- Fan muammolari
- Xulosa o`rnida shuni aytish joizki, fizik kimyo aniq fan bo`lib, nazariy qarashlarning eksperimental usullari, fizikaning mantiq va matematik qonun va qonuniyatlaridan keng foydalanadi. Bu esa jarayonlarning qanday borishini va sodir bo`ladigan o`zgarishlarni oldindan aytib berish imkoniyatini beradi. Fizik kimyo kimyoviy va fizik jarayonlarni ularning o’zaro ta’sirini e’tiborga olgan holda tekshiradi va o’rganadi. XX asrda fizik kimyo fani juda katta sur`at bilan rivojlandi. XXI asrda uning rivojlanishi yana ham salmoqli bo`lishiga shubha yo`q. Bunga sabab uning kimyo fani va kimyo sanoatining asosiy talablariga to`la javob beradigan yo`nalishidir. Shu bois bu fanning asosiy muammolari ma’lum reaksiyaning yo’nalishini, qaytar yoki qaytmas ekanligini, borish-bormasligini, unga turli omillarning ta’sirini, muvozanatning qachon qaror topishini va reaksiyalarning unumini oshirish yo’llarini tadqiq qilishdan iborat.
Do'stlaringiz bilan baham: |