Fermalar panjaralarining tuzilishiga ko‘ra:
a) oddiy uchburchak panjarali fermalar (8.4 a – rasm);
b) oddiy havon panjarali fermalar (8.4 b – rasm);
8.4 - rasm
v) yarim havon panjarali (8.4 v – rasm) va rombik panjarali (8.4 g – rasm) va boshqa fermalar
Ferma tayanchlariga qo‘yilishiga qarab: balkasimon (8.5 a – rasm), arkasimon (8.5 b – rasm), konsolli fermalar (8.5 v – rasm) va boshqa fermalar.
8.5 – rasm
Fermalar qurilish ishlarida foydalanishiga ko‘ra quyidagi turlarga bo‘linadi: stropil fermalar, kran fermalar, ko‘prik fermalar va boshqalar.
Ko‘prik fermalar ulardagi harakat chegarasiga karab: harakat pastdan bo‘lgan fermalar (8.6 a – rasm); harakat yuqoridan bo‘lgan fermalar (8.6 b – rasm), harakat o‘rtadan bo‘lgan fermalar (8.6 v – rasm) ga bo‘linadi.
8.6 – rasm
Do'stlaringiz bilan baham: |