12-Ma`ruza FVDT kuch va vositalarini tayyorlash tartibi
Reja:
1. Fuqaro muhofazasi strukturasi kimlardan iborat;
2. Fuqaro muhofazasi tarkibi;
3. Fuqaro muhofazasi axborot markazi vazifasi;
4. Fuqaro muhofazasi xizmatining huquq va majburiyatlari.
Favqulodda vaziyatlarda ularni oldini olish va harakat qilish davlat tizimi (FVDT)ning
asosiy vazifalari quyidagilardan iborat;
-Tinchlik va harbiy davrda aholi va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza
qilish sohasida huquqiy va iqtisodiy-me`yoriy hujjatlarning yagona konsepsiyasini
belgilash, ishlab chiqish va uni amalga oshirish;
-Respublika hududidagi mumkin bo`lgan texnogen va tabiiy favqulodda vaziyatlarni
ifodalash, bashoratlash ularning oqibatlarini baholash;
-Favqulodda vaziyatlarning oldini olish, odamlar xavfsizligini ta`minlashga,xavfli
texnologiyalar va boshqa ishlab chiqarishlarning barqarorligini ta`minlashga qaratilgan
ilmiy-texnik dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirish;
-Boshqaruv organlari va tizimlarining favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni
bartaraf etish uchun muljallangan kuch va vositalarning doimiy tayyorligini ta`minlash;
-Aholini,boshqaruv organlari boshliqlarini, FVDT kuch va vositalarini favqulodda
vaziyatlarda harakat qilishga tayyorlash;
-Favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish uchun moliyaviy va moddiy resurslar zaxirasini
yaratish;
-Favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish;
-Favqulodda vaziyatlardan zarar ko`rgan aholini ijtimoiy himoya qilishga oid
tadbirlarni amalga oshirish;
-Favqulodda vaziyatlardan zarar ko`rgan aholini ijtimoiy himoya qilishga oid
tadbirlarni amalga oshirish;
-Favqulodda vaziyatlarda aholini muhofaza qilish sohasida, shu jumladan ,ularni
bartaraf etishda bevosita qatnashgan shaxslarning huquq va majburiyatlarini amalga
oshirish;
-Aholi va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish sohasida
halqaro hamkorlik qilish.
Respublika darajasidagi FVDT boshqaruv organlarinig asosiy vazifasi quyidagilardan
iborat:
-Tabiiy favqulodda vaziyatlar oqibatlarini imkoni boricha pasaytiruvchi chora-
tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirishga rahbarlik qilish, FV sharoitida xalq
xo`jalik tarmoqlarining barqaror faoliyat ko`rsatishlarini ta`minlash;
-Aholi va hududlarni FVlardan muhofaza qilish sohasida Respublika maqsadli va
ilmiy–texnik dasturlarni ishlab chiqishda qatnashish;
-Respublika markazlashtirilgan xabar berish tizimini yaratish va uni doimiy tayyor
holda saqlash;
-Atrof-muhit hamda kuchli xavfli ob`yektlarning holatini kuzatish va nazorat qilish
tizimini tashkil etish, FVlarni bashoratlash;
-Boshqaruv
organlari,
FVDT
kuchlari
va
vositalarining
FVlarda
harakat qilishga tayyorgarligini ta`minlash;
-Avariya-qutqaruv va boshqa kechiktirib bo`lmaydigan ishlarni, shu jumladan,
evakuatsiya ishlarini o`tkazishga oid tadbirlarning bajarilishini ta`minlash, zarar ko`rgan
aholi uchun hayot sharoitini yaratish;
- Favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish uchun Respublika moliyaviy va moddiy
resurslar zahirasini yaratish;
-FVlardan zarar ko`rgan aholini ijtimoiy muhofaza qilishga oid tadbirlarni amalga
oshirishda qatnashish;
-Favqulodda vaziyatlarda idoraga qarashli ob`yektlarning rahbarlari tarkibi, kuch va
bositalarini, shuningdek xodimlarini tayyorlashni muvofiqlashtirish va boshqa ishlarni
bajarish.
