Uchinchidan: Balandparvoz iboralar yigindisidan tashkil topgan «vataniarvarlik» partiya hujjatlarida nazariy jihatdan asoslanib, «sovet jamiyatining otgan davr ichida qolga kiritilgan asosiy yutugi bu yagona sovet xalqlarining shakllantirishdir!» deb, xalq maorifi xodimlari oldiga, jumladin tarix oqituvchilariga yosh avlodni alohida olingan ma'lum bir xalq, millatning milliy va ma'naviy an'analari ruhida emas, xayolan «shakllaigan» sovet xalqi vatanpavarligi ruhida tarbiyalashni singdnrishga undar edi. Shunday ekan, bugungi kun tarix fani oqituvchisi tarix ta'lnmini targib etishda ayrim tarixiy shior va chaqiriqlarning ma'lum tarixiy davr, tarixiy sharoit va uning manfaatidan kelib chiqqan bolishi sabab va mohiyatlarini ham tarix oqitish metodikasidagi eng asosiy talab va tushuncha yonalishidan kelib chiqib unga mutlaq rioya etish lozim.
Masalan, oqituvchi «1941 - 45 - yillarda Ozbekiston» mavzusini otar ekap, fanlararo aloqa metodidan foydalanib, oquvchilar e'tiborini G.Gulomning urush yillarida umumxalq shioriga aylangan «buyuk Vatanning buyuk farzandi, bilib qoyki seni Vatan kutadi» degan chaqirigiga jalb etadi.Bu shior sozsiz oz davrining jangovar chaqirigi yozuvchining fuqarolik burchini vijdonan ado etishdagi oliy mezon edi. Boshqacha qilib aytganda, sovet yozuvchisi ustqurmaning faol elementi sifatida oz bazisiga sodiq xizmat qilishi kerak edi. Boshqacha bolishi mumkin ham emas edi. Lekin osha suronli 40 yillarda «Buyuk Vatan» tushunchasiga ega ozini azaliy orzusi oz mustaqilligiga erishgan xalq ozbeklarga bugungi kunda qanday munosabatda bolishimiz kerak? Shu chaqiriq osha davrdagi «Vatan» tushunchasi bugungi kunda ham oz mohiyatini saqlab turibdimi? Buning uchun dars jarayonida 4) faqatgina darslik materiali bilan kifoyalanib qolmasdan, mavzuga dior qoshimcha adabiyotlar, turli metodik vositalardan, jumladan ekran qollanmalari, magnitofon yozuvlari, teledarslar, mavzuning mazmuniga qarab muzey darslari yoki seminar darslaridan maqsadga muvofiq foydalanmogi kerak.
Xulosa
Bugungi kunda mamlakatimizning bozor iqtisodiga otishi munosabati bilan oquvchilarni oqishga qiziqishlari borasida turlicha yondashish, qiziqishlarini bir xil emasliklari yaqqol kozga tashlanmoqda. Ularni orab turgan ijtimoiy muhit oquvchi yoshlarimiz dunyoqarashlarida oz tamgalarini qoldirmoqda. Bunday sharoitda tarix oqituvchisining vazifasi sinfda mavjud bolgan barcha oquvchilar diqqat etiborlarini ularga nisbatan diferensiatsiya usulini qollab, bir vaqtda ularning hammalari uchun maqbul bolgan tarixiy materilni bayon qilish bilan, ikkinchi tomondan har bir oquvchining qiziqishlarini hisobga olgan holda unga individual yondashmoqqa harakat qilmogi kerak.
Dars jaryonida oquvchilar faoliyatiga differensial yondashuv qanday nazoratetilsa, ularning uy vazifalarini bajarishlarini nazorat etish ham shunday amalga oshirib borilmogi kerak.
Shuni aloxida takidlab otish lozimki, tarix darsining mazmuni mustaqil Ozbekiston Respublikasining yoshlar orasida olib boriladigan mafkuraviy ishlar vaznfalariga mos kelishi, tarix organishning turmush bilan aloqasini boglanganligida, Ozbekiston kelajagi buyuk davlat bolishini nazariy va amaliy ishlar bilan boglab olib borishga yonaltirilgan bolmogi kerak.
Tarix darslar oquvchi yoshlarda shunday qat'iy tushunchani mustahkam shakllantirmogi kerakki, Prezidentimiz I.A.Karimovning Ozbekiston Respublikasi Oliy Kengashi XV sessiyasida alohida qayd etib otganidek, «Kelajak oz ozidan kelmaydi. U bugungi mashaqqatli mehnat bilan yaratiladi. Bugun yaratgan ishlarimiz kelajakka ham otadi. Agar bugun shoshilib nimanidir unutsak, kelajak avlodlar osha narsadan mahrum boladilar. Jamiyat madaniyatsiz, ma'naviy axloqiy qadriyatlarsiz yashay olmaydi. Ularni pisand qilmagan jamiyat pirovardi oqibatda tanazzulga yuz tutadi» degan konsepsiya bilan yogrilgan bolmogi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |