Reja: Daromad va xarajatlarni rejalashtirish



Download 429 Kb.
bet21/26
Sana14.07.2022
Hajmi429 Kb.
#798042
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   26
Bog'liq
Bozor va sotuvni tadqiq qilish

Bozorni segmentlash bir tomondan korxonaning marketing faoliyati yo‘naltirilgan bozor qismi va ob’ektlarini aniqlashni, ikkinchi tomondan bozorda qarorlar qabul qilish jarayoniga boshqaruv yondashuvini, marketing elementlarini to‘g‘ri tanlashga asos yaratishni ifodalaydi. Boshqacha qilib aytganda bozorni segmentlash – bu bozorni ko‘rsatkichlari va u yoki bu faoliyat turiga (reklama, sotish kanallari va usullari) reaksiyasi bo‘yicha bir-biridan farq qiluvchi qismlarga ajratishdir.
Segmentlash ob’ekti birinchi navbatda iste’molchilardir. Alohida tarzda ajratib olingan va umumiy tamoyillarga ega bo‘lgan holda ular bozor segmentini tashkil etadi. Segmentlar soni ko‘p bo‘lganda ularning har biri talablariga moslashish juda qimmatga tushishi mumkin. Shu sababli shaxsiy foydalanish tovarlariga nisbatan doimo yirik segmentlarni belgilash lozim.
Segmentlashda tovar o‘z xaridorini topishi lozim. Bozorning tuzilmasini tadqiq etish bunga eng kam xarajatlar bilan erishi imkoniyatini beradi. Bunda bozor kon’yunkturasini bilish ham muhim bo‘lib, u mazkur tovar turiga talab va taklif o‘rtasidagi munosabat hamda narx darajasi va ular o‘rtasidagi munosabat bilan tavsiflanadi. Bozor kon’yunkturasini o‘rganishdan asosiy maqsad sanoat va savdo faoliyati bozor holatiga qanchalik ta’sir ko‘rsatishi, uning kelajakdagi rivojlanishi hamda aholining tovarlarga bo‘lgan talablarini to‘laroq qondirish uchun nimalar qilish kerakligini aniqlash hisoblanadi.
Iste’molchilarni tadqiq qilish iste’molchilarni tovarni tanlashga undovchi omillar majmuini (daromad, ijtimoiy holat, yosh tuzilmasi, ma’lumoti va hokazo) aniqlash va o‘rganishga imkon beradi. YAkka tartibda iste’molchilar, oilalar, uy xo‘jaliklari hamda iste’molchi tashkilotlar bu erda ob’ekt vazifasini bajaradi. Tadqiqot predmeti iste’molchilarning bozordagi xulq-atvori va uni belgilab beruvchi omillar hisoblanadi. Iste’mol tuzilmasi, tovarlar bilan ta’minlanganlik, iste’mol talabi tendensiyalari o‘rganiladi.
Marketing uchun tovarni xarid qilish psixologiyasi va ehtiyojlarni ushbu tovar bilan qondirish mexanizmini aniqlash katta ahamiyatga ega. Faqat shundagina mahsulot ko‘p sotilishiga umid qilish mumkin. Taklif etiluvchi mahsulot avvalo, iste’molchi uchun foydali bo‘lishi, undan keyingina ishlab chiqaruvchining o‘ziga yoqishi lozim.
Raqobatchilarni o‘rganishdan asosiy maqsad bozorda raqobatli afzallikka ega bo‘lish, kutilajak raqiblar bilan hamkorlik qilish uchun zarur ma’lumotlarni olishdan iborat. SHu maqsadda raqobatchilarning kuchli va zaif tomonlari tahlil qilinib, ularning bozordagi ulushi, iste’molchilarning raqobatchilar marketing vositalariga (tovarni takomillashtirish, tovar markalari, reklama kompaniyalari, servisni rivojlantirish) reaksiyasi o‘rganiladi. Raqobatchilarning moddiy, moliyaviy va mehnat salohiyati, mehnat faoliyatini boshqarishni tashkil qilishi o‘rganiladi. Bunday tadqiqotlar natijasida bozorda raqobatchilarga nisbatan qulay holatga erishish uchun imkoniyat va yo‘l tanlash, taklif etilayotgan tovarlarning narx va sifat bo‘yicha ustunligini ta’minlash strategiyasini aniqlash mumkin bo‘ladi.

Ishlab chiqarish rejasi tarkibi va ko‘rsatkichlar tizimi


Mahsulotni ishlab chiqarish rejasi biznes-rejaning muhim bo‘limi bo‘lib, odatda ishlab chiqarish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi korxona tomonidan ishlab chiqiladi. Ushbu bo‘limda korxonaning ishlab chiqarish strategiyasi aks ettirilib, ishlab chiqarish jarayoni texnologik va tashkiliy nuqtai nazardan batafsil bayon qilinadi. Ishlab chiqarish rejasining asosiy vazifasi korxonaning belgilangan muddatda kerakli mahsulotni kerakli miqdorda ishlab chiqarish imkoniyatlarini asoslab berishdan iborat.
Ishlab chiqarish rejasi bo‘limi quyidagi tuzilmaga ega bo‘lishi mumkin5:

  • ishlab chiqarish texnologiyasi;

  • ishlab chiqarish kooperatsiyasi;

  • ishlab chiqarish jarayoni nazorati;

  • atrof muhit muhofazasi tizimi;

  • ishlab chiqarish dasturi;

  • ishlab chiqarish rejasining ishlab chiqarish quvvatlari bilan asoslanishi;

  • ishlab chiqarish rejasining resurslar bilan ta’minlanganligi.

  • xarajatlar bashorati.


Download 429 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   26




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish