Reja: "Boburnoma" asari haqida umumiy tushuncha



Download 40,97 Kb.
bet1/4
Sana15.06.2022
Hajmi40,97 Kb.
#673267
  1   2   3   4
Bog'liq
Boburnoma


Mavzu: Zahiriddin Muhammad Boburning “Boburnoma” asari
Reja:
1. “Boburnoma” asari haqida umumiy tushuncha
2. Zahiriddin Muhammad Boburning “Boburnoma” asari mazmun mohiyati
3. Zahirddin Muhammad Boburning “Boburnoma” asarining tarixiy va ilmiy ahamiyati

Kirish
Dunyo adabiyotshunosligida ming yil, bir necha yuz yillar davomida qadr-qimmati yuksak boʻlib kelayotgan asarlar bor. Aynan shunday buyuk asarlar orasida ayniqsa Zahiriddin Muhammad Boburning “Boburnoma” asari alohida ahamiyat kasb etadi. Ushbu asar Boburning butun hayoti davomida ko`rgan-kechirganlarini ro`y-rost tasvirlagani bilan boshqa asarlardan ajralib turadi. Madaniyat va ma’naviyat tariximizda XV asr - XVI asrning birinchi yarmi o`lmas asarlarga g`oyat boyligi, bu davrda xalqimiz insoniyatga ko`pgina ilm va adabiyot daholarini yetkazib bergani bilan alohida e`tiborga loyiq. Xususan, Xuroson va Movaraunnahrda yuzlab shoir-u adib, muarrix va bastakor, san`at ahli barakali ijod qildi. Forsiy va turkiy tillarda yaratilgan durdona asarlardan ham forsiyzabon, ham turkiyzabon kitobxonlar birdek ma’naviy oziq oldilar. Har ikki tilda yaratilgan badiiy, tarixiy asarlar mazmunan bir-birini boyitdi. Bobur ushbu asarida davlat arbobi va tarixchi, ajoyib shoir va harbiy sarkarda, geografik olim va ovchi sifatida gavdalanadi. Eski o`zbek tilida yozilgan ushbu asar mohiyati va mundarijasi jihatidan Gerodot asari kabi o`ziga xos bir insoniy xujjatdir. Bundan tashqari, “Boburnoma” muallifning o`zi ishtirok qilgan, yoki eshitgan tarixiy voqealarni o`ta halollik bilan aks ettiruvchi bebaho yilnoma hamdir. Boburni esa huddi mana shu sifati jihatidan jahonda»tarix otasi hisoblanmish Gerodotga qiyoslanadi. Zahiriddin Muhammad Boburning “Boburnoma” voqeiy-ilmiy-sarguzasht asari mumtoz adabiyotimizning eng nodir nasriy namunasi sifatida hayotni haqqoniy aks ettirgani, o`ziga xos uslubi bilan alohida qadrli. Navoiy nasriy asarlaridan so`ng “Boburnoma” turkiy tilda yaratilgan badiiy, ilmiy nasr javohiri sifatida bugungi kunda dunyodagi yuzlab yirik fan tadqiqotchilari diqqatini o`ziga tortib kelmoqda. “Boburnoma”ning XVI asrdayoq adabiyotchilar, tarixchilar, umuman, ilm ahli e`tiboriga sazovor bo`lgani ma`lum. Ushbu qomusiy asar hozirgacha dunyoning o`ttizga yaqin tiliga tarjima bo`lgan. Yaratilgan davrida forsiyga, XVII asrda golland tiliga, keyinchalik ingliz, fransuz, nemis, ispan, xitoy, hind, yapon, turk, rus, qozoq va boshqa tillarga o`girilgan. Boburnoma- jahon adabiyoti va manbashunosligidagi muhim va noyob yodgorlik, o`zbek adabiyotida dastlabki nasriy memuar va tarixiy-ilmiy asar. Bu asar “Boburiya”, “Voqeoti Bobur”, “Voqeanoma”, “Tuzuki Boburiy”, “Tabaqoti Boburiy”, “Tavorixi Boburiy” kabi nomlar bilan ham ma`lum. Boburning o`zi esa “Vaqoye”va “Tarix” degan nomlarni ishlatgan. Boburnomada Osiyo, Afg`oniston va Hindistonda sodir bo`lgan tarixiy-siyosiy voqealar yilma-yil o`ta aniqlik bilan bayon qilingan bo`lib, ular muallif hayoti va siyosiy faoliyati bilan bevosita bog`liqliqdir.

BOBURNOMA” ASARI HAQIDA UMUMIY TUSHUNCHA


“Boburnoma” – adabiy va tarixiy ahamiyatga molik asar. Unda oʻz davridagi koʻplab kishilarning turli vaziyatlardagi kechinmalari, Osiyoning koʻplab togʻlari, daryolari, oʻrmon va choʻllari, iqlimi, aholisi, ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy ahvoli haqidagi maʼlumotlar jamlangan. “Boburnoma” – oʻzbek nasrining goʻzal namunasi. Ungacha Yusuf xos Hojibning “Qutadgʻu bilig” asari muqaddimasida, Rabgʻuziy ijodida nasr namunalari uchrar edi. Alisher Navoiy uni yuqori pogʻonaga olib chiqdi. Biroq “Boburnoma” bu borada oʻzbek nasrining oʻziga xos kashfiyoti sifatida yuz koʻrsatdi. Asarda tarixning Bobur yashab oʻtgan davri voqelari ifodalangan. Bu voqealar Andijon, Samarqand, Xoʻjand, Hirotdan boshlab Kobul va Agragacha boʻlgan qamrovga ega. Yaʼni unda Oʻrta Osiyodan boshlab Hindistongacha boʻlgan masofadagi deyarli 50 yillik voqealar haqqoniy ifoda va bahosini topgan. “Boburnoma”dagi voqealar bayoni aniq, ixcham va loʻnda, taʼsirchan, eng muhimi, hayotiy haqiqatga mos va muvofiqligi bilan eʼtiborlidir. Muallif voqealar bayonida tabiat tasviriga, ayrim joylar tavsifiga, alohida kishilarning taʼriflariga jiddiy ahamiyat beradi. Asarda oʻsha davr kishilarining haqqoniy, realistik tasviri berilgan. Bu narsa Boburning bergan maʼlumotlaridagi ishonchlilikni taʼminlagan. Asar bilan yaxshi tanishish Bobur xarakterini, undagi fazilatlar manbalarni aniqlashga imkon beradi. Bobur oʻz otasi haqida shunday yozadi: “hanafiy mazhabliq, pokiza eʼtiqodliq kishi edi… Ravon savodi bor edi. “Xamsatayn” va masnaviy kitoblarni va tarixlarni oʻqub edi. Aksar “Shohnoma” oʻqur edi. Tabʼi nazmi bor edi, vale sheʼrga parvo qilmas edi. Adolati bu martaba ediki, Xitoy karvoni keladurganda, Andijonning sharqiy tarafidagʻi togʻlarning tubida ming oʻyluk korvonni andogʻ qor bostikim, ikki kishi qutuldi. Xabar topib, muhassillar (xiroj oluvchilar) yiborib, korvonning jamʼi jihotini (hamma yogʻini, butun atrofini) zabt qildi… Samarqand va Xurosondin vorislarini tilab kelturub, mollarini solim (omon, sogʻ-salomat) topshurdi. Bisyor saxovati bor erdi. Xulqi dogʻi saxovaticha bor erdi, xushxulq va harrof (tez gapiradigan, soʻzamol) va fasih (yoqimli) va shirin zabon kishi erdi, shujoʻ (shijoatli) va mardona kishi edi”. Otasidagi bu xislatlarning koʻpi Boburning oʻzida ham mujassamlashganini qayd etish joiz. Bobur koʻplab hukmdorlar, mamlakat boshliqlari haqidagi tarixiy faktlarni muhrlab qoldirgan. Amir Temur, Umarshayx, Mirzo Ulugʻbek, Husayn Boyqaro, Shayboniyxon, Badiuzzamon, Muzaffar mirzo singari davlat boshliqlarining siyosiy-ijtimoiy faoliyatlariga baho berilgan. Boburning oʻzi har qanday holatda, hatto urush-taloshlar avj olib turganida ham adolat mezonini qattiq tutgan. Jumladan, 909 (1503–1504)-yillar voqealari bayonida shu holat kuzatiladi. Qunduz shahri atrofida Xisravshohning askarlari ancha betartiblikka, zulm va zoʻravonlikka oʻrgangan edilar. Ular Boburga qoʻshilganidan keyin ham bu odatlarini tashlamaydi. Bir navkar “birovning bir koʻza yogʻini tortib olgʻon uchun eshikka kelturub tayoqlattim, tayoq ostida oʻq joni chiqdi. El bu siyosattin tamom bosildilar”, – deb taʼkidlaydi Boburning oʻzi. Asarda oʻsimliklar va hayvonot olami haqidagi nodir maʼlumotlar ham jamlangan, jumladan, adib Afgʻonistondagi Dashti Shayxda oʻttiz uch xildagi bir-birini takrorlamaydigan lola turlari haqida gapiradi. “Boburnoma”da adabiyot va sanʼat ahli, ilm-maʼrifat kishilariga ham munosib oʻrin berilgan. Unda Abdurahmon Jomiy, Shayxim Suhayliy, Husayn Ali Tufayliy, Sayfiy Buxoriy, Mir Husayn Muammoiy, Mullo Muhammad Badaxshiy, Yusuf Badiiy, Ohiy, Muhammad Solih, Hiloliy, Ahliy, Alisher Navoiy, Binoiy va boshqa soʻz ustalari haqida maroqli hikoyalar mavjud. Hasan Yaʼqub haqida gapira turib: “…tabʼi nazmi bor edi, devon tartib qilib edi, vale sheʼri bisyor sust va bemaza edi. Andoq sheʼr aytqondin aytmogʻon yaxshiroqdur”, – deydi. Kotiblardan Sulton Ali Mashhadiy, musavvirlardan Kamoliddin Behzod, Shoh Muzaffar, musiqa ustalaridan Qul Muhammad Udiy, Shayxi Noyiy, Shohquli Gʻijjakiy va boshqalarni faxr va iftixor bilan tilga oladi. Bu oʻrinda adibning Alisher Navoiy haqidagi maʼlumotlari alohida ahamiyat kasb etadi. Asarda Navoiy siymosiga bir necha marotaba murojaat qilinganini kuzatish mumkin. Ular orasida Navoiy va Husayn Boyqaro munosabatlari, Navoiyning shaxsiyati, uning ijodi, adibning badiiy ijod va ijodkorlarga boʻlgan munosabati haqida koʻplab qimmatli kuzatishlar mavjud. “Boburnoma”da adibning shaxsi, uning tarjimayi holi, xarakteri, qiziqishlari, kishilarga munosabati borasidagi qarashlari tegishli tarzda oʻz aksini topgan. Biz asar sahifalaridan Bobur shaxsiyatidagi rostgoʻylik, mardlik, adolatparvarlik, mehribonlik, qattiqqoʻllik, hassoslikning namoyon boʻlish holatlari bilan tanishamiz. Asarda Boburning ajdodlari, oilasi, avlodlari haqida ham birlamchi materiallar berilgan.


Download 40,97 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish