Reja: Diplomatiya tushunchasi


Ikkinchi jahon urushi arafasida xalqaro munosabatlar



Download 417,5 Kb.
bet15/18
Sana24.11.2022
Hajmi417,5 Kb.
#871763
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18
Bog'liq
Reja Diplomatiya tushunchasi

Ikkinchi jahon urushi arafasida xalqaro munosabatlar
Reja:

  1. Ikkinchi jahon urushining boshlanishi

  2. Ikkinchi jahon urushi yillarida xalqaro munosabatlar.

  3. Moskvada tashqi ishlar vazirlarining yig`ilishi

  4. Urush yillarida bo`lib o`tgan konferensiyalar

Agressiv davlatlar-Germaniya, Yaponiya va Italiyada iqtisodiyot harbiy maqsadlarda qayta qurilganligi natijasida ishlab chiqarishning pasayib ketishiga yo’l qo’yilmadi. 1938 yil Germaniya sanoat mahsuloti Angliya va Fransiyaning sanoat mahsulotidan oshib ketdi. 1938 yil Yaponiyada sanoat mahsuloti 1929 yildagiga nisbatan 185%ni, Germaniyada esa 121 %ni tashkil etdi. Yaponiya, Italiya, aynissa Germaniya bozor va xom ashyo manbalarini, mustamlakalarni qayta taqsimlashni talab qila boshladilar.


1930 yillarning ikkinchi yarmida kapitalistik dunyoda Germaniya AQShdan keyingi qudratli davlat edi. U sanoatning ba’zi tarmsjlari bo’yicha (sintetik mahsulotlar, metall ishlash uskunalari, alyumin tarmoslari) kapitalistik mamlakatlar orasida birinchi o’rinni egallagan edi. Mashinalar eksport qilishda ham Germaniya AQShni quvib yetmoqda edi.
Yevropa, ayniqsa Markaziy va Sharqiy Yevropa bozorlarida Germaniyaning iqtisodiy pozisiyasi kuchaydi va bu rayonlarida uning g’arbiy mamlakatlar , bilan konkurensiyasi juda keskinlashdi. Angliya, Fransiya va AQShning bu jihatdan pozisiyasi zaiflashdi.
Germaniya Lotin Amerikasida ham kuchli pozisiyani egalladi. Germaniyaning Lotin Amerikasi mamlakatlari bilan savdosi 1938 yil 171% ga yetdi, 1933 yilda esa 11,5% edi, xolos. Germaniya bu mamlakatlarning importida birnnchi o’rinni egalladi xamda AQSh va Angliya pozisiyasshsh zaiflashtira bordi.
1935 yil oktyabridayoq Italiya qo’shinlari urush e’lon qilmay, Habashistonga (Efiopiyaga) hujum boshladilar. Italiya-Habashiston urushi tayyorlanayotgan jahon urushining yangi bir tuguni edi. Italiyaning agressiyasi Angliya va Fransiya manfaatlariga zarba berdi xamda ularning Yevropadan Osiyoga boradigan dengiz yo’llari uchun katta xavf tug’dirdi. Shunga qaramay, Angliya va Fransiya hukmron doiralari bu gal ham agressorga qarshilik ko’rsatmadilar. Faqat Sovet delegasiyasining qattiq turishi natijasida Millatlar ittifoqi Italiyani agressor deb hisobladi va unga qarshi iqtisodiy sanksiya (jazo choralari) qo’llash, Italiyaga xom ashyolar va harbiy materiallar kiritishni cheklash to’g’risida qaror qabul qildi. Lekin Angliya va Fransiya, aybi bilan bu sanksiya to’la amalga oshmadi. AQSh hukumati 1935 yilda «betaraflik» siyosatini e’lon qilib, shu niqob ostida agressorlarni rag’batlantirdi. Italiya bundan foydalanib, 1936 yil mayida deyarli bugun Habashistonni bosib oldi va o’z muyegamlakasiga aylantirdi.
1936 yil martida Germaniya Versal va Lokarno shartnomalarini buzib, Reyndagi demilitarizasiya qilingan zonaga o’z qo’shinini kiritdi. Yirik davlatlar bunga nisbatan yuzaki norozilik bildirshi bilan cheklanib qoldilar.
1936 yil iyulida general Franko boshchiligidagi ispan fashistlari Germaniya va Italiya yordami bilan Ispaniya inqilobiy demokratik kuchlariga, respublikaga qarshi isen ko’tardilar. Tez orada Germaniya bilan Italiya Ispaniya respublikasiga qarshi ochiqsan-ochiq harbiy intervensiya boshladi. 1936-1939 yillar mobaynida Ispaniyaga Italiya 150 ming, Germaniya 50 ming soldat va ofiser, harbiy mutaxassislar, texnika va aviasiya yubordi. Ular Angliya va Fransiyaning Afrika va Osiyoga boradigan dengiz yo’llarini egallab ola boshladilar. Urushning yangi tuguni vujudga keldi.
Fransiya sosialistik partiyasining lideri o’sha vaqtdaga Fransiya hukumatining boshlig’i Leon Blyum 1936 yil avgusg boshida Angliyaning Bolduin boshchiligidagi konservativ hukumati bilan birgalikda, mamlakatlarni Ispaniyadagi urushga «aralashmaslikja chaqirdi. Bir qancha mamlakatlar, hatgo Germaniya va Italiya bu taklifga qo’shildi. Ulug’ davlatlarning Ispaniya ishlariga haqiqatan aralashmasligi Ispaniya respublikachilari uchun foydali ekanligini nazarda tutib CCSP ham bu taklifni quvvatladi. 1936 yil 9 sentyabrda Londonda Angliya diplomati lord Plimut boshchiligidagi 27 davlat vakillaridan iborat «Aralashmaslik komiteti» tuzildi. Komitet ishtirokchilari betaraflikni saqlab, Ispaniyaga qurol sotmaslik va Ispaniya uchun toboriladigan yarog’-aslahalarni o’z mamlakatlari territoriyasidan o’tkazmaslik majburiyatini oldilar.
Lekin ko’p o’tmay, amalda, «Aralashmaslik komitetishing siyosati eng sharmandali bir siyosat ekanligi aniqlandi. Fashistik davlatlar dastlab o’z agressiv maqsadlarini yakka-yakka amalga oshirishga kirishgan bo’lsalar, keyinroq ular bu agressiv harakatlarshsh kengaytirish uchun harbiy-siyosiy blokka uyushdilar. 1936 yil oktyabrida Germaniya-Italiya protokoli imzolandi. «Berlin-Rim o’qi vujudga keldi. Germaniya Italiyaning Efiopiyani bosib olganini tan oldi xamda uning Dalmasiya, Albaniya va Gresiyani bosib olish yo’lidagi intilnshlarini quvvatladi. Italiya Germaniyaning Avstriyani qo’shib olish maqsadlarini ma’qulladi. Italiya va Germaniya Ispaniya masalasida birgalikda harakat qilish to’g’risida ham til biriktirdilar.
Uzoq Sharqda esa Yaponiya ig’vogarlik bilan Sharqiy Xitoy temir yo’liga va undagi sovet xodimlariga ketma-ket hujumlar uyushtirdi. Sovet hukumati Yaponiya bilan munosabatlarning keskinlashuviga sabab bo’lgan bahonalarni bartaraf qilish maqsadida KVJDni Yaponiya va Manchjou Goga sotdi, bu haqda 1935 yil martida shartnoma tuzildi. Lekin Yaponiya
1935-1936 yillarda Mo’g’uliston Xals Respublikasi chegaralariga bir necha
marta hujum uyushtirib, Uzoq Sharqda tinchlikka tahdid qila berdi. SSSR
Mo’g’ulistonni qo’llab-quvvatladi va 1936 yil martida o’zaroyordam to’g’risida
Sovet-Mo’g’uliston shartnomasi imzolandi. Bu shartnoma Yaponiya ypyshqoq
harbiylarini birmuncha tiyib qo’ydi.
1936 yil noyabrida Germaniya bilan Yaponiya o’rtasida «Kominternga qarshi axdnoma» tuzildi, 1937 yil noyabrida Italiya ham bu axdnomaga qo’shildi. Uch fashist-agressor davlatning - Germaniya, Yaponiya va Italiyaning Kominterngagina emas, balki shu niqob ostida barcha mamlakatlarga sarshi qaratilgan, dunyoni o’zaro qayta taqsimlashni ko’zda tutgan agressiv uchlar bloki (agressiv «uch burchak»)-«Berlin-Rim-Tokio o’qi» tashkil topdi. 193ft yil fevralida Vengriya va Manchjau-Go, martda Franko Ispaniyasi «Kominternga qarshi ahdnoma»ga qo’shildi.
1937 yil iyulida Yaponiya militarizmi Xitoy xalqiga qarshi ochiqdan-ochiq keng miqyosda urush boshlab yubordi. Bu urush Yaponiyaning Xitoydash agressiyasining yangi bosqichi edi. Yaponiya qo’shinlari Shimoliy, Markaziy, so’ngra Janubiy Xitoyga bostirib kirdilar.
Yaponlar Xitoyning Pekin, Tyanszin, Shanxay, Nankin Xankou kabi katta shaharlarini, deyarli hamma portlarini ishg’ol qildilar. Biroq yapon harbiylarining Xitoyda «yashin tezligida urush» qilish plani barbod bo’ldi.
Yevropada g’arbiy davlatlarning Gitler Germaniyasi va fashistik Italiya
bilan Myunxenda tuzgan bitimidan (1938 yil sentyabr) ruxlangan Yaponiya
reaksiyasi 1938 yil noyabridayoq «Sharqiy Osiyoda yangi tartib» e’lon qildi,
bu «yangi tartib» Sharqiy Osiyoda faqat Yaponiyaning mustamlakachilik
hukmronligini o’rnatishdan iborat edi.
Angliya, AQSh va Fransiya davlatlari Yaponiyaning bu hatti-harakatidan
norozi bo’ldilar. Ular «Xitoy-Yaponiya janjali»ni bartaraf qilish maqsadida
«Xalqaro Uzoq Sharq konferensiyasi»ni, «Tinch okean konferensiyasi»ni
chaqirish to’g’risida fikr bildirishdi.
1939 yil 24 iyulda Tokioda Angliya bilan Yaponiya o’rtasida «Kreygi Arita bitimi», ya’ni «Uzoq Sharq Myunxeni bitimi» tuzildi. Kreygi-Angliyaning Yaponiyadagi elchisi, Arita-Yaponiya tashqi ishlar ministri edi. Angliya va Yaponiya bir-birlarining Xitoydagi manfaatlariga qarshi harakat qilmaslik to’g’risida, Xitoydagi ozodlik kurashini bostirshp uchun Angliyaning Yaponiyaga xalaqit bermasligi to’g’risida kelishib oldilar. Yapon militaristlarsh Manchjuriyadan turib 1938 yil 29 iyulda Vladivostok yaqinidagi Hasan ko’li rayonida Sovet Ittifoqi chegarasiga qo’qqisdan hujum qildilar. Ular» Sovet Uzoq Sharqi hududiga bostirib kirishni mo’ljallagan edilar. Sovet Armiyasi yapon bosqinchilarini tor-mor keltirib chegaradan uloqtiri tashladi. O’sha yili 11 avgustda bu rayonda urush harakatlari to’xtadi.
1939 yil may-avgust oylarida yaponlar Sovet Ittifoqiga bostirib kirish va Sibir temir yo’lini ishg’ol qilib, Sovet Uzoq Sharqini SSSRdan ajratib qo’yish maqsadida Xalxin-Gol daryosi rayonida Mo’g’uliston Xalq Respublikasiga hujum qildilar. Sovet hukumati bilan Mo’g’uListon Xalq Respublikasi o’rtasida 1936 yilda tuzilgan o’zaro yordam shartnomasiga amal qilib, SSSP Mo’g’ulisgonni qo’llab-quvvatladi. Sovet Armiyasi mo’g’ul Armiyasiga yordam ko’rsatib, bu gal ham yapon bosqinchilariga qaqshatqich zarba berdi.
Yaponiya bilan Germaniya o’rtasida xam (garchi bo’lar «Kominternga qarshi
ahdnoma»ning ishtirokchilari bo’lsalar-da) ziddiyatlar mavjud edi. Germaniya
1938 yil fevraliga qadar Manjou-Goni tanimagan edi. Germaniya Xitoyda
bir qancha imtiyozlarga ega bo’lishni, Birinchi jahon urushidan keyin o’zining
Yaponiyaga o’tib ketgan Tinch okeandagi sobiq mustamlakalari masalasining
qayta ko’rib chiqilishini istardi. Germaniya yashirin yo’llar bilan chan-kay-
shichilarga qurol-yarog’ va maslahatchilar yuborib turdi. Yaponiya Germaniyaning
talablariga rozi bo’lmadi. Shu tariqa, Yaponiya-Germaniya munosabatlarida
ixtiloflar bo’lib turdi. Gitlerchilar Germaniyasi bir qator tadbirlardan
so’ng, 1938 yil 11 martda zo’rlik bilan Avstriyani bosib oldi. Bu Versal va
Sen-Jermen sulh shartnomalarining to’g’ridan-to’g’ri buzilishi edi.
«Aralashmaslik» va «betaraflik» siyosatlari niqobi ostida Angliya, Fransiya
va AQSh Avsgriyaning bosib olinishini ma’qulladi va tanidi. Imperialistik
davlatlarping hukmron doiralari Avstriya masalasining Millatlar ittifoqida
muhokama qilinishini istamadilar. Natijada gitlerchilar agressiyasi Janubi-
Sharqiy Yevropaning ichkarisiga yoyilib bordi. .
German fashistlari Avstriyani bosib olganlaridan keyin butun diqqatni Chexoslovakiyaga, avvalo uning Sudet oblastiga qaratdilar. Germaniyada Chexoslovakiyaga qarshi tashviqot avj oldirildi. Nemis-fashist qo’shinlari Chexoslovakiya chegaralariga to’plana boshladi. «Sudet inknrozi», ya’ni Germaniya-Chexoslovakiya janjali boshlanib va keskinlashib ketdi. Chexoslovakiyaga nisbatan xavf kuchaydi. 1938 yil 28-29 aprelda Londonda Angliyava Fransiya bosh ministrlari va tashqi ishlar ministrlarining kengashi bo’lib o’tdi. Bu kengashda Yevropada «tinchlik uchun» kurash va Chexoslovakiyaga «yordam» masalasi muhokama qilindi hamda Sudet oblasti masalasiny «tinch» yo’l bilan hal qilish to’g’risida qaror qabul qilindi. Angliya hukumati tomonidan 1938 yil yozida Chexoslovakiyaga yuborilgan Rensimen o’taketgan yuzsizlik va munofiqlik rolini o’ynadi. U, Chexoslovakiya hukumatidan Sudet oblastini Germaniyaga berishni, Sovet-Chexoslovakiya o’zaro yordam shartnomasini bekor qilishni talab etdi.
Fransiya hukmron doiralari 1938 yil fevralidayoq, Chexoslovakiya bilan 1935 yilda tuzilgan shartnoma o’z kuchini yo’qotdi, deyishgacha borib yetdilar va Fransiya Chexoslovakiyaga Angliyasiz yordam bera olmaydi, dedilar. Gitlerning Sudet oblasti haqidagi talabi tobora qat’iylashdi; Chexoslovakiyadagi gitlerchilar yanada faollashdi, 1938 yil 13 sentyabrda Chexoslovakiyada fashistik isyon ko’tarildi. Isyon bostirilgach, Gitler g’azablanib, chegaradagi qo’shinlarni jangovar holatga keltirdi. Lekin Gitler bu kuchlarni ishga solmasdanoq g’arb davlatlari unga juda epchillik bilan yordam qildilar. 1938 yil 15 sentyabrda Angliya bosh ministri Chemberlen Germaniyada Gitler huzurida bo’lib, uning Chexoslovakiyadagi Sudet oblasti va boshqa territoriyalar haqidagi talabini ma’qulladi. 18 sentyabrda Londonda Angliya va Fransiya hukumatlarining bosh ministrlari va tashqi ishlar ministrlarining yana kengashi bo’lib, uzil-kesil yordam berishga qaror qildilar. Sovet hukumati Chexoslovakiya bilan tuzilgan shartnomaga amal qilib, unga yordam ko’rsatishga tayyor ekanligini ta’kidlab keldi va bu haqda Gitler hukumatini ham ogohlantirgan edi.
Benesh Sovet hukumatining bu pozisiyasiga e’tibor bermadi va sovet takliflarini javobsiz qoldirdi. Benesh 16 sentyabrda Angliyaning «vositachisi» Rensimenga urush bo’lgan taqdirda ham CCSP bilan xech qanday maxsus bitim tuzilmasligini, Fransiyadan tashqari hyech qanday chora ko’rmasligini surbetlarcha bildirdi.
21 sentyabrda Angliya va Fransiyaning Pragadagi elchilari Benesh huzurida bo’lib, agar Chexoslovakiya Angliya-Fransiya talablarini qabul qilmasa va natijada Germaniya-Chexoslovakiya urushi boshlanib qolsa, Angliya va Fransiyaning Chexoslovakiyaga hyech qanday yordam bermasligi to’g’risida, agar Chexoslovakiya SSSR dan yordam olsa va natijada Germaniya Chexoslovakiyaga va SSSRga qarshi urush ochsa, Angliya va Fransiyaning Germaniya tomonida bo’lishi to’g’risida ogohlantirdilar.
22 sentyabrda Chemberlen yana Gitler huzuriga kelib, Germaniyaning Sudet to’g’risidagi «huquqlari»ni tanidi. Shuningdek Chemberlen Gitlerning Polsha va Vengriyaning hududi talablarini qondirish to’g’risidagi taklifini ham qabul qildi.
Angliya, Fransiya va AQSh siyosatidan rag’batlangan Gitler 26 sentyabrda so’zlagan nutqida, agar Chexoslovakiya hukumati Germaniyaning talablarini tezda va so’zsiz bajarmasa, Chexoslovakiya yakson qilinadi, deb do’q qildi. 28 senyabrda esa Gitler 10 kun ichida Sudet oblastini butun sanoati, transporti va istehkomlari bilan birga Germaniyaga beripshi Chexoslovakiyadan qat’iy talab etdi.
1938 yil 29-30 sentyabrda Myunxenda xalqaro fashist banditlari-Germaniya va Italiya diktatorlari Gitler va Mussolini Angliya va Fransiya bosh ministrlari Chemberlen va Daladye bilan uchrashdilar. Bu xalqaro munosabatlar tarixida o’taketgan xiyonatkorona va sharmandali kengash Myunxen konferensiyasi edi. Unda Chexoslovakiya vakillarining ishtirokidan tashqari chexoslovak xalqining taqdiri hal qilindi.
Myunxenda gitlerchilar talab qilgan rayonlarni Germaniyaga topshirish, Polsha va Vengriyaning talablarini ham qondirish to’g’risida sharmandali bitimlar tuzildi. 30 sentyabrdayoq Chexoslovakiya hukumati va prezident Benesh Myunxen konferensiyasining qarorlarini qabul qildi, va Germaniya fashizmi oldida xiyonatkorona taslim bo’ldi. Tez orada Myunxen qarorlari amalga oshirilib, Chexoslovakiya taqsimlana boshlandi.
1938 yil oktyabrida Gitler Germaniyasi Sudet oblastini va Chexoslovakiyaping boshqa chegara rayonlarini bosib oldi. 1939 yilning martida esa Germaniya qo’shinlari butun Chexoslovakiyani ishg’ol qildi. Chexoslovakiya parchalab tashlandi; Chexiya va Moraviya Germaniyaning «protektorati» deb, Slovakiya «mustaqil» davlat deb e’lon qilindi. Amalda bu «mustakil» davlat Gitler Germaniyasining mustamlakasiga aylandi. Zakarpat Ukrainasi vengr xortistlari tomonidan, Teshin Polsha tomonidan zabt etildi. Germaniya Avstriya va Chexoslovakiyani bosib olganidan keyin, Yevropadagi siyosiy va strategik axvol Gitler foydasiga o’zgarib ketdi. 1939 yil martida Ispaniyada fashistik tartib o’rnatildi. O’sha yilning martida Memel oblastini (Klaypedani) Germaniyaga topshirish to’g’risida Litva-Germaniya bitimi imzolandi. Ruminiya iqtisodiyoti fashistik Germaniyaga bo’ysundirildi. Ruminiya, so’ngra Vengriya gitlerchilar blokiga kirdi. 1939 yil aprelida fashistik Italiya Albaniyaga hujum qilib, uni bosib oldi. Germaniya fashizmi esa Polshaga nisbatan hududiy va boshqa talablarni qo’ydi. 1939 yilda Gitler Dansigning Germaniyaga topshirilishini, Polsha koridori orqali Sharqiy Prussiyaga qadar tor izli temir yo’l va avtostrada qurishga ruxsat berilishini qat’iy talab qildi. Germaniya va Polsha munosabatlari keskinlashdi. Germaniya 1934 yilgi shartnomani bekor qildi. 1939 yil 22 mayda Germaniya va Italiya o’rtasida harbiy-siyosiy shartnoma («Po’lat axd») imzolandi.
Germaniya va Italiyaning yangi agressiv harakatlari natijasida xalqaro munosabatlarda jiddiy inqiroz boshlandi. Yevropa urush yoqasiga kelib qoldi. 1939 yil 15 aprelda AQSh prezidenti Ruzvelt Gitler va Mussoliniga Murojaat qilib, ularni Yevropa va Yaqin Sharq mamlakatlarining birortasiga ham hujum qilmaslik to’g’risidagi majburiyat olishga chaqirdi. Gitler va Mussolini bu talabni keskin suratda rad etdilar. G’arbiy Yevropa ikki qarama-qarshi harbiy-siyosiy blokka: Germaniya-Italiya blokiga va Angliya-Fransiya blokiga ajraldi.
1939 yil aprelida Angliya bilan Polsha o’rtasida Londonda o’zaro yordam to’g’risida deklarasiya imzolandi. Fransiya Polsha bilan ilgari tuzilgan
shartnomaga amal qilajagini bildirdi.
1939 yil martida SSSP Yeropada fashizm va urush xavfining g’oyatda kuchayib ketganligi tufayli, agressiyaga qarshi birgalikda harakat qilish masalalarini muhokama qilish uchun manfaatdor davlatlarning konferensiyasini chaqirib, muzokaralar boshlashni taklif etdi.
Angliya va Fransiyaning CSSP bilan muzokaralari 1939 yil mart oyidan avgustgacha davom etdi. Muzokaralar diplomatik yo’l bilan, so’ngra harbiy vakillar orqali olib borildi. Sovet rahbariyati Fransiya ham, Angliya ham kollektiv xavfsizlik tizimini tashkil qilish istagi va biror aniq dasturiga ega emasligiga qat’iy ishonch hosil qildi. Muzokaralarda hyech qanday istiqbol ko’zga tashlanmadi. g’arb davlatlari Germaniya va Sovet Ittifoqini osongina urushtirib qo’yishi mumkin bo’lgan shartlarni ilgari surdilar.
Muzokaralarda Angliya va Fransiya tomoni AQShga tayanib teng munosabatdan va teng majburiyatlar olishdan bosh tortib, qalloblik bilan ish ko’rdi.
SSSR bilan muzokaralar borayotgan choqda 1939 yil iyun-avgustida Angliya fashistlar Germaniyasi bilan yashirin muzokaralar (bosh ministr Chemberlen ko’rsatmasi asosida tashqi ishlar ministri Galifaks, savdo ishlari ministri Xadson va Chemberlenning maslahatchisi Garold Vilson bilan Gitlerning iqtisodiy ishlar maslahatchisi Voltat va Germaniyaning Londondagi elchisi Dirksen o’rtasida muzokaralar) olib bordi.
Sovet hukumati agressiya ro’y bergan taqdirda Angliya, Fransiya va Polshaga yordam ko’rsatish uchun sovet qo’shinlarining Polsha territoriyasi orqali o’tkazilishiga Polsha xukumatining rozilik berishi kerakligini bildirdi. SSSP Boltiq bo’yi mamlakatlarini ham garantiya qilishni talab etdi. Angliya va Fransiya bu takliflardan, o’zlariga majburiyat olishdan surbetlarcha bosh tortdi. Ularga suyangan Polsha hukumati esa. SSSP bilan hamkorlik qilmasligini, sovet qo’shinlarining Polsha hududiga kirishiga rozi emasligini bildirdi. Litva, Latviya va Estoniya hukumatlari ham garantiyadan bosh tortdilar.
SSSRning talabi bilan 1939 yil 12-21 avgustda Moskvada bo’lgan harbiy muzokaralarda ham Angliya va Fransiya SSSRning konkret takliflariga e’tibor bermadilar.
1939 yil avgustidagi Moskva muzokaralari Angliya-Fransiya-tomonining aybi bilan boshi berk ko’chaga kirib qolgan va imperialisgik davlatlar SSSRni yakkalantirib, fashistik Germaniyani unga qarshi qo’yish uchun zo’r berib urinayotgan bir vaqtda, SSSR siyosiy jihatdan batamom yakkalab qo’yilgan va SSSRga nisbatan ikki tomondan: g’arbda-Germaniya va Uzoq Sharqda Yaponiya tomonidan urush xavfi kuchayib ketgan bir paytda Sovet hukumati Gitler hukumatining SSSR bilan Germaniya o’rtasida o’zaro xujum qilmaslik axdnomasi tuzish to’g’risidagi taklifini qabul qilmay iloji yo’q edi. 1939 yil 23 avgustda Moskvada SSSP bilan Germaniya o’rtasida o’zaro hujum qilishmaslik axdnomasi tuzildi.
Bitimga muvofiq ikkala tomon bir-biriga qarshi hujum qilmaslik va agressiya uyushtirmaslik majburiyatini olardi: uchinchi davlat kelishuvchi tomonlardan biriga hujum qilgan taqdirda boshqa tomon hujum qilgan tomonni qo’llab-quvvatlamasligi lozim edi. Tomonlar davlatlarning kelishayotgan tomonlardan biriga qargai ittifoqlariga qo’shilmaslik, o’rtalaridagi barcha bahslarni tinch yo’l bilan hal qilish majburiyatini oldilar.
Bitimning e’lon qilinmagan maxfiy bandlari Polshaning ikki davlat o’rtasida bo’lib olinishini ko’zda tutardi, Sovet Itgafoqiga Boltiqbo’yi mamlakatlari -Litva, Latviya, Estoniyani hamda Bessarabiyani qo’shib olishga ruxsat berardi. Bu hududlar oldin Rossiya imperiyasi tarkibiga kirgan bo’lib, Brest-Litovsk bitimiga ko’ra, undan zo’rlik bilan ajratib olingan edi. Ular sovet davlatining strategik xavfsizligi nuqtai nazaridan juda katta ahamiyatga ega edi, chunki g’arbiy chegaralarni 400-500 km.ga nari siljitardi. Ular sovet-german urupshda hal qiluvchi ahamiyat kasb etdi. Gitlerchilar bu hududlarni bosib o’tish uchun 2-3 oy vaqt ichida qizil armiya Sibirdagi zahiralarini g’arbga tashlab ulgurdi.
G’arb davlatlari Myunxen siyosatining barbod bo’lipsh Germaniya, Yaponiya va Italiya bloki bilan Angliya-Amerika Fransiya bloki o’rtasidagi ziddiyatlarni keskinlashtirib yubordi. Bu ziddiyatlar natijasida 1939 yil sentyabr boshlarida g’arb davlatlari o’rtasida ikkinchi jahon urushi boshlandi.



Download 417,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish