Ochiq kon ishlari texnologiyasi.
Texnologiya termini umumiy holatda qandaydir bir texnik ishlab chiqarish ishlarini bajarishni tashkil etish usullari, vositalari togrisidagi bilimlar majmuidir.
Texnik vositalarning quvvatini hisobga olgan, fundamental bilimlar qonuniyatlariga asoslangan usullar bilan qazib olinadigan va mexanizatsiyalashtirilgan qabul asosida tashkil etilgan, bir-biri bilan aloqador kon ishlari jarayonlari yigindisiga konlarni qazish texnologiyasi deb aytiladi.
Foydali qazilmalarni ochiq usulda qazib olish texnologiyasi ikkita aspektni o'z ichiga oladi:
ishlab chiqarish jarayonlari texnologiyasi (qazib olish, tashish va tog jinslarini garamlash);
ochiq kon ishlari texnologiyasi (kon lahimlari kompleksi sifatida karyer muhiti va vaqti bo'yicha konni qazib olish qurilishi va rivojlanishi).
Ishlab chiqarish texnologiyasi qo'yidagilarni o'z ichiga oladi: asosiy ishlab chiqarish jarayonlari printsiplari, vositalari, mexanizatsiyalash komplekslari va tashkil etish sxemalarini; tog jinslarini qazib olishga tayyorlash, qazish-yuklash ishlari, tashish, garamlash va kon massasini bo'shatish.
Ochiq kon ishlari texnologiyasi karyer parametrlari, kon lahimlarini o'tish usullari, karyerda kon ishlarini rivojlanish sxemasini, ochish usullari va qazib olish tizimlarini, mahsulot sifatini boshqarish usullari va vositalari, kon ishlarini rejalashtirish va tashkil etish printsiplarini qarab chiqadi.
Aytib o'tilgan ishlar ma'lum bir tartibda o'tkazilishi kerak. Har bir ish orasida texnik sharoitlarni ta'minlay oladigan kerakli vaqt oraligidagi ochish va qazib olish ishlari frontini, asbob uskunalar va konni butunligicha ishlatishda ishlab chiqarish va xavfsizlik ishlarini to'qri taqsimlashni tashkil etish lozim. Karyer maydoni chegarasida yoki uning uchastkasida tartibli va ketma-ket bajariladigan ochiq kon ishlariga qazish tizimi deb aytiladi. Qabul qilingan qazish tizimi qo'yidagilarni ta'minlashi kerak:
ishning borishidagi xavfsizlik;
ularning rejalashtirilishi va iqtisodiy samaradorligi;
karyerning ko'zda tutilgan ishlab chiqarish quvvati;
zaxiralarning to'liq olinishi;
barcha foydali qazilmalardan kompleks
foydalanish;
kon-zaxira va atrof muhit muhofazasi.
Uzoq vaqt ishlatiladigan kon lahimlariga (transheya va yer osti lahimlari), qoplovchi jinslarni tashishga, foydali qazilma boyliklarini yerning ustki qismida joylashgan qabul qilish punktlariga yetkazishga, yerning ustki qismidan ishlab turgan gorizontga materiallarni, asbob-uskunalarni va odamlarni ta shib keltirishni ta'minlab turuvchi ya'ni yerning ustki qismidan karyer va zaboyning ishlab turgan joyigacha transportning kelishini ta'minlanishiga konni ochish tizimi deb aytiladi.
Quvvati va unumdorligi katta bo'lgan kon mashina mexanizmlarini va uskunalarini ishlatish uchun, ochiq kon ishlari ishlab chiqarishida kon lahimlari (keng maydonchalar, katta uzunlikdagi pogonalar va h.) katta o'lchamlarda bo'lishi kerak.
Karyerda ishlatiladigan ekskavatorning unumdorligi yiliga 10 million tonnagacha tog jinslarini yuklashga erishishi uchun, yuqori malakali kadrlar bilan ta'minlanishi va ishlab chiqarishni aniq tashkil qilish kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |