Modellash tizimostisi. Ushbu tizimosti RV ETning yetarli darajadagi mustaqil va juda muhim qismi bo`ladi. Bu tizimosti RV ETni yaratish bosqichida real obyektlar o`rniga datchik va kontrollerlar ko`rsatgichlarini imitatsiyalash uchun ishlatiladi. Shubhasiz, murakkab real obyektlarda, masalan, atom stansiyasini boshqarish tizimlarini ishlab chiqish va qo`llash bosqichida ular bilan bevosita bog`langan RV ETni qo`llash ishlarini olib borish qimmatga tushishi va ayrim holatlarda esa xavfli bo`lishi mumkin.
RV ETni ishlatish bosqichida modellash protseduralari real jarayonni monitoringi (kuzatish) va boshqarish protseduralari bilan birga (parallel ravishda) bajariladi. Bu holatda quyidagi imkoniyatlar ta’minlanadi:
amaliyot bajarilayotgan vaqtda datchiklar ko`rsatgichlarni verifikatsiyalaydi (to`g`riligini tasdiqlaydi);
o`zgaruvchilarning real qiymatlarini olishga imkoniyat bo`lmagan holatda (masalan, tegishli datchiklar ishdan chiqqanda) ularni model qiymatlari bilan almashtirish;
boshqaruv parametrlarining optimal qiymatlarini aniqlash maqsadida tadqiq qilinayotgan jarayonlarning tezlatilgan vaqt masshtabida turli variantlarini modellash va tahlil qilish;
qarorlarni qabul qilayotgan shaxs(QQQSh)ga eng maqbul qarorni tavsiya qilish maqsadida ushbu qarorlarning muqobil (alternativ) to`plamini shakllantirish va tahlil qilish.
Modellash tizimostisida mustaqil bilimlar agentlar rolini o’ynab bajarilayotgan amaliyotlarning davomiyligini va ishonchliligini oshiradi. Tashqi muhitni tavsiflash uchun ananaviy deterministik, evristik va egiluvchan modellar qo`llaniladi. Shu bilan birga modellash tizimostisi ETni tashqi muhitda ro’y berayotgan o`zgarishlarga muvofiq modellarni o`zgartirish, ya’ni moslashish va o`z–o`zini o`rgatish xususiyati bilan ta’minlaydi.
Yechuvchi. RV ETda yechuvchi va uning tarkibiy modul (rejalash, masalarni yechish, mushohadalar mezanizm)lari yechiladigan o`ziga xos xususiyatlarga ega ko`p masalalarni bir vaqtda boshqarishi bilan bog`liq. Bu tizimosti foydalanuvchining bevosita ta’siri ko`rsatilmagan holda, unga ko`rinadigan hamda fonli (yordamchi) masalalar faolligini (bajarilishini) nazorat qiladi. U masalalarni qayta ishlash tartibini belgilaydi, amaliy dasturlar paketi kutubxonadan tegishli dasturlarni ishga tushirish uchun operatsion tizimi bilan hamda ma’lumotlar manbalari va foydalanuvchilar bilan birgalikda harakat qiladi, jarayonlarni ishga tushiradi va tarmoqni boshqa jarayonlari bilan aloqalarini bog`laydi.