3.Noosfera va texnosfera tushunchalari. Endilikda insonning o‘zi yashayotgan muhit bilan o‘zaro munosabati global xarakter kashf etdi. Bu esa noosfera tushunchasining yuzaga kelishiga sabab bo‘ldi. Noosfera grekcha "noos"-aql, sfera - shar so‘zlari birikmasidan iborat bo‘lib, yerning "aqlli qobig‘i" degan ma’noni anglatadi. Noosfera biosfera taraqqiyotining inson jamiyati namoyon bo‘lgan oliy bosqichidir. - Noosfera atamasi fanga Le – Rua tomonidan kiritilgan. Keyinchalik noosfera konsepsiyasi yuzaga keldi. Uni Teyler de Sharden rivojlantirdi. Uning fikriga ko‘ra, noosfera - bu sayyoraning kelgusidagi evolyusiyasi yo’nalishini nazorat qiladigan va ideal nuqtada tabiiy jarayonlar bilan uyg‘un holda birlashib ketadigan jamoa ongidir. Bu shunday birlashishki, go‘yo u molekulalar, hujayralar va organizmlar yaxlitligining hosil bo‘lishi holatiga o‘xshab ketadi.
- U shunday yozadi: "Biz ayni bir buyuk jarayonning ketma-ket bosqichlarini uzluksiz ravishda kuzatamiz. Geokimyoviy, geotektonik, geobiologik pulsatsiyalar deyilganda hamisha ayni bir teran jarayonni anglash mumkin. Bu jarayon ilk hujayralarda moddiylashib, asab tizimlari yaralishida davom etadi. Aytib o‘tganimizdek, geogenoz biogenenezga aylanadi. Bu esa oxir-oqibatda muqarrar ravishda psixogenezga olib keladi. Psixogenez esa bizni insonga aylantirgan.
- U endi mutlaqo o‘zgarib boradi va o‘zining yanada oliyroq bosqichga o‘tadi. Natijada dastlab ruh-noogenez yuzaga keladi va keyinchalik rivojlanadi. Bu g‘oyaga ko‘ra, tadrijiy takomil asosida insoniyat va atrof-muhit yagona sistema - noosferani hosil qiladi.
- A.Vernadskiy fikricha noosfera biosfera holatining shunday turiki, unda yuzaga kelgan aql sayyorada misli yo‘q geolgik kuchga aylanadigan inson faoliyati (ishi)ga yo‘nalish beradi.
- Umuman, insonning o‘zining tabiiy biogeokimyoviy sikllarga kuchli ta’sir ko‘rsatayotganini global miqyosda anglashi uning global tizim ustidan yanada oqilona maqsadga yo‘naltirilgan holda nazorat olib borishga yo‘l ochib beradi.
- Noosfera g‘oyasida inson va tabiat o‘zaro ta’sirining hozirgi zamon bosqich yo‘nalishlaridan biri - insonning tabiiy muhit bilan birligining global xarakteri to‘la darajada aks etgan.
- Bu g‘oyaning yaratilishi davrida inson va tabiat o‘zaro ta’sirining ziddiyatli ko‘rinishi hozirgidek kuchli emas edi. Keyingi o‘n yilliklarda krizisli ekologik holat bilan bog‘liq holatda bu ziddiyatning yanada keskinlashgani kuzatildi.
- Bu insonning atrof – muhitni notartib o‘zgartirgani uchun "to‘lov"dir. Inson o‘zining butun mavjudligi davomida biosferani kuchli o‘zgartirib yubordi. U yer yuzidagi tirik jonzotlarni sun’iy ravishda kamaytirdi, ammo ularni yana qayta ko‘paytirish borasida g‘amxo‘rlik qila olmadi.
- Bu hollar biosferaning antropogen o‘zgarishi ancha teranlashganidan dalolat beradi. Biosfera texnosferaga aylanib bormoqda. Boz ustiga antropogen ta’sir yo’nalishi biosfera evolyusiyasi yo’nalishiga mutlaqo teskaridir. Antropogen ta’sirlar tabiatning tabiiy tizimini buzmoqda. Turlarning bevosita yo‘qolib ketishi oqibatida butun tiriklik katta zarar ko‘rib, destruktiv holatga tushib qolishi mumkin. Aynan bu jarayon mavjud ekosistemani buzuvchi ayrim organizmlarning ko‘payib ketishi tarzida kechadi.
- Shunday qilib, hali inson kelgusida aqlli sohani yarata oldimi yoki bo‘lmasa, o‘zining nooqilona faoliyati tufayli o‘zini ham, barcha tirik mavjudotlarni ham halok etadimi, degan savolga javob topish qiyindir. Inson bugungi kunda nafaqat Yer sohasida, balki keng fazoda ham o‘z ta’sirini ko‘rsatmoqda.
- Shu bois bugungi kunda noosfera tushunchasidan ko‘ra noosistema tushunchasi ko‘proq o‘rinlidir. Chunki inson ham sayyoraviy, ham fazoviy miqyoslarda fikrlamoqda.
- Noosfera tushunchasi esa Yerdagi hayot - "aqlli qobiq" tushunchasi bilangina chegaralanib qoladi. Ekologik muammo noosistema nuqtai nazaridan talqin etilganda insonning fazoviy muvozanati ham nazarda tutiladi.
- Noosfera konsepsiyasida e’tiborga olinmagan yana bir muhim mulohaza mavjud. Inson o‘zi yashab turgan muhitga nafaqat aqliy, balki hisiy jihatdan ham ta’sirlashadi. Zero, inson aqlli mavjudod bo‘lishi bilan birgalikda kuchli hissiyot sohibi hamdir.
- Noosfera konsepsiyasida e’tiborga olinmagan yana bir muhim mulohaza mavjud. Inson o‘zi yashab turgan muhitga nafaqat aqliy, balki hisiy jihatdan ham ta’sirlashadi. Zero, inson aqlli mavjudod bo‘lishi bilan birgalikda kuchli hissiyot sohibi hamdir. Hisiy va aqliy komponentlar murakkab tarzida chatishib ketgan. Albatta, hissiyotni aqldan alohida qarab bo‘lmaydi. Hisiylik anglanishi yoki anglanmasligi ham mumkin. Ularni ma’lum darajada farqlash esa, masalani bir tamonlama talqin etishdan xalos etadi.
- Noosferani qandaydir ekologik ideal (holat) tarzida tushunmaslik kerak. Chunki ekologik nuqtai nazar hamisha ham yaxshi bo‘lavermasligi mumkin. Aql haqidagi tushunchaning o‘zi tarixiy jihatdan o‘zgaruvchidir. Masalan, barcha hozirgi zamon texnologik sxemalar, albatta, so‘zning an’anaviy ma’nosida aqlga asoslanilgan va oqilona hisoblansa-da, ko‘pincha salbiy ekologik samaralar beradi. Ayni vaqtda, tabiatga muhabbat tarzidagi his-tuyg‘u ham oqilona talqin etilmasligi mumkin.
- Shunday bo‘lsa-da, u umumiy ekologik holatga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Biroq, noosfera konsepsiyasi shu bilan qadrliki, u inson va tabiat birligini ifodalaydi. Bu noogenez jarayon tarzda namoyon bo‘ladi. Bu jarayon esa "inson – atrof – muhit " sistemasini shakllanishiga olib keladi. Noogenez–alohida tur sifatida mavjud bo‘lgan inson mohiyati shakllanishini yo‘nalishlaridan biridir. Uni to‘xtatib ham bo‘lmaydi. Inson tur sifatida o‘z mohiyatida mavjud bo‘lgan imkoniyatlarini kamol toptirib, tobora faollashib boraveradi.
-
- E’TIBORINGIZ UCHUN RAXMAT !
Do'stlaringiz bilan baham: |