Reja: Dinshunoslik fanining predmeti, sohalari va jamiyatdagi vazifalari 2



Download 1,08 Mb.
Pdf ko'rish
bet10/55
Sana31.12.2021
Hajmi1,08 Mb.
#216208
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   55
Bog'liq
oCMIdOMpFYjhvHHF3kD8QphFlblXekcp

4.  Fetishizm  (fetish  so‘zi  fransuzcha  fetiche  –  but,  sanam;  tumor  ma’nosidagi  so‘zni 

anglatadi).  Uning  mohiyati  tabiatdagi  jonsiz  predmetlarga  sig‘inishdir.  Unga  ko‘ra  alohida 

buyumlar kishining o‘z  maqsadiga  erishtirish, ma’lum  voqea-hodisalarning  o‘zgartirish  kuchiga 

ega. Fetish ham ijobiy ham salbiy ta’sir etish kuchiga ega. 

Fetishizm  yog‘och,  loy  va  boshqa  materiallardan  yasalgan  buyumlar  paydo  bo‘lishi  bilan 

bir  paytda  shakllangan.  Bu  butlarda  va  tumorlarda  jamoalar  g‘ayritabiiy  dunyodan  keladigan 

ilohiy qudratning timsolini ko‘rdilar. 

Bunday  fetishga  odatda  afsungarlar,  shamanlar  ega  edilar.  Ular  afsungarlik  usullariga 

binoan bunday buyumlarga ta’sir ko‘rsatganlar. Ibtidoiy odamlarning dastlabki diniy taassurotlari 

umumiy  majmuasining  shakllanish  jarayonida  fetishizm  yakunlovchi  bosqich  bo‘lib  qoldi. 

Haqiqatda,  ajdodlarni  va  tabiatni  jonlantirish  bilan  bog‘liq  bo‘lgan  animizm,  turli  totemlar 

hamda  o‘lib  ketgan  avlodlar  shaxsiga  bog‘liq  totemizm  orqali  ibtidoiy  odamlar  ongida  real 

buyumlar  bilan  birga  ilohiy  va  illyuziya  dunyosi  borligi  haqidagi  tushuncha  paydo  bo‘ldi. 

Natijada  ularning  ongida  afsonaviy  fikr  yuritish  qobiliyati  mustahkamladi.  Va  nihoyat 

fetishlarning  paydo  bo‘lishi  shuni  ko‘rsatadiki,  afsonaviy  qudrat  faqatgina  vaqt  va  bo‘shliqda 

ko‘chib  yurish  xususiyatiga  ega  bo‘lib  qolmasdan,  balki  voqeiy  dunyodagi  buyumlarda  ham 

bo‘lishi  mumkin.  SHunday  qilib,  urug‘chilik  jamiyatining  tashkil  topish  jarayonida  ibtidoiy 

odamlarning ongida dastlabki diniy ko‘rinishlarning keng, aniq, tartibli majmuasi ishlab chiqildi. 

Uning  ma’nosi  shuni  anglatadiki,  diniy  tasavvurlar  odam  hayotining  bo‘linmas,  hattoki  asosiy 

qismi  bo‘lib  qoldi.  Jamiyat  va  tabiat  qonunlarini,  albatta,  o‘sha  dunyo  kuchlari  boshqaradi. 

SHuning  uchun  jamoa  yaxshi  yashayman  desa,  ozuqalar  bilan  ta’minlangan,  kimningdir 

tomonidan  himoyalangan  bo‘lishni  istasa,  birinchi  vazifasi  u  o‘sha  g‘ayritabiiy  kuchlarni  juda 

ham  hurmat  qilishi  kerak  edi.  Dunyo  haqidagi  bu  tasavvurlar  vaqt  o‘tishi  bilan  takomillashib 

bordi va insoniyat hayotida uzoq vaqt mobaynida o‘z ta’sirini o‘tkazib keldi. 

Fetishizmning  unsurlari  hozirgi  davrda  ham  xalqlarning urf-odat  va  e’tiqodlarida  saqlanib 

qolgan.  Masalan,  barcha  dinlardagi  haykallar,  suratlar,  tumor,  ko‘zmunchoq  va  turli  ramzlar 

bunga yaqqol misoldir. 


Download 1,08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   55




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish