M. V. Lomonosov kimyoda fizik tekshirish metodlarini qo'llab, o'zining fanda eng katta ahamiyatga ega bo'lgan «modda massasi va energiyasining saqlanish qonuni» ni kashf etdi. Bu qonuniyat bilan borliq materiyadan tashkil topganligi, materiya doimo harakatda, o'zgarishda ekanligi va bir holatdan ikkinchi holatga o'tib turishi tushuntirildi. U, eritma-erigan modda molekulalari bilan erituvchi modda molekulalarining o'zaro ta'siri mahsulotidir, deydi. Eritma muzlash temperaturasining pasayishi kontsentratsiyaga bo g‛liqligini ko'rsatadi M. V. Lomonosov birinchi bo'lib molekula to'g‛risida tushuncha yaratib, molekula bilan atom o'rtadagi tafovutlarni aniqlab berdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |