Reja: Falsafa fanining tadqiqot sohasi va predmeti


«Falsafa» tushunchasi tor ma’noda madaniyat, san’at, aqliy yoki hissiy bilish usuli, vositasi tarzida ta’riflanadi



Download 38,56 Kb.
bet3/18
Sana13.09.2021
Hajmi38,56 Kb.
#173400
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
Bog'liq
1 mavzu

«Falsafa» tushunchasi tor ma’noda madaniyat, san’at, aqliy yoki hissiy bilish usuli, vositasi tarzida ta’riflanadi. Falsafaga bo‘lgan munosabatning xilma-xilligiga asoslangan holda, unga yaxlit, umumlashgan ta’riflar ham berilgan. Falsafaga ijtimoiy ong shakli bo‘lgan madaniyat, san’at, qadriyat nuqtai nazaridan qaraydigan bo‘lsak, uning milliyligini aks ettirish imkoniyati tug‘iladi. Ammo ontologiya, gnoseologiya, naturfilosofiya, antropologiya kabi fan sohalari nuqtai nazaridan qaralsa, ushbu ta’rifda umuminsoniylik va universallik falsafaning asosiy xususiyati ekanini ta’kidlash lozim bo‘ladi. Endi Faylasuf kim, degan savolga javob beraylik. Filosof so‘zini, yuqorida aytganimizdek ilk bor buyuk matematik va mutafakkir Pifagor qo‘llagan. Bu tushunchaning ma’nosini u Olimpiya o‘yinlari misolida quyidagicha tushuntirib bergan: anjumanga keladigan bir guruh kishilar bellashish, kuch sinashish, ya’ni o‘zi va o‘zligini namoyon etish uchun, ikkinchi bir guruh - savdo-sotiq qilish, boyligini ko‘paytirish uchun, uchinchisi esa, o‘yindan ma’naviy oziq olish, haqiqatni bilish va aniqlashni maqsad qilib oladi. Ana shu uchinchi guruhga mansub kishilar, Pifagor talqiniga ko‘ra, faylasuflar edi.

Bu, bir qarashda, oddiy va jo‘n misolga o‘xshaydi. Ammo uning ma’nosi nihoyatda teran. Chunki, inson umrining o‘zi ham shunday. «Dunyo teatrga o‘xshaydi, unga kelgan har bir kishi sahnaga chiqadi va o‘z rolini o‘ynab dunyoni tark etadi», degan fikr bejiz aytilmagan. Kimdir bu dunyoga uning sir-asrorlari to‘g‘risida bosh ham qotirmasdan kelib ketadi, umrini yeyish-ichish, uy-ro‘zg‘or tashvishlari bilan o‘tkazadi. Boshqasi - nafs balosiga berilib, mol-mulkka ruju qo‘yadi. Uchinchisi esa, olam hikmatlarini o‘rganadi, umrini xayrli va savob ishlarga sarflaydi, boshqalar uchun ibrat bo‘larli hayot kechiradi.



Qadimgi Sharq va Yunonistonda har tomonlama chuqur bilim va katta hayotiy tajribaga ega bo‘lgan, inson ma’naviyatini boyitish va haqiqatni bilishga intiluvchi kishilarni faylasuf deb ataganlar. Fozil va komil insonlargina falsafa bilan shug‘ullanganlar. Aslida, o‘sha davrlarda falsafani o‘rganish deyilganda, ilmning asoslarini egallash ko‘zda tutilgan. Grek mutafakkiri Geraklit (eramizdan avvalgi 520-460 yillarda yashagan) shogirdlariga murojaat qilib, «Do‘stim, sen hali yoshsan, umringni bekor o‘tkazmay desang, falsafani o‘rgan», deganda aynan ana shu haqiqatni nazarda tutgan.

Boshqa bir buyuk grek faylasufi Epikur (eramizdan avvalgi 470-399 yillarda yashagan) bu haqiqatni quydagicha ifoda etgan: «O‘z-o‘zingni yerga urish, tubanlashish nodonlikdan boshqa narsa emas, o‘zligingdan yuqori turish esa - faylasuflikdir».

Lev Tolstoy donishmand kishilarning uch xislatini alohida ta’kidlab, shunday yozgan: «Ular, avvalo, boshqalarga bergan maslahatlariga o‘zlari amal qiladilar; ikkinchidan, hech qachon haqiqatga qarshi bormaydilar; uchinchidan, atrofidagi kishilarning nuqsonlariga sabr-toqat bilan chidaydilar».

Huddi shuningdek, Sharqda ham Konfusiy va Moniy, Xorazmiy va Forobiy, imom Buxoriy va imom Termiziy, Beruniy va ibn Sino, Naqshband va Navoiy kabi donishmand bobolarimiz o‘z hayotiy kuzatishlari va tajribalarini umumlashtirish, insonga xos xato va kamchiliklardan saboq chiqarish, bashariyat tomonidan to‘plangan bilim va tajribalarni o‘zlashtirish orqali faylasuf darajasiga ko‘tarilganlar.

Umuman olganda, bilimdon kishilarning barchasini ham donishmand yoki mutafakkir deb bo‘lmaydi. Haqiqiy faylasuflar hayotda nihoyatda kam bo‘ladi. Ular o‘z davri va millatining farzandi sifatida insoniyat tarixiga katta ta’sir ko‘rsatadi. Xudoning o‘zi aql-zakovat, iste’dod, kuch-quvvat ato etgan, yorqin tafakkurga ega bo‘lgan bunday buyuk shaxslar umumbashariy taraqqiyot miqyosida tanilgan, teran insoniy g‘oyalar, ma’naviy boyliklarning qadr-qimmatini chuqur anglaydigan donishmand odamlar bo‘lgan[1].

Kezi kelganda shuni alohida ta’kidlash lozimki, hozirgi davrda bizda falsafa ixtisosligi bo‘yicha ma’lumot olgan mutaxassisni faylasuf deyish odat tusiga kirib qoldi. Aslida, faylasuf so‘zi ana shu tarzda ishlatilganida ushbu sohaning zamonaviy mutaxassisi, uning asoslarini egallagan, mazkur yo‘nalishda tadqiqot olib boradigan yoki ilmiy darajaga ega bo‘lgan kishilar tushuniladi, xolos.




Download 38,56 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish