Mavzu: Davlat maqsadli jamg’almalari.
Reja:
Davlat maqsadli fondlarini tashkil etishning zaruriyati va ahamiyati
Davlat maqsadli fondlarining vazifalari va turlari
Davlat maqsadli fondlarini tashkil etishning zaruriyati aholini ijtimoiy muhofaza qilish keksalik, mehnat qobiliyatini yoki boquvchisini yo’qotishdan sug’urta tizimi (pensiya ta’minoti, shu jumladan, xususiy pensiya ta’minoti), kam ta’minlangan oilalarga ijtimoiy to’lovlar (bolalarga nafaqalar), vaqtincha ishlamayotganlarni ijtimoiy qo’llab-quvvatlash (ishsizlik bo’yicha nafaqa), aholining ayrim toifalariga ularning moddiy ta’minoti va xizmatlarini hisobga olib, imtiyozlar va afzalliklar berish (patronaj xizmatlari shaklidagi ijtimoiy yordam, oziq-ovqat, yonilg’i berish va boshqalar), onalikni muhofaza qilish (tug’ishdan oldingi va tug’ishdan keyingi ta’tillar), sog’liqni sug’urta qildirish (tibbiy sug’urta, vaqtincha mehnat qobiliyatini yo’qotganlik nafaqasi), o’quvchi-yoshlarni moddiy qo’llab-quvvatlash (stipendiyalar), nogironlikning oldini olish va mehnat qobiliyatini tiklash (nogironlarni reabilitatsiya qilish, protez-ortopediya markazlari) orqali ta’minlanadi.
Davlat maqsadli jamg’armalari quyidagilardir2 : O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamg’armasi; O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Respublika yo’l jamg’armasi; Davlat mulkini xususiylashtirishdan tushgan mablag’lar jamg’armasi; O’zbekiston Respublikasining Bandlikka ko’maklashish davlat jamg’armasi; O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Umumta’lim maktablari, kasb-hunar kollejlari, akademik litseylar va tibbiyot muassasalarini rekonstruktsiya qilish, mukammal ta’mirlash va jihozlash jamg’armasi; 2O’zbekiston Respublikasining “Byudjet Kodeksi” qonuni, 2013 yil 26 dekabr 52-I-son, 36-modda 7 O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Sug’oriladigan erlarning meliorativ holatini yaxshilash jamg’armasi; O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Oliy o’quv yurtlarining moddiy-texnika bazasini rivojlantirish jamg’armasi.
O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamg’armasi fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti, ijtimoiy nafaqalar to’lash, kompensatsiya to’lovlari va boshqa to’lovlar bo’yicha xarajatlarni moliyalashtirishga yo’naltiriladigan majburiy to’lovlar, badallar, shuningdek boshqa manbalardan tushadigan mablag’larni jamlaydi. O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamg’armasining yuqori boshqaruv organi Jamg’armaning Kuzatuv kengashidir. O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Respublika yo’l jamg’armasi majburiy to’lovlardan va boshqa manbalardan tushadigan mablag’larni jamlaydi, keyinchalik ulardan umumiy foydalanishdagi avtomobil yo’llari tarmog’ini rivojlantirish va takomillashtirish dasturlarini (loyihalarini) hamda ularning lozim darajadagi texnik holati va o’tkazish qobiliyatiga erishishga qaratilgan tadbirlarni moliyalashtirish uchun foydalaniladi. O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Respublika yo’l jamg’armasining yuqori boshqaruv organi Jamg’arma kengashidir. Davlat mulkini xususiylashtirishdan tushgan mablag’lar jamg’armasi davlat mulkini xususiylashtirishdan tushadigan, belgilangan tartibda taqsimlanadigan mablag’larni jamlaydi.
O’zbekiston Respublikasining Bandlikka ko’maklashish davlat jamg’armasi bandlik va aholini ijtimoiy muhofaza qilish sohasidagi xarajatlar moliyalashtirilishini ta’minlash uchun yagona ijtimoiy to’lovdan ajratmalar va Budjet Kodeksning 56-moddasida nazarda tutilgan boshqa manbalardan tushadigan mablag’larni jamlaydi. O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Umumta’lim maktablari, kasb-hunar kollejlari, akademik litseylar va tibbiyot 8 muassasalarini rekonstruktsiya qilish, mukammal ta’mirlash va jihozlash jamg’armasi umumta’lim maktablari, kasb-hunar kollejlari, akademik litseylar hamda tibbiyot muassasalarini rekonstruktsiya qilish va mukammal ta’mirlash, jihozlashga (to’liq jihozlashga) yo’naltiriladigan, Budjet Kodeksning 57- moddasida nazarda tutilgan majburiy to’lovlar va boshqa manbalardan tushadigan mablag’larni jamlaydi.
O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Umumta’lim maktablari, kasb-hunar kollejlari, akademik litseylar va tibbiyot muassasalarini rekonstruktsiya qilish, mukammal ta’mirlash va jihozlash jamg’armasining yuqori boshqaruv organi Jamg’armani boshqarish kengashidir.
O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Sug’oriladigan erlarning meliorativ holatini yaxshilash jamg’armasi Budjet Kodeksning 58- moddasida nazarda tutilgan va sug’oriladigan erlarning meliorativ holatini yaxshilashga doir dasturlarni (loyihalarni) hamda meliorativ ob’ektlarning lozim darajadagi texnik holatini ta’minlash bo’yicha tadbirlarni moliyalashtirishga, shuningdek meliorativ texnika olishga yo’naltiriladigan maqsadli moliyaviy resurslarni jamlaydi. O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Sug’oriladigan erlarning meliorativ holatini yaxshilash jamg’armasining yuqori organi Jamg’arma kengashidir.
O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Oliy o’quv yurtlarining moddiy-texnika bazasini rivojlantirish jamg’armasi Budjet Kodeksning 59-moddasida belgilangan va oliy o’quv yurtlarining moddiy-texnika bazasini modernizatsiya qilish va mutaxassislar tayyorlash sifatini yaxshilash bo’yicha tadbirlarni moliyalashtirishga yo’naltiriladigan maqsadli moliyaviy resurslarni jamlaydi. O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Oliy o’quv yurtlarining moddiy-texnika bazasini rivojlantirish jamg’armasi mablag’larini boshqarish vakolatli organ tomonidan amalga oshiriladi. Byudjet tashkilotlarining byudjetdan tashqari jamg’armalari quyidagilardir: 9 Byudjet tashkilotining rivojlantirish jamg’armasi; Tibbiyot tashkilotlarining moddiy rag’batlantirish va rivojlantirish jamg’armasi; vazirliklar, davlat qo’mitalari va idoralarning byudjetdan tashqari jamg’armalari; byudjet tashkilotlarining undiriladigan to’lovlar hisobiga shakllantiriladigan byudjetdan tashqari mablag’lari.
O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamg’armasining daromadlari: yagona ijtimoiy to’lovning belgilangan miqdordagi tushumlari; fuqarolarning byudjetdan tashqari Pensiya jamg’armasiga sug’urta badallari; byudjetdan tashqari Pensiya jamg’armasiga majburiy ajratmalar; boshqa daromadlar hisobidan shakllantiriladi. Boshqa daromadlarga mehnatda mayib bo’lganlik yoki kasb kasalligiga chalinganlik tufayli tayinlangan nogironlik pensiyalarini to’lash xarajatlarining o’rnini qoplash uchun taqdim etiladigan regress talablar (da’volar) bo’yicha ish beruvchilar va fuqarolar tomonidan o’rni qoplanadigan mablag’lar tushumining bir qismi,
O’zbekiston Respublikasi Bandlikka ko’maklashish davlat jamg’armasining muddatidan oldin tayinlangan yoshga doir pensiyalarni to’lash xarajatlarini qoplash hisobidan kiritiladigan mablag’lari, yuridik shaxslarning imtiyozli pensiyalarni to’lash xarajatlarini qoplash hisobidan kiritiladigan mablag’lari, fuqarolarning ixtiyoriy tartibda to’lanadigan sug’urta badallari, majburiy to’lovlar, badallar o’z vaqtida to’lanmaganligi uchun hisoblangan jarimalar va penyalar summasining bir qismi, mehnat vazifalarini bajarish bilan bog’liq holda mayib bo’lgan, kasb kasalligiga chalingan yoxud sog’lig’iga boshqacha shikast etkazilgan xodimga yuridik shaxs tugatilganda, qishloq xo’jaligi kooperativi (shirkat xo’jaligi), fermer va dehqon xo’jaligi qayta tashkil etilganda yoki tugatilganda zararning 10 o’rnini qoplash uchun to’lanadigan nazarda tutilgan mablag’lar, vaqtinchalik bo’sh turgan mablag’larni joylashtirishdan olingan daromadlar va qonun hujjatlariga muvofiq boshqa manbalar kiradi.
O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Respublika yo’l jamg’armasining daromadlari: Respublika yo’l jamg’armasiga majburiy ajratmalar; Respublika yo’l jamg’armasiga yig’imlar; vaqtinchalik bo’sh turgan mablag’larni joylashtirishdan olingan daromadlar; qonun hujjatlariga muvofiq boshqa manbalar hisobidan shakllantiriladi. Davlat mulkini xususiylashtirishdan tushgan mablag’lar jamg’armasining daromadlari: davlat mulki bo’lgan korxonalarni, xo’jalik jamiyatlarining ustav jamg’armalaridagi aktsiyalarni (ulushlarni), er uchastkalari va boshqa molmulkni realizatsiya qilish; ustav jamg’armalarida davlat ulushi bo’lgan xo’jalik jamiyatlarini tugatishdan tushgan tushumlar; qonun hujjatlariga muvofiq boshqa manbalar hisobidan shakllantiriladi.
O’zbekiston Respublikasi Bandlikka ko’maklashish davlat jamg’armasining daromadlari: belgilangan miqdordagi yagona ijtimoiy to’lov tushumlari; vaqtincha bo’sh turgan mablag’larni joylashtirishdan olingan daromadlar; qonun hujjatlariga muvofiq boshqa manbalar hisobidan shakllantiriladi.
O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Umumta’lim maktablari, kasb-hunar kollejlari, akademik litseylar va tibbiyot muassasalarini rekonstruktsiya qilish, mukammal ta’mirlash va jihozlash jamg’armasining daromadlari: 11 Umumta’lim maktablari, kasb-hunar kollejlari, akademik litseylar va tibbiyot muassasalarini rekonstruktsiya qilish, mukammal ta’mirlash va jihozlash jamg’armasiga majburiy ajratmalar; vaqtincha bo’sh turgan mablag’larni joylashtirishdan olingan daromadlar; qonun hujjatlariga muvofiq boshqa manbalar hisobidan shakllantiriladi. O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Sug’oriladigan erlarning meliorativ holatini yaxshilash jamg’armasi daromadlari: har yili tasdiqlanadigan O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Sug’oriladigan erlarning meliorativ holatini yaxshilash jamg’armasining asosiy parametrlari doirasida qishloq xo’jaligi tovar ishlab chiqaruvchilari tomonidan to’lanadigan yagona er solig’i bo’yicha tushumlarga muvofiq byudjetdan ajratiladigan mablag’lar; byudjetdan ajratiladigan maqsadli mablag’lar; qonun hujjatlariga muvofiq boshqa manbalar hisobidan shakllantiriladi. O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Oliy o’quv yurtlarining moddiy-texnika bazasini rivojlantirish jamg’armasi daromadlari: O’zbekiston Respublikasining respublika byudjeti mablag’lari; vaqtincha bo’sh turgan mablag’larni joylashtirishdan olingan daromadlar; qonun hujjatlariga muvofiq boshqa manbalar hisobidan shakllantiriladi. Ma’lumki, aholining kam ta’minlangan qatlamlaridan biri pensionerlardir. Pensiya ta’minotining ijtimoiy nuqtai nazardan muhimligi uning hozirgi kunda respublikamiz fuqarolarining iqtisodiy manfaatlariga bevosita bog’liqligi bilan belgilanadi. Ijtimoiy kafolatlarni moliyalashtirish va ziddiyatlarni hal qilishda hamda iqtisodiy muammolarni bartaraf etishda Pensiya jamg’armasi muhim ahamiyatga ega. Ijtimoiy yo’naltirilgan bozor iqtisodiyoti, eng avvalo, inson manfaatlarini ko’zlaydi. Butun islohotlar jarayonida respublikamizda aholining ijtimoiy muhofazasi va uni qo’llab-quvvatlash, inson huquqlari va erkinlik-larining 12 qonunchilik hamda huquqiy asoslarini shakllantirish hamda amalga oshirish masalalariga juda katta ahamiyat berildi. Davlat pensiya ta’minotining moliyaviy muammolari esa ko’p jihatdan Respublikamizning Pensiya jamg’armasi taraqqiyotiga bog’liq 1.2. Davlat maqsadli fondlarining vazifalari va turlari 1995 yildan boshlab davlat byudjetiga mablag’lardan foydalanishning maqsadli yo’naltirilganligi saqlangan holda davlat maqsadli byudjetdan tashqari fondlar jamlandi. Ushbu tartib barcha davlat mablag’larini hukumat fiskal organlari nazorati asosida jamlanishiga ko’mak beradi. Hozirgi vaqtda jamlangan byudjet tarkibiga 7 ta maqsadli fondlar kiradi:
• O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari davlat maqsadli Pensiya fondi;
• O’zbekiston Respublikasi mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi qoshidagi Aholini ish bilan ta’minlashga ko’maklashuvchi davlat fondi;
• O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Respublika yo’l fondi;
• O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi ta’lim va tibbiyot muassasalarini rekonstruktsiya qilish, kapital ta’mirlash va jihozlash fondi;
• O’zbekiston Respublikasi Davlat mulk qo’mitasining mahsus hisobraqami;
• O’zbekiston Respublikasi tiklanish va taraqqiyot fondi;
• O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi qoshidagi sug’oriladigan erlarning meliorativ holatini yaxshilash fondi. Davlat maqsadli fondlari haqida gap ketganda, shuni ta’kidlash lozimki, bu fondlar har doim ham davlatga tegishli bo’lmaydi, jamiyatning taraqqiyoti, ijtimoiy-iqtisodiy va ma’naviy ehtiyojlarni kengayishi jamiyat a’zolarining turli xil, kengayib borayotgan qiziqishlarini qondirishga maqsad qilib quyilgan nodavlat byudjetdan tashqari fondlarning rivojlanishiga to’rtki bo’ldi. 13 Jahon tajribasida davlatning maqsadli fondlarining juda ko’p turlari mavjud va bu ularni ikki katta guruhga ajratish mumkin: -ijtimoiy yo’naltirilgan fondlar (pensiya fondlari, majburiy tibbiy sug’urta fondlari, davlat bandlik fondlari, ijtimoiy sug’urta fondlari, aholini ijtimoiy qo’llab-quvvatlash umummilliy fondlari); -iqtisodiy yo’naltirilgan fondlar (o’z yo’nalishi va manbalariga ega).
Maqsadli fondlarning moliyaviy manbalarining asosiy qismi davlat tomonidan belgilanadigan majburiy badallar hisobiga shakllantiriladi Maqsadli fondlarni quyidagi xususiyatlar bo’yicha tasniflash mumkin (3- chizma): Tashkiliy usuliga ko’ra: - maqsadli fondlarni tashkil qilish uchun mahsus ajratilgan byudjet mablag’lari hisobidan; - o’z mablag’lari hisobidan. Shakllanish usuliga ko’ra: - Mahsus o’rnatilgan soliqlar va majburiy ajratmalar hisobiga; - Davlat byudjetidan assignatsiyalar; - Mahsus yoki ixtiyoriy zaymlarnichiqarish; - Qimmatli qog’ozlar emissiyasi va joylashtirilishi orqali. Amal qilish muddatiga ko’ra: - Doimiy, doimiy va uzoq muddatda faoliyat yurituvchi; - Vaqtinchalik, jamiyat rivojlanishining ma’lum bosqichida ijtimoiyiqtisodiy, siyosiy yoki ekologik vazifalarini bajarish uchun tashkil etilgan. Tegishlilik huquqi va mulkiy tegishliligiga ko’ra: - davlat; - davlatlararo; 14 - xalqaro. Maqsad va vazifalariga ko’ra: - ijtimoiy; - sug’urta; - iqtisodiy; - kredit; - ilmiy-tadqiqot; - investitsion; - ekologik; - siyosiy va boshqalar. Markazlashish darajasiga ko’ra: - markazlashgan; - markazlashmagan. Mablag’lar ishlatilishining maqsadli yo’naltirilishiga ko’ra davlat maqsadli fondlari ijtimoiy, iqtisodiy, ekologik va boshqa fondlarga ajratiladi. Ijtimoiy ahamiyatdagi fondlar davlat organlariga faol ijtimoiy siyosatni yuritishga ko’mak beradi.
Ushbu fondlarni shakllantirishda asosan sug’urta qilingan shaxslarning sug’urta badallaridan, tadbirkorlarning sug’urta badallaridan, subsidiyalar va davlatning foizsiz ssudalaridan foydalaniladi. O’zbekiston Respublikasida ijtimoiy fondlarga Pensiya Fondini, Bandlikka ko’maklashuvchi davlat fondini va boshqa nodavlat fondlarini (“Nuroniy”, “Mehr nuri”, “Sen yolg’iz emassan” fondlari) kiritish mumkin. Davlat ijtimoiy fondlari fuqarolarning pensiya olish, kasalligi, nogironligi, boquvchisini yo’qotganligi sababli, shuningdek, sog’liqni saqlash va tibbiy yordam olish, ishsizlikdan himoya qilinish uchun va boshqalar uchun ijtimoiy nafaqalarni olishdek konstitutsion huquqlarni ta’minlashga yo’naltirilgan. Iqtisodiy fondlar jamiyatning xo’jalik va ijtimoiy xayotining rivojlanishida davlat ta’siri 15 imkoniyatlarini kengaytiradi.
O’zbekiston Respublikasida iqtisodiy fondlarga Respublika Yo’l fondini, davlat mulk qumitasining mahsus hisob varag’ini va boshqa fondlarni kiritish mumkin Davlat byudjetida jamlangan byudjetdan tashqari fondlar davlat maqsadli fondlar hisoblanadi. 3-chizmada O’zbekiston Respublikasi byudjet tizimida jamlanadigan davlat maqsadli byudjetdan tashqari fondlar tarkibi keltirilgan. 2007 yildan boshlab davlat byudjeti parametrlarida alohida satr bilan
O’zbekiston Respublikasining tiklanish va taraqqiyot fondining daromadlari va xarajatlari ko’zda tutila boshlandi. Mazkur fond iqtisodiyotning etakchi, eng avvalo bazaviy tarmoqlarini modernizatsiyalash va texnikaviy qayta qurollantirish loyihalari amalga oshirilishini ta’minlash, mamlakatni muttasil, barqaror va mutanosib ravishda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga erishish, shuningdek samarali tarkibiy va investitsiyaviy siyosatni amalga oshirish maqsadida tuzilgan. Pensiya tizimi kasallik, keksalik, baxtsiz hodisa tufayli mehnat qilish qobiliyatini yo’qotish holatlarini oldini olishga qaratilgan ijtimoiy himoyadir. O’zbekiston Respublikasida aholining yuqori turmush darajasini ta’minlash va kuchli ijtimoiy siyosatni amalga oshirishga asoslangan demokratik jamiyat qurish kabi maqsadli vazifa qo’yilar ekan, bunda davlatning maqsadli jamg’armalaridan Pensiya jamg’armasining hozirgi faoliyati holatini hamda istiqboldagi rivojlanishi va taraqqiyotining o’ziga xos xususiyatlarini hisobga olishimiz talab etiladi. Mazkur sohani o’rganishga qaratilgan tadqiqot ishlarida ijtimoiy himoyaning turli shakllarini vujudga kelishi va rivojlanishi "ijtimoiy xavfxatar" tushunchasini e’tirof etish orqali belgilanadi.
Kishilarning ijtimoiy himoyalanmaganlik darajasini baholashda «ijtimoiy xavf-xatar» tushunchasidan foydalanish mumkin. «Ijtimoiy xavf-xatar»ning ehtimollik darajasi vujudga keladigan zararni qoplab, pensiya tizimining mazmuni va chegaralarini belgilaydi. Pensiya tizimining pirovard vazifasi inson ehtiyojini hamda uning keksalik chog’ida himoyalanishga bo’lgan talabini qondirishdir degan xulosa chiqarish imkonini beradi. Ish haqi jamiyatning ko’pchilik a’zolari uchun asosiy tirikchilik manbaiga aylanishi bilan ijtimoiy himoyasizlikning alohida turi, ya’ni ish haqidan mahrum bo’lish tufayli moddiy ta’minlanmaganlik xavfi vujudga keladi. Bu ijtimoiy xavf-xatar ommaviy bo’ladi, asosan ijtimoiy shart-sharoitlar bilan belgilanadigan va alohida kishiga bog’liq bo’lmagan ijtimoiy xarakter kasb etadi.
O’zbekiston Respublikasida davlatning maqsadli jamg’armalarini shakllantirishda ularning tashkil qilinishi bo’yicha jahon tajribasi o’rganildi, mamlakatdagi mavjud ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar e’tiborga olindi. Albatta, bunday uyg’unlashtirishga erishish natijasida ijtimoiy siyosatning samaradorligi va ta’sirchanligi ortdi. Davlatning maqsadli jamg’armalari tarkibida esa Pensiya jamg’armasining ahamiyatini alohida ta’kidlashimiz kerak. «Pensiya» kategoriya sifatida pul mablag’larining maqsadli fondlarini shakllantirish va keksalik chog’ida fonddan foydalanish shakl va usullari yig’indisini o’z ichiga oluvchi iqtisodiy 19 munosabatlar tizimini aks ettiradi.
Mehnatga qobiliyatsizlar va qariyalar muammosi hamma vaqt mavjud bo’lib kelgan. Industrial jamiyatgacha bo’lgan davrda mehnat taqsimoti kuchsiz bo’lganligi sababli, uning ahamiyati katta bo’lmagan. “Pensiya” kategoriya sifatida pul mablag’larining maqsadli fondlarini shakllantirish va keksalik chog’ida fonddan foydalanish shakl va usullari yig’indisini o’z ichiga oluvchi iqtisodiy munosabatlar tizimini aks ettiradi.
Davlat byudjeti daromadlari va xarajatlarini samarali boshqarishda, aholi turmush darajasini oshirishda, ishlab chiqarishni rag’batlantirishda bevosita Davlat byudjeti bilan birga byudjetdan tashqari Pensiya jamg’armasidan ham foydalanish. Byudjetdan tashqari maqsadli jamg’armalarning izchil faoliyati natijasida aholi kuchli ijtimoiy himoya qilinishi bilan birga, iqtisodiyotning boshqa tarmoqlarini ham rivojlantirilishi.
Pensiya tizimi kasallik, keksalik, baxtsiz hodisa tufayli mehnat qilish qobiliyatini yo’qotish holatlarini oldini olishga qaratilgan ijtimoiy himoyadir. Pensiya tizimi sug’urta asosida shakllantiriladigan va aholining ijtimoiy ehtiyojlarini qondirish va konstitutsion huquqlarini amalga oshirish uchun yo’naltiriladigan pul mablag’lari fondidan foydalanishga asoslanadi. Pensiya tizimiga xizmat qiluvchi pensiya fondlari uchun daromad manbalarining aniq belgilanganligi, mablag’larning qat’iy maqsadli ishlatilishi, mablag’larning shakllanishi va ishlatilish muddatlarining mos kelmasligi, mustaqil moliya-kredit tashkiloti va byudjetdan tashqari ekanligi hamda ijtimoiy sug’urtaning muhim elementi ekanligi kabi xususiyatlar xosdir. Ijtimoiy sug’urtaning majburiy shakllari bo’yicha sug’urta badallarini belgilash uchun quyi va yuqori chegarada chegaralangan, yo’qotilgan ish haqini kompensatsiyalash darajasi asos bo’lib xizmat qiladi. Sug’urta badallarini shakllantirish uchun moliyalashtirishning me’yoriy tartibi qo’llaniladi.
Sug’urta badallari miqdori ish haqi fondiga tarif sifatida belgilanadi. Sug’urta badallarini hisoblash ish haqidan amalga oshiriladi, uning darajasi qonun bilan belgilab qo’yiladi, bu chegaradan oshadigan ish haqidan sug’urta badallari olinmaydi. Belgilangan miqdordagi to’lovlar bo’yicha tarif, 20 shuningdek soliq solinadigan ish haqi darajasi ijtimoiy sug’urtaga xarajatlar miqdorini belgilaydi. To’lovlarni olishga qat’iy ishonch ishlovchini mehnat unumdorligini oshirishga intilishini susaytiradi, degan g’oyalar asosli emas. Ishlovchilarning pensiya jamg’armasiga to’lovlari, iqtisodiy nuqtai nazardan ularning ish haqining bir qismidir. U kishi kuchining qiymatiga kiradi, ammo to’lovlar institutsional muayyan kechiktirilgan muhlatda amalga oshiriladi.
Bu ishlovchilarning pensiya jamg’armasiga qo’ygan va qaytarilishi lozim bo’lgan o’ziga xos maqsadli ulushi, omonatidir. Majburiy to’lovlar, badallar va boshqa to’lovlarni o’tkazish Jamg’arma daromadlarining belgilangan tasniflariga muvofiq tushumlarning har bir turi bo’yicha Jamg’armaning banklardagi tegishli hisob raqamlari bo’yicha amalga oshiriladi.
Xulosa:
O’zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo’mitasi va davlat soliq xizmatining hududiy organlari6 : manbalar turlari bo’yicha Jamg’armaga majburiy to’lovlar, badallar va boshqa to’lovlarning to’g’ri hisoblanishi, to’liqligi va o’z vaqtida to’lanishi nazorat qilinishini; manbalar turlari va to’lovchilar bo’yicha Jamg’armaga majburiy to’lovlar, badallar va boshqa to’lovlar hisobi yuritilishini; yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan Jamg’armaga majburiy to’lovlar, badallar va boshqa to’lovlar to’g’ri hisoblanishini, shuningdek Jamg’arma bilan o’zaro hisob-kitoblarning holati tekshirilishini; qonun hujjatlariga muvofiq majburiy to’lovlar, badallar va boshqa to’lovlarni hisoblash tartibi va to’lash muddatlari buzilganligi uchun yuridik va jismoniy shaxslarga nisbatan moliyaviy va ma’muriy javobgarlik choralari qo’llanilishini;
6 O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010 yil 19 fevraldagi “O’zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamg’armasi to’g’risida”gi Nizomi 21 badallarning shaxslar bo’yicha hisobini amalga oshirish va mehnat daftarchalarini yuritish uchun har chorakda Jamg’armaga yuridik shaxs bo’lmasdan tadbirkorlik faoliyati bilan shug’ullanadigan shaxslar va dehqon xo’jaliklari a’zolari tomonidan to’langan badallarning miqdorlari to’g’risidagi ma’lumotlar taqdim etilishini ta’minlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |