Reja: Dinshunoslik fanining predmeti, sohalari va jamiyatdagi vazifalari 2


Sufiylikning paydo bo‘lishi va shakllanishi



Download 1,08 Mb.
Pdf ko'rish
bet33/55
Sana31.12.2021
Hajmi1,08 Mb.
#216208
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   55
Bog'liq
oCMIdOMpFYjhvHHF3kD8QphFlblXekcp

Sufiylikning paydo bo‘lishi va shakllanishi.  

Tasavvufga 

asos 

bo‘lgan 


tarkidunyochilik  kayfiyatlari  deyarli  islom  bilan  bir  davrda  yuzaga  keldi.  Sufiylikning  ilk 

namoyandalari deb Payg‘ambar a.s.ning Abu­d­Dardo, Abu Zarr, Huzayfa (vafotlari VII asrning 

ikkinchi  yarmi)  kabi  sahobalari  hisoblanadi.  Ammo  islomdagi  asketik­mistik  oqimning 

shakllanishi  VIII  asrning  o‘rtalari  IX  asrning  boshlariga  tegishli.  Bu  davrda  sufiylar  qatoriga 

muhaddislar,  qorilar,  qussoslar,  Vizantiya  bilan  chegara  urushlarida  qatnashgan  jangchilar, 

kosiblar,  tijoratchilar,  shu  jumladan  islomni  qabul  qilgan  xristianlar  kirganlar.  Bu  davrda  sufiy 

yoki at­tasavvuf terminlari hali keng tarqalmagan edi: uning o‘rniga zuhd (tarkidunyochilik) yoki 

zohid,  obid  so‘zlari  ishlatilar  edi.  Islomdagi  bu  mistik­asketik  oqimning  paydo  bo‘lishi  va 

taraqqiy  etishiga  musulmon  jamiyatidagi  birinchi  ikki  asr  davomidagi  siyosiy­ijtimoiy 

beqarorlik,  diniy  hayotning  murakkabligi,  uning  natijasida  kelib  chiqqan  ma’naviy­g‘oyaviy 

izlanish va boshqa dinlarning, xususan xristianlikning ta’sirini ko‘rsatish mumkin. 

Ilk  davr  sufiylarining,  aniqrog‘i  zohid  va  obidlarining  o‘ziga  xos  xususiyatlaridan  -  Qur’oni 

Karim oyatlari ustida chuqur fikr yuritish, Qur’on va Payg‘ambar a.s. sunnatlariga qat’iy amal qilish, 

kechalarini  nafl  ibodatlar  bilan  bedor  o‘tkazish,  kunduzlari  ro‘za  tutish,  hayot  lazzatlaridan  voz 

kechish, gunohdan saqlanish, hokim va harbiylardan o‘zini uzoq tutish, halol va harom orasini  juda 

uzoq tutish  (vara‘),  o‘zini Alloh  ixtiyoriga topshirish  (tavakkul)  va  hokazolarni  ta’kidlash  mumkin. 

Jumladan, faqr, rizo, sabr xususiyatlari ularga xos edi. 

Sufiylik  ta’limotlari  mu‘taziliylardagi  mavhum  ilohiyotga  oid  fikrlar,  obro‘li  shaxslarga 

ko‘r­ko‘rona taqlid qilish, muqaddas matnlarga so‘zma­so‘z itoat etishdan farqli o‘laroq, insonga 

asosiy  ob’ekt  sifatida  qaraydi:  insonning  amallarini  boshqaradigan  ruhoniyatining  mayda 

qirralarini  ham  chuqur  tahlil  qilish,  shaxsiy  kechinmalarga  e’tibor  bilan  qarash  va  diniy 

haqiqatlarni  chuqur  his  qilish  ularga  xos  xususiyatlardan  edi.  SHuning  uchun  ham  ziyrak 

psixolog,  «‘ilm  al­qulub  va­l­xavotir»  -  «qalblar  va  fikrlar  ilmi»ga  asos  solgan  al­Hasan 

al­Basriy bekorga sufiylikning asoschilaridan hisoblanmaydi. 

Al­Hasan al­Basriyning ashoblari, basralik zohidlar - Raboh ibn ‘Amr, Rabi‘iy al­‘Adaviy, 

ad­Doroniylarning  (VIII­IX  asrlar)  va’z  va  ma’ruzalarida Allohga  bo‘lgan  sof  muhabbat,  unga 

yaqinlashishga bo‘lgan intilish haqidagi fikrlar paydo bo‘ldi. 

O‘sha  davrdan  boshlab  ular  sufiylikka  aniq  mistik  xarakter  bag‘ishlab,  sufiylik  mafkurasining 

o‘ziga xos xususiyatiga aylandi. 

IX asr davomida Tasavvuf nazariyoti va amaliyotini ishlab chiqish uchun qizg‘in harakatlar 

davom  etdi.  Basra  bilan  bir  qatorda  Bag‘dod  va  Xuroson  sufiylik  maktablari  eng  nufuzli 

maktablar  sifatida  yuzaga  keldi.  Ularning  namoyandalari  avvalgidek  sufiyning  ichki  dunyosiga 

asosiy  e’tiborni  qaratar  edilar.  Ularning  «ahvol»,  «maqomot»lariga  batafsil  tavsiflar  berdilar. 

Boshqa  mistik  ta’limotlar  kabi  unga  sufiy  bosib  o‘tganida  «dunyo  gunohkorligidan»  poklanib, 




ilohiyotga  yaqinlashishiga  sabab  bo‘ladigan  yo‘l  (tariq)  sifatida  qaradilar.  «Niyatlar»  haqidagi 

ta’limot  yanada  chuqurlashtirildi.  Bunda  o‘z­o‘zini  nazorat  (muroqaba,  muhosaba)  qilishga 

erishish  uchun  uning  «ixlos»  va  «sadoqat»  bilan  bo‘lishiga  asosiy  urg‘uni  berdilar.  Bag‘dodlik 

ilohiyotchi  al­Muhosibiy  tomonidan  shakllantirilgan  bunday  ta’limotning  Xurosonda  ko‘plab 

tarafdorlari topildilar va ularni «malomatiylar» deb atadilar. 

Tasavvufda  Allohga  etishish  faqatgina  yuzini  ko‘rish  bilan  emas,  unga  qo‘shilib  ketish 

(fano’/baqo’)  bilan  bo‘lishi  ham  mumkin  degan  fikr  ilgari  surildi.  Mansur  al­Halloj,  ibn  ‘Ato, 

‘Ayn  al­Qudot  al­Hamadoniy  kabi  kishilarning  qatl  etilishi  boshqa  sufiylarni  xushyorlikka 

chaqirdi. 

Tasavvuf  -  manbalarning  keltirishicha,  ba’zi  musulmonlar  kalom  va  mantiq  ilmlaridagi 

turli  ko‘rinishdagi  tortishuvlardan,  quruq  bahslardan  o‘z  qalblarini  saqlab,  Alloh  taoloning 

muhabbati  yo‘lida  zuhd  va  taqvoni  o‘zlariga  kasb  qilib  oldilar.  Bu  kabi  kishilarga  «sufiy»  deb 

nom berildi. Islom dinida birinchi sufiy nomini olganlardan Abu Hoshim SHomiy (vaf. 160/776-

77  y.),  tasavvuf  usuliga  birinchi  marta  sharh  bergan  kishi  Imom  Molikning  shogirdi  bo‘lmish 

Zunnuni  Misriy  (vaf.  256/869-70  y.),  minbardan  turib  birinchi  marotaba  tasavvufga  chaqirgan 

kishi  SHibliy  (vaf.  334/945-46  y.),  tasavvuf  usulini  kengaytirib  tartibga  solgan  kishi  Junayd 

Bag‘dodiy (vaf. 398/1007-08  y.)  edi. Ayollardan  birinchi  sufiy  bo‘lgan kishi  Robi’a  ‘Adaviyya 

(vaf.  135/752-53  y.)dir.  Umuman  olganda  tasavvufning  rivojlanish  yo‘li  islom  tarixining 

ajralmas bir bo‘lagidir.  

Movarounnahrga  sufiylik  Eron  orqali  kirib  kelgan.  Movarounnahrda  juda  keng  tarqalgan 

sufiylik  oqimi  aqoid  olimi  SHayx  Abu  Ya‘qub  Yusuf  al-Hamadoniy  (vaf.  535/1140-41  y.) 

maktabidan boshlangan. Yusuf Hamadoniyning maktabi ikki tarmoqqa ajralgan edi. 

Birinchisi,  «Xuroson  madrasasi»  ya’ni,  shahar  va  shahar  atroflarida  rivojlangan  va  xalq 

orasida keng tarqalgan. Bu oqimga Xoja Yusuf Hamadoniyning mashhur shogirdi Xoja ‘Abd al-

Xoliq  al-Fijduvoniy  (vaf. 1179  y.)  murshidlik  qilgan.  Keyinchalik  bu  oqimga Xoja  Muhammad 

Bahouddin  Naqshband  (1318-1389)  murshidlik  qilgan  va  bu  davrda  naqshbandiyya  tariqati 

butun islom olamiga tarqalgan. 

Ikkinchisi,  SHayx  Ahmad  YAssaviy  (1105-  1166)  va  uning  shogirdlari  nomi  bilan 

bog‘liqdir. Ahmad YAssaviy sufiylik tariqatining targ‘ibotchisi bo‘lish bilan birga shoir ham edi. 

U qadimiy o‘zbek (turkiy) tilida  ijod qilgan. YAssaviy  asarlari  majmuasi 1878  yili  nashr etilgan 

«Devoni hikmat» nomi bilan ma’lum. Bu asar islom mafkurasining sodda ifodasi bo‘lib, sufiylik 

asoslarini  targ‘ib  qiladi.  Uning  fikricha,  dunyoning  noz-ne’matlarini  so‘ragan  kishi  sufiy  emas, 

balki zuhd va taqvoni ixtiyor etib, umrini toat-ibodat hamda  yig‘i  bilan o‘tkazgan kishi sufiydir. 

Uning  «Hikmat»i  xalq  orasida  mashhurdir.  YAssaviyya  tariqati  XII  asrda  Movarounnahrda 

paydo bo‘lgan va Eronga ham keng  yoyilgan. YAssaviylik ruhiy osoyishtalikka, sufiylik  yo‘liga 

kirishga,  pirning  rahbarligida  «kamolot»  sari  borishga  da’vat  etgan.  YAssaviyya  keyinchalik 

naqshbandiyya tariqati bilan birlashib ketgan. 

Fiqh. VIII-XII  asrlar butun musulmon jamiyatida fan va madaniyat, ilm va tafakkur 

rivojlangan bir davr bo‘ldi. Bu davrda diniy bilimlar bilan bir qatorda dunyoviy ilmlar ham o‘z 

rivojiga ega bo‘ldi. Islom dini - Arabiston yarim oroli dorasidan chiqib, taraqqiy etgan jahon 

diniga aylandi. Islomning din sifatida shakllanib, rivojlanishi aynan shu davrlarga to‘g‘ri keladi. 

Albatta, bunga turli mintaqalardagi jarayonlar o‘z ta’sirini ko‘rsatdi. Xususan, 

Movarounnahrning islom madaniyati va fanning algebra, astronomiya, falsafa, tarix, hadis, 

kalom va boshqa sohalariga ko‘rsatgan ta’siri juda kattadir. Ayniqsa fiqh ilmi sohasida 

Movarounnahrning tutgan o‘rni beqiyosdir. Umuman olganda islom huquqshunosligi (fiqh) 

o‘ziga xos rivojlanish tarixiga ega. 

Fiqh  -  g‘arbda  Islamic  Law,  Muslim  Law,  Muhammadan  Jurisprudence,  Le  Droit 

Musulman,  Islamische  Gesetz  kabi  nomlar  bilan  yuritiladi.  Dunyoda  amaldagi  huquq 

normalaridan  farqli  o‘laroq,  fiqh  o‘z  ichiga  ibodat  masalalarini  ham  qamrab  oladi.  Buni Tavrot 

kitobining  ibodat  masalalarini  jamlab  olgan  Talmudga  qiyoslash  mumkin.  Fiqh  -  qadimdan 

mavjud  huquqiy  normalarni  ibodat  va  muomala  masalalari  bilan  mushtarak  holda  ma’lum 

tartibga solingan huquqiy tizimdir. 



Lug‘atda:«al-fiqh» kalimasi -« anglamoq, tushunmoq» kabi ma’nolarni beradi. 

Istilohda: «al-fiqh» - «Islom huquqi» deb yuritiladi.  

Fiqh  zamonaviy  fanlar  asosida  hozirgacha  chuqur  o‘rganilmagan  bo‘lib,  mutaxassis 

olimlar oldiga katta muammolarni qo‘yib kelmoqda. 

Fiqh  - odatda  «furu‘  al-fiqh» (so‘zma-so‘z:  «fiqh  tarmoqlari»)  shariatni  konkret  sohalarga 

tadbiq  qilishdan  va  «usul  al-fiqh»  (so‘zma-so‘z:  «fiqh  asoslari»)  shariat  xukm  oladigan 

manbalarni  ishlab  chiqishdan  iborat  bo‘ladi.  Tarixiy  tadrijga  ko‘ra  «al-fiqh»  -  usul  al-fiqhdan 

avval  paydo  bo‘lgan.  Fiqh  ilmining  tadrijiy  rivojini  mutaxassis  olimlar  tomonidan  bir  necha 

davrlarga taqsim etilgan. Masalan:  


Download 1,08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   55




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish