Reja: Davlat va jamiyat qurilishi haqida tushunch



Download 47,12 Kb.
Sana23.12.2019
Hajmi47,12 Kb.
#31393
Bog'liq
2 5456328243839763716

Mavzu: Davlat va jamiyat qurilishi tizimini takomillashtirish yo‘nalishida amalga oshirilayotgan islohotlarning mohiyati.

Reja:

1. Davlat va jamiyat qurilishi haqida tushuncha.

2. Demokratik islohotlarni chuqurlashtirish va mamlakatni modernizasiya qilishda Oliy Majlis palatalari, siyosiy partiyalarning rolini yanada kuchaytirish.

3. Davlat boshqaruvi tizimini isloh qilish.

4. Jamoatchilik boshqaruvi tizimini takomillashtirish.

5. Xulosa.


  1. Davlat va jamiyat qurilishi haqida tushuncha.

2017-2021 yillarda O‘zbekistonni ya’nada rivojlantirish maqsadida ishlab chiqilgan “Harakatlar strategiyasi” ning ustuvor yo‘nalishi hisoblanib, u o‘z ichiga yana 3 ta bandni oladi. Ular quydagilar:

    1. Demokratik islohotlarni chuqurlashtirish vamamlakatni modernizasiya qilishda

Oliy Majlis palatalari, siyosiy partiyalarning rolini yanada kuchaytirish.

1.2 Davlat boshqaruvi tizimini isloh qilish.

1.3 Jamoatchilik boshqaruvi tizimini takomillashtirish.

Demak, “jamiyat” so‘zi arabchadan olingan bo‘lib, “jamlangan,birlashgan” degan ma’nolarni anglatadi. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 63- moddasida “Oila jamiyatning asosiy bo‘g‘inidir” deyilgan.



Davlat va jamiyat tushunchalarining tarixiga yuzlanadigan bo‘lsak, davlat to‘g‘risidagi ilk tushuncha va qarashlar mil.av. taxminan 4-3 ming yillikda Misr, Mesopotamiya, Hindiston, Xitoyda paydo bo‘lgan. Ular asosan diniy-mifologik harakterda edi. Keyinchalik davlat to‘g‘risidagi dunyoviy qarashlar, g‘oyalar rivojlandi. Bunda Platon, Aristotel, Forobiy, Beruniy, Lokk, Kant va boshqalar katta hissa qo‘shdilar. Davlatga jamiyatda tinchlikni, tartibni ta’minlovchi,jamiyatni idora qiluvchi hokimiyat sifatida qaragan. “Davlat huquqiy qonunlar himoyasida bo‘lgan ko‘pchilik odamlarning birlashmasidir” [ Kant.] “Davlat ichki va tashqi siyosatda mustaqildir” deb suverenitet, suveren hokimiyat haqidagi fikrlarni ilgari surgan. [ J.Boden.]

  • Davlatning umumiy e’tirof etilgan quydagi asosiy belgilarini ko‘rsatish mumkin:

  • davlat o‘z chegaralari doirasida fuqarolik belgisi bo‘yicha birlashgan butun jamiyat,aholining yagona vakili sifatida maydonga chiqadi;

  • davlat suveren hokimiyatning yagona egasidir;

  • davlat yuridik kuchga ega bo‘lgan va huquq normalarini aks etirgan qonunlar va ularga asoslanib chiqarilgan hujjatlarni qabul qiladi;

  • davlat o‘z funksiyalarini bajarish uchun zarur davlat organlari hamda tegishli moddiy vositalar tizimidan iborat mexanizm(mahkama) ga, huquqni muhofaza qilish organlari- sud,prokuratura,militsiya,politsiya kabilarga,o‘z mudofaasi,suvereniteti,huquqiy yaxlitligini va xavfsizligini ta’minlovchi qurolli kuchlar hamda xavfsizlik organlariga ega bo‘ladi;

  • davlat yuridik kuchga ega bo‘lgan va huquq normalarini aks etirgan qonunlar va ularga asoslanib chiqarilgan hujjatlarni qabul qiladi;

  • davlat o‘z funksiyalarini bajarish uchun zarur davlat organlari hamda tegishli moddiy vositalar tizimidan iborat mexanizm(mahkama) ga, huquqni muhofaza qilish organlari- sud,prokuratura,militsiya,politsiya kabilarga,o‘z mudofaasi,suvereniteti,huquqiy yaxlitligini va xavfsizligini ta’minlovchi qurolli kuchlar hamda xavfsizlik organlariga ega bo‘ladi;

O‘zbekistonning bosh maqsadi – rivojlangan huquqiy davlat va fuqarolik jamiyatni qurish.

  • Fuqarolik jamiyat o‘zi nima?

Fuqarolik jamiyat – konstitutsiyaviy huquq nazariyasida huquq va demokratiyaga asoslangan ijtimoiy hayotning zarur oqilona usuli,insonga uning iqtisodiy, siyosiy va madaniy hayoti shakllarini erkin tanlash kafolatlanadigan,qonun ustuvorligi va inson huquqlari hamda erkinliklari qaror topadigan, ko‘p partiyaviylik, siyosiy institutlar, mafkura va fikrlarning xilma-xilligi ta’minlanadigan hamda o‘zini-o‘zi boshqarish organlarining mavqei baland bo‘lgan ijtimoiy tuzum.

  • Davlat boshqaruv shakli qanday?

Davlat jamiyatining siyosiy, xo‘jalik va madaniy hayotga rahbarlik qiluvchi davlat organlariga ega. Masalan: O‘zbekiston Oliy davlat hokimiyat organi Oliy Majlis, mahalliy davlat hokimiyat organlari,viloyatlar,tumanlar

  • davlat yuridik kuchga ega bo‘lgan va huquq normalarini aks etirgan qonunlar va ularga asoslanib chiqarilgan hujjatlarni qabul qiladi;

  • davlat o‘z funksiyalarini bajarish uchun zarur davlat organlari hamda tegishli moddiy vositalar tizimidan iborat mexanizm(mahkama) ga, huquqni muhofaza qilish organlari- sud,prokuratura,militsiya,politsiya kabilarga,o‘z mudofaasi,suvereniteti,huquqiy yaxlitligini va xavfsizligini ta’minlovchi qurolli kuchlar hamda xavfsizlik organlariga ega bo‘ladi;

O‘zbekistonning bosh maqsadi – rivojlangan huquqiy davlat va fuqarolik jamiyatni qurish.

  • Fuqarolik jamiyat o‘zi nima?

Fuqarolik jamiyat – konstitutsiyaviy huquq nazariyasida huquq va demokratiyaga asoslangan ijtimoiy hayotning zarur oqilona usuli,insonga uning iqtisodiy, siyosiy va madaniy hayoti shakllarini erkin tanlash kafolatlanadigan,qonun ustuvorligi va inson huquqlari hamda erkinliklari qaror topadigan, ko‘p partiyaviylik, siyosiy institutlar, mafkura va fikrlarning xilma-xilligi ta’minlanadigan hamda o‘zini-o‘zi boshqarish organlarining mavqei baland bo‘lgan ijtimoiy tuzum.

  • Davlat boshqaruv shakli qanday?

Davlat jamiyatining siyosiy, xo‘jalik va madaniy hayotga rahbarlik qiluvchi davlat organlariga ega. Masalan: O‘zbekiston Oliy davlat hokimiyat organi Oliy Majlis, mahalliy davlat hokimiyat organlari,viloyatlar,tumanlar va shaharlarda hokimlar boshchilik qiladigan xalq deputatlari Kengashlaridir. Siyosiy ijro etuvchi organ- davlat boshlig‘i va vazirlar mahkamasining raisi Prezident, mahalliy ijro etuvchi organ- viloyat, tuman va shahar hokimlaridan iborat. O‘zbekiston huquqni muhofaza organlari mavjud. Bu organlarning chiqargan normative va huquqiy hujjatlari jamiyatning barcha a’zolari uchun majburiydir.

Davlat shakli birinchi navbatda davlat hokimiyatining mahalliy va oliy hokimiyat organlarini tuzilishidir. Davlatning boshqaruv shakli bu- davlat hokimiyatining 3 ta tarmoqqa bo‘linishidir:



1. Qonun chiqaruvchi hokimiyat (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi).

2. Ijro etuvchi hokimiyat (O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Devoni va Vazirlar Mahkamasi).

3. Sud hokimiyati (O‘zbekiston Respublikasi Konstituttsiyaviy Sudi, Oliy Sudi, va Oliy xo‘jalik sudi).

Davlat tuzilish shakli har bir davlatning siyosiy va ma’muriy-hududiy tuzilishini birlashtiradi. Masalan: O‘zbekiston Respublikasining hududida yashovchi barcha xalqning tarixiy va milliy hususiyatlari hisobga olingan holda uning ma’muriy-hududiy tuzilishi viloyatlar, tumanlar, shaharlar, shaharchalar, qishloqlar, ovullar va Qoraqolpog‘iston Respublikasidan iborat.

Zamonaviy Respublikalar parlamentlik va prezidentlik ko‘rinishida bo‘ladilar. Ular o‘rtasidagi asosiy farq hukumatni kim tomonidan tayinlanishi va hukumat kim oldida ma’suliyatga egaligida yoki javobgar bo‘lishidadir.

Unitar yoki oddiy davlat tuzilishi ma’muriy-hududiy qismlarga bo‘linib, yagona oliy organga, hukumatga, konstitutsiyaga, fuqarolikka, o‘zining hududiga, davlat chegarasiga va qununiylikka ega bo‘ladi. Masalan: Angliya, Italiya, O‘zbekiston, Qozog‘iston, Fransiya davlat tuzilishi shakli bo‘yicha unitary davlatdir.




  • Demokratik tartib asosan ikki xil usulda amalga oshiriladi:

1. Vakillik demokratiyasi usuli- bunda O‘zbekiston hududida yashovchi aholi Oliy Majlisga vakil deputat saylaydi, davlat ahamiyatiga ega bo‘lgan iqtisodiy, siyosiy va huquqiy masalalarni xalqning vakili deputatlar sessiyasida muhokama qilib, ularning qabul qilib, davlatni idora etishda xalq o‘z vakillari orqali qatnashadi.

2. Bevosita demokratiya usuli- O‘zbekistonda demokratiyani amalga oshirishda, davlatni idora etishda xalqning bevosita ishtirokini ta’minlaydi, ya’ni davlat ahamiyatiga ega bo‘lgan masalalarni xalqning muhokamasiga qo‘yadi, xalq shu yo‘l bilan davlatni boshqarishda ishtirok etadi.

Endi jamiyat haqida qisqacha gaplashamiz…

Yuqorida jamiyat tushunchasiga ta’rif berib o‘tgandik endi jamiyat hayoti ham o‘z navbatida iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy, madaniy-ma’naviy sohalarga bo‘linadi. Iqtisodiy soha moddiy boyliklarni ishlab chiqarish, taqsimlash, ayirboshlash va iste’mol qilishni o‘z ichiga oladi. Unda mamlakatning xo‘jalik hayoti tashlik etiladi, uning turli tarmoqlarining o‘zaro bog‘liqligi hamda xalqaro iqtisodiy hamkorlik amalga oshiriladi. Bu jamiyat taraqqiyoti uchun eng asosiy sohadir. Ijtimoiy soha jamiyatdagi ijtimoiy guruhlar, tabaqalar, toifalar hamda milliy birliklar, ularning ijtimoiy hayoti va faoliyatini uyg‘unlashtiradi. Siyosiy soha turli ijtimoiy toifa va guruhlar, milliy birliklar, siyosiy partiyalar va harakatlar, jamoat tashkilotlarning o‘z siyosiy faoliyatini amalga oshiruvchi makondir. Ularning faoliyati jamiyatdagi o‘rnatilgan siyosiy munosabatlar asosida o‘z siyosiy manfaatlarini amalga oshirishga qaratiladi. Ma’naviy sohada kishilar turli ma’naviy qadriyatlarni yaratadi, tarqatadi va jamiyatning turli qatlamlari tomonidan o‘zlashtiriladi. Bu sohaga adabiyot, san’at, musiqa asarlari bilan bir qatorda kishilarning bilim saviyasi, fan, axloqiy me’yor va umuman olganda, jamiyat hayotining ma’naviy mazmunini tashkil qiluvchi narsalar kiradi.

Hozir O‘zbekistonda jamiyat taqaqqiyotining eng asosiy muammosi insonlarning, ayniqsa yosh avlodning ma’naviy dunyosini shakllantirish va boyitish, ularni istiqlol mafkurasi asosida tarbiyalash, o‘zbek xalqining boy madaniy va ma’naviy merosi,qadriyatlari, an’analari va urf-odatlarini egallashlari uchun shart-sharoit yaratishdir. O‘zbekistonda fuqarolik, huquqiy, demokratik, dunyoviy jamiyat barpo etilmoqda.

[ Abdulhay Valiyev O‘zME. 1-jild. Toshkent 2000-yil].


  1. Demokratik islohotlarni chuqurlashtirish va mamlakatni modernizasiya qilishda Oliy Majlis palatalari, siyosiy partiyalarning rolini yanada kuchaytirish.

Davlat va jamiyat qurilishi tizimini takomillashtirishning ustuvor yo‘nalishlaridan biri bo‘lgan “Demokratik islohotlarni chuqurlashtirish va mamlakatni modernizasiya qilishda Oliy Majlis palatalari, siyosiy partiyalarning ro‘lini yanada kuchaytirish” bandiga e’tibor beradigan bo‘lsak

  • Oliy Majlis vakolatlariga nimalar kiradi?

  • O‘zbekiston Respublikasi chegaralarini o‘zgartirish;

  • Vazirlar Mahkamasi taqdimiga binoan respublika byudjetini qabul qilish va uning ijrosini nazorat etish;

  • soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni joriy qilish;

  • O‘zbekiston Konstitutsiyaviy sudi, Oliy sudi,O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Bosh Vazir, uning birinchi o‘rinbosari va o‘rinbosarlarini, Vazirlar Mahkamasining a’zolarini, Bosh prokuror va uning o‘rinbosarlarini tayinlash va lavozimlaridan ozod etish to‘g‘risidagi farmonlarni tasdiqlash;

  • Prezident taqdimiga binoan Markaziy bank boshqaruvi raisini tayinlash va lavozimidan ozod etish;

  • Prezidentning vazirliklar, davlat qo‘mitalari va boshqa davlat boshqaruv organlarini tuzish va tugatish;

  • Umumiy yoki qisman safarbarlik e’lon qilish, favqulodda holat joriy etish, uning muddatini uzaytirish va to‘xtatish to‘g‘risidagi farmonlarini tasdiqlash;

  • Xalqaro shartnomalarni va bitimlarni ratifikasiya va denonsasiya qilish

  • Davlat mukofotlari va unvonlarini ta’sis etish;

  • Tumanlar, shaharlar, viloyatlarni tashlik etish,tugatish, nomlarini o‘zgartirish va ularning chegaralarini o‘zgartirish;

  • Konstitutsiyada nazarda tutilgan boshqa vakolatlarni ham amalga oshiradi.

Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyev ilgari surgan “Xalq davlat idoralariga emas, davlat idoralari xalqimizga xizmat qilishi kerak” prinsipini ijtimoiy-siyosiy hayotda amalga oshirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining joylarda ishlarning qay holatda ekanligini o‘rganish va xalq bilan muloqot qilish maqsadida Oliy Majlis palatalari Kengashlarining qo‘shma qarori asosida hududlardan saylangan deputat va senatorlar har oyda 10-12 kun davomida bir tumanda bo‘lib, davlat hokimiyati organlari faoliyatini o‘rganib chiqadi va tahlil qiladi. Parlament a’zolarining xalq ichida ko‘proq faoliyat yuritishi davlatimiz barqarorligini yanada mustahkamlash omillaridan biridir.

Harakatlar strategiyasida “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining tadbirkorlik subektlari huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakili (biznes ombudsman) to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyhasini ishlab chiqish, unda yangi tashkil etiladigan ombudsmanga quydagi vakolatlarni berish nazarda tutildi: tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish, tadbirkorlik subektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish sohasidagi davlat siyosatini shakllantirish va amalga oshirishda ishtirok etish; tadbirkorlik faoliyatini tekshirilayotganda ularni huquqiy qo‘lab-quvvatlash; davlat organlari, huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat qiluvchi organlar va mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan tadbirkorlik subektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlariga rioya etilishi yuzasidan nazoratni amalga oshirish va boshqalar.

Harakatlar strategiyasida aholining senatorlar va deputatlar bilan o‘zaro munosabatlarini, Oliy Majlisning xalq bilan muloqotini takomillashtirish maqsadida “Elektron parlament” tizimini joriy etish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar dasturi ishlab chiqildi. Bu jarayonda fuqarolarning ijtimoiy va siyosiy ongi ham yuksalib boradi. O‘zi “parlament” (ing. Gapirmoq) – qonun chiqaruvchi oliy vakolatli organ. O‘zbekiston Respublikasi parlamenti bu – Oliy Majlisdir.

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 56-moddasida siyosiy partiyalar jamoat birlashmasi sifatida e’tirof etilgan bo‘lsa, 58-moddasida davlat organlari va mansabdor shaxslarning jamoat birlashmalari faoliyatiga aralashishiga, shuningdek, jamoat birlashmalarining davlat organlari va mansabdor shaxslar faoliyatiga aralashishiga yo‘l qo‘ymasligi belgilandi. [15.10.2016 https://mfa.uz.]

1996 yil 26 dekabrda O‘zbekiston Respublikasining “Siyosiy partiyalar to‘g‘risida”gi Qonuni qabul qilinib, unda siyosiy partiya tushunchasi, faoliyatining huquqiy asoslari, faoliyat ko‘rsatish prinsiplari, huquqlari hamda ular faoliyatiga tegishli bo‘lgan boshqa normalar belgilandi.

2007- yil 7-aprelda “Davlat boshqaruvini yangilash va yanada demokratlashtirish hamda mamlakatni modernizasiya qilishda siyosiy partiyalarning rolini kuchaytirish to‘g‘risida” gi Konstitutsiyaviy qonun imzolandi.

Siyosiy partiyalar jamiyatdagi va siyosiy munosabatlardagi funksiyalarini to‘la bajarishida 2004 yil 30 aprelda qabul qilingan “Siyosiy partiyalarni moliyalashtirish to‘g‘risida” gi Qonun alohida o‘rin tutadi.

10.07.2017 kuni bo‘lib o‘tgan “Siyosiy partiyalar: tahlil, tashabbuskorlik va ijtimoiy ma’suliyat” mavzusiga bag‘ishlangan yig‘ilishda Taraqqiyot strategiyasi markazi ijrochi direktori Akmal Burxonov markaz tomonidan ishchi guruh tuzilib partiyalar faoliyati o‘rganilgani, buning natijasida esa yutuqlar bilan birga bir qator kamchiliklar ham aniqlanganligi ma’lum qildi. Yig‘ilish ishtirokchilari tomonidan qayd etilganidek, siyosiy partiyalar, ularning Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi fraksiyalari hamda senatorlar tomonidan amalga oshirilishi lozim bo‘lgan chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqilmoqda. Muloqatda siyosiy partiyalarning ishini sifat jihatidan yangilash, ularning jamiyatda obro‘-e’tiborini ko‘tarish, davlat va jamiyat boshqaruvida hal qiluvchi kuchga aylantirish, bu borada ilgari surilayotgan tashabbuslar, partiyalarning yoshlar o‘rtasida olib borayotgan ishlari, xususan “Yoshlar qanoti” faoliyatini tubdan takomillashtirish, bo‘yicha siyosiy partiyalar oldida turgan vazifalar muhokama markazida bo‘ldi. [ https.//www.uzreport.news.]

Bugungi kunda siyosiy partiyalar o‘z elektoratiga bergan va’dalarini, saylovoldi dasturlarini to‘la va samarali bajarmoqda, deb aytolmaymiz. Ular hanuzgacha mamlakatimiz ijtimoiy-siyosiy hayotida, fuqarolar ongida o‘zining mustahkam o‘rnini egallay olmadi. Siyosiy partiyalar va Oliy Majlis Qonunchilik palatasi faoliyatida partiya fraksiyalari tomonidan ustuvor maqsad va vazifalarni amalga oshirishga qaratilgan aniq taklif va tashabbuslar deyarli sezilmayapti deb Prezidentimiz Sh. Mirziyoyev takidalab o‘tgan edilar.

[ 13.07.2017 Prezident Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlis palatalari, siyosiy partiyalar hamda O‘zbekiston Ekologik harakati vakillari bilan videoselektor yig‘ilishidagi ma’ruzasidan.]

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti 2019-yil 22- avgust kuni mamlakatimizda faoliyat ko‘rsatayotgan siyosiy partiyalar rahbarlari bilan uchrashdi.

Muloqot chog‘ida partiyalarning jamiyatimiz siyosiy-ijtimoiy hayotidagi o‘rni va rolini oshirish, shu yil dekabr oyida milliy parlamentimiz va mahalliy vakillik organlariga bo‘ladigan saylovlarga tayyorgarlik ishlarining borishi to‘g‘risida, bu boradagi eng muhim va dolzarb masalalar xussusida atroflicha fikr yuritildi.

Ma’lumki, mamlakatimiz o‘z taraqqiyotining yangi bosqichiga qadam qo‘ygan hozirgi vaqtda barcha soh ava tarmoqlarda chuqur demokratik o‘zgarishlar amalga oshirilmoqda. Harakatlar strategiyasi asosida jamiyatimizda ko‘ppartiyaviylik, siyosiy plyuralizm, fikrlar rang-barangligi, ochiqlik va oshkoralik tamoyillarini kuchaytirishga alohida e’tibor berilmoqda. Bugungi kunda yurtimizda beshta siyosiy partiya- “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi (2008-yil 11-avgust kuni ro‘yxatdan o‘tgan). “Xalq demokratik partiyasi (1991-yil 1-noyabrda ro‘yxatdan o‘tgan). “Adolat” sotsial demokratik partiyasi (1995-yil 18-fevral kuni ro‘yxatdan o‘tgan). Tadbirkorlar va ish bilarmonlar- O‘zbekiston Liberal demokratik partiyasi (O‘zLiDeP) (2003-yil 3- dekabr kuni ro‘yxatdan o‘tgan). O‘zbekiston Ekologik partiyasi ( 2019-yil 24-yanvarda ro‘yxatdan o‘tgan ) faoliyat ko‘rsatmoqda.

Siyosiy partiyalar rahbarlari bilan suhbat davomida bu galgi saylovlarning o‘ziga xos xususiyatlari va ahamiayti, partiyalar ushbu g‘oyat muhim jarayoniga qanday g‘oya va maqsadlar bilan borayotgani, elektoratining faolligini oshirish, yoshlarni Vatanga muhabbat va sadoqat ruhida tarbiyalash, ularda tashkilotlari faoliyatini kuchaytirish haqida atroflicha fikr yuritidi. “Qaysi partiyaga mansubligidan qat’i nazar, barcha yurtdoshlarimizni birlashtiradigan yagona va mushtarak maqsad bu- jonajon O‘zbekistonimiz, uning buyuk kelajagidir. Ayni shu maqsad hammamizni ona yurtimizga sadoqat bilan xizmat qilishga da’vat etadi” deb ta’kidladi Prezidentimiz.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti 2019-yil 22- avgust kuni mamlakatimizda faoliyat ko‘rsatayotgan siyosiy partiyalar rahbarlari bilan uchrashdi.

Muloqot chog‘ida partiyalarning jamiyatimiz siyosiy-ijtimoiy hayotidagi o‘rni va rolini oshirish, shu yil dekabr oyida milliy parlamentimiz va mahalliy vakillik organlariga bo‘ladigan saylovlarga tayyorgarlik ishlarining borishi to‘g‘risida, bu boradagi eng muhim va dolzarb masalalar xussusida atroflicha fikr yuritildi.

Ma’lumki, mamlakatimiz o‘z taraqqiyotining yangi bosqichiga qadam qo‘ygan hozirgi vaqtda barcha soh ava tarmoqlarda chuqur demokratik o‘zgarishlar amalga oshirilmoqda. Harakatlar strategiyasi asosida jamiyatimizda ko‘ppartiyaviylik, siyosiy plyuralizm, fikrlar rang-barangligi, ochiqlik va oshkoralik tamoyillarini kuchaytirishga alohida e’tibor berilmoqda. Bugungi kunda yurtimizda beshta siyosiy partiya- “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi (2008-yil 11-avgust kuni ro‘yxatdan o‘tgan). “Xalq demokratik partiyasi (1991-yil 1-noyabrda ro‘yxatdan o‘tgan). “Adolat” sotsial demokratik partiyasi (1995-yil 18-fevral kuni ro‘yxatdan o‘tgan). Tadbirkorlar va ish bilarmonlar- O‘zbekiston Liberal demokratik partiyasi (O‘zLiDeP) (2003-yil 3- dekabr kuni ro‘yxatdan o‘tgan). O‘zbekiston Ekologik partiyasi ( 2019-yil 24-yanvarda ro‘yxatdan o‘tgan ) faoliyat ko‘rsatmoqda.

Siyosiy partiyalar rahbarlari bilan suhbat davomida bu galgi saylovlarning o‘ziga xos xususiyatlari va ahamiayti, partiyalar ushbu g‘oyat muhim jarayoniga qanday g‘oya va maqsadlar bilan borayotgani, elektoratining faolligini oshirish, yoshlarni Vatanga muhabbat va sadoqat ruhida tarbiyalash, ularda tashkilotlari faoliyatini kuchaytirish haqida atroflicha fikr yuritidi. “Qaysi partiyaga mansubligidan qat’i nazar, barcha yurtdoshlarimizni birlashtiradigan yagona va mushtarak maqsad bu- jonajon O‘zbekistonimiz, uning buyuk kelajagidir. Ayni shu maqsad hammamizni ona yurtimizga sadoqat bilan xizmat qilishga da’vat etadi” deb ta’kidladi Prezidentimiz.



  1. Davlat boshqaruvi tizimini isloh qilish.

Demokratiya tamoyillariga tayanuvchi davlat hokimiyati xalq manfaatini ifoda etib, jamiyatni boshqarish hamda rivojlantirishga xizmat qiluvchi bunyodkor kuch sifatida namoyon bo‘ladi. Davlat hokimiyati jamiyatga siyosiy rahbarlik qilib, unga yaxlitlik va barqarorlik baxsh etadi. O‘zbekistonda hokimiyat idoralarning xalq manfaatlariga bo‘ysundirilgani konstitutsiyaviy prinsip tarzida ular faoliyatining asosiy mezoniga aylanadi.

“Kuchli davlatdan- kuchli fuqarolik jamiyati sari” tamoyilini amalga oshirishda faol ishtirok etuvchi ijtimoiy institutlar



  • Fuqarolarning o‘zini-o‘zi boshqarish organlari – mahallalar

  • Nodavlat – notijorat tashkilotlari

  • Erkin va xolis ommaviy axborot vositalari

Davlat boshqaruvi tizimini yanada takomillashtirishda, davlat hokimiyati tuzilmalari (parlament, president, hukumat) o‘rtasidagi munosabatlarning samarali tashkiliy va huquqiy mexanizmlarini yaratishda so‘nggi yillarda konstitutsiyaviy qonunchilikka joriy qilingan yangi institutlar muhim ahamiyat kasb etadi. Xususan, 2011 yil 18 aprelda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining ayrim moddalarga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida (78, 80, 93, 96, 98- moddalariga)” gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni davlat hokimiyati tizimini yanada demokratlashtirishning muhim huquqiy asosi bo‘ldi.

O‘zbekiston Respublikasida Davlat boshqaruvi tizimini tubdan isloh qilishning 6 ta asosiy yo‘nalishi belgilab berildi. [ 10.09.2017 kun.uz].



  • Birinchi yo‘nalish ijro etuvchi hokimiyat organlari faoliyatining institutsional va tashkiliy-huquqiy asoslarini takomillashtirishga bag‘ishlangan. Mazkur sohadagi chora-tadbirlar quyidagilarni nazarda tutadi:

  • ijro etuvchi hokimiyat organlarini tashkil etish va tugatishning aniq mezonlari hamda tartib-taomillarini joriy qilish;

  • kadrlar va moddiy resurslardan oqilona foydalangan holda, ijro etuvchi hokimiyat organlarini optimallashtirish;

  • ijro etuvchi hokimiyat organlarining mustaqilligini oshirish hamda ularning Vazirlar Mahkamasi bilan o‘zaro hamkorlik mexanizmlarini takomillashtirish; tizimini yanada keng joriy etish; davlat xizmatlari ko‘rsatish tizimini izchil takomillashtirish va «Elektron hukumat»

  • ma'muriy adliyani rivojlantirish va murojaatlarni kollegial eshitishni joriy qilish.

  • Ikkinchi yo‘nalish ijro etuvchi hokimiyat organlarining vazifalarini, ularni amalga oshirish mexanizmlari va javobgarlik sohalarini aniqlashtirishni nazarda tutadi. Shu munosabat bilan quyidagi masalalar bo‘yicha chora-tadbirlar ko‘riladi:

  • rivojlanish dasturlarini shakllantirishda hududiy ijro etuvchi hokimiyat organlarining tashabbuskorligi va rolini oshirish;

  • maqsadli indikatorlarga erishishga asoslangan, barcha darajadagi ijro etuvchi hokimiyat organlari va ularning rahbarlari faoliyatini baholashning prinsipial yangi tizimini joriy qilish;

  • xalqaro amaliyotda muvaffaqiyatli qo‘llanilayotgan, shu jumladan, sifat menejmenti, indikativ rejalashtirish, autsorsing, kraudsorsing kabi ishni tashkil etishning zamonaviy uslublaridan foydalanish;

  • rivojlanish dasturlarini ishlab chiqish va ularning amalga oshirilishini monitoring qilishda jamoatchilik bilan o‘zaro hamkorlikning zamonaviy shakllarini joriy etish.

  • Uchinchi yo‘nalish iqtisodiyot tarmoqlariga ma'muriy ta'sirni qisqartirish va boshqaruvning bozor mexanizmlarini kengaytirish hisoblanadi. Ushbu yo‘nalishda quyidagilar rejalashtirilmoqda:

  • xususiy sektor samarali faoliyat ko‘rsatayotgan sohalarda davlat ishtirokidagi tijorat tashkilotlarini tuzishni cheklash va amaldagi davlat korxonalarini qayta tashkil etish;

  • iqtisodiy faoliyatda davlat ishtirokining aniq bozor mexanizmlarini ishlab chiqish;

  • ijtimoiy-iqtisodiy masalalarni hal qilishda ijtimoiy hamda davlat-xususiy sheriklikning huquqiy va institutsional bazasini takomillashtirish;

  • ayrim davlat funksiyalarini xususiy sektorga o‘tkazish.

  • To‘rtinchi yo‘nalishda, jumladan, quyidagilar orqali vertikal boshqaruv tizimi va ijro etuvchi hokimiyat organlari hamkorligining mexanizmlarini takomillashtirish nazarda tutilgan:

  • davlat boshqaruvini bosqichma-bosqich nomarkazlashtirish;

  • mahalliy davlat hokimiyati organlarining moliyaviy imkoniyatlarini kengaytirish, ularning roli va javobgarligini oshirish;

  • hududiy organlarning rahbar kadrlarini tanlash va joy-joyiga qo‘yish masalalarida mahalliy davlat hokimiyati organlarining vakolatlarini kuchaytirish.

  • Beshinchi yo‘nalish davlat boshqaruvi tizimiga strategik rejalashtirishning zamonaviy shakllari, innovatsion g‘oyalar, ishlanma va texnologiyalarni joriy etish bo‘yicha chora-tadbirlarni o‘z ichiga olgan. Mazkur chora-tadbirlar qatorida quyidagilarni ta'kidlash lozim:

  • davlat xizmatlari ko‘rsatish tartib-taomillarini optimallashtirish va soddalashtirishni ta'minlaydigan davlat boshqaruvining innovatsion shakllarini joriy etish;

  • innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni ishlab chiqishga investitsiyalarni faol jalb etish;

  • zamonaviy ilmiy-tadqiqot va innovatsion yutuqlarni muvaffaqiyatli joriy qilish uchun zarur bo‘lgan rivojlangan infratuzilmani yaratish;

  • tabiatni muhofaza qilish, resurs va energiya tejaydigan texnologiyalarni keng joriy etish.

  • Oltinchi yo‘nalishda professional davlat xizmatining samarali tizimini shakllantirish, shuningdek, korrupsiyaga qarshi kurashishning ta'sirchan mexanizmlarini o‘rnatish belgilangan. Ularga erishish uchun quyidagilar rejalashtirilgan:

  • davlat xizmatining shaffofligi va ochiqligini ta'minlash, aholi bilan ochiq muloqotni yo‘lga qo‘yishning yangi mexanizmlarini joriy etish;

  • davlat xizmatchilarining mehnatiga haq to‘lash va ijtimoiy ta'minotining zamonaviy tizimini kiritish orqali ularning mehnat unumdorligini oshirish

Bundan tashqari, Farmon bilan O‘zbekiston Respublikasida Ma'muriy islohotlar konsepsiyasi normalarini amaliy ro‘yobga chiqarish bo‘yicha 40 dan ortiq aniq tadbirlarni nazarda tutuvchi «Yo‘l xaritasi» tasdiqlandi.

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasida Ma'muriy islohotlar konsepsiyasini amalga oshirish bo‘yicha komissiya hamda davlat boshqaruvi tizimini tanqidiy o‘rganish va uni tubdan isloh qilish yuzasidan takliflar tayyorlash bo‘yicha ishchi guruhlar tashkil etildi.

Komissiya ishchi guruhlar tomonidan tegishli normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari sifatli ishlab chiqilishini tashkil etadi, shuningdek, Ma'muriy islohotlar konsepsiyasi va «Yo‘l xaritasi»ning to‘liq, o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirilishi ustidan qat'iy nazorat olib boradi. Ma'muriy islohotlarning amalga oshirilishi quyidagi natijalarga erishishga qaratilgan.



1. Kutilayotgan islohotlarning to‘liq amalga oshirilishini ta'minlashga, ijtimoiy-siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning muammolarini o‘z vaqtida aniqlash va samarali hal etishga qodir bo‘lgan, innovatsion rivojlanishning umumjahon tendensiyalariga javob beradigan davlat boshqaruvi tizimini yaratish, shu jumladan, quyidagilar orqali yaratish:

  • ortiqcha va o‘ziga xos bo‘lmagan vazifa, funksiya va vakolatlarni bartaraf etish, takrorlash va parallelizmni tugatish hisobiga davlat boshqaruvi tizimini optimallashtirish hamda nomarkazlashtirish;

  • davlat boshqaruvini byurokratiyadan xoli qilish va uning sarf-xarajatlarini pasaytirish, boshqaruv qarorlari qabul qilish tizimining faoliyat samaradorligini va shaffofligini oshirish;

  • strategik rejalashtirish, innovatsion g‘oyalar, ishlanmalar va texnologiyalar tizimini joriy etish;

  • iqtisodiyot tarmoqlariga ma'muriy ta'sir ko‘rsatishni yanada qisqartirish hamda boshqaruvning sog‘lom raqobat muhitini rivojlantirish, mamlakatning investitsiyaviy jozibadorligi va aholining ishchanlik faolligini oshirishga qaratilgan bozor mexanizmlarini kengaytirish;

  • jamoatchilik va parlament nazoratining, eng avvalo, korrupsiya ko‘rinishlarining oldini olishga qaratilgan samarali shakllarini joriy etish.

2. Fuqarolar huquq va erkinliklarini ta'minlashning ta'sirchan mexanizmlarini yaratish, ularning farovonligini va ijro etuvchi hokimiyat organlari faoliyatidan qanoatlanganlik darajasini yanada oshirish, shu jumladan, quyidagilar orqali yanada oshirish:

  • davlat organlarining jismoniy va yuridik shaxslar bilan huquqiy munosabatlarini aniq tartibga solishga qaratilgan ma'muriy tartib-taomillarni takomillashtirish;

  • ijro etuvchi hokimiyat organlarining qarorlari va harakatlari ustidan shikoyat qilish tartibini takomillashtirishni, jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini kollegial eshitish mexanizmlarini joriy etishni nazarda tutuvchi ma'muriy adliya tizimini rivojlantirish;

  • «Elektron hukumat» tizimini takomillashtirish orqali davlat xizmatlari ko‘rsatishning samaradorligini oshirish;

  • jamiyatda qonun ustuvorligini ta'minlash, qonuniylik va huquq-tartibotni mustahkamlash.

O‘zbekiston Respublikasida Ma'muriy islohotlar konsepsiyasida nazarda tutilgan chora-tadbirlarning amalga oshirilishi, so‘zsiz, innovatsion rivojlanishning zamonaviy tendensiyalari va jahon standartlarini hisobga olgan holda davlat boshqaruvi tizimini modernizatsiya qilishga yangi kuch bag‘ishlaydi.

Umuman olganda, O‘zbekiston Respublikasida ma'muriy islohotlarning amalga oshirilishi «Xalq davlat idoralariga emas, davlat idoralari xalqimizga xizmat qilishi kerak» degan ulug‘vor g‘oyani hayotga to‘liq tatbiq etishga xizmat qiladi.



  1. Jamoatchilik boshqaruvi tizimini takomillashtirish.

Jamoatchilik nazoratining sub’ektlari:

  • O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari (bundan buyon matnda fuqarolar deb yuritiladi), fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, shuningdek qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ro‘yxatga olingan nodavlat notijorat tashkilotlari, ommaviy axborot vositalari jamoatchilik nazorati sub’ektlaridir. 

  • Jamoatchilik nazorati jamoatchilik kengashlari, komissiyalari va boshqa jamoatchilik tashkiliy tuzilmalari tomonidan ham qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshirilishi mumkin.

 Jamoatchilik nazoratining ob’ektlari: 



  • Davlat organlarining va ular mansabdor shaxslarining:
    qabul qilinayotgan normativ-huquqiy hujjatlarda, qarorlarda, shuningdek rivojlanish davlat, tarmoq va hududiy dasturlarida jamoatchilik manfaatlarini, jamoatchilik fikrini hisobga olishga;

  • fuqarolarning, yuridik shaxslarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini, jamiyat manfaatlarini himoya qilish sohasidagi qonun hujjatlari talablarining ijro etilishini ta’minlashga; 

  • o‘z zimmasiga yuklatilgan, ijtimoiy va jamoatchilik manfaatlariga daxldor bo‘lgan vazifalar va funksiyalarni bajarishga;

  • davlat xizmatlarini ko‘rsatishga; 

  • ijtimoiy sheriklik doirasida amalga oshiriladigan bitimlar, shartnomalar, loyihalar va dasturlarni bajarishga doir faoliyati jamoatchilik nazoratining ob’ektidir.

  • Jamoatchilik nazoratining asosiy prinsiplari: 

  • fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari ustuvorligi;

  • jamoatchilik nazoratini amalga oshirishda ishtirok etishning ixtiyoriyligi; 

  • jamoatchilik nazoratini amalga oshirishning ommaviyligi va ochiqligi;

  • jamoatchilik nazorati sub’ektlarining xolisligi va beg‘arazligi;

  • jamoatchilik nazorati natijalarining ishonchliligi;

  • jamoatchilik nazorati sub’ektlarining davlat organlari, ularning mansabdor

  • shaxslari faoliyatiga asossiz aralashuviga va ularga g‘ayriqonuniy ta’sir ko‘rsatishiga yo‘l qo‘yilmasligi.

  • Jamoatchilik nazoratining shakllari:




  • davlat organlariga murojaatlar va so‘rovlar;

  • davlat organlarining ochiq hay’at majlislarida ishtirok etish;

  • jamoatchilik muhokamasi;

  • jamoatchilik eshituvi;

  • jamoatchilik monitoringi;

  • jamoatchilik ekspertizasi;

  • jamoatchilik fikrini o‘rganish;

  • fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari tomonidan davlat organlari mansabdor shaxslarining hisobotlari va axborotini eshitish.

Jamoatchilik nazorati qonun hujjatlariga muvofiq boshqa shakllarda ham amalga oshirilishi mumkin. Jamoatchilik nazorati sub’ektlari davlat organlariga arizalar, shikoyatlar va takliflar bilan murojaat qilishga, shuningdek qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ularga so‘rovlar yuborishga haqli. 
Jamoatchilik nazorati sub’ektlarining murojaatlari va so‘rovlari qonun hujjatlarida belgilangan tartibda davlat organlari tomonidan ko‘rib chiqiladi.
Jamoatchilik nazorati sub’ektlarining axborot olishga bo‘lgan huquqi, agar mazkur axborot shaxsga doir ma’lumotlar yoxud davlat sirlarini yoki qonun bilan qo‘riqlanadigan boshqa sirni tashkil etuvchi ma’lumotlar jumlasiga kiritilgan bo‘lsa, cheklanishi mumkin. Jamoatchilik nazorati sub’ektlari qonun hujjatlarida belgilangan tartibda davlat organlarining ochiq hay’at majlislarida ishtirok etish huquqiga ega. 
Davlat organlari o‘zining ochiq hay’at majlislarida jamoatchilik nazorati sub’ektlari ishtirok etishi uchun sharoitlar yaratadi.

Jamoatchilik fikrini o‘rganish turli ijtimoiy guruhlarning normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari to‘g‘risidagi, davlat organlarining, ular mansabdor shaxslarining qonun hujjatlari talablariga rioya etishiga, fuqarolarning, yuridik shaxslarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini, jamiyat manfaatlarini ta’minlashga doir faoliyati to‘g‘risidagi fikrini baholash maqsadida axborotni yig‘ish, umumlashtirishdan iborat. Jamoatchilik fikrini o‘rganishni nodavlat notijorat tashkilotlari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari va ommaviy axborot vositalari qonun hujjatlariga muvofiq o‘tkazishi mumkin.

Mamlakatimizda demokratik islohatlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatni rivojlantirish konsepsiyasida ijtimoiy sheriklik to‘g‘risidagi qonunni qabul qilish zarurati to‘g‘risida so‘z yuritilar ekan, jumladan, shunday deyiladi:

“Fuqarolik jamiyati institutlarining yanada rivojlanishiga erishish, amalga oshirilatoygan islohatlarimizning ochiq-oshkoraligi va samaradorligini ta’minlashda, ularning rolini kuchaytirishda “Ijtimoiy sheriklik to‘g‘risida” gi Qonunning qabul qilinishi muhim ahamiyat kasb etadi”.

Mahalla institutining jamiyat boshqaruvidagi o‘rni va faoliyatining samaradorligini oshirish:

Mustaqilik yillarida mahalla institutining nufuzini oshirish nafaqat ijtimoiy-iqtisodiy balki siyosiy, tarbiyaviy va ulkan ma’naviy ahamiyat ega bo‘lgan ustuvor vazifa sifatida belgilanib, mamlakatimizda fuqarolik jamiyatini rivojlantirishda uning ishonchli tayanch va ta’sirchan kuch bo‘lib, xizmat qilishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratish borasida keng ko‘lamli chora-tadbirlar bosqichma-bosqich amalga oshirildi. Hozirgi kunda yurtimizda 10 mingga yaqin fuqarolar yig‘inlari tomonidan ilgari mahalliy davlat hokimiyati organlariga taalluqli bo‘lgan 30 dan ziyod ijtimoiy-iqtisodiy ahamiyatga molik vazifalar muvaffaqiyatli bajarib kelinmoqda. Fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash maqsadida oxirgi 5 yil mobayinida fuqarolar yig‘inlarining 1600 ga yaqin xizmat binolari joriy, 367 tasi kapital ta’mirlandi va 350 dan ziyodi rekonstruksiya qilindi, namunaviy loyihalar asosida 216 ta bino yangidan qurilib, foydalanishga topshirildi. Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha Respublika kengashiga yuridik shaxs maqomini bergan holda uni fuqarolar yig‘inlarining uyushmasi shaklida tashkil etish nazarda tutilmoqda. Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar, tumanlar va shaharlarda tuzilgan kengashlarni esa Respublika kengashining tarkibiy tuzilmalari sifatida tashkil etish belgilandi.

Jamoatchilik boshqaruvi tizimini takomillashtirish:

  • xalq bilan muloqotning samarali mexanizmlarini joriy etish;

  • jamoatchilik nazoratini amalga oshirishning zamonaviy shakllarini rivojlantirish, ijtimoiy sheriklikning samarasini oshirish;

  • fuqarolik jamiyati institutlarini rivojlantirish, ularning ijtimoiy va siyosiy faolligini oshirish;

  • mahalla institutining jamiyat boshqaruvidagi o‘rni va faoliyati samaradorligini oshirish;

  • ommaviy axborot vositalarining rolini kuchaytirish, jurnalistlarning kasbiy faoliyatini himoya qilish.

Jamoatchilik nazoratining boshqa nazorat turlaridan asosiy farqi shundaki, jamoatchilik nazoratining obyekti- davlat organlari faoliyatodir. Jamoatchilik nazoratining qonuniy asoslari yaratilgani jamiyatning davlat bilan o‘zaro samarali aloqasini ta’minlashda muhim asos bo‘ladi. Bu odamlarning kayfiyati, mamlakatda kechayotgan o‘zgarishlarga munosabatini aniqlashda, jamiyatda manfaatlar muvozanatini ta’minlash g‘oyasini izchil amalga oshirishga xizmat qiladi.

[ Miravzal Mirakulov yuridik fanlari doktori.]

Prezident Shavkat Mirziyoyev 2019 yil 7 dekabr kuni O‘zbekiston xalqaro anjumanlar saroyida Konstitutsiya qabul qilinganining 27 yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimda nutq so‘zladi. Konstitutsiya va qonun ustuvorligiga erishishda jamoatchilik nazoratidan ko‘ra samarali vosita yo‘q, dedi davlat rahbari.

“Xalqimiz qonun buzilishiga qarshi qattiq turmas ekan, davlat idoralari, mansabdor shaxslar qanchalik urinmasin, qonun ustuvorligini ta’minlash qiyin bo‘ladi. Bugun jamoatchiligimiz tom ma’noda uyg‘ondi, endi turli lavozimdagi shaxslarning xatti-harakatlariga odamlarimiz bevosita baho berib, o‘z fikrini erkin ifoda etishga o‘rganmoqda”. “Qancha ko‘p talab qilsak, deputatlar ham, ijroiy hokimiyati ham o‘zgarishga majbur bo‘ladi. Chunki xalq buni talab qilmoqda. Ammo biz odamlarimizning huquqiy ongini, ularning talabchanligini oshirishimiz zarur”- deya qo‘shimcha qildi u. Shavkat Mirziyoyev jamoatchilik nazorati “bir tomonlama vosita” ga aylanib qolmasligi kerakligini ta’kidladi. “Davlat idoralari faqat fuqarolarga emas, balki o‘zlariga nisbatan tanqidiy fikrlarni ham adolat bilan, xolis ko‘rib chiqishlari lozim”. [07.12.2019 https//www.gazeta.uz]

Xulosa

Davlat jamiyatsiz davlat bo‘la olmaydi, jamiyat ham davlat bilan bog‘liq holda yuzaga keladi. Ya’ni davlat va jamiyat o‘zaro bog‘liq tushunchalardir. Tartib bor joyda rivojlanish bo‘lganidek, davlat va jamiyat boshqaruvi tizimi ham tartibli, qonuniy ish yuritmog‘i kerak. Prezidentimiz ta’kidlaganidek “Xalq davlat idoralariga emas, davlat idoralari xalqimizga xizmat qilishi kerak”. To‘g‘ri davlatni ham, jamiyatni ham xalq ya’ni fuqarolar tashkil etadi, ularning manfaatlari huquqlari birinchi o‘rinda bo‘lmog‘i kerak. Shu o‘rinda fuqarolarning manfaatlaridan tashqari ularning o‘z burch va majburiyatlari ham border. Siyosiy partiyalar faqat hujjat(qog‘oz)dagina ishlab qolmay,balki ishlarni amalda ham bajarishi kerak. Xalq orasida shunday gap bor “Siyosiy partiya a’zolari besh yilda bir uyg‘onib, keyin yana qayta uyquga ketadi” deydi. Lekin davlat rahbarimiz va xalqimizning talablari, tashabusskorligi bilan hozirda ularning faoligi, amalda ham kuchaymoqda. Jamoatchilik nazorati jamiyatning davlat bilan o‘zaro samarali aloqasini ta’minlamoqda. Shu o‘rinda talab bor joyda ta’klif bo‘ladi deganidek, xalqimiz ham o‘z huquqiy ongini rivojlantirib, davlat idoralaridan qonuniy huquqlarini talab qilmog‘i kerak deb o‘ylayman. Davlat o‘z- o‘zidan rivojlanmaydi uni xalqi rivojlantiradi.

Foydalanilgan adabiyotlar:

    1. O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi (Toshkent 2014).

    2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida” PF 4947 sonli Farmoni.

    3. Mirziyoyev Sh.M. Demokratik islohotlarni izchil davom etirish, xalqimiz uchun tinch va osoyishta, munosib hayot darajasini yaratish-barqaror taraqqiyot kafolatidir.O‘zbekiston Liberal demokratik partiyasining 8 s’ezdidagi ma’ruzasidan.

    4. Abdulhay Valiyev O‘zME. 1-jild.Toshkent 2000-yil.

    5. https//www.gazeta.uz

6. https://mfa.uz internet sayti.

7. https.//www.uzreport.news internet sayti.

8. https.//www.kun.uz internet sayti.

9. 13.07.2017 Prezident Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlis palatalari, siyosiy partiyalar hamda O‘zbekiston Ekologik harakati vakillari bilan videoselektor yig‘ilishidagi ma’ruzasidan.



10. Miravzal Mirakulov yuridik fanlari doktori ma’ruzasidan.


Download 47,12 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish