1-Mavzu: Elektrotexnikaning xozirgi zamon fani va texnikasidagi hamda
ishlab chiqarishdagi o’rni va ahamiyati.
Reja:
1. Elektrotexnika fani tarixining predmeti va strukturasi.
2. Asosiy elektrik va energetik tushunchalar.
3. Mamlakatimiz elektroenergetikasi xaqida ma’lumotlar.
Tayanch so’z va iboralar: Energiya, elektroenergetika, generator,
gidrogenerator, turbogenerator, elektrostansiya, elektr liniyalari, elektr uzatish,
elektr energiyasini ishlab chiqarish, elektr toki, magnit, magnit maydoni, elektron,
zaryadlangan zarra, ion, elektr razryadi, atomning energetik xolati, elektr quvvati,
buyuk portlash, galaktika, koinot, energiyaning saqlanishi, nuklon, termoyadro
reaksiyalari, muqobil energiya, an’anaviy energetika, quyosh energiyasi, shamol
energiyasi, geotermal energiya, bioenergiya, kimyoviy energiya.
Kirish
Insonlar qadim zamonlardan buyon elektr xodisalarini amalda ko’rib, uni
o’rganib, xatto undan foydalanib kelgan, lekin to 19-asrning o’rtalarigacha elektr va
magnit maydonlari aloxida o’rganib kelingan va aloxida xodisalar deb qaralgan.
1820 yilda Ersted elektr tokining magnit strelkasiga tasirini o’rgangandan so’ng
elektr va magnit maydonlari yagona fizik xodisaning ikki tomoni ekanligi isbotlandi
va elektr soxasida amaliy ishlar avj olib ketdi. 1831 yilda Faradey elektromagnitik
induksiya xodisasini kashf etdi. Shu davrdan boshlab elektrotexnika taraqqiyotida
yangi, tezkor suratlar bilan rivojlanish bosqichi boshlandi.
Faradeyning elektromagnitik induksiya qonuni asosida Maksvell o’zining
mashxur elektromagnitik
maydon nazariyasini yaratdi, Gers elektromagnitik
to’lqinlarni amalda o’rganishga asos soldi. Ana shu tariqa 19-asrda sanoat
elektrotexnikasi paydo bo’la boshladi. Elektr energiyasidan eng avval yoritish (yoyli
lampalar) va telegrafda foydalanildi, so’ngra cho’g’lanma
tolali lampalar, elektr
generatorlari, dvigatellari paydo bo’ldi. SHu davrdan boshlab elektr energiyasi
jamiyat xayotiga chuqur kirib bordi va elektr ta’minoti xayotiy extiyojga aylandi.
19 - asrning 80- yillarida o’zgaruvchan tok generatorining, ayniqsa mashxur
rus injeneri M. O. Dolivo-Dobrovolskiy tomonidan uch fazali tok ishlab
chiqarishning ixtiro qilinishi elektrotexnika taraqqiyoti va uning jamiyat xayotiga
kirib borishida yana bir yangi bosqichni boshlab berdi. SHundan so’ng
barcha
davlarlarda intensiv ravishda elektrlashtirish ishlari avj olib ketdi. Elektrostansiyalar
qurilishi, uning quvvatini oshirish jadal rivojlanib bordi. Agar 19-asrning oxirida
eng katta issiqlik elektrostansiyalarining quvvati 50 MVt bo’lgan bo’lsa, 20-asrning
40-yillarida ularning quvvati 250 MVt gacha etdi, 60-yillarda esa 600 MVt gacha
ortdi, xozirgi kunda esa o’nlab GVt ni tashkil qiladi.
Elektrostansiyalarning quvvati ularda o’rnatilgan yakka generatorlar quvvati
bilan aniqlanadi, agar 20-asrning boshlaridagi dastlabki gidrogeneratorlarning
(gidroelektr stansiyalari uchun mo’ljallangan generatorlar) quvvati 2 MVt bo’lgan
bo’lsa, xozirgi kunda energetika tizimlarida 800
MVt va undan ortiq quvvatli
gidrogeneratorlar, 1200MVt quvvatli turbogeneratorlar (issiqlik elektr stansiyalari
uchun mo’ljallangan generator) ishlab turibdi.
Mamlakatni elektr energiyasi bilan taminlash xamma zamonlarda va xamma
davlatlarda xam eng dolzarb masala xisoblangan. Bugungi kunda, sir emaski, sanoat
taraqqiyoti va axolining turmush darajasi elektroenergetika taraqqiyoti bilan bog’liq.
Shunday qilib, elektrotexnikaning taraqiyot bosqichlariga nazar solsak, uning
rivojlanishi xayotiy extiyojlardan kelib chiqishini ko’ramiz. Ayniqsa, bugungi,
texnikaning intensiv taraqqiyoti davrida jamiyat taraqqiyoti va xayotiy extiyojlar
elektroenergerika oldiga yangi talablar qo’ymoqda. Bular elektr energiyasiga
bo’lgan extiyojning tinimsiz ortishi, elektr energiya ta’minotining
sifat darajasiga
bo’lgan talablar (uzluksizligi, kuchlanishning me’rda bo’lishi), uning narxi,
ekologik va xavfsizlik va xokazo boshqa talablardir.