Ma’ruza: Dinamika asoslari
Reja:
1.
Dinamika. Nyutonning I-qonuni. Inertsial sanoq sistemalari.
2.
Kuch va massa. Nyutonning II-qonuni.Nyutonning III- qonuni.
3.
Massaning additivligi. Jismning impulsi. Impulsning saqlanish qonuni.
4.
Elastik va noelastik urilishlar.
.
DINAMIKANING ASOSIY QONUNLARI
Mexanikaning jismlarning harakatini shu harakatni vujudga keltirgan sabab
bilan birga o‘rganadigan bo‘limini dinamika deyiladi. Dinamikaning asosini 3 ta
qonun tashqil etadi. Bu qonunlarni ingliz olimi I.Nyuton aniqlagan. SHu sababli
ularni Nyuton qonunlari deb ham ataladi.