Reja: Fuqaro muhofazasi strukturasi kimlardan iborat



Download 130,96 Kb.
Pdf ko'rish
Sana01.06.2022
Hajmi130,96 Kb.
#628429


12-Ma`ruza FVDT kuch va vositalarini tayyorlash tartibi 
Reja:
 
1. Fuqaro muhofazasi strukturasi kimlardan iborat; 
 
2. Fuqaro muhofazasi tarkibi; 
 
3. Fuqaro muhofazasi axborot markazi vazifasi; 
 
 4. Fuqaro muhofazasi xizmatining huquq va majburiyatlari.
Favqulodda vaziyatlarda ularni oldini olish va harakat qilish davlat tizimi (FVDT)ning 
asosiy vazifalari quyidagilardan iborat; 
-Tinchlik va harbiy davrda aholi va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza 
qilish sohasida huquqiy va iqtisodiy-me`yoriy hujjatlarning yagona konsepsiyasini 
belgilash, ishlab chiqish va uni amalga oshirish; 
-Respublika hududidagi mumkin bo`lgan texnogen va tabiiy favqulodda vaziyatlarni 
ifodalash, bashoratlash ularning oqibatlarini baholash; 
-Favqulodda vaziyatlarning oldini olish, odamlar xavfsizligini ta`minlashga,xavfli 
texnologiyalar va boshqa ishlab chiqarishlarning barqarorligini ta`minlashga qaratilgan 
ilmiy-texnik dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirish; 
-Boshqaruv organlari va tizimlarining favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni 
bartaraf etish uchun muljallangan kuch va vositalarning doimiy tayyorligini ta`minlash; 
-Aholini,boshqaruv organlari boshliqlarini, FVDT kuch va vositalarini favqulodda 
vaziyatlarda harakat qilishga tayyorlash; 
-Favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish uchun moliyaviy va moddiy resurslar zaxirasini 
yaratish; 
-Favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish; 
-Favqulodda vaziyatlardan zarar ko`rgan aholini ijtimoiy himoya qilishga oid 
tadbirlarni amalga oshirish; 
-Favqulodda vaziyatlardan zarar ko`rgan aholini ijtimoiy himoya qilishga oid 
tadbirlarni amalga oshirish; 
-Favqulodda vaziyatlarda aholini muhofaza qilish sohasida, shu jumladan ,ularni 
bartaraf etishda bevosita qatnashgan shaxslarning huquq va majburiyatlarini amalga 
oshirish; 
-Aholi va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish sohasida 
halqaro hamkorlik qilish. 
Respublika darajasidagi FVDT boshqaruv organlarinig asosiy vazifasi quyidagilardan 
iborat: 
-Tabiiy favqulodda vaziyatlar oqibatlarini imkoni boricha pasaytiruvchi chora-
tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirishga rahbarlik qilish, FV sharoitida xalq 
xo`jalik tarmoqlarining barqaror faoliyat ko`rsatishlarini ta`minlash; 
-Aholi va hududlarni FVlardan muhofaza qilish sohasida Respublika maqsadli va 
ilmiy–texnik dasturlarni ishlab chiqishda qatnashish;
-Respublika markazlashtirilgan xabar berish tizimini yaratish va uni doimiy tayyor 
holda saqlash; 
-Atrof-muhit hamda kuchli xavfli ob`yektlarning holatini kuzatish va nazorat qilish 
tizimini tashkil etish, FVlarni bashoratlash;
-Boshqaruv 
organlari, 
FVDT 
kuchlari 
va 
vositalarining 
FVlarda 
harakat qilishga tayyorgarligini ta`minlash; 


-Avariya-qutqaruv va boshqa kechiktirib bo`lmaydigan ishlarni, shu jumladan, 
evakuatsiya ishlarini o`tkazishga oid tadbirlarning bajarilishini ta`minlash, zarar ko`rgan 
aholi uchun hayot sharoitini yaratish; 
- Favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish uchun Respublika moliyaviy va moddiy 
resurslar zahirasini yaratish; 
-FVlardan zarar ko`rgan aholini ijtimoiy muhofaza qilishga oid tadbirlarni amalga 
oshirishda qatnashish; 
-Favqulodda vaziyatlarda idoraga qarashli ob`yektlarning rahbarlari tarkibi, kuch va 
bositalarini, shuningdek xodimlarini tayyorlashni muvofiqlashtirish va boshqa ishlarni 
bajarish. 
FVDT 
boshqaruv 
organlarining 
ob`yektlar 
darajasidagi 
bazifalari 
quyidagilardan iborat: 
-Favqulodda vaziyatlarni oldini olish va ularni bartaraf etish,ob`yektlar ishining FVlar 
chog`ida ishonchliligi va barqarorliligini oshirishga doir tadbirlarni ishlab chiqish va 
amalga oshirishga rahbarlik qilish;
-Boshqaruv organlarining, ob`yektlar kuch va vositalarining FV chog`ida harakatlarga 
tayyorgarligini ta`minlash;
-Avariya–qutqaruv hamda boshqa kechiktirib bo`lmaydigan ishlarga shu jumladan, 
ob`yektlar xodimlarini evakuatsiya qilishga rahbarlikni amalga oshirish; 
-Favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish uchun moliyaviy va moddiy resurslar 
zaxiralarini yaratish;
-Ob`yektlarning rahbarlar tarkibi, kuch va vositalari, shuningdek xodimlarini 
FVlardagi 
harakatlarga 
tayyorlashni 
tashkil 
etish;
-Har bir korxonaning FM boshligi FMni tashkil etilishini, uning holatini, kuchlarini, 
texnikasini doimiy tayyor holatda bo`lishligini nazorat etadi, hamda qutqaruv va qayta 
tiklash ishlariga rahbarlik qiladi. Korxona FMning boshlig`i shu korxona joylashgan 
rayon FMga va shu korxonaning yuqori tashkiloti FMsiga bo`ysunadi. 
FM shtabi asosida quyidagi xizmatli tizimlar tashkil etiladi: 
-Aloqa va tashviqot guruhi; 
-Qutqaruv, 
qidiruv 
va 
o`ta 
shoshilinch 
ishlarni 
amalga 
oshirish 
guruhi; -Yong`inga qarshi va o`t o`chirish guruhi; 
-Tibbiy xizmat ko`rsatish guruhi; 
-Radiatsiya va kimyoviy qurollar ta`siriga qarshi ish olib boruvchi guruh; 
-Jamoa tartibini saqlash guruhi; 
-Elektr ta`minoti guruhi; 
-Avariya-texnikani ta`mirlash uruhi; 
-Panada va qochoqlar maskanida xizmat ko`rsatish guruhi; 
-Transportda xizmat ko`rsatish guruhi; 
-Moddiy ta`minot va boshqa vazifalarni bajaruvchi guruhlar; 
-Bularga maxsus topshirlarni bajarish vazifalari topshiriladi. 
Yuqoridagi har bir xizmatga FM boshlig`i tomonidan rahbar etib ob`yektda doimo 
ishlab kelayotgan, bo`lim, sex, smena boshliqlari tayinlanadilar. FVDT kuchlariga 
quyidagilar kiradi:
1. Fuqaro muhofazasi qo`shinlari; 
2. Hududiy va ob`yektlarning harbiylashmagan umumiy-maxsus maqsadli tizimlari


3. Mahalliy hokimiyat organlarinig (viloyat, shahar, va tumanlar) FVV (favqulodda 
vaziyatlar vazirligi ) ning qutqaruvchi komandalarining tizimlari; 
4. 
FVVga 
to`g`ridan-to`g`ri 
hamda 
tezkor 
bo`ysunuvchi 
respublika 
ixtisoslashtirilgan tizimlari; 
5. Vazirliklar va idoralarning harbiylashtirilgan hamda, professional-ixtisoslashtirilgan 
avariya- qutqaruv va avariya tiklash bo`limlari;
6. Ob`yektlarning ixtisoslashtirilgan tizimlari; 
7. Qizil yarim oy, hamda Qizil xoch jamiyati ko`ngilli otryadlari; 
8. Vatanparvar, mudofaaga ko`maklashuvchi tashkiloti. Bularning tarkibida 
respublikamiz bo`yicha, “Najodkor”, RQQM-(Respublika qidiruv-qutqaruv markazi 
hamda) SQXT (Suvdan qutqarish xizmati tizimlari) tuzilgan bo`lib, Respublikamiz 
miqiyosida bo`ladigan har qanday FVlarda fuqarolarni qutqarish vazifalarini bajaradilar; 
FVDT ning mablag`i quyidagilardan tarkib topgan: 
-Davlat byudjeti hisobidan;
-Mahalliy byudjet hisobidan; 
-Vazirlik va uning tarmoqlari hisobidan; 
-Muassasa va tashkilotlarning shaxsiy mablag`lari hisobidan; 
-Qizil xoch; va Qizil yarim oy; 
-Jamiyatining birlamchi zaxiralar hisobidan;
-O`zbekistonda kuzatiladigan tabiiy ofatlar va ularning oqibatlari va boshqalar. 
Dunyoda shu davrga qadar tabiiy ofatlar doimiy ravishda bo`lib keldi va bundan keyin 
ham yuz berishi ehtimoli ko`p. 
Fuqaro muhofazasi institutining asosiy vazifalari FVDTning yuqori boshqaruv va 
tashkiliy bo‘g‘ini mutaxassislarini maqsadli tayyorlash, shuningdek, fuqaro 
muhofazasi sohasida ilmiy tadqiqotlar o‘tkazish; shartnoma asosidagi harbiy 
xizmatchilar va fuqaro xodimlarni, vazirlikning tarkibiy va hududiy bo‘linmalari 
qutqaruv xizmatlari, boshqa vazirlik va idoralarning qutqaruv tuzilmalari 
qutqaruvchilarini tayyorlash, qayta tayyorlash hamda malakasini oshirish; fuqaro 
muhofazasi muammolarini hal etishga, tabiiy hamda texnogen xususiyatli 
favqulodda vaziyatlarning oldini olish va tugatishga, shuningdek maxsus ta’lim 
tizimini takomillashtirishga yo‘naltirilgan izlanish va amaliy ilmiy tadqiqotlarni 
tashkil etish va olib borish; Institut faoliyati yo‘nalishidagi qonun hujjatlari va 
davlat dasturlarini ishlab chiqish va tayyorlashda ishtirok etish; aholi o‘rtasida 
favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularda harakat qilish, hayot faoliyati 
xavfsizligini ta’minlash, iqtisodiyot ob’ektlari faoliyatini barqarorligini oshirish 
masalalari bo‘yicha bilimlarni targ‘ib qilish; FM rahbar xodimlari, mutaxassislarini 
tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish, qutqaruvchilarini o‘qitish 
bo‘yicha horij mamlakatlarining ilg‘or tajribalarini tatbiq etish. Institutining asosiy 
funksiyalari FM rahbar xodimlari, mutaxassislarini tayyorlash, qayta tayyorlash va 
malakasini oshirish, qutqaruv xizmatlari va qutqaruv tuzilmalari qutqaruvchilarini 
o‘qitish uchun o‘quv rejalari va dasturlari, o‘quv-uslubiy qo‘llanmalar ishlab 
chiqadi va tarqatadi; hududiy aholi va rahbarlar tarkibini tayyorlash markaz 
(ARTTM) larida fuqaro muhofazasi rahbarlar tarkibi va tuzilmalarini o‘qitish 
jarayonini tashkil etish va rejalashtirishda uslubiy yordamni amalga oshiradi; 
iqtisodiyot ob’ektlari rahbariyatiga ob’ekt kompleks o‘quv mashqlari va 


mashqlarni tashkil etish va o‘tkazishda uslubiy yordam ko‘rsatadi; o‘quv-uslubiy 
yig‘inlar, instruktiv kengashlar, ilmiy anjumanlarni tashkillashtiradi; zamonaviy 
texnika vositalarini qo‘llagan holda o‘qitishning yangi shakl va usullarini 
umumlashtiradi, tahlil qiladi va qo‘llaydi; aholining barcha toifasi o‘rtasida fuqaro 
muhofazasiga oid bilimlarni targ‘ib qiladi; o‘quv-uslubiy qo‘llanma, eslatma, 
qo‘llanma va plakatlarni nashr etadi va belgilangan tartibda sotadi. Institut harbiy 
xizmatchilarini lavozimga tayinlash va bo‘shatish Institut boshlig‘i tavsiyasi 
asosida O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirining buyruqlari 
asosida, ishchi va xizmatchilarni Institut boshlig‘i buyruqlari asosida amalga 
oshiriladi. YAngidan ishga qabul qilinayotgan ishchi va xizmatchilar uchun ularni 
egallaydigan lavozimlariga mos ekanligini tekshirish maqsadida sinov muddati 
tayinlanishi mumkin. Kafedralar professor-o‘qituvchilar tarkibini ishga qabul 
qilish tanlov asosida, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006 yil 
10 fevraldagi 20-sonli qarori bilan tasdiqlangan, pedagog xodimlarni oliy ta’lim 
muassasalariga tanlov asosida ishga qabul qilish tartibi to‘g‘risidagi Nizomga 
muvofiq amalga oshiriladi. Bo‘sh o‘rinlarga tanlovdan o‘tganlarga maxsus dastur 
asosida ma’ruza materiallarini tayyorlaganlaridan va tegishli kafedra yig‘ilishida 
Ilmiy Kengash belgilagan muddatda eshitib ko‘rilgandan so‘ng mashg‘ulot olib 
borishga ruxsat beriladi.
 

Download 130,96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish