Reja: Bolalarda fonetik-fonematik nutq rivojlanmaganligini bartaraf etish


Korreksion ishning III davrida olib boriladigan logopedik ishlar mazmuni



Download 22,6 Kb.
bet9/10
Sana09.02.2022
Hajmi22,6 Kb.
#439009
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Fonetik fonematik

Korreksion ishning III davrida olib boriladigan logopedik ishlar mazmuni
Korreksion ta’limning uchinchi davrini asosiy vazifalari quyidagilar:

  • nutqqa qo‘yilgan barcha tovushlarni mustahkamlash;

  • tovush analizi malakalarini mustahkamlash;

  • nutqning leksik grammatik tomonini takomillashtirish.

Korreksion ta’limning so‘nggi davrining maqsadi nutqiy muloqot sharoitida fonematik idrok va to‘g‘ri tovush talaffuzi ko‘nikmalarini mustahkamlashdir. Bu ishda mustaqil nutqda faqatgina tovushlarni to‘g‘ri talaffuzini shakllantiribgina qolmay, balki bolalarning lug‘atini boyitish, nutqining grammatik tuzilishini takomillashtirish, nutqning tempi va melodikintatsion tomonini rivojlantirish, takomillashtirishga oid mashg‘ulotlar ham muhim ahamiyat kasb etadi.
Korreksion ta’limning uchinchi davrida bolalarda tovush analizi malakalarini shakllantirishga oid korreksion ishlar davom ettiriladi. Bunda ish harakatning quyidagi algoritmidan foydalaniladi: so‘zdagi tovushlarni baland ovozda takrorlab, to‘g‘ri talaffuz qilish; so‘zdagi har bir tovushni eshitish va uni qo‘shni tovushdan ajrata bilish; so‘zdagi tovushlarni navbat bilan aytish, fiksatsiya yo‘li bilan so‘zlardagi tovushlarning soni va ketma- ketligini aniqlash.
So‘zning tovush tarkibiga oid analiz ishlari har bir bolaga individual yondoshilgan holda olib boriladi.
Logopedik mashg‘ulotlarda alohida operatsiyalarni bajarish bilan birga nutqiy materialning analiz va sintezi bilan bog‘liq hamma aqliy ish harakatlar tizimi qayta ishlanadi.
Bolalarda bajarilgan ish harakatlar algoritmining asta sekin shakllantirib va mustahkamlab borib, avval logoped rahbarligida so‘ngra bolaning o‘zini so‘z, bo‘g‘in, tovushning analiz- sintez qila olishini mustaqil nazorat qilishga va o‘z ishini baholashga o‘rgatiladi.
Korreksion ta’limning muhim vazifalaridan biri oppozitsion va to‘g‘ri talaffuziga erishilgan tovushlar differensiatsiyasiga oid mashg‘ulotlar hisoblanadi. Ushbu mashg‘ulotlarda artikulyatsion va akustik belgilari jihatidan o‘xshash tovushlar differensiatsiyasiga oid turli usullar qo‘llaniladi. Mashg‘ulotlarda bolalar diqqati, xotira, tafakkur operatsiyalari (analiz, sintez, solishtirish, umumlashtirish), nazorat va o‘zo‘zini nazorat qilish, mustaqillikni rivojlantiruvchi ishlar olib boriladi.
Tarbiyachi bilan olib boriladigan mashg‘ulotlarda bolalarning atrofdagi predmetlar va hodisalar haqidagi tasavvurlar hosil qilish va ularni bir tizimga solish, tabiiy va ijtimoiy hodisalar bilan tanishtirish bilan bir vaqtda bolalarning lug‘at boyligi kengaytiriladi, so‘zlashuv va xikoya nutqi rivojlantiriladi.
Shunday qilib, bolalar nutqi turli yo‘llar bilan rivojlantirib boriladi, lekin bir maqsadni- ta’lim va tarbiya berish jarayonida bolalarning nutqiy taraqqiyotidan kamchiliklarni yo‘qotish va uni maktabda ko‘nikma va malakalar olishga tayyorlashni ko‘zda tutadi. Ishni tashkil etish
Maxsus guruhlarda logopedning xujjatlari. Logopedik ish jarayonining to‘g‘ri tashkil etilganligi maqsadi nutq kamchiliklarini to‘g‘rilashdan iborat bo‘lgan tuzatish ishining sifati bilan belgilanadi.
Ishni to‘g‘ri tashkil etishda quyidagilar ko‘zda tutiladi: bolalarni o‘z vaqtida tekshirish, mashg‘ulotlar jadvalini to‘g‘ri tuzish, har bir bola bilan olib boriladigan individual ishni umumiy rejaga muvofiq rajalashtirish, frontal mashg‘ulotlarni olib borishda ularni zarur jihozlar, ko‘rgazmali qurollar bilan jihozlanishi va guruh tarbiyachisi bilan logopedning birgalikdagi ishlari.

Download 22,6 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish