Ishlab chiqarish vositalari va resurslar bozori — ishlab chiqarish uchun zarur bo`lgan narsalar bozori. Bu bozorda ulgurji savdo-sotiq yuz beradi. Mazkur bozor savdo firmalari, savdo uylari, birjalar faoliyatida, er va boshqa ko`chmas mulk savdosida namoyon bo`ladi. Bunday bozorda resursga talabgorlar resurs etkazuvchilar bilan koitrakt-shartnomalar asosida aloqa qiladilar. Resurs bozorining bosh bo`g`ini tovar birjasi hisoblanadi.
Tovar birjasi ulgurji savdo bilan shugullanuvchi tijorat korxonasidir.
Birjadagi savdo-sotiq opsratsiyalari quyidagi belgilarga ega: a) birjada tovarlarni etkazib berish haqida bitim tuzishib, ularning pulini to`lash birjadan tashqarida yuz beradi; b) birjada sotiladigan tovarlarning o`zi emas, ularning namunasi va naqdligini tasdiqlovchi xujjat qo`yiladi; v) birjada hali yo`q tovarlarni sotish haqida ham bitim tuzidadi, bu qishloq xo`jaligi mahsulotlariga taalluqlidir. Bo`lg`usi hosil yuzasidan savdo bitimi ilgariroq tuzilib, tovarni etkazib bsrish hosil yig`ilganidan keyii yuz beradi; g) birja uyushgan bozor bo`lib, bu erdagi savdo-sotiq operatsiyalari belgilangan tartibda o`tkaziladi. Universal birjalar har xil mollar bilan savdo qilsa, ixtisoslashgan birjalar ayrim tovarlarni (don, paxta, metall va hokazo) sotadi.
3.
Do'stlaringiz bilan baham: |