Ko’rgazmalilik tamoyili bo’yicha o’rganilayotgan ob’ektni o’quvchilar qabul qilish, ma’nosini tushunish va umumlashtirish jarayonlarining asosidan kelib chiqadi.
O’quvchilar ob’ektning tashqi xossalarini o’rganayotgan vaqtda ular ob’ekt yoki uning suratini qarab chiqib undan mustaqil bilim oladi.
Agarda bu ob’ektning xossalari orasidagi yoki ob’ektlar orasidagi bog’liqlik va nisbatlarni aniqlab tushunishga, ilmiy tushunchalarni shakllantirish didaktik maqsad qilib qo’yilgan bo’lsa, unda ko’rgazma vositalari bu bog’liqlik-larni ongli tushunish uchun asos bo’ladi, tushunchalarni aniqlashtiradi va ko’rsatib beradi.
. O’qitishning ongli va faollik tamoyili ta’lim berish tizimining o’qitishga qo’yilgan maqsad va vazifalaridan kelib chiqadi,shu bilan birga o’rganilayotgan ob’ektga ongli va ijodiy munosabat talab qiladigan o’qitish jarayonining o’zgachaliklariga muofiq.
Bu tamoyillarning vazifasi o’rganilayotgan ob’ektlarni maqsadga muofiq, faol qabul qilish ularning ma’nosini tushunib ijodiy holda qayta ishlash va qo’llashdan iborat.
6.Bilimini, qobilyatini va ishlash ko’nikmalarini mustaxkamlash tamoyili - bu o’quv muasslalarining qo’yilgan maqsadlari bilan birga o’qitish qonuniyatlari aniqlanadi. O’qitishning keyingi bosqichlarida olingan bilim, qobilyat va ishlash ko’nikmalariga tayanishga bo’ladi, agarda ular mustaxkam o’zlashtirilgan bo’lsa va uzoq vaqt oralig’ida o’quvchining hotirasida saqlansa. O’qitish jarayonida o’quvchilar nafaqat bilim,qobilyat va ishlash ko’nikmalariga ega bo’ladi,balki ularni mustaxkamlab va rivojlantirib boradi.
Fanni o’qitish jarayonida bilimlarni mustaxkamlash tamoyilini amalga oshirishga bo’ladi, agarda o’qtuvchi:
1).O’ilgan o’quv materiallarini takrorlash jarayonini to’g’ri rejalashtirgan bo’lsa;
2).O’quvchilarning olgan bilimlarini va ishlash ko’nikmalarini tekshirish ishlarini o’z vaqtida amalga oshirsa,ularning bilimlaridagi kamchiliklarni vaqtida nazorat qilib tursa va kuzatib borsa;
3).Fan bo’yicha masala va topshiriqlar tizimli ravishda o’z vaqtida ishlanishiga o’zgacha e’tibor bersa;
Fanni o’qitish jarayonida bilimlarni mustaxkamlash tamoyilini amalga oshirishga bo’ladi, agarda o’quvchi:
1).O’quv darsliklarini tushunarli va qisqacha qilib aytib bersa, nazariy ma’lumotlarda amalga oshiriladigan misollar bilan to’liqtirilib borilsa;
2).Turli xil mustaqil topshiriq turlarini(nazorat ishi,uyga vazifalar,laboratorik mashg’ulotlar,,,) samarali bajarilsa;
3).Asosiy tushunchalarni aniq va tez hotiradan tiklab,aytib borilsa.
Do'stlaringiz bilan baham: |