Kosopolit turlar deganda, yer yuzasining deyarli hamma joyida uchraydigan va har qanday ekologik sharoitda yashaydigan turlar tushuniladi. Bunday turlarga ajriq (Cynodon dactylon (L) Pers), jag`-jag` (Capsella bursa pastoris (L) Medik), chitir (Chorispora tenilla (Pall) DC), sho`ra (Chenopodium) kabi turlar misol bo`la oladi.
Muayyan bir jamoadagi ko`plab turga mansub o`simliklar orasida doimiy ravishda turli xil oziq mddalar, yorug`lik, issiqlik, suv va qulay muhit uchun kurash jarayoni bo`ladi. Bunda “g`olib” turlar tez o`sib, yaxshi rivojlanadi. Bunday jarayon tabiatdagi hamma fitotsenozlarda mavjud bo`ladi. Jamoadagi turlarning bir-biriga ko`rsatgan ta`siri doimiy ravishda zarar keltirmasdan, ba`zan bir-biriga ijobiy ta`sir ham qiladi. Shuning uchun o`simliklar qoplamidagi turlarning o`zaro munosabatlarini “raqobat”, “o`zaro yordamlashish”, “yashash uchun kurash” terminlari bilan ataladi.
Masalan, o`rmon mintaqasidagi daraxtzorlar tagida soya doimiy mavjud bo`lganligi uchun xina, binafsha, paporotnik, mox kabi turlar yaxshi o`sib rivojlanadi. Lekin ko`pgina turlar soya sharoitida yomon o`sadi va yomon rivojlanadi. O`simliklar amoasida turlarning o`zaro munosabatlarini geobotaniklar bir qancha tizimlarga bo`ladilar. Geobotanik olimlardan V. N. Sukachyov (1950) va A. A. Korchagin (1956) tizimlari bir xil ko`rinishda ifoda etilgan.
1. To`g`ridan-to`g`ri yoki bevosita munosabatlar. Bunga parazitlik, simbiotik, fiziologik, bioximiyaviy, mexanik, epifitlik munosabatlar misol bo`la oladi.
a) Parazit organizmlar, parazitik munosabatlar to`g`risida botanika fanidan yetarli ma`lumotga egamiz. Buni tekinxo`rlik deb ham ataladi. Parazit tur ikkinchi tur o`simlikka zararli ta`sir ko`rsatadi. Ularga zarpechak (Cuscuta approximata Robingi), shumg`iya (Orobanche algyperaea), devpechak (Cuscuta lehmanniana Bdl.) kabi turlar misol bo`la oladi. Shu bilan birga, chala parazit turlar ham mavjud bo`lib, deyarli barcha yashil o`simliklardan to`liq bo`lmasdan, ikkilamchi oziq manbai sifatida flydalanadi. Tuban o`simliklardan bo`lgan zamburug`lar yuqori o`simliklarda chala parazitlik qilib hayot kechiradi. So`nggi ma`lumotlarga ko`ra, yer yuzida 1964 parazit tur borligi aniqlangan. Ular 8 oila, 83 turkumga oid.
b) O`simliklar olamida o`zaro birikib yashovchi turlar ham borki, bular bir-biriga zarar yetkazmasdan, o`zaro hamkorlikda yashaydi. Bunday organizmlarni simbioz organizmlar deyiladi. Misol uchun zamburug`lar suv o`tlari va lishaynik bilan, tuganak bakteriyalar dukkakli o`simliklardan mon (Phaseolus aureus Roxb), no`xat (Cicer orientum yoki Pisum sativum L.), beda (Medicago sativa L.) kabi turlarning ildizida yashaydi. Bunday hodisani mutalizm hodisasi ham deyiladi. Sababi, bunday turlar bir-birining yashashi uchun zarar yetkazmaydi. Shu yerlarda almashlab ekish yaxshi natija beradi.
Bundan tashqari, o`simliklar olamida simbioz holda yashab turgan turlarning bittasi bu turdan foydalansa, aksincha, ikkinchi tur ham zarar ko`rmay yashaydi. Bunday hodisani kommensalizm deyiladi. Bunday hodisa daraxt po`stloqlarida yashovchi zamburug`lar, barglarida yopishib o`suvchi suv o`tlarida, epifit holda yashovchi turlarda yaqqol namoyon bo`ladi.
s)
Do'stlaringiz bilan baham: |