FVDT
boshqaruv
organlarining
ob`yektlar
darajasidagi
bazifalari
quyidagilardan iborat:
-Favqulodda vaziyatlarni oldini olish va ularni bartaraf etish,ob`yektlar ishining FVlar
chog`ida ishonchliligi va barqarorliligini oshirishga doir tadbirlarni ishlab chiqish va
amalga oshirishga rahbarlik qilish;
-Boshqaruv organlarining, ob`yektlar kuch va vositalarining FV chog`ida harakatlarga
tayyorgarligini ta`minlash;
-Avariya–qutqaruv hamda boshqa kechiktirib bo`lmaydigan ishlarga shu jumladan,
ob`yektlar xodimlarini evakuatsiya qilishga rahbarlikni amalga oshirish;
-Favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish uchun moliyaviy va moddiy resurslar
zaxiralarini yaratish;
-Ob`yektlarning rahbarlar tarkibi, kuch va vositalari, shuningdek xodimlarini
FVlardagi
harakatlarga
tayyorlashni
tashkil
etish;
-Har bir korxonaning FM boshligi FMni tashkil etilishini, uning holatini, kuchlarini,
texnikasini doimiy tayyor holatda bo`lishligini nazorat etadi, hamda qutqaruv va qayta
tiklash ishlariga rahbarlik qiladi. Korxona FMning boshlig`i shu korxona joylashgan
rayon FMga va shu korxonaning yuqori tashkiloti FMsiga bo`ysunadi.
FM shtabi asosida quyidagi xizmatli tizimlar tashkil etiladi:
-Aloqa va tashviqot guruhi;
-Qutqaruv,
qidiruv
va
o`ta
shoshilinch
ishlarni
amalga
oshirish
guruhi; -Yong`inga qarshi va o`t o`chirish guruhi;
-Tibbiy xizmat ko`rsatish guruhi;
-Radiatsiya va kimyoviy qurollar ta`siriga qarshi ish olib boruvchi guruh;
-Jamoa tartibini saqlash guruhi;
-Elektr ta`minoti guruhi;
-Avariya-texnikani ta`mirlash uruhi;
-Panada va qochoqlar maskanida xizmat ko`rsatish guruhi;
-Transportda xizmat ko`rsatish guruhi;
-Moddiy ta`minot va boshqa vazifalarni bajaruvchi guruhlar;
-Bularga maxsus topshirlarni bajarish vazifalari topshiriladi.
Yuqoridagi har bir xizmatga FM boshlig`i tomonidan rahbar etib ob`yektda doimo
ishlab kelayotgan, bo`lim, sex, smena boshliqlari tayinlanadilar. FVDT kuchlariga
quyidagilar kiradi:
1. Fuqaro muhofazasi qo`shinlari;
2. Hududiy va ob`yektlarning harbiylashmagan umumiy-maxsus maqsadli tizimlari;
3. Mahalliy hokimiyat organlarinig (viloyat, shahar, va tumanlar) FVV (favqulodda
vaziyatlar vazirligi ) ning qutqaruvchi komandalarining tizimlari;
4.
FVVga
to`g`ridan-to`g`ri
hamda
tezkor
bo`ysunuvchi
respublika
ixtisoslashtirilgan tizimlari;
5. Vazirliklar va idoralarning harbiylashtirilgan hamda, professional-ixtisoslashtirilgan
avariya- qutqaruv va avariya tiklash bo`limlari;
6. Ob`yektlarning ixtisoslashtirilgan tizimlari;
7. Qizil yarim oy, hamda Qizil xoch jamiyati ko`ngilli otryadlari;
8. Vatanparvar, mudofaaga ko`maklashuvchi tashkiloti. Bularning tarkibida
respublikamiz bo`yicha, “Najodkor”, RQQM-(Respublika qidiruv-qutqaruv markazi
hamda) SQXT (Suvdan qutqarish xizmati tizimlari) tuzilgan bo`lib, Respublikamiz
miqiyosida bo`ladigan har qanday FVlarda fuqarolarni qutqarish vazifalarini bajaradilar;
FVDT ning mablag`i quyidagilardan tarkib topgan:
-Davlat byudjeti hisobidan;
-Mahalliy byudjet hisobidan;
-Vazirlik va uning tarmoqlari hisobidan;
-Muassasa va tashkilotlarning shaxsiy mablag`lari hisobidan;
-Qizil xoch; va Qizil yarim oy;
-Jamiyatining birlamchi zaxiralar hisobidan;
-O`zbekistonda kuzatiladigan tabiiy ofatlar va ularning oqibatlari va boshqalar.
Dunyoda shu davrga qadar tabiiy ofatlar doimiy ravishda bo`lib keldi va bundan keyin
ham yuz berishi ehtimoli ko`p.
Fuqaro muhofazasi institutining asosiy vazifalari FVDTning yuqori boshqaruv va
tashkiliy bo‘g‘ini mutaxassislarini maqsadli tayyorlash, shuningdek, fuqaro
muhofazasi sohasida ilmiy tadqiqotlar o‘tkazish; shartnoma asosidagi harbiy
xizmatchilar va fuqaro xodimlarni, vazirlikning tarkibiy va hududiy bo‘linmalari
qutqaruv xizmatlari, boshqa vazirlik va idoralarning qutqaruv tuzilmalari
qutqaruvchilarini tayyorlash, qayta tayyorlash hamda malakasini oshirish; fuqaro
muhofazasi muammolarini hal etishga, tabiiy hamda texnogen xususiyatli
favqulodda vaziyatlarning oldini olish va tugatishga, shuningdek maxsus ta’lim
tizimini takomillashtirishga yo‘naltirilgan izlanish va amaliy ilmiy tadqiqotlarni
tashkil etish va olib borish; Institut faoliyati yo‘nalishidagi qonun hujjatlari va
davlat dasturlarini ishlab chiqish va tayyorlashda ishtirok etish; aholi o‘rtasida
favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularda harakat qilish, hayot faoliyati
xavfsizligini ta’minlash, iqtisodiyot ob’ektlari faoliyatini barqarorligini oshirish
masalalari bo‘yicha bilimlarni targ‘ib qilish; FM rahbar xodimlari, mutaxassislarini
tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish, qutqaruvchilarini o‘qitish
bo‘yicha horij mamlakatlarining ilg‘or tajribalarini tatbiq etish. Institutining asosiy
funksiyalari FM rahbar xodimlari, mutaxassislarini tayyorlash, qayta tayyorlash va
malakasini oshirish, qutqaruv xizmatlari va qutqaruv tuzilmalari qutqaruvchilarini
o‘qitish uchun o‘quv rejalari va dasturlari, o‘quv-uslubiy qo‘llanmalar ishlab
chiqadi va tarqatadi; hududiy aholi va rahbarlar tarkibini tayyorlash markaz
(ARTTM) larida fuqaro muhofazasi rahbarlar tarkibi va tuzilmalarini o‘qitish
jarayonini tashkil etish va rejalashtirishda uslubiy yordamni amalga oshiradi;
iqtisodiyot ob’ektlari rahbariyatiga ob’ekt kompleks o‘quv mashqlari va
mashqlarni tashkil etish va o‘tkazishda uslubiy yordam ko‘rsatadi; o‘quv-uslubiy
yig‘inlar, instruktiv kengashlar, ilmiy anjumanlarni tashkillashtiradi; zamonaviy
texnika vositalarini qo‘llagan holda o‘qitishning yangi shakl va usullarini
umumlashtiradi, tahlil qiladi va qo‘llaydi; aholining barcha toifasi o‘rtasida fuqaro
muhofazasiga oid bilimlarni targ‘ib qiladi; o‘quv-uslubiy qo‘llanma, eslatma,
qo‘llanma va plakatlarni nashr etadi va belgilangan tartibda sotadi. Institut harbiy
xizmatchilarini lavozimga tayinlash va bo‘shatish Institut boshlig‘i tavsiyasi
asosida O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirining buyruqlari
asosida, ishchi va xizmatchilarni Institut boshlig‘i buyruqlari asosida amalga
oshiriladi. YAngidan ishga qabul qilinayotgan ishchi va xizmatchilar uchun ularni
egallaydigan lavozimlariga mos ekanligini tekshirish maqsadida sinov muddati
tayinlanishi mumkin. Kafedralar professor-o‘qituvchilar tarkibini ishga qabul
qilish tanlov asosida, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006 yil
10 fevraldagi 20-sonli qarori bilan tasdiqlangan, pedagog xodimlarni oliy ta’lim
muassasalariga tanlov asosida ishga qabul qilish tartibi to‘g‘risidagi Nizomga
muvofiq amalga oshiriladi. Bo‘sh o‘rinlarga tanlovdan o‘tganlarga maxsus dastur
asosida ma’ruza materiallarini tayyorlaganlaridan va tegishli kafedra yig‘ilishida
Ilmiy Kengash belgilagan muddatda eshitib ko‘rilgandan so‘ng mashg‘ulot olib
borishga ruxsat beriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |