fanining o‘ziga hos metodologiyasi esa qanday?
Tizimlar nazariyasi va tizimli tahlil - avvalam bor, ilmiy-
metodologik fandir. Bu fan ob’ekt, xodisa va jarayonlarni yahlit
holatda o‘rganish maqsadida turli usullarni o‘zida qamrab oladi. Bu
usullar majmuasi birorbir murakkab ob’ekt, xodisa yoki jarayonning
husususiyatlari, tarkibiy qismlari va funksiyalarini o‘rganib olishga
imkon beradi. Natijada o‘sha ob’ekt, xodisa yoki jarayon tizim
ko‘rinishiga keltirilib, o‘ning ichki elementlari orasidagi
munosabatlari, uning tashqi muhit bilan munosabati,
elementlarining muayyan tuzilma asosida bog‘liqligi va muayan
maqsad sari intilishi tushuntirib beriladi. Tizimli tahlil usuli har
qanday maqsad sari intiluvchi ob’ekt, xodisa yoki jarayonni yahlit
holatda ko‘rishni majburlaydi. Tizimli tahlilda ob’ekt va xodisalarni
yahlit holatda ko‘rish hususiy holatda ko‘rishdan ustun turadi.
Demak, tizimli tahlilda fikr soddalikdan murakkablikga emas,
balki murakkablikdan soddalikka, yahlitlikdan tarkibiylikka,
tizimdan elementlar sari qarab yuradi.
Demak, muayyan murakkab ob’ekt, xodisa yoki jarayonni tizimli
tahlil qilish deganda, uni yahlit holatda, ya’ni tizim sifatida
namoyon qilib, hususiyatlarini o‘rganish tushuniladi. Bunda
tizimning holati va hususiyatlarini o‘rganiladi va buning natijasida
uning o‘z ideal holatidan og‘ishganligi sabablari aniqlanadi. So‘ng,
o‘sha sabablarni bartaraf etish bo‘yicha chora-tadbirlar
ko‘rinishidagi yechimlar tavsiya etiladi.
Tizimli tahlil intuitiv qaror qabul qilishlarda qo‘llanilmaydi va
ko‘pincha muammoni har-tomonlama o‘rganish, hisob-kitoblarni
amalga oshirish va modellashtirish yordamida qarorlar qabul qilish
jarayonlarida qo‘llaniladi. Tizim qanchalik katta va murakkab bo‘lsa,
tizimli tahlil shunchalik muhim va kerakli tadqiqot instrumenti
bo‘ladi.
Ob’ekt, xodisa yoki jarayonlarning tizimli tadqiq qilish
ko‘pholatlarda tuzilmaviy va funksional tadqiqotlar ko‘rinishida
amalga oshiriladi, ya’ni har qanday tizim ichkaridan yoki
tashqaridan o‘rganiladi. Agar tizim tashqaridan o‘rganilsa,
tizimning tashqi muhit bilan o‘zaro aloqasi yoki tizimning
funksiyalari ko‘rib chiqiladi, ya’ni bu erda funksional yondashuv
qo‘llaniladi. Tizimning funksiyasi nima deganda uning nima uchun
kerakligi tushuniladi.
Funksional yondashuvda tizim harakatining maqsadi aniqlanadi
va shu maqsadga erishishda tizim hususiyatlaridan qanday
foydalanilishi ko‘rsatiladi. Qisqacha qilib aytganda “Tizim maqsadi
nima va unga erishish uchun nima qilish kerak?” degan savolga
javob izlanadi.
Agar tizim ichkaridan o‘rganilsa, tizimning tuzilmasi, tarkibiy
qismlari va ular orasidagi o‘zaro aloqalar ko‘rib chiqiladi, ya’ni bu –
tuzilmaviy yondashuvni qo‘llash jarayonidir. Funksiyalardan holi
tuzilma yo‘q bo‘lganligi kabi, tuzilmadan holi funksiyalar ham
bo‘lmaydi, ya’ni ikkalasi bir-biri bilan doimo uzviy bog‘liq bo‘ladi va
ularni ajratib bo‘lmaydi. Tuzilmaviy yondashuv tizimning qanday
tuzilganligi, qanday qismlardan tarkib topganligi va ular qanday
bog‘liqligini o‘rganishda qo‘llaniladi. Tuzilmaviy yondashuv ikkita
bosqichdan iborat bo‘ladi: boshida tizimning barcha muhim qismlari
aniqlanadi va ular elementlar sifatida namoyon qilinadi; keyin
Do'stlaringiz bilan baham: |