Reja: Biosfera haqida tushuncha



Download 1,86 Mb.
bet2/2
Sana01.07.2022
Hajmi1,86 Mb.
#724681
1   2
Bog'liq
MAVZU Biosfera

Quyi Amudayo davlat biosfera rezervati:
Hozirgi qo‘riqxona asosida dastlab 1939 yilda “Primorskiy qo‘riqxonasi” tashkil etildi, ammo u 1941 yilda tugatilib 1971 yilda “Baday-To‘qay” qo‘riqxonasi sifatida yana qayta tashkil etildi. Qo‘riqxonani rivojlantirishga O‘zbekistonda birinchi marta Buxoro kiyiklarini qayta iqlimlashtirish bilan shug‘ullangan qo‘riqxonaning birinchi direktori Viktor Pavlovich Lim, alohida hissa qo‘shgan. Uning ilmiy va amaliy faoliyati “O‘zbekiston hududida yovvoyi tabiatni muhofaza qilish: tarix va zamonaviylik” monografiyasida va 70 dan ortiq ilmiy maqolalarida aks etgan.
2011 yilda, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Quyi-Amudaryo davlat biosfera rezervati faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida qaror qabul qildi. U Qoraqalpog‘iston hukumati, BMT Taraqqiyot dasturi va “To‘qayzorlarni saqlash va Qoraqalpog‘istondagi Amudaryo deltasida qo‘riqlanadigan hududlar tizimini mustahkamlash” Global ekologik fondi qo‘shma loyihasi doirasida yaratilgan. Rezervat, yovvoyi tabiatning qimmatli go‘shalarini saqlab qolish bilan birga mintaqaning iqtisodining barqaror rivojlanishiga ham yordam beradi. Biosfera rezervatining umumiy maydoni – 68717,8 gektar, shundan 11 568.3 gektari qattiq tartibda qo‘riqlanadigan qo‘riqxonadir; 6731.4 gektari bufer va 50 418.1 gektari oraliq zonani tashkil qiladi.
Rezervatning hayvonot va o‘simliklar olami juda boy. Rezervatda, uzun quloqli tipratikon, mitti ko‘rshapalak (нетопырь-карлик), tolay-quyoni (заяц-толай), qumsichqon, to‘qay chakalakzorlarida yashiringan shoqol va daraxtlar va butalar orasidagi bo‘rsiq yashaydi. Qo‘riqxonada, tuyoqlilarning ikki asosiy turi mavjud: yovvoyi cho‘chqa va Buxoro kiyigi (Qizil kitobga kiritilgan Xongul). Buxoro kiyiklari qo‘riqxonada qayta iqlimlashtirilgan. Ular, bir vaqtlar Amudaryo havzasi va Sirdaryoning quyi oqimida yashagan.
Quyi-Amudrayo davlat biosfera rezervati hududida, quyidagi madaniy-tarixiy meros ob’ektlari mavjud:
-Chilpiq. Ziyorat inshooti e.a. II-IV - IX-XI asrlar.
-Janpiq-qal’a. Qadimiy shahar e.a. IX-XI - XIII-XIV asrlar
-Gyaur qal’a qadimiy shahri e.a. II – IV asrlar.
-Janpiq-qal’a yaqinidagi signal minorasi (Qo‘yonchiq-soy) X- asr boshi XIII asrlar.
-Sulton Vois Bobo maqbarasi e.a. XIV asr.
-Qadimiy Qiyot shahri XII-XIV asrlar.
Ugom-Chotqol davlat biosfera rezervati:
O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyatiga qarashli “Ugam-Chotqol davlat biosfera rezervati” unitar korxonasi Ohangaron, Parkent va Bo‘stonliq tumanlarida 50 ming gektardan ortiq bo‘lgan xusnkor maskanda joylashgan bo‘lib, bu yerda o‘simlik va yovvoyi hayvonot olami muhofaza qilinadi. Qo‘riqxonada mutaxassislar yovvoyi hayvonot olamini ko‘paytirish barobarida, dorivor o‘simliklar genetikasi bilan shug'ullanishadi. 
Biosfera rezervati hududida umumiy maydoni 11018,0 gektar bo‘lgan “Boshqizilsoy” qo‘riqxona uchastkasi YUNESKO xalqaro tashkilotining Butunjahon tabiiy merosi va biosfera rezervatlari ro‘yxatiga kiritilib, qo‘riqxona rejimi saqlanib qolingan. Bu yerda hozirgi vaqtda Chotqol davlat biosfera qo‘riqxonasining ilmiy bo‘limi xodimlari bilan birgalikda tadqiqotlar olib borilmoqda.
Qo‘riqxona hududida hozirgi kunda 242 tur umurtqali xayvonlar, 2 tur amfibiya, 184 qushlar, 2 tur baliq ro‘yxatga olingan. Shu jumladan o‘simliklarning 1148 ko‘p tarqalgan turi, murakkab gullilarning 152 turlari mavjud bo‘lib, shulardan 33 turi O‘zbekiston Qizil kitobiga kiritilgan. 
Qo‘riqxonada fenomaydonlar ham mavjud. Unda asosan o‘simlik dunyosini mavsumiy o‘zgarishlari yil davomida kuzatiladi va o‘tgan yillar bilan taqqoslanadi. Fenomaydonlarda asosan 32 tur o‘simlik va 32 tur daraxtlar kuzatiladi. 
Parkent tumani Kumushkon tog'li hududlarida o‘rmonlarni tiklash va mevali daraxtlarni ko‘paytirish maqsadida 3000 tup yong'oq va yana shuncha bodom urug'lardan ekilgan. Bundan tashqari manzarali daraxtlar o‘stirish bo‘yicha ko‘chat yetishtirish markazi ham tashkil etildi. Unda Virgan archasi, Kanada Bagrani, Shum tol, Botqoq sarvisi (kiparis), Eldor qarag'ayi, Go‘zal katalpa, Sariq akatsiya, Ginkobiloba, Pikan, Kashtan, Piromedal eman, g'alvir yong'oq ko‘chatlari ekildi. Shu bilan birga beryoza, magonya, kashtan, eman, hind sirena urug'lari sepildi.
Shuningdek, mazkur hududda o'tgan yildan bоshlab asalarichilik faoliyati yo’lga qoyilgan. O’tgan yili 400 dan ortiq asalarilar oilasi tomonidan 3 tonnadan ziyod shifobaxsh tog' asal yig'ib olindi. Bu yilda esa 4 tonna asal olish rejalashtirilmoqda.
Qo‘riqxona hududi chegaralarini belgilash va mahalliy aholining chorva mollarini hududga kirishi, aholining noqonuniy kirishining oldini olish maqsadida chegaralarga 120 dan ortiq ogohlantiruvchi belgilar (anshlag) o‘rnatilgan. 
Hozirgi kunda biosfera rezervatining so‘lim go‘shalarida ekoturizmni rivojlantirish, ya'ni chet ellik sayyohlarga ekoturizm xizmatlarini taqdim etish, shu bilan birga, tog'li hududlarda yog'och uylar, yurtalar va milliy analarimizga mos bo‘lgan sinchlik uylar qurib, dam oluvchilarni jalb etish va ularga otda tog' bo‘ylab sayohat, ekstrimal turizm va boshqa turdagi dam olish turlari tavsiya etilishi nazarda tutilgan bir qancha loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha biznes rejalar tayyorlanib, belgilangan tartibda amalga oshirilishi ustida ishlar olib borilmoqda.
Download 1,86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish