8-mavzu:Nutq nuqsoniga ega bolalar diqqati xususiyatlari
Reja:
1. Diqqat haqida umumiy tushuncha.
2. Diqqatning rivojlanishi.
3. Nutqida kamchiligi bo’lgan bolalar diqqatining o’ziga xosligi.
Tayanch tushunchalar:
Birlamchi va ikkilamchi
nuqsonlilik nazariyasi nutq
nuqsonliliklarining kelib chiqish omillari,nutq nuqsonliliiklarining paydo bo’lish
xarakteristikasi,dizontogenezning rivojlanish nazariyasi,ruhiy rivojlanish holatlari
Asosiy adabiyotlar:
1. Muminova L.R., Ayupova M.Yu. Logopediya. –T.: O’qituvchi, 1993.
2. Ayupova M.Yu. Logopediya. –T.: O’zbekiston faylasuflar milliy jamiyati.
2007.
3. Muminova L.R., Amirsaidova SH., Abidova N va boshq. Maxsus
psixologiya. –T.: O’zbekiston faylasuflari milliy jamiyati, 2013.
Qo’shimcha adabiyotlar:
1. Mirziyoev SH.M. Tanqidiy tahlil, qat’iy tartib-intizom va
shaxsiy
javobgarlik har bir rahbar faoliyatining kundalik qoidasi bo’lishi kerak.
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016 yil yakunlari va 2017
yil istiqbollariga bag’ishlangan majlisidagi nutq // Xalq so’zi. 2017 yil 16
yanvar, № 11.
2. Mirziyoev SH.M. Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan
birga quramiz. –T.: O’zbekiston, 2017.
3. Mirziyoev SH.M. Erkin va farovon, demokratik O’zbekiston davlatini
birgalikda barpo etamiz. –T.: O’zbekiston, 2016.
4. 2017-2021 yillarda O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning
beshta ustuvor yo’nalishi bo’yicha Harakatlar strategiyasi.
1. Diqqat haqida umumiy tushuncha
Diqqat – ayrim predmet va hodisalarning bir vaqtda boshqalardan chetga olishda eng
yaxshi aksini ta’minlovchi inson ruhiy faoliyatining xususiyati.
Diqqatning asosiy vazifalari:
- ayni vaqtda psixologik va fiziologik jarayonlar kerakligini faollashtirish va
okeraksizini to’xtatish;
- ehtiyojlariga ko’ra kelib tushayotgan ma’lumotni tashkiliy va maqsadli tanlab olishga
yordam berish;
- bir xil ob’ekt yoki faoliyat turlarida psixik faoliyatning tanlanuvchi va uzoq bir yerga
to’planishini ta’minlash.
Inson diqqati besh xil asosiy xossalarga ega: turg’unlik, to’planganlik, yo’naltirish,
taqsimlash va ko’lamlilik.
1. Diqqatning turg’unligi ma’lum bir ob’ekt, faoliyat predmetiga chalg’imasdan uzoq
vaqt ichida qarash xususiyatida namoyon bo’ladi.
2. Diqqatning to’planganligi (qarama-qarshi xislat parishonlik) bir xil ob’ektlarga
diqqatini qaratish va boshqalaridan ongida mavjud bo’lgan farqlarda namoyon bo’ladi.
3. Diqqatning yo’naltirilishi, qaratilishi uni bir ob’ektdan
boshqasiga, bir faoliyat
turdan o’zga turga ko’chirilishi sifatida tushuniladi. Diqqatning yo’naltirilishi
funksional ravishda ikki xil turli yo’nalishdagi jarayon bilan bog’liq:
diqqatning
qaratilishi va bo’linishi.
4. Diqqatni taqsimlash uni yetarli bo’shliqqa sochish (tarqatish), parallel ravishda bir
necha faoliyat turini bajarish qobiliyatidan iborat.
5. Diqqat ko’lamliligi odamning yuqori diqqatligida (ongida), bir vaqtda saqlanishga
qobiliyatli ma’lumotning miqdori bilan aniqlanadi. Ma’lum belgilarga bo’lish mumkin
bo’lgan ko’pgina diqqat turlari mavjud:
1. Predmet, faoliyat materialiga ko’ra:
- sensor-perseptiv;
- intellektual;
- harakatlantiruvchi;
2. Yo’nalganligiga ko’ra:
- tashqi;
- ichki.
3. Aks ettirilgan (ta’sir qilingan) bog’liqlik va munosabatlar xususiyatiga ko’ra:
- emperik;
- nazariy.
4. Yetaklovchi analizatorga ko’ra:
- qarash;
- eshitish;
- kinestetik.
Bevosita diqqat xech narsa bilan boshqarilmaydi. Inson qiziqishlari va ehtiyojlariga
to’g’ri keladigan ob’ektga qaratilgan diqqat bundan mustasno. Namoyon bo’ladigan
diqqat –
maxsus vositalar yordamida, masalan imo- ishoralar, so’zlar, ko’rsatish
belgilari bilan boshqariladi. Ixtiyorsiz diqqat-iroda ishtiroki bilan bog’liq emas.
Ixtiyoriy diqqat – iroda orqali boshqarilishini o’z ichiga oladi.
Xissiy diqqat - hissiyot va sezish a’zolari tanlanuvchi ishi bilan bog’liq.