diniy ekstremizm (ekstremizm – o’ta degani) – xavfsizligimizga tahdid soluvchi tashqi omillardan biri bo’lib, u barcha diniy tashkilotlarda faqat o’zi sig’inadigan dinni to’g’ri deb, boshqa har qanday dunyoqarashning to’g’riligini inkor etuvchi (keskin choralar va harakatlar tarafdorlari bo’lgan), o’ta fanatik (mutaassib) dindor yoki dindorlarning faoliyati tushuniladi.
diyonat va vijdon – bir-biriga yaqin tushuncha. Diyonat va vijdon odamlardagi insof tuyg’usiga hamohangdir. Diyonat va vijdon kishining kundalik faoliyati, qilmishi, fe’l-atvori uchun avvvalo o’zi oldida, qolaversa oila, jamoat, jamiyat va vatan oldida ma’naviy mas’uliyat his etishidir. Vijdonli, diyonatli kishi nohaq, adolatsiz ishlardan g’azabga keladi, ularga qarshilik bildiradi; o’z faoliyatining yaxshi tomonlaridan qanoatlanib xursand bo’lsa, yomon tomonlaridan norozi bo’lib, ruhan eziladi, vijdon azobiga uchraydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |