diniy fundamentalizm (lotincha – asos degani) – barcha dinlarda o’z ilohiy yozuvlarini ishonch uchun asos sifatida “so’zsiz” qabul qilib, ushbu dinlar paydo bo’la boshlagan dastlabki fundamental g’oyalarga qaytish, me’yorlar va tamoyillarga asoslangan davlat barpo qilish, diniy aqidalarni har qanday yo’llar bilan joriy qilishga urinishdir.
diniy shovinizm – faqat o’z dini va e’tiqodinigina to’g’ri deb, qolgan har qanday e’tiqodni va qarashlarni inkor etuvchi mutaassib kishining mafkurasi. Diniy shovinizm tarafdorlarining fikricha, o’z maqsadlariga yetishish uchun har qanday vositadan, shu jumladan, hatto qurol vositasidan foydalanish qonuniydir. Diniy shovinizmni kuchayishi boshqa xalqlarda va diniy e’tiqodga sig’inuvchilarda milliy va madaniy agressivlik kayfiyatlarining tug’ilishiga sababchi bo’ladi. Bu esa ijtimoiy barqarorlikka rahna soluvchi omildir.
Do'stlaringiz bilan baham: |