Yaratuvchilar, Foydalanuvchilar
Foydalanuvchilar (operatorlar)
Kognitolog
1 7.4-rasm. RV ET ning umushlashgan sxemasi.
Sinflar ierarxiyasi va asosiy ma’nolari. Sinf - obyektga qaratilgan texnologiyaning asosiy tushunchasidir. U RV ET bilimlarini ifodalashning asosiy usuli bo`ladi. Tub ma’nolarni tavsivlash uchun insonga tabiiy bo`lgan bu yondashuv quyidagi imkoniyatlarni beradi: sinflar ierarxiyasida ortiqchaliklarni kamaytirish va ularning ta’riflanishini soddalashtirish (sinfning hammasi emas, balki uning faqat supersinfdan farqlari tariflanadi), sinfdagi umumiy qoida, formula va protseduralardan foydalanish va ularning sonini kamaytirish. Bu yondashuvda bilimlar tuzilmalari ma’lum atributlarni egallab olgan obyektlar sinflari (yoki aniq obyekt/ekzemplyar ta’riflari) bilan ifodalanadi. Sinflar supersinfdan atributlarni meros(qabul) qilib oladi va o`zining atributlarini qismsinf/ekzemplyarlarga o`tkazib yuboradi. Har bir sinfda, ildizli sinfdan tashqari, aniq sinf ekzemplyarlari bo`lishi mumkin.
Amaliyotlar, ya’ni aniq predmet sohasi to`g`risidagi bilimlar bir yoki bir necha bilimlar bazalarining komponent(modul)lari ko`rinishida tashkillanishi mumkin. Bu holda amaliyotlar modullar tuzilma (ierarxiya)si bilan ifodalanadi. Yuqori darajada bir modul, pastgi darajalarda esa faqat oldingi darajadagi modullarga kerak bo`lgan modullar turadi. Bunday tuzilmalashtirish amaliyotlarni bir necha ishlab chiquvchi guruhlarda bir vaqtda yaratish, modullarni bir-biriga qaramasdan o`zgartirish, bilimlardan qaytadan foydalanish hamda ishlab chiqarish, sozlash va testlashga imkoniyat to`g`diradi. BB modullaridagi obyektlar sinf va ekzemplyarlari bilimlarni tegishli (mahsuliy(produktsion), freym, tarmoqli yoki kombinatsiyalashgan) modellar ko`rinishda ifodalanadi.
BBning ishchi doiralari ishchi xotiralar vazifalarini bajarib alohida xotira sifatida boshqa turdagi sinflarni va ularning ekzemplyarlarini saqlaydi. Masalan, tegishli obyekt, bog`lanish, qoida, protseduralar va h.k. Har bir modul (BB) bir necha ishchi doiralarga ega bo`lishi mumkin. Ishchi doiralar "is-a-part-of" (qismi bo`ladi) turdagi munosabat bilan bir yoki bir necha daraxtsimon iereraxiyalarni tashkil etadi. Har bir modul bilan bir yoki bir netcha eng yuqori (nolli) darajadagi ishchi doiralar bog`langan bo`ladi. Ularning har biri tegishli ierarxiyaning ildizi bo`ladi. O`z navbatida, nol(yuqori) darajada joylashgan har bir obyekt (obyektning tarifi, ekzemplyar va/yoki ularning bog`lanishlari) “ushbu yuqori darajaning qismi bo`lgan” birinchi darajadagi ishchi doirani anglatadi va h.k.
“Modul” va “Ishchi doira”ning farqi quyidagidan iborat. Modul amaliyotni turli amaliyotlar tomonidan birgalikda foydalanadigan alohida bilimlar bazalariga ajratadi. Ular amaliyotlarni ishlatishda emas, ishlab chiqarish jaryonida foydali bo`ladi. Ishchi doiralar esa, aksincha, amaliyotlarni ishlatishda o`z vazifalarini bajaradi. Ular turli tub (asosiy) ma’nolarni qamrab olib amaliyotni bir necha kichik qismlarga bo`lish imkoniyatini to`g`diradi. Natijada bunday amaliyotlarni tushunish va qayta ishlash onsonroq bo`ladi.
BBdagi tub (asosiy) ma’nolarni, ulardan foydalanish nutqai nazaridan, ma’lumotlar tuzilmalariga va bajaraladigan mushohada (fikr, da’vo)larga ajratish mumkin. Birinchilariga misollar sifatida obyekt va ularning sinfi, bog`lanish(connection), munosabat(relation), o`zgaruvchi, parametr, ro’yxat, massiv va ishchi doiralarni keltirish mumkin. Ikkinchilariga esa – qoida, protsedura, formula va funksiyalarni keltirish mumkin.
Obyekt (sinf, qismsinf)lar ichidan ekspert tizimiga oldindan (yaratish davrda) kiritilgan va foydalanuvchilar tomonidan kiritalidigan turlarni ajratadilar. Oldindan kiritilgan obyektlar qismsinflarining ichidan eng muhimi bu o`zgaruvchan, parametr, ro’yxat va massivlardan iborat bo`lgan ma’lumotlar qismsinfi bo`ladi. Statik ET dan farqli ravishda bu yerda o`zgaruvchilar uch turga bo`linadi: o`zgaruvchilarning o`zi, parametrlari va oddiy atributlari. Parmetrlarning tegishli qiymatlari xulosa chiqarish mashinasi(mantiqiy xulosa chiqarish moduli)ning ishlashi yoki qandaydir protseduralarning bajarilishi natijasida hosil qilinadi. O`zgaruvchilar real muhit obyektlaridan o`lchab olinadigan xarakteristikalarni ifodalaydi. Shuning uchun ular o`ziga xos qiymatlarning yashash vaqti va ma’lumotlar kabi manbalar ko`rsatgichlarga ega bo`ladi. O`zgaruvchilarning qiymatlari faqat yashash vaqti ichida haqiqiy bo`lib, boshqa vaqtda esa o`z haqiqiyligini yo`qotadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |