Ochiq kon ishlarining ajralib turuvchi belgilari,
afzalliklari va kamchiliklari.
Konlarni yer osti usulida qazib olish ochiq usulda qazib olishdan sezilarli darajada farq qiladi.
Ochiq kon ishlarining ajralib turuvchi belgilari:
1.Foydali qazilmalarni qazib olish faqatgina qoplovchi tog jinslarini olgandan so'ng amalga oshiriladi. Qoplovchi tog jinslari hajmi odatda foydali qazilma hajmidan 2-3 baravar ortiq bo'ladi. Shuning uchun ham ochiq kon ishlarida asosiy xarajat ochish ishlari bilan bog’liqdir.
2.Ochiq kon laximlarining o'lchami barcha yo'nalish bo'yicha sezilarli darajada hamda katta o'lcham va quvvatga ega bo'lgan jihozlar va quvvati katta bo'lgan portlovchi modda zaryadini qo'llash imkonini beradi.
3.Bo'sh tog jinslarini olib tashlash va foydali qazilmalarni qazib olish asosan ekskavator yordamida amalga oshiriladi.
Ekskavator qo'llanilganda burgulash va portlatish ishlari natijasida maydalangan kon massasi ekskavator yordamida transport vositalariga yuklanadi va karyer yuzasiga chiqariladi.
4.Ochiq kon ishlarida qo'llaniladigan kon-transport jihozlari o'lchamlari va yuqori unumdorligi bilan xarakterlanadi.
Burgulash ishlari aylanma, pnevmozarbli, sharoshkali va olovli burgulash dastgohlari yordamida amalga oshiriladi. Burgu qudugining diametri 160-450 mm, chuqurligi 20-60 m, burgu qudugidagi zaryad massasi 30-50 kg dan 500-600 kg gacha bo'ladi. Kon massasini qazish va yuklash ishlarida bir kovshli va ko'p kovshli ekskavatorlar qo'llaniladi. Kon massasini tashish asosan temir yo'l transporti, avtosamosvallar va lentali konveyerlar yordamida amalga oshiriladi. Bundan tashqari ochiq usulda qazib olishda buldozerlar, gildirakli skrperlar, o'zi yurar yuklagichlar va boshqa quvvatli jihozlar qo'llaniladi.
Karyer haqida tushuncha. Pog’ona elementlari.
Yerning ustki qismida ochiq kon ishlari olib borilishi natijasida katta chuqurliklar paydo boladi. Chuqurliklarning yigindisi kar`yer (ochiq kon ishlari korxonasi) deb aytiladi. Bu chuqurliklarning kondalang kesimi chegarasi tutashmagan boladi.
Ma`muriy-xojalik tushunchasida esa kar`yer deb konni ochiq usulda qazib olishni tashkil etadigan kon korxonasiga aytiladi. Komir sanoatida va sochilma konlarni ochiq usul bilan qazib olishda kar`yerni razrez deb ataladi.
Foydali qazilmalarni, qoplovchi va oz ichiga oluvchi tog jinslarini qazish ishlari tabaqalangan holda yuqoridan pastga qarab olib boriladi. Natijada qazish ishlari olib borilayotgan tog jinslari massivi pogona shaklini egallaydi.
Alohida qazish, yuklash va tashish vositalari bilan ta`minlangan va pogona shaklidagi ishchi yuzaga ega bolgan tog jinsi qatlamining bir qismiga pogona deyiladi.
Har bir pogona unda transport vositalarining gorizont boyicha joylashuviga mos keluvchi balandlik belgisi bilan xarakterlanadi. Pogona belgilari absolyut, ya`ni mutlaq (dengiz satxiga nisbatan) yoki shartli (yuzadagi doimiy punktga nisbatan) bolishi mumkin.
Alohida qazish vositalari bilan qazib olinadigan, lekin barcha pogonalar uchun umumiy bolgan transport vositalari bilan xizmat korsatiladigan pogonaning balandligi boyicha qismiga pogonacha deyiladi.
Pog’onalarning ish olib boriladigan va ish olib borilmaydigan turlari mavjud. Ish olib boriladigan pogonada qoplovchi tog jinslarini olib tashlash yoki foydali qazilmalarni qazib olish ishlari amalga oshiriladi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.Oliy talim. Meyoriy hujjatlar toplami. T.:Sharq, 2011.
2. Egorov P.V., Bober Ye.A i dr. Osnovi gornogo dela. M., MGGU, 2003.
3.Ermolov V.A. i dr. Mestorojdeniya poleznix iskopaemix. M., izd. MGGU, 2003.
Do'stlaringiz bilan baham: |