Reja: Diplomatiya tushunchasi


XVIII asr 2-yarmi va XIX asrning boshlarida Xalqaro munosabatlar



Download 417,5 Kb.
bet5/18
Sana29.04.2022
Hajmi417,5 Kb.
#593475
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
Bog'liq
diplomatiya 2 (2)

XVIII asr 2-yarmi va XIX asrning boshlarida Xalqaro munosabatlar.
Reja.

  1. “Yetti yillik urush” (1757-1763) va uning umumiy natijalari.

  2. Prussiya qiroli Fridrix II (1740-1786) diplomatiyasi.

  3. Rossiyada Yekatirina II (1762-1796) diplomatiyasi

  4. Fransuz burjua inqilobi (1789-1899) davri diplomatiyasi.

  5. Napalyon Bonapart diplomatiyasi

  6. Vena kongressi va undagi diplomatik ziddiyatlar, imzolangan shartnomalar.

1789-1794-yillardagi fransuz revolyutsiyasi fransuz monarxiyasining dvoryan-dinastiyasi diplomatiyasiga qattiq zarba beradi. Fransuz absolyutizmi diplomatiyasi va uning barcha ichki siyosati fransuz burjuaziyasiga 1789-yildan ancha oldin ham chuqur norozilik bilan qarar edi. Mustahkamlangan burjuaziya endi absoyutizmga ehtiyoj sezmasdi: ular endi tashqi va ichki siyosat masalalarida dvoryanlik hamda dinastiya hukmronligini hohlamas edi.


Yevropa qit’asining boshqa mamlakatlarida 1789-yilgi revolyutsiya ostonasida absolyut monarxiya diplomatiyasi dvoryanlar va ularni boshqaruvchi dinastiyalar qiziqishlariga bo’ysunardi. Avstriya, Prussiya va ayniqsa Rossiyada Fransiyadan farqli tarzda siyosiy hokimiyat uchun kurashga qodir bo’lgan kuchli burjuaziya yaralmagan edi. Yevropa qit’asidagi davlatlar orasida faqatgina Angliyada hali XVII asrdayoq sodir bo’lgan ingliz burjua inqilobi tufayligina parlamentning qirol hokimiyati ustidagi nazorati ichki siyosatda burjuaziya manfatlari hisobga olinadi.
XVII asr ikkinchi yarmida fransuz diplomatiyasining bosh asosi 1756-yildagi Fransiya-Avstriya ittifoqi bo’lib, unga ko’ra taxt vorisi bo’lajak Lyudovik XVI Avvstriya qirolichasi bilan nikohdan o’tadi. Bu ittifoq Fransiyani Prussiya hujumidan saqlashi va barcha fransuz kuchlarini Angliya bilan kaloniyalar masalasidagi kurashga tashlashga imkon yaratish uchun kerak edi. 1756-1763-yillardagi yeti yillik urushda Avstriya bilan oilaviy aloqada bo’lganligi bois fransuz saroyi unga ko’p miqdorda askar va mablag’ kiritadi, shu bilan birga aksincha o’z mamlakatini zaiflashtirib qo’yadi. Avstriya Fransiyani o’z siyosatining quroliga aylantiradi. Yuqorida aytib o’tilganidek Lyudovik XV ning dinastiya diplomatiyasidagi xatosi Angliyaning yetti yillik urushda g’alaba qozonishiga imkon beradi. Fransiya buning oqibatida Kanada va boshqa mustamlakalaridan ajraladi. Avstriya bilan ittifoq fransuz burjuaziyasi qiziqishlari uchun qarshiliklar keltirib chiqardi, Fransiya uchun omadsizlik keltirdi. Fransuz tashqi siyosatining ikkinchi asosi uning Ispaniya bilan ittifoqi edi: bu ittifoq Angliyaning kalonial hukmronligiga qarshi qaratilgan edi. Bu ittifoq Avstriya bilan tuzilgan ittifoqdan ancha mashxur edi. O’z ko’rinishiga ko’ra bu ittifoq ispan va fransuzlar o’rtasidagi Burbonlar avlodiga oid “oilaviy kelishuv”edi.
Fransiya monarxiyasining zaiflashuviga qaramay, Angliya va Fransiya o’rtasidagi savdo va kaloniyalarga egalik qilish borasidagi kurashlar G’arbiy Yevropa xalqaro siyosatidagi asosiy muammo edi. Amerika Qo’shma Shtatlarining mustaqillik uchun kurashida qatnashgan Fransiya uchun bu jarayon biroz omadli kechdi, lekin bu Angliyaning ohirgi vaqtlarda Fransiyaga qarshi yangi choralar ko’rishiga to’sqinlik qila olmadi. Bu choralardan eng ahamiyatlisi 1786-yilgi savdo shartnomasi hisoblanadi. Bu savdo shartnomasiga binoan Fransiyaga britan manafaktura maxsulotlari kiritila boshlandi, natijada fransuz ishlab chiqaruvi sindi, lekin bundan dvoryanlar va yirik yer egalari katta foyda olishdi. Xuddi shu yillarda Angliya bilan urushga juda zaif bo’lib qolgan Fransiya Rossiya bilan yaqinlashadi.
U endi Turkiyani Rossiyaga qarshi qo’llab-quvvatlashni bas qilib, 1787-yilda Rossiya bilan savdo shartnomasi tuzadi va Fransiya yangi rus qora dengiz portlaridan tushadigan daromadga ega bo’ladi. 1787-yilgi Rossiya bilan tuzilgan ushbu savdo shartnomasi burjuaziya qiziqishlari asosida shakllangan bo’lib, revolyutsiya ostonasida fransuz diplomatiyasi erishgan yagona yirik omad edi. Nihoyat Fransiya savdogarlari Turkiyadan Qora dengizga foydalanish imkoniyatini qo’lga kiritadi va Misr hamda Hindiston yo’llariga operatsiyalar uyushtirishga muvaffaq bo’lishdi. Shunday sharoitda Yaqin Sharqda Fransiya o’zining savdo gegemoniyasini hali ham saqlab qolishga erishadi, biroq Angliya bu borada uni zaiflashtirishga urinadi.
1787-1788-yillarda xalqaro bosim tufayli Fransiya yana bir zarbani boshidan kechirdi: fransuz monarxiyasi o’zining moliyaviy va siyosiy jihatdan kuchsizligi bois Gollandiya bilan munosabatda ittifochilik majburiyatlarini bajarishdan bosh tortadi. Hali 1785-yilda Fransiya Gollandiya bilan Angliya va Prussiyaga qarshi ittifoq tuzadi. O’sha vaqtda Gollandiya hukumatini Angliyaga dushmanona munosabatda bo’lgan “patriotlar” burjuaziya partiyasi egallagan edi. Lekin 1787-yilda pruss askarlari Gollandiyaga kiritiladi va u yerda dvoryan hamda saroy ahli partiyalarining reaksion boshqaruvini tiklaydi. Ular esa Angliya va Prussiya bilan ittifoq tuzish istagida edilar. Bundan tashqari german davlati bilan savdo munosabatlari orqali bog’liq golland burjuaziyasining bir qismining qo’llab-quvvatlashiga erishadi. Bu vaqtda Fransiyaning Gollandiyaga pruss intervensiyasiga qarshi yordam so’rashiga rad javobini aytishi fransuz diplomatiyasining tanazzuli hamda Yevropada kuchsizligini anglatar edi. Pruss intervensiyasining omadi Gollandiyani Angliya va Prussiya ta’siri ostiga tushirib qo’yadi.
1788-yildayoq Angliya, Prussiya va Gollandiya o’rtasida uchlik ligasi tuzilib, u Rossiya, Fransiya va Avstriyaga qarshi qaratilgan edi. 1789-yilgi revolyutsiya ostonasida bu ingliz-pruss-golland ittifoqi Tukiya va Shvetsiyani qo’llab-quvvatlaydi va G’arbiy Yevropa derjaviyalaridagi eng kuchli guruhga aylanadi. Unga parchalangan holdagi Avstriyaning Rossiya bilan va Fransiyaning Avstriya va Ispaniya bilan ittifoqligi qarshi turayotgan edi
Absolyut monarxiya davrida tashqi ishlar ministrligi va elchilik, absolyut monarxiya siyosatining bo’ysunuvchan quroli sifatida tashkil etilgan edi. Tashqi ishlar ministri monarx tominidan tayinlangan bo’lib, faqat uning oldida javobgar bo’lgan.
Elchilar hamda ministrlar odatda saroy bilan bog’liq aristokrat familiyalardan tayinlangan. Ministrlikning kam sonli amaldorlarigina shuningdek saroy bilan bog’liq burjuaziyadan tayinlangan. Ministrlik lavozimiga tayinlangach to umrining ohirigacha o’z lavozimida faoliyat yuritgan.
Ministrlik hududiy belgilar bilan ajralgan ikki “siyosiy boshqaruvdan” tashkil etilgan. Ulardan biri G’arbiy va Markaziy Yevropa davlatlari hamda Amerika bilan, ikkinchisi Sharqiy va Janubiy Yevropa mamlakatlari hamda Skandinaviya davlatlari bilan munosabatlar olib borgan. Bu ikki boshqaruvdan tashqari yordamchi bo’linmalar ham mavjud bo’lgan.
Bastiliya egallanganidan so’ng Milliy majlis xalq hokimiyatidan kelib chiqqan holda qirollik ministrligi diplomatiyasiga aralasha boshladi hamda uni o’z maqsadlariga bo’yin egdirishga harakat qiladi. 1790-yil mayda Milliy majlis tashqi siyosat masalasida qirollik hukumati bilan to’qnash kelib qoladi. Bu vaqtda Ispaniya va Angliya o’rtasida Tinch okeani qirg’og’ining Shimoliy Amerikadagi qismiga davogarlik qilish masalasida urush xavfi paydo bo’lgan edi. 1790-yil bahorida har ikki mamlakat urushga tayyorgarlik ko’ra boshlaydi. 1761-yilgi “oilaviy kelishuv” ittifoq kuchiga ko’ra ispan saroyi Lyudovik XVI dan yordam talab qiladi. Tashqi ishlar vaziri Milliy majlisga tezlik bilan ispan qiroli flotini Angliyaga qarshi qurollantirish xaqida habar beradi. Uning axboroti Milliy majlisda bo’ron ko’tarilishiga sabab bo’ladi. Ko’pchilik qirolning Angliyaga qarshi harakati aslida fransuz revolyutsiyasi kuchini zaiflashtirish hamda Milliy majlisini yo’q qilish uchun olib borilmoqchi bo’lgan harakat deya tushunishadi. Shuning uchun ham Milliy majlisning so’l qismi qiroldan urush e’lon qilish hamda kelishuv imzolash huquqlarini tortib olishga kelishadi. Milliy majlis diplomatik kelishuvlarni o’zi olib borish hamda kelishuvlarni o’zi tasdiqlashi haqida bayonot qiladi. Iliq muzokaralardan so’ng graf Mirabo deputatlarning ko’pchiligini o’ziga jalb qiladi. Aslida esa u ayni shu vaqtdan boshlab qiroldan maxfiy tarzda subsidiyalar qabul qila boshlagan edi. 24-mayda Mirabo Milliy majlisda urush qilish va tinchlik sulhi olib borish masalalari bo’yicha qarorlar qabul qilish huquqiga ega bo’ladi. Deputatlar muzokaralari chog’ida dinastiyaning maxfiy diplomatiyalari va ittifoqlari haqida keskin mulohazalar qilinib, Fransiya uchun faqatgina “haqqoniy xalqlar” bilan “milliy kelishuvlar” zarur deb e’lon qiladi. Ispaniyaning “oilaviy kelishuv” sulhini bajarish talabiga binoan Milliy majlis diplomatiyaga doir ishlarni ko’rib chiqish uchun doimiy komitet chaqiradi. “Diplomatik komitet” ning boshlig’i etib Mirabo tayinlanadi. Milliy majlis hamda diplomatik komitet qirol va vazirliklarning rasmiy diplomatiyasini o’ziga to’liq bo’ysundirishdi va nihoyat oxir-oqibatda yirik burjuaziya Fransiya siyosat ishlari ijrochisiga aylandi. Diplomatik komitetning taklifi bilan Milliy majlis Ispaniya bilan ittifoqni saqlab qolishni ma’qul topdi, bu Angliyaga qarshi zarur deb hisoblanadi. Faqatgina kelishuvdagi barcha bandlarni olib tashlaydi va faqat tashqi ishlar va savdo masalasiga doir bandlarni saqlab qoladi. 1791-yil dekabr oyida muhim dekret qabul qilinadi, unga ko’ra “fransuz millati bosqinchilik doirasidagi har qanday urushlardan voz kechadi va hech qachon o’z kuchini qaysidir xalqning ozodligiga qarshi ishlatmaydi”.
1791-yil yozda qirol Fransiyadan omadsiz tarzda qochishga urinadi. Tashqi ishlar vazirligi bu ishga daxldor deb ayblanadi. Varenndagi qochqindan so’ng qirol vaqtinchalik hokimiyatdan chetlashtiriladi. Buning oqibatida barcha chet el saroylari norozilik tufayli Fransiya bilan o’z elchilik aloqalarini uzib qo’yadi. Bundan vahimaga tushgan Milliy majlis yana qirol hukumatini qayta tiklaydi. Fransiyada revolyutsiya boshlangan vaqtda Yeyropa diplomatlari o’z e’tiborlarini Sharqiy Yevropadagi voqealarga qaratishgan edi. 1787-yilda boshlangan Rossiyaning Turkiya bilan urushi bu vaqtda eng qizigan pallasiga yetgan edi. Avstriya 1788-yilda Rossiyaga qo’shilgan edi, biroq Avstriya armiyasi tez orada tor-mor etiladi. Faqatgina rus armiyasi uzoq vaqt davomidagi qamali natijasida katta galabaga erishadi. Lekin jang natijasi hali bu bilan yakunlanmagan edi. Rossiya ayni vaqtda Shvetsiyaga qarshi ham urush olib borayotgan edi. Angliya va Prussiya Turkiya hamda Shvetsiyaga har qanday diplomatik ko’mak berib turadi. Shu qatorda fransuz revolyutsiyasi barcha xalqaro siyosatga sezilarli ta’sir ko’rsatdi. Bu revolyutsiya yirik derjaviyalar o’z e’tiborlarini sharqdan g’arbiy Yevropaga qaratishlariga majbur qilgan edi. Bu vaqtga kelib eski Yevropa odatlari parchalangan edi. Fransuz revolyutsiyasi xalqaro munosabatlar rivojlanishining yangi bosqichini ochib bergan edi. Tez orada Fransiyadagi burjua-revolyutsion kurash barcha xalqaro munosabatlar va diplomatic kelishuvlar markaziga chiqib oladi.
O’sha vaqtda Yevropa siyosatida muhim rolni ikki yirik derjaviyalar – Rossiya va Angliya egallab turishgan edi. 1783-yil dekabr oyidan Angliya tashqi ishlar vaziri lavozimiga lord Chatamning o’g’li Uilyam Pitt kichik tayinlangan edi. Lord Chatam yeti yillik urush davrida vigllar partiyasining mashhur ministri edi. Uilyam Pitt ministrlar boshlig’i lavozimida 1783-yilning ohiridan to 1801-yilgacha egallaydi, so’ng yana bu lavozimni 1801-yildan 1806-yilgacha, umrining oxirigacha boshqaradi. Uilyam Pitt o’zining qobiliyati, shuningdek Pittlar oilasining keng aloqalari va ta’siri tufayli balog’atga yetgan chog’dayoq parlament a’zosi sifatida tanlanadi va taxminan 24 yoshida hukumat tepasiga keladi.
Ko’rib o’tilayotgan yillarda Pitt o’zini yirik siyosiy inson sifatida namoyon qiladi. U Angliya o’zining Amerikadagi muhim kaloniyalaridan ayrilgach, uning holatini mustahkamlash va buyuk qudratini kuchaytirish uchun ko’p ishlar amalga oshiradi. Pitt amerikaliklar bilan urushda mag’lubiyatga uchraganidan so’ng kelib chiqqan inqirozli holatdan Angliyani olib chiqib ketish vazifasini o’z oldiga maqsad qilib qo’ydi. U birinchi navbatda o’ziga ittifoqchi topish masalasiga yuzlandi. Pitt Fransiyani o’ziga dushman deb bilar va unga qarshi Yevropa qit’asidagi biror kuchli derjaviya bilan ittifoq tuzishni rejalashtiradi. Birinchi o’rinda u ittifoqlik masalasida Yekaterina II ga murojat qiladi. Uning maqsadi aslida Fransiya Rossiya ittifoqligiga yo’l qo’ymaslik edi. Shu bilan birga u Rossiya bilan yaqinlashgan holda uning Turkiyaga qarshi urushiga halaqit ham bermoqchi edi. Lekin bu ittifoqlik amalga oshmadi. Chunki Yekatirina II Turkiyaga qarshi ittifoqchi izlayotgan edi.
Peterburgdagi omadsizlikdan so’ng Pitt Prussiya bilan ittifoq tuzishga qaror qiladi va bu amalga oshadi. 1786-yil Angliya Prussiya bilan Fransiya va Rossiyaga qarshi kelishuv tuzadi.



Download 417,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish