muammolar va ularni bartaraf etish yo‘lidagi tadbirlardan iboratdir.
Xalqaro hamjamiyat katta va kichik millatlar, davlatlar tajribasi shuni ko‘rsatmoqdaki, mustaqillikning ilk asnolarida vujudga kelgan muammolar yechimida sustkashlikka yo‘l qo‘yish og‘ir ijtimoiy larzalarga olib kelishi mumkin. Zotan, har qanday yechilmagan muammo yana boshqa qator xavf-xatarlarni keltirib chiqarib, davlat taraqqiyotining ancha murakkablashishiga olib keladi. Demak, mamlakat taqdiri uchun mas’ullikni o‘z zimmasiga olgan hokimiyat tuzilmasi bu borada bir nafas ham beg‘amlikka yo‘l qo‘ya olmaydi, doimo uyg‘oq va harakatda bo‘ladi. Darhaqiqat, mustaqillik bir tomondan milliy taraqqiyot yo‘lini erkin tanlashda ulkan mas’uliyat yuklasa, ikkinchi tomondan eskilikka barham berish va yangi jamiyatga asos yaratish uchun beqiyos imkoniyat yaratadi. Shu nuqtai nazardan, mustaqillikni demokratiya uchun eng zarur shart-sharoit deb hisoblasak bo‘ladi.
O‘tmish, bugun va kelajak bir-biriga tutashgan bunday tarixiy ‘aytlarda mustaqillik davrini kechirayotgan har bir davlat bir tomondan, demokratiya borasida jahon xalqlari orttirgan boy tajriba hamda undan millat manfaatlari yo‘lida foydalanishni, ikkinchi tomondan esa, uni o‘ziga xos noyob bir sharoitda joriy etish bilan bog‘liq muammoga duch kelganligini tarixiy tajribalar ko‘‘lab mamlakatlar misolida tasdiqlagan.
I.A.Karimov O‘zbekistonning rahbari sifatida asosan ikki narsani mushtarak holda olib bordi. Ulardan biri mamlakatimizning o‘z ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot yo‘lini ishlab chiqishda rivojlangan mamlakatlarning ko‘‘ asrlik tajribasini o‘rganish va ularning bizga maqbul jihatlarini ijobiy jihatdan o‘zlashtirish bo‘lsa, ikkinchisi - O‘zbekiston xalqining turmush tarzi, mentaliteti va an’analariga tayanishdan iborat bo‘ldi. Unga Islom Karimov tomonidan taklif qilingan besh asosiy tamoyil asos qilib olindi.
XX asr 50-yillardan keyingi yillarda ko‘‘chilik sobiq mustamlaka mamlakatlar o‘z mustaqilligiga erishib, milliy davlat qurish yo‘liga o‘ta boshladilar. Bu vaqtda asosiy 3 taraqqiyot yo‘li: 1) ka’italistik; 2) sotsialistik; 3) milliy ozodlikka erishgan davlatlarning aralash yo‘nalishi haqidagi qarashlar bor edi. XX asr oxirlariga kelib biron-bir mamlakatning iqtisodiy taraqqiyotini qat’iy qabul qilingan qoidalar doirasi bilan cheklab turish mumkin emasligi, taraqqiyot yo‘llari (modellari) ancha keng ko‘lam va maqsadga egaligi, ulardan birini tanlashda har bir mamlakat o‘z ichki sharoitlaridan kelib chiqmog‘i zarurligi ma’lum bo‘ldi.
Iqtisodiyot nazariyasida ayrim olimlar iqtisodiy taraqqiyot modelini davlat tuzumi desa, boshqalar ijtimoiy-iqtisodiy formatsiya, uchinchilari esa ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotning aniq belgilangan yo‘li, deb hisoblaydi. Iqtisodiy taraqqiyot modeli, N.To‘xliev va boshqa bir guruh olimlarning fikriga ko‘ra, iqtisodiy munosabatlarning keng miqyosli tizimi bo‘lib, u huquqiy, ma’muriy hamda xo‘jalik mexanizmlari orqali boshqariladi. Bunday munosabatlarning sub’ekti mulk egalari, xo‘jalik faoliyati ishtirokchilari, uyushmalar, davlat va xususiy sektor, mamlakat doirasidagi mintaqa va tarmoqlar hisoblanadi. Iqtisodiy taraqqiyot modeliga axloq va dunyoqarash, mentalitet, turmush tarzi, madaniyat kabi ijtimoiy me’yorlar ma’lum darajada o‘z ta’sirini o‘tkazadi.
Iqtisodiy taraqqiyot modeli global va milliy xarakterda bo‘ladi. Hozirgi vaqtda taraqqiyotning bir qator ti’ik global quyidagi modellari mavjud:
Do'stlaringiz bilan baham: |