Reja: 1.Didaktik tamoyillar haqida tushuncha. 2.Ilmiylik tamoyili. 3.Matematikani o’qitishda tarbiyaviylik tamoyili. 4.Matematikani o’qitishda ko’rgazmalilik tamoyili. 5.O’qitishning ongli va faollik tamoyili. 6.Bilimini,qobilyatini va ishlash ko’nikmalarini mustaxkamlash tamoyili.
4 –ma’ruza Mavzu:Matematikani va informatikani o’rgatishda asosiy didaktik tamoiyillar
1.”Didaktika” so’zi yun. “o’qituvchi”,”o’rgatuvchi” ma’nolarini anglatadi.
Didaktika universal hususiyatga ega o’quvlik fani,o’qitishning asosiy qoidalarini o’rganuvchi pedogogikaning bir qismi. Nafaqat matematikani va informatikani o’qitishda ,balki barcha fanni o’qitishda qo’yiladigan yagona umumiy talablar didaktik tamoyillar deb ataladi.
Asosiy didaktik tamoyillarga:
1.Ilmiylik,
2.tarbiyaviylik,
3.ko’rgazmalilik,onglilik va faollik,olgan bilimining mustaxkamligi,o’qitishning tizimliligi va ketma-ketligi,bilim berishning tushunarliligi,o’qitishda o’quvchilarga shaxsiy munosabat yasash tegishli bo’ladi.
Matematikani o’qitishda ilmiylik tamoyili bo’yicha uning mazmuni va o’qitish usullari matematika ilmining zamonaviy holat darajasida va talablariga zaruriy holda mos kelishidan iborat.
Demak,o’qitishning ilmiylik atamasi bo’yicha o’quvchilarga shunday bir faktlarni keltirish hozirgi vaqitda ilmiy deb ataluvchi tushunchalarni shakllantirish talab etiladi.
Matematikani o’qitish jarayonida ilmiylik tamoyili har bir xatti-harakatimizda qatnashadi.
O’qtuvchi bu tamoyilni boshchilikka oladi,agarda:
1.Matematik tushunchani aniqlashda va matematik fikr yuritishda ularning to’g’ri aytilishini nazorat qilsa;
2.Asoslanmasdan isbotlangan fikrlarni qabul qilmasdan har bir matematik fikrni kritik dunya qarashdan qarab chiqishni o’quvchilarga o’rgatish va ulardan ta’rif va teoremalarning farqini aniq ajratib bilishini talab qilish.
O’qitish jarayonida tarbiya ishlarini olib borish- bunda tizimlilik va maqsadli holda o’quvchilarda aniq fikr va nazarni shakllantirish,ularni tabiat hodisalarini to’g’ri dialektik materialism nazaridan tushuntirib bera olishi, ijtimoiy turmush hodisalarida to’g’ri yo’nalish topishi.
Matematikani o’qitish jarayonida tarbiyalash- bu o’quvchilarning fanga bo’lgan qiziqishlarini shakllantirish, ularda yangi bilim olishga intilishini, to’liq va mustaxkam o’zlashtirilishini nazorat qilish.
Egallagan bilimlaridan foydalana bilishini shakllantirish va bilimlarni mustaqil o’qish orqali kenggaytirish va chuqurlashtirish.
Do'stlaringiz bilan baham: |