BMTning faoliyati. Ikkinchi jahon urushidan keyingi davrda jahon hamjamiyatini shakllantirish, xalqaro xamkorlikni rivojlantirish va kengaytirishda BMT muhim ahamiyat kasb etdi. Ikkinchi jahon urushi davom etayotgan davrdayoq Millatlar Ligasidan farqli o’laroq jahonda xalqaro xavfsizlik vaqtinchalikni ta’minlab turishga qodir bo’lgan xalqaro tashkilotni tuzishga harakat boshlangan edi. Bu savolga Yakuniy javob 1945 yilning aprelida bo’lib o’tgan San-Fransiskodagi xalqaro konferensiyada Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT)ni tuzish va uning Nizomini ishlab chiqishga Qaror qabul qilindi.
Ikkinchi jahon urushidan keyingi davrda xalqaro hayotning turli jabhalarida faol qatnashgan bir qator yangi ixtisoslashtirilgan xalqaro tashkilotlar tuzildi, 1948 yilda BMTning Madaniyat va fanni yuksaltirish muammolari bilan shug’ullanuvchi ixtisoslashgan tashkiloti - YuNESKO tashkil etildi.
Energetika va xomashyoga oid muammolarni hal etishda xalqaro tashkilotlar muhim ahamiyat kasb etadi. Bular orasida yadroviy qurollarining tarqalishini oldini olish va atom energiyasidan tinch maqsadlarda foydalanishni nazorat qilish bilan shug’ullanuvchi BMTning Atom energiyasi bo’yicha Xalqaro Agentligi - MAGATE muhim o’rin egallaydi.
BMTning say-harakati bilan inson hukuqlarini ximoya qilish masalasi hozirgi davrda xalqaro siyosatning asosiy masalalaridan biriga aylandi. To’g’ri, inson huquqlarini himoya qilish Konsepsiyasi jahon siyosati uchun yangilik emas edi. XX asr mobaynida bu Konsepsiyani amalga oshirish uchun juda ko’plab ijtimoiy va siyosiy partiyalar hamda tashkilotlar u yoki bu shaklda urinib ko’rishgan. Bu kurashlar 1948 yilda BMT Bosh Assambleyasida "Inson hukuklari butun Umumjahon Deklarasiyasi"ning qabul qilinishi bilan o’zining mantiqiy yakuniga yetdi. Ammo, shunday bo’lsa-da, inson huquqlari muammosi XX asrning so’nggi o’n yilliklarida nihoyatda ko’p muhokama qilindi.
BMT rivojlanayotgan davlatlarning iqtisodiy muammolarini bartaraf qilishga katta e’tibor bilan qaramoqda. BMT Bosh Assambleyasi 1974 yilda yangi xalqaro iqtisodiy tartibni joriy etishga doir Deklarasiyasi va Dasturni qabul qildi.
BMTning davlatlar o’rtasidagi nizolar va ularni bartaraf etish bo’yicha o’tkazgan tadbirlari nihoyatda kattadir. 1948-1991 yillar davomida tinchlikni qo’llab-quvvatlash uchun BMT 23 ta operasiyani amalga oshirdi. BMT Bosh kotibining qo’l ostida tanklar, yuk tashuvchi texnika, sun’iy yo’ldoshli aloqa vositalari va boshqalar mavjud bo’lib, ko’pgina davlatlar ham bunday imkoniyatlarga ega emas. Hozirgi davrda BMT xizmati Yer sharining xoxlagan nuqtasida 50 ming chodir tika oladi yoki 1 mln qochoqni oziq-ovqat bilan ta’minlash imkoniyatiga egadir. BMTning Oziq-ovqat Dasturi hattoki butun bir davlat aholisining hayotini saqlab qolishga qodir. Biroq BMTning oziq-ovqat bo’yicha ko’magi qashshoq davlatlardagi muammolarni to’la bartaraf etish imkoniyatini bermaydi. BMTning bu sohadagi faoliyatini cheklab turuvchi sabablardan biri bu moliyaviy qiyinchiliklar hisoblanadi.
90- yillarda BMTning tinchlikni o’rnatishga qaratilgan faoliyatini Namibiya va Fors ko’rfazidagi nizolarni bartaraf etishdagi sa’y-harakatlarida ko’rish mumkin. 1990 yilda BMT Quvaytga hujum qilgan Iroqqa qarshi ko’p millatli harbiy kuchlardan foydalanishga sanksiya berdi. Namibiya, mojarosi barcha qarama-qarshi tomonlarni muzokaralar jarayoniga tortish orqali qon to’kilmasdan ijobiy bartaraf etildi. BMT o’z oldiga qo’ygan majburiyatlarni muvaffaqiyatli ado etib, o’tish davrida mamlakatni boshqarish, Namibiya hududida tinchlikni saqlab turish, erkin saylovlarning o’tishini va Angola hamda Namibiyadan chet el harbiy kuchlarining chiqarilishini nazorat qilish kabi tadbirlarda bosh-qosh bo’ldi.
Ammo, shu bilan birga, BMT Liberiya, Somali, Ruanda va boshqa nizoli zonalarda o’zining zaifligini namoyon etdi. 2011 yil mart oyida BMT Xavfsizlik Kengashi Liviyada M. Kaddafi rejimiga qarshi sanksiya qo’llab, unda Liviya Havo kuchlari harakatini cheklab qo’yuvchi qaror qabul qildi. Biroq u sanksiya chegarasidan chiqib. NATO bloki davlatlari tomonidan Liviyaning havodan bombardimon qilinishiga aylanib ketdi. BMT qachonki buyuk davlatlar boshchiligida nizolarni bartaraf etish operasiyalarini o’tkazgan bo’lsa, bu tadbirlar ijobiy xal etildi. Agar buyuk davlatlar o’rtasida kelishuvchilik yo’q ekan, har qanday tadbir muvaffaqiyatsiz yakunlangan. Ba’zi hollarda BMT tomonidan sanksiyalashtirilgan katta harbiy operasiyalar AQSh qo’mondonligi ostida amalga oshirilgan. Jumladan, Koreyada 1950-1953 yillarda, Irokda 1990-1991,2003 yillarda, Somalida 1992-1993 yillarda va 1999 yilda Yugoslaviyadagi harbiy harakatlar hamda 2001 yildagi Afg’onistonda' "Tolibonlar" hukumatiga qarshi harakatlar AQSh boshchiligida o’tkazilgan.