Reja: Foydali qazilmalarni ochiq usulda qazib olish to’g’risida tushuncha



Download 82,43 Kb.
Sana29.11.2022
Hajmi82,43 Kb.
#874321
Bog'liq
2 5373064839608410461


Mavzu: Konlarini ochiq usulda qazib olishda yerlardan unumli foydalanish.
Reja:
1.Foydali qazilmalarni ochiq usulda qazib olish to’g’risida tushuncha.
2. Agʻdarma hosil qilish
3.Konlarni qayta oʻzlashtirish ishlari .(rekultivatsiya)
4.Umumiy Xullosa.

Foydali qazilmalarni ochiq usulda qazib olish to’g’risida tushuncha


Konchilik sanoati – zamonaviy industriyaning asosiy xom ashyo va yoqilg’i bazasi hisoblanadi. U energetika va xalq xo'jaligining boshqa tarmoqlarining asosiy yoqilg’i manbaidir. Shuningdek, konchilik sanoati qora va rangli metallurgiya, ximiya sanoati, o'g’itlar ishlab chiqarish sanoati uchun xom-ashyo bazasi hisoblanadi. Xalq xo'jaligida foydalanilayotgan tabiiy resurslarni 70% ini mineral xom-ashyolar tashkil qiladi.Jahon miqyosida qazib olinadigan foydali qazilmalarning umumiy miqdori yiliga 9-10 mln. T ni, kon massasining yillik unumdorligi esa 35 – 37 mlrd. T ni tashkil etadi.
Ochiq usulda qazib olish ishlarining rivojlanishi, er osti usulida qazib olishga nisbatan unumdor, iqtisodiy jihatdan samarador va xavfsizligidadir. Ochiq usulda qazib olishda ish unumdorligi er osti usuliga qaraganda 5 – 8 marta yuqori, tannarxi esa 2 – 4 marta kam. Ushbu farq so'nggi 30 – 40 yil ichida oshib borishda davom etmoqda.Foydali qazilma boyliklariga xo'jalik, qurilish, sanoat va ilmiy maqsadlar uchun qazib olinadigan va xom ashyo holida yoki qayta ishlangandan so'ng ishlatiladigan barcha turdagi tog’ jinslari kiradi. Foydali qazilmalar qurilish va sanoatning asosi hisoblanib, mamlakat iqtisodiyotida katta o'rin egallaydi. Uni xom-ashyo sifatida qazib olish va qayta ishlash miqyosi esa davlatning ishlab chiqarish saviyasini, boyligi va iqtisodiy rivojlanishini belgilaydi.
Foydali qazilmalarni ochiq usul bilan qazib olishda qoplovchi va o'z ichiga oluvchi tog’ jinslari ham qazib olinadi. Foydali qazilmalar va qoplovchi hamda o'z ichiga oluvchi tog’ jinslari birgalikda kon massasi tushunchasi bilan birlashtiriladi. Tog’ jinslarini foydali qazilmalarga va qoplovchi jinslarga ajratish bu nisbiy tushunchadir. Qazib oluvchi va qayta ishlovchi texnikalarning rivojlanishi bilan ko'pgina qoplovchi tog’ jinslaridan foydali qazilmalar kabi foydalana boshlandi va bularning soni yildan-yilga oshib bormoqda.
Har xil tog’ jinslarini qazib olishda va turli-tuman qazilmalar, chuqurliklarni kovlash maqsadida er ustida turib olib boriladigan ishlar yig’indisiga ochiq kon ishlari deb aytiladi. Katta miqyosdagi ochiq kon ishlari foydali qazilma boyliklarini qazib olish bilan uzviy aloqadadir. Bunda er ostida yotgan foydali qazilma boyliklarini qazib olish bilan aloqador barcha ishlar va jarayonlar, ochiq kon inshoatlari orqali amalga oshiriladi. Er osti usulida qazib olishda esa foydali qazilma boyliklarini maxsus jihozlangan er osti inshoatlari yordamida qazib olinadi. Konlarni ochiq usul bilan qazib olishda konchilik ishlari ikki qismga bo'linadi:

  • ishlari (qoplovchi jinslarni qazish, tashish va joylashtirish ishlari);

  • qazib olish ishlari (foydali qazilma boyliklarini qazish, tashish, bir joyga to'plash yoki tushirish ishlari).

Ochish ishlari foydali qazilmani qoplab turgan bo'sh tog’ jinslarini olib tashlashdan iborat. Ushbu jarayon foydali qazilmaga etib borishni ta'minlashi va uni xavfsiz holda qazib olishga sharoit yaratishi lozim. Ochish va qazish ishlari natijasida karyer qosil bo'ladi.
K
aryer – foydali qazilma konlarini ochiq usulda qazib olish uchun mo'ljallangan va jiqozlangan ochiq kon lahimlari kompleksidir.

Ishlab chiqarish asoslari va maqsadlari uchun ochuvchi vatayyorlovchi lahimlarni birlashtiradigan alohida kon tayyorlov ishlari o'tkaziladi (asosiy xandak va yarim xandak, qirqma xandak va yarim qirqma xandak va boshqa lahimlar). Kon tayyorlov ishlarini o'tkazishdan maqsad shundan iboratki, bu qazish joylariga (zaboylarga) va kon ishlarining boshlanish frontiga transportni kelishini ta'minlash uchun yo'l ochib beradi.Ochiq usulda qazish qo'yidagilarni ham o'z ichiga oladi:


K
on va uning alohida uchastkalarini tayyorlash ishlari (asosan ustki qismini tayyorlash);Qazib olinayotgan tog’ jinslari massivi mustahkamligini ta'minlashdagi kon-zaxira muxofazasi va inshoatlarini hisobga olish ishlari (suv muvozanatini ta'minlash, kon jinslarining o'z-o'zidan yonib ketishini va yuzaning deformatsiyasini oldini olishdagi qayta tiklash ishlari va h.k. ishlar).
Rasm. Konni ochiq ususlda qazib olish sxemasi.
1 – ekskavator; 2 – avtosamosval; 3 – bul’dozer; 4 – burg’ulash stanogi; 5 – ishchi gorizontlar; 6 – portlatilgan massa; 7 – foydali qazilma uyumi; 8 – burg’u qudug’ilar; 9 – kiruvchi transheya;10 – bo'sh tog’ jinslar ag’darmasi.

QOPLOVCHI TOG‘ JINSLARIDAN AG‘DARMA HOSIL QILISH.


Ag‘darma hosil qilish usuli qo‘llaniladigan transport va ishchi uskunalar turlariga bog‘liqdir.
Temir yo‘l transportida – ekskavatorli (mexanik kurakli, abzetserli), plugli va buldozerli .Ag‘darmalar, konveyer transportida esa, ag‘darmaga tog‘ jinslarini joylashtirishda konsolli ag‘darma hosil qilgichlar qo‘llaniladi.Ochiq kon ishlari natijasida qazib olingan qoplovchi jinslarni va nokonditsion hisoblangan foydali qazilma to‘planadigan joyga ag‘darma deyiladi. Ularni joylash bilan bog‘liq bo‘lgan texnologik jarayonga ag‘darma hosil qilish deyiladi. Ag‘darmalarning karer konturiga nisbatan joylashuviga qarab ular ichki va tashqi ag‘darmalarga bo‘linadi. Agar ag‘darma karer konturi ichkarisida joylashgan bo‘lsa ichki ag‘darma, tashqarisida joylashgan bo‘lsa tashqi ag‘darma deyiladi.Turg‘unligi bo‘yicha – doimiy va vaqtinchalik ag‘darmalarga bo‘linadi. Ag‘darma o‘z konstruksiyasiga ko‘ra kon massasi uyumi hisoblanib, bir necha qatlamdan (yarusdan) iborat va planda noto‘g‘ri shaklga ega to‘g‘ri burchakka yaqin bo‘ladi.
Qoplovchi tog‘ jinslari avtomobil transporti yordamida ag‘darmaga tashilganda buldozerli ag‘darma hosil qilish qo‘llaniladi. Buldozerli ag‘darma hosil qilish jarayoni quyidagilarni o‘z ichiga oladi: avtosamosvallarni ag‘darma pog‘onasi yuqori ustki maydoniga bo‘shatish, pog‘ona qiyaligi ostiga joylashtirish, ag‘darma yuzasini tekislash, avtomobil yo‘llarini ta’mirlash. Ag‘darmani to‘ldirish ikki usul: pereferiyali yoki maydonli usul bilan amalga oshiriladi. Pereferiyniy usulda avtosamosvallar ish fronti bo‘ylab to‘g‘ridan to‘g‘ri qiyalik ostiga (turg‘un ag‘darmalarda) yoki fiyalikdan 3-5 m masofa uzoqlikda bo‘shatiladi. SHundan so‘ng qoplovchi tog‘ jinslari buldozer yordamida joylashtiriladi.

Buldozerli ag‘darmalar: a – periferiyali; b – maydonli ag‘darma hosil qilish usullari.
Maydonli usulda avtosamosvallar ag‘darmaning butun maydoni bo‘ylab bo‘shatiladi. Ahdarma yuzasi buldozer yordamida tkekislanadi , va maxsus uskuna (katka) yordamida zichlanib chiqiladi. SHundan so‘ng keyingi qatlam yotqizilib chiqiladi. Bunda holatda buldozerli ag‘darma vertikal bo‘yicha rivojlanib boradi. Tekislash va yo‘l ishlari kam bo‘lgan pereferiyali usul eng samarali usul hisoblanadi (rasm).Maydonli usul kamdan kam hollarda qo‘llaniladi (asosan turg‘unligi kam bo‘lgan yumshoq tog‘ jinslarini joylashtirishda).
Temir yo‘l transporti qo‘llanilganda ag‘darma hosil qilish.
Temir yo‘l transporti qo‘llanilganda tog‘ jinslarini ag‘darmaga joylashtirishda mexanik kuraklar, draglaynlar, ag‘darma pluglari qo‘llaniladi.
Mexanik kuraklar yordamida ag‘darma hosil qilish.
Ag‘darmaga joylashtiriladigan tog‘ jinslarining fiziko-texnik xususiyatlariga va ag‘darma joylashtiriladigan asosiga bog‘liq holda ekskavator ishini tashkil qilishning 2 ta sxemasi qo‘llaniladi.
Agar joylashtiriladigan tog‘ jinslari turg‘un bo‘lsa, bir vaqtning o‘zida ag‘darmaning yuqori va quyi pog‘onasi hosil qilinadi. Ag‘darma o‘tish yo‘lagi to‘ldirilgandan so‘ng ekskavator yana oldingi joyiga qaytib kelib, keyingi ahdarma yo‘lagini to‘ldirishni boshlaydi.
Turg‘unligi kam bo‘lgan tog‘ jinslarida esa, almashtirish punktidan tupikkacha bo‘lgan yo‘nalishda faqat quyi ag‘darma pog‘onasi hosil qilinadi. Orqaga qaytib xaraktlanish davomida esa ekskavator yuqori pog‘onaga tog‘ jinslarini joylashtirib chiqadi.
Konveyer transporti qo‘llanilganda ag‘darma hosil qilish.
Tog‘ jinslarini konveyer transporti yordamida tashilganda asosiy ag‘darma hosil qiluvchi mashina konsolli ag‘darma hosil qilgich (1,2,3 rasmlar) hisoblanadi. Tog‘ jinslarni konveyerdan bo‘shatish esa konveyer bo‘ylab joylashgan qayta yuklovchi uskuna orqali amalga oshiriladi. Tog‘ jinslari zaboydan konveyer orqali quyidagi sxemalar bo‘yicha ektazilib beriladi va ag‘darmaga ag‘darma hosil qilgich yordamida cho‘qqisimon (a) va elpig‘ichsimon (b) sxema bilan (2 rasm) to‘kilib chiqiladi.





3-rasm. Lentali konveyerdan ag‘darma hosil qilgichga uzatuvchi qayta yuklash uskunasi. Shu zaylda agʻdarmalar hosil qilishni koʻrishimiz mumkin.
Yer rekultivatsiyasi --- landshaft rekultivatsiyasi (lot. re — qaytarish, tiklash maʼnosini beradigan old qoʻshimcha; cultivo — ishlov beraman, yetishtiraman) — foydali qazilmalarni qazib olish, suv inshootlari qurish, shaharlar qurilishi va b. sabablarga kura foydalanishga yaroqsiz boʻlib qolgan yerlarni qayta tiklash, atrof muhit sharoitlarini, ekologik holatlarni yaxshilashga qaratilgan tadbirlar majmui. Ye.r. asosiy vazifasi tuproqning buzilgan unumdor qatlamini tiklash va q.x. yoki oʻrmon xoʻjaligini samarali yuritishni taʼminlaydigan sharoitni yaratishdan iborat.
Oʻzbekiston Respublikasida, jumladan sugʻorma dehqonchilik hududida uchraydigan yaroqsiz holga keltirilgan yer turlariga quyidagilar kiradi va Ye.r. ga muhtoj hisoblanadi: qurilish uchun materiallar qazib olingan (qum, shagal, tosh va b.) yerlar; gaz va neft mah-sulotlarini qidiruv-tekshirish ishlari va ulardan foydalanishga ajratilgan yerlar; sugʻorish, zax qochirish, yoʻl tarmoqlarini qurish va taʼmirlash oqibatida meʼyordan ortiqcha band boʻlgan pastliklar, doʻngliklar yoki chuqurliklarning paydo boʻlish natijasida unumdor qatlami buzilgan yerlar; turli qurilish inshootlari va binolarni barpo etishda yerlarning vaktincha foydalanishga ajratilgan qismi va b.oshqalar 2 bosqichdan iborat tadbirlar yordamida amalga oshiriladi: texnik va biologik. Dastlab yaroqsiz yerlarni aniqlash, oʻrganish, istiqbolda foydalanish rejasini tuzish va loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish kabi
tayyorgarlik ishlari amalga oshiriladi. Ye.r.ning texn i k bosqichi xalq xoʻjaligi uchun yerni maqsadli foydalanishga tayyorlash boʻlsa, biologik bosqich da esa landshaft va tuproqni qayta tiklash, qishloq yoki oʻrmon xoʻjaligi uchun yarokli holga keltirish tadbirlari amalga oshiriladi.Oʻzbekiston Respublikasi hududida 200 ming ga yaroqsiz holga keltirilgan yerlar mavjud boʻlib, shundan 65 ming ga q.x. tarmoqlari yaxshi rivojlangan hududlarga toʻgʻri keladi (2000). Ular asosan sugʻorish, zax qochirish va yoʻl tarmoqdarini qurish oqibatida paydo boʻlgan. Ularni q.x, oborotiga qaytarish natijasida har yili qoʻshimcha 300—400 ming t paxta va koʻplab sabzavot, meva hamda chorvachilik uchun zarur boʻlgan yemxashak yetishtirish mumkin.

Biz insoniyat rivojlanib borganimiz sari, tabiatga taʼsirimiz oshib bormoqda. Bitta konchilik tufayli emas, boshqa faoliyatimiz natijasida tabiatga koʻplab zarar keltirmoqdamiz. Xozirdan tabiatni asramasak ,xalokatni oldi olmasak turli xil yomon fojiyali ishlaga olib keladi . Oddiygina qilib konchilik sanoatida ham oddiy qoplovchi togʻ jinslari juda koʻp miqdorda joylarni, qishloq xoʻjaligiga yaroqli yerlarni band qilishi hamda yaroqsiz holatga keltirayotganinimizni koʻrishimiz mumkin. Biz bu hodisalani oldi olmasak bu uchun aniq afsuslanamiz, buni tolovi ham ogʻir boʻladi. Zeroki, hamma narsaning savol -javobi bor!.

Foydalanilgan adabiyotlar:



1. N. H.Sagatov, L. T. Aripova Y. E. Petrosov, M. N. Djabborov OCHIQ KON ISHLARI TEXNOLOGIYASI VA KOMPLEKS MEXANIZATSIYALASH.
2. Hakimov. Sh. I Ochiq konchilik ishi texnologiyalari. Navoiy 2022
3. Internet ma’lumotlari.
Download 82,43 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